Mavzu: qadimgi yunon faylasuflarining inson



Download 343,27 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi343,27 Kb.
#318640
  1   2   3
Bog'liq
Slayd Xursanov


O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlligi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

“Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi

MAVZU: QADIMGI YUNON FAYLASUFLARINING INSON

TO‘G‘RISIDAGI QARASHLARI

Bajardi: Xursanov Chingiz

Tekshirdi: Poʻlatova Dildor

Toshkent-2021

Reja:

1.Qadimgi yunon faylasuflarining inson toʻgʻrisidagi qarashlari

2.Qadimgi yunon maktablarining inson toʻgʻrisidagi diniy va mifologik qarashlari

3. Sofistlarning inson boʻyicha tushuntirishlari

Qadimgi zamon Yevropa mamlakatining beshigi hisoblangan Yunon faylasuflarining inson to‘g‘risidagi qarashlarining shakllanishida Eron va Turon xalqlari orasida keng yoyilgan zardushtiylik diniy falsafiy ta’limotining ta’siri sezilarli bo‘ldi. Bunday holatni Qadimgi Yunonistonning Milet shahri nomi bilan atalgan «Milet falsafa maktabi» (eramizdan awalgi VI asr) namoyandalari Fales, Anaksimandr va Anaksimenlarning inson toʻgʻrisidagi qarashlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Milet faylasuflari orasida Fales (taxminan eramizdan awalgi 624—547-y.) birinchilardan bo‘lib, insoniyat tarixida insonning o‘zi «o‘zligini anglashi», inson faoliyatida «har narsa me’yorida bo‘lishi kerak», olamda, odamda boʻladigan oʻzgarishlarni inson oʻzining fahm-farosati, aql-zakovati yordamida bilib olishi mumkin, olamda biz bila olmaydigan xudolar yoki ruhlarga o‘rin yoʻqligi haqidagi g‘oyalarni olg‘a surgan boʻlsa, uning shogirdi Anaksimandr (eramizdan avalgi 610—547—46-y.) odam suvda yashovchi jonivorlardan kelib chiqqan, deb taxmin qildi. Xullas, Milet falsafa maktabining namoyandalari odamning paydo boʻlishi va rivojlanishi oʻzgarib turuvchi jarayon ekanligi toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon qildilar. Odamning boshqa jinsdagi tirik mavjudotlardan paydo boʻlganligini isbotlashga urinib koʻrdilar.

1

7



Zardushtiylik ta’limotining qadimgi yunon falsafasiga ta’sirini (eramizdan awalgi 544—483-yillarda yashab, ijod etgan) efeslik faylasuf Geraklitning qarashlarida ham koʻrish mumkin. Uning tushuntirishicha, inson faoliyati donishmandlik degan ilohiy qudrat tomonidan kecha-yu kunduz uzluksiz kuzatib turiladi. Inson faoliyatini doimiy nazorat qilib turgan ilohiy qudrat — donishmandlik zardushtiylik ta’limotidagi mangu avliyolar (Amesha-Spenta)ning o‘zi edi. Geraklitning fikriga koʻra, yaxshilik, haqqoniylik, diyonat kabi fazilatlar inson o'lgandan so‘ng ham osmonda mangu yashayveradi. Oliyjanob, botir odamlaming ruhi osmon-u falakning eng baland cho‘qqisiga ko‘tariladi. Geraklit zardushtiylik ta’limoti ta’sirida insonning vafotidan keyingi taqdiri haqidagi nazariyani ishlab chiqdi. Bunday nazariyaning yaratilishi qadimgi yunon falsafasi uchun mutlaqo yangi kashfiyot edi. odamning vujudga kelishi toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalarini har tomonlama rivojlantirgan abderlik faylasuf Demokritning (eramizdan awalgi 460—370-y.) fikriga muvofiq, jon inson tanasini harakatga keltiruvchi manba bo'lib, u atomlardan tashkil topgan. Tana oʻlishi bilan jon ham oʻladi. Chunki olamda tanadan tashqarida yashaydigan jon yo'q. Oʻlim esa atomlarning oʻzaro toʻqnashuvlari oqibatida sodir boʻlgan parchalanishning oqibatidir. Uning tushuntirishicha, odam deb ataluvchi jonli mavjudot hamisha tabiatga taqlid qilib yashaydi. Tabiatdagi goʻzallik ta’sirida rassomlik vujudga keldi.

Oʻrgimchak toʻqigan toʻrdan toʻqimachilikni, asalaridan imorat qurishni, bulbuldan musiqani oʻrgandi. Inson moddiy olamning ta’sirida oʻzining sezgilari yordamida his qiladi. U olamdagi turli hodisalarni, voqealarni bilishda hissiyot bilan tafakkur, aql-farosatning o'zaro aloqadorlikda faoliyat koʻrsatishi lozimligini dalillashga urindi. Demokritning fikriga asosan, odamning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladigan eng muhim xususiyati nutqidir. Nutq esa odamga koʻrsatilgan xudoning karomati emas, balki oʻsha tirik mavjudotlaming olam bilan boʻlgan oʻzaro aloqalari, amaliy faoliyatlari tufayli vujudga kelgan. Odamlar oʻzlarining yashash sharoitini oʻzgartirib turishlari, ularning sovuqdan saqlanish, oziq-ovqat qidirib topishning yangi uslublarini izlab topishga majbur qildi. Ana shunday munosabatlar doirasida odam asta-sekin inson sifatida shakllanib bordi.

Eley falsafa maktabining asoschilaridan biri, shoir KsenoforT Kolofoniy (taxminan eramizdan awalgi 565—470-y.) olam va odamning paydo bo'lishi, rivojlanishi to‘g‘risidagi Gomer va Gesiodning mifologik, diniy qarashlarini tanqid qilib, xudolar odamlarni faqat o‘zlariga o‘xshatib yaratdilar, degan fikmi bayon qilgan bo‘lsa, Parmenid (taxminan eramizdan avalgi 540—470-y.) inson olamni bilishga qodir ekanligi haqida to‘xtalib, insonning his-tuyg‘ulari olam to‘g‘risida aniq ma’lumot bera olmaydi, degan g'oyani olg‘a suradi.

U his-tuyg‘ular orqali olingan bilimlarga ishonmaydi va katta e’tiborni aqlning roliga qaratadi. r Parmenidning shogirdlaridan biri eleylik Zenon ham (taxminan eramizdan awalgi 460-yiIda tug'ilgan) bilishda aqlning roliga asosiy e’tiborni qaratadi. Shunday qilib, Eley falsafa maktabining namoyandalari olamni bilishda hissiylik va aqliylik orasidagi o‘zaro aloqadorlikni tan olmadilan Eley falsafa maktabi ta’sirida shakllangan sofistlarning (Protagor, Gorgiy va boshqalar) falsafiy qarashlarida ham odam bilan olam, ayniqsa, inson va uning ongi orasidagi aloqadorlik muammolariga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar asosiy o‘rinni egalladi.


Download 343,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish