Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
36
library.ziyonet.uz/
qilmasdan yoʻlingdan qolma!
Hushdan ayrilgan Shayx dedilarki:
-Ey xasta jonim ofati! Pariruxsor yor neki amr etsa, devona oshiqiga ne ixtiyor! Nimaiki
talab qilsang, buyuraver, chunki sen hokimsan! Agar bajarmasam, jafo tigʻini boʻynimga
ur!
Bu soʻzlar jafokash qizga va butxona ahliga ma’qul tushib, butxona ichini jannat kabi
bezatdilar. Uning toʻrida osmon barobar yuksak taxt oʻrnatdilar. Tarso qizi unga shavq
bilan chiqib keldi. Shayxni esa iymonlari yuzini qaro qilish maqsadida toʻplanganlar
oʻrtasiga olib kirdilar. Atrofda butxona qoʻngʻirogʻi va argʻanun (organ - butxonadagi
cholgʻu asbobi) ovozi yangrar, goʻyokim bu Shayx dilida oʻlayotgan diniga motam kuyi
edi.
Olamda hech qachon bu yangligʻ razil ish boʻlgan emasdi. Kashishlar (xristian dinidagi
tarkidunyo qilganlar) har tarafdan saf tortib oʻtirishardi. Ogoh murshiddan Qur'onni
soʻradilar, otashgohdan oʻt olib kelib qoʻydilar. Zunnor va salib (xoch, ya’ni xristianlar
boʻyinlariga osib yuradigan krest) muhayyo etilgach, tarso qizi yuz afsun bilan oʻrnidan
turdi. Taxtdan tushib Shayx oldiga keldi. Uning yoniga oʻtirib, qadah toʻla mayni ichdi.
Soʻng qadahni limmo-lim toʻldirib Shayxga tutdi-da dedi:
-Oxirigacha ich, ey olijanob kishi! Bilki, bir tomchi qolsa ham hisobga oʻtmaydi!
Ishqqa berilish oqibatida ayni damda Islom va iymondan chekingan Shayx beixtiyor
ravishda dilnavoz uzatgan qadahni olib, mayni ichar ekanlar, koʻzlaridan yosh dumalardi.
Shunday ichdilarki, boshlaridan dud chiqib, may oʻtida butun borliqlari kul boʻldi. Yana
bir necha marta may tutganlaridan soʻng ul zotning ishqlari aqllariga jabr eta boshladi.
Boda hushlarini yanada oʻtmas qilib qoʻygach, qizga vasldan muddao izhor etdilar.
Tarso qizi esa unga: «Shoshilma, sen shartlardan birinigina bajarding»,- deb kufr elining
oliy tabaqasiga ishora qildi. Kufr elining ishlari sohasida mohir boʻlmish bu kishilar
Shayx iymonlarini kufrga taqdim etdilar va ul zotni oʻz dinlariga kiritdilar. Ul zotning
xirqalarini yechib olib, yalangʻochladilar, soʻng esa may hovuziga solib choʻmiltirdilar...
Keyin oʻz kiyimlarini kiydirdilar. Shayx but oldida sajda qildilar, xirqalarini olovda
kuydirdilar va nihoyat... Kalomullohni ham oʻtga tashladilar. Gardun ul zotning boshiga
solmagan hech bir rasvolik qolmadi. Ular Shayxga kecha-kunduz may ichirib
masxaralayverdilar. Ul zot bir saxar afgʻon qilib, faryod urib qizdan vasl talab
qilganlarida u shoʻx shartni oxirigacha bajarishni, ya’ni bir yil davomida kunduzlari
choʻchqa boqib, tunlari otashxonada oʻt yoqishni talab qildi.
Shayx talabni bajara boshladilar. Tunlari kufr oʻtini ravshanroq yoqish bilan vaqt
oʻtkazib, tongda toʻngʻizlarga roʻpara boʻlardilar.
Endi ul zotni bu rasvolik botqogʻida vaqtincha qoldiraylikda, soʻzni Ka’ba tarafdan
tinglaylik:
Shayxning bir foniy muridi boʻlar edi. Shayx karvonni qaerga boshlasalar bu solik
(shogird) ham oʻsha manzilda unga hamroh boʻlguvchi edi. Ammo Shayx Rum sari
safarga chiqqanlarida u shogird oʻzga mamlakatda edi. Vaqtiki kelib, u Makkaga qaytdi.
Shayxim atrofida panoh istay, deb xonaqoh tomon yuzlandi. Ammo qarasaki, xonaqoh
Do'stlaringiz bilan baham: |