Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
39
library.ziyonet.uz/
oldilar. Qiz oʻziga kelib, Shayxni koʻrgach, xasrat yoshlarini toʻka boshladi. Zaiflikdan
uning nolasi ogʻzidan bilinar-bilinmas chiqar, yuzi uzra bagʻridan sizgʻigan parcha-
parcha qonlar oqar edi. Qiz Shayxga dedi:
-Ey shiori taqvo va panohi din boʻlgan kishi! Sizdan qaysi til bilan kechirim soʻray
olaman?! Agar menga shum baxtim bebosh bolalardek tosh otsa ham boshimga siz kabi
oliy daraxt soya solib turibdi. Garchi gunohim haddan tashqari koʻp boʻlsa-da, sizdagi
lutfu ehson undan ham ortiqroqdir. Qilgan beadabliklarimni bilib, sizning uzringizni
istab, qora yuz bilan huzuringizga keldim. Oʻsha paytda nimaiki yomon ish qilgan
boʻlsam, bular mening oʻzimning yomonligim, yurtim va dinimning yomonligi tufaylidir.
Huzuringizda yana ancha sirlar aytmoqchi edim, ammo umr oshiqib shoshilmoqda, fursat
esa nihoyatda oz...
Shu taxlit u oʻzining Islom diniga boʻlgan shavqini bayon etib, Iso alayhissalom aytgan
nishonalarni birma-bir bayon qildi va nihoyat dedikim:
-Poyma-poy soʻzlarimni shu yerda tugataman. Tezroq iymonimni keltiring, bir nafaslik
vaqtim qoldi.
Shayx yuziga koʻz yoshlarini oqizib, tarso qiziga iymon arz etdi. Qiz iymonga oshno
boʻlgach, oh urgancha oʻz jonini topshirdi.
Alqissa, Shayx qizni ishq ayvonida dafn etib, din va iymon ahli goʻristoniga qoʻygach,
Ka’baga qaytdilar. Allohga oʻtmishdagi ishlaridan uzr soʻrab, arz qildilar va nihoyat
uzrlari qabul boʻlib, qazo ul zotni oʻz yorlariga qoʻshdi...
Qissadan hissa: Erkak va ayol orasidagi ishqning beqarorligi xususida hayotda koʻp
misollarga duch kelganmiz. Bugun «sevamano sevaman, sensiz menga dunyo qorongʻu!»
deb oh-voh qilib yurganlar ertaga qarasangiz «beting qursin!» deb bir-biriga teskari
qaraydi. Ba’zan esa oila buziladi. Ishqning bu kabi beqarorligi bizni unchalik
ajablantirmaydi. Ammo Allohning Ishqidan yuz oʻgirishni fojia deb bilamiz. Albatta
valiylar yoki ularning muridlariga xos boʻlgan Ishq martabasi hammaga ham nasib
etavermaydi. Chunki har bir odamning zehni, toqati, qobiliyati har xil. Agar bir xilda
boʻlganida edi, barcha baravariga hofizi Qur'on, valiyulloh darajasiga yetar edi.
Erkak va ayolning ishqi bir-birini koʻrish bilan boshlanadi. Ya’ni, tashqi koʻrinish
birlamchi boʻladi. Tashqi koʻrinishga maxliyolik ichki olamdagi qusurlar yuzini toʻsadi.
Allohga boʻlgan Ishq butunlay oʻzgacha: banda hali Allohni koʻrmay turib unga oshiq
boʻladi. Ta’kid etamiz: har bir banda oʻzining imkoni darajasida oshiq boʻladi. Birlari
oʻzlaridagi nafsni yengishga kuch topa oladi, birlari esa bu borada ojizligicha qoladi.
Birlarining toqati yarim yil yo undan koʻproqqa yetadi, birlari soʻnggi nafasigacha Alloh
Ishqi bilan yashaydi. Allohga qul boʻlmoq zavqini totish baxtiga erishadi.
«Allohga yoʻl ikkitadir: xavosniki (xoslarniki) va avomniki», -deydilar.
Muso alayhissalom yaylovda bir choʻponga duch kelibdilar. Choʻpon butun vujudi bilan
Allohga sigʻinib, munojot qilib der ekankim: «Ey Xudojon! Sen qaerdasan? Kel,
sochlaringni tarayin, choriqlaringni tikib berayin, nainki oʻz jonim, balki qoʻylarim,
farzandlarim ham senga fido boʻlsin. Qaerdasan, borib, dastyoring boʻlsam, sut-
qaymogʻim bilan qorningni toʻydirsam. Boshing ogʻrisa boshingni silasam, yuz-
qoʻlingdan oʻpsam, oyoqlaringni uqalasam...»
Do'stlaringiz bilan baham: |