Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
40
library.ziyonet.uz/
Muso alayhissalom bu munojotni eshitib, choʻponni koyib dedilarkim: «Ey ahmoq, bu
gaplarni aytib, sen endi kofir boʻlding. Xudoning chorigʻi ham, toʻni ham yoʻq. U
yemaydi, ichmaydi. Uni oʻzingga oʻxshatma. U goʻyo quyosh, sen esa bir chivin...»
Shularni aytishlari bilan Parvardigordan u zotga vahiy keladikim: «Ey Muso! Nima
qildingki, bandamni mendan ayirding. Qoʻy, aytaversin. Sen bandalarning dilini
Parvardigorga ulash uchun yuborilgansan, ajratib tashlash uchun emas. Biz har odamga,
har bir elga oʻz darajasida, oʻz tilida muhabbat izhor etishga imkon berdik. Hindlarni
hind tilida, sindlarni sind istilohida soʻzlatdik...»
Endi xoslarning ishqidan ayrim rivoyatlar bilan tanishsak:
Robi'ai-Adaviyyadan (rahmatullohi alayho) soʻradilar:
-Qaydan kelursan: Bul jahondan nechuk ketursan?
Javob berdilarki:
-U jahonga keturman.
-Bu dunyoda naylarsan?
-Pushaymon yurgayman. Chunki foniydir, boqiy emasdur.
-Haqni sevarmisan?
-Bali.
-Shaytonni dushman tutarmisan?
-Yoʻq.
-Nechun?
-Shuning uchunki, koʻnglimda Rahmon sevgisi shunchalik toʻlib turgayki, shayton
dushmanligi sigʻmas.
Boshqa bir rivoyatda Robia’ derlarkim: «Bir kun tushimda Paygʻambar (s.a.v.)
janoblarini koʻrdim.
-Yo Robia’! Meni sevgaymisan? - deb marhamat etdilar.
-Yo Rasulalloh! Sizni kim sevmagay?! Lekin. Haq sevgisi meni shunchalik chulgʻab
turgayki, hech doʻstlik-dushmanlik joyi qolmagandir, - dedim.»
Shu oʻrinda notoʻgʻri tushunchadan saqlanishimiz kerak. Ya’ni Allohga va uning
Rasuliga (s.a.v.) boʻlgan Ishqni bir-biriga zid qoʻymaslik lozim. Chunki Allohga boʻlgan
Ishqni Rasulullohga boʻlgan sevgidan tashqarida tasavvur etib boʻlmaydi. (Bu haqda
yana soʻz yuritamiz.) Rivoyatda Robia’ Allohga boʻlgan Ishqning oliy darajasini ta’kid
etish maqsadida shunday deganlar.
Bir kuni Iso alayhissalom bogʻdagi daraxtlarni sugʻorayotgan navqironga duch keladilar.
Yigit hazrati Isoga: «Rabbimdan menga bir zarra sevgi soʻrab ber»,- deb arz qiladi. Iso
alayhissalom: «Allohdan bir zarra sevgi soʻrab bersam, sen unga bardosh berolmaysan»,-
deganlarida, yigit: «U holda zarraning yarmisini bersin!»- deb yalinadi. Hazrati Iso:
«Yo Rabbim! Bu navqiron yigitga zarraning yarmisicha sevgingdan ato et!»-deydilaru
yoʻllarida davom etadilar. Oradan bir muddat oʻtib, yana ayni shu yerga kelganlarida
oʻsha navqiron yigitni bogʻda koʻrmay, qaerdaligini surishtiradilar. Odamlar:
-U aqldan ozib qolib, toqqa chiqib ketgan, - deb javob berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |