O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Muso Turkistoniy.
U lug‘ Turkiston fojiasi, 108-109-betlar.
450
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xufton namoziga odamlar qurollanib kelishdi. Ammo ularning 
kamdan-kami qilich va miltiq bilan qurollangan, asosiy Qismi so‘yil, 
cho‘qmor, ketmonsop, panshaxa k o ‘tarib olishgan edi. Namoz paytida 
ular qurollarini masjid devoriga suyab qo‘yishdi. Namoz o ‘qib 
boiingach, hamma baravar «Jihod! Jihod! Jihod!», - deya hayqira 
boshladi. Qisqa vaqtda bu ovoz butun qishloqni tutib ketdi.
Bir payt eshon hovlisining darvozasi ochilib, undan oq otni 
yetaklab chiqishdi. Muhammad Ali xalifa: «Bismillohir Rahmonir 
Rohiym, baniyat jihod!» deb otga mindi. Shundan keyin qo‘z- 
g ‘alonchilar y o ig a tushdilar.
To‘plangan odam olti yuz nafarcha edi. Lekin ulaming hammasi 
ham otliq emasdi. Shu bois otliqlar piyodalami mingashtirib olishdi. 
Qolganlar piyoda yoki aravada y o ig a tushishdi. Q o‘zg ‘alonchilar 
safi y o i-y o ‘lakay to iib bordi. Olomon ikki bayroq ostiga uyush- 
gandi. Birinchi bayroqqa Mulla Ziyovuddin mahdum boshchilik 
qilayotgan edi. K o‘k to ‘n kiyib, oq salla o ‘ragan otliq eshon esa 
ikkinchi bayroqqa bosh b o ig a n i holda eng oldinda yoshlar davrasida 
borardi.
0 ‘sha voqealar guvohining hikoyasiga ko‘ra, «Mingtepada 
qiyomat barpo b o iib , hamma xotin-xalaj, erkak k o ‘chaga chiqib, 
«Eshon xon k o ‘tarildi!», deb shoye qildilar. Xufton vaqti edi, birdan 
har kim q o iig a tushgan narsani olib, kimdir pichoq, kimdir shop, 
kimdir to ‘pponcha, qaysilari miltiq, xullas, har kim topgan narsasini 
olib, taxminan olti yuz chamasi b o ig a n kishi shaharga qarab j o ‘nab 
qoldilar. Bular kechasi bilan yurib, erta sahar Andijonga, Hakandga 
keldilar». Q o‘zg ‘alon qatnashchilaridan Matmusaning m aium otiga 
ko‘ra, 17 may kechqumn Tojik qishlogida «g‘azovot, g ‘azovot» 
degan hayqiriqlar yangrab uzoqdan Muhammad Ali bosh b o ig a n
qo‘zg‘alonchilar k o ‘rinadi. Ilg‘or qismga mulla Ahmad ismli q irg iz
bosh b o iib , u telegraf simlarini qirqishga buymq oladi. Ular y o id a
Asaka mirshabini uchratib, uni о ‘ ldirishadi. Mulla Ziyovuddin maxdum 
bosh b o ig a n qo‘zg‘alonchilar K o‘nji qishlog‘iga kirishganda ularga 
yana 200 kishi kelib qo‘shiladi. Qoraqo‘rg‘on va 0 ‘qchidan o ‘tib, 
K o‘yliga yaqinlashishganlarida ularga mingboshi G ‘oyibnazar o ‘z 
yigitlari bilan kelib qo‘shiladi. Mingboshi ms mirzasi Bichkovning 
kallasini eshonga tortiq qiladi. Eshon G ‘oyibnazarga rahmat aytadi, 
lekin kallani qabul qilmaydi. Shu qishloqda u порок qozi mulla 
Y oidosh Xolmat o‘g iin i tutib kelishni buyuradi. Q o‘zg ‘alonchilar 
Andijonga 
yaqinlashganlarida 
ularga 
boy 
savdogar Aliboy 
qurollantirib yuborgan 150 yigit qo‘shiladi. Eshonga qo‘shilgan 
Andijon yigitlariga a w a l mslarda xizmatkor b o iib , keyin eshonga 
murid b o ig a n Muhammad Zulun qo‘mondonlik qiladi.
451
www.ziyouz.com kutubxonasi


Voqea guvohi N.Veselovskiy o ‘z kundaligida, jumladan, mana 
bulami yozgan: «... Bir mahal, sartlar (o‘zbeklar) chekina boshlashdi. 
Lekin bayroq atrofida bir to ‘dasi qimirlamay turardi. Mulla k o ‘k 
bayroq ostida baland ovozda Q ur‘on o ‘qir, chekinishni istamas edi. 
Uning yonida baland b o ‘yli yigit bayroq ko‘tarib turardi. Shunda 
askarlar otgan o ‘q mullani qulatdi. Bayroqdor uning o iig in i qo‘ltiqlab 
oldi, ammo u ham o ‘ldirildi. Bayroqni podporuchik Karseladze oldi. 
Muhammad Ali Andijon shahriga kiraverishdagi adirda namoz o ‘qish 
uchun to ‘xtaydi va uch yigitni jarchi sifatida oldindan shaharga 
yuboradi. Andijon Eski shahar qorovuli mirshablari «g‘azot, g ‘azot!» 
deya hayqirib kelgan jarchilam i qarshilik ko‘rsatmay o ‘tkazib 
yuborishadi. Orqadan izma-iz yetib kelgan 163 kishi qorovullardan 
biri y o ‘lboshchiligida 20-Turkiston liniya bataloni kazarmasiga 
bostirib kirishadi. Kazarmaning piramidalarida turgan 30 ga yaqin 
miltiqni o ‘lja olib, uxlab yotgan birinchi qatordagi soldatlar ustiga 
tashlanishadi. Ulami pichoq, xanjar bilan urib kaltaklab turishganda 
ikkinchi qator ichkaridagi soldatlar uyg‘onishib, darhol yonlaridagi 
miltiqlami oladilar. Chorak soatcha davom etgan otishmadan so ‘ng 
qo‘zg ‘alonchilar to ‘rt o ‘lgan sheriklarini tashlab chekinadilar va soat 
oltilargacha Eski shaharda turib, kengashadilar. Ular tayin qarorga 
kelaolmay, Qorabura tarafi bilan orqaga chekinadilar. Shaharga 
kirmagan qo‘zg ‘alonchilar esa «A fg‘on bog‘» degan imtihon bog‘ida 
imtihonchi rus to ‘rani o id irib , tug'larini uning qoniga b o ‘yashgan
Askarlar sartlami nayza va qo‘ndoqlar bilan urishdi. Ular esa o ‘z 
qurollari va bizning qurollar bilan o ‘zlarini himoya qilishdi, ammo 
muvaffaqiyat qozonisholmadilar. Tez fursat ichida ulami D o‘ng 
qishlog‘iga haydashdi. Faqat patronlar va otlar yetishmaganligi 
sartlami to i a qirilib ketishdan saqladi. Jang maydonida 15 sartning 
o ‘ligi qoldi. Lekin ko'p o ‘liklar va yaradorlami ular o ‘zlari bilan olib 
ketishib, qishloqlarga yashirishdi»1.
Shahardan chuvalashib chiqqan qo‘zg ‘alonchilami ko‘rgan 
shahar ahli hayron b o ‘lgancha nima hodisa ro ‘y berganligini 
tushunmay qoldi. Guvohlaming eslashicha, «eshon yangi shahardan 
qochganicha va Hakandga qarab kelayotganda b a ’zi so‘filar otlarini 
k o ‘chaga tashlab, Hakanddagi bog‘larga kirib bekinib oldilar. 
Erta bilan Hakand ahli bog larida bulami ko‘rib, ahvolni bilib,
1 Bu esdalik «Russkiy invalid» gazetasining 1898 yil 131-132-sonlarida chop 
etilgan. Undan qisqartirib olindi. A linazar Egamnazarov. Siz bilgan Dukchi Eshon. 
T„ 1994, 47-58-betlar.
452
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo‘rqqanidan askarlariga eski to ‘nlar berib, sallalarini kiydirib, 
mardikorlarga o ‘xshatib, ishlatib qoladilar. Eski shahardan qochgan- 
lari Qoradaryodan kema bilan o ‘tgancha har qaysilari o ‘z jonlarini 
saqlash fikriga tushib, to ‘g‘ri kelgan tomonga qochdilar». Andijonda, 
ayniqsa ruslar yashaydigan yangi shaharda mustamlakachi amal- 
dorlardan tortib to oddiy fuqarogacha vahimaga tushib, uylariga 
berkingan va musulmonlaming yalpi hujumini kutgan edilar. Hatto 
tumanboshi polkovnik Koishevskiy ham k o ‘chaga chiqishdan 
qo‘rqib, uyida berkinib yotgan. U oldiga Eski shahar oqsoqoli 
Xolbotir R o‘zadorbiy o ‘g ‘li mingboshi kelgandagina voqeani tinchlik 
bilan tugaganini bilgan. Guvohlaming yozishicha, agar eshon Eski 
shaharda soat 8-10 largacha turganda, xalq to ‘planib milliy muho- 
raba boshlanar edi. «Chunki u vaqtlarda umumiy xalq Rusiya 
hukumatining zulmidan nihoyat bezor bo‘lib, qo‘zg ‘olishga hech 
fursat topolmay yurar edi. Fuqaro mundan bexabar, soat sakkiz edi, 
bozorlar har kungidek ochilib, hamma o ‘z tirikchiligiga m ashg‘ul 
b o id i. Soat 9 larda shuhrat b o id ik i, Yikchi eshon shaharga hujum 
qilib, tamom soldatlami o ‘ldirib chiqib ketibdir, deb, bu xabar 
tarqalg‘ondan keyin Eski shahaming katta oqsoqoli Xolbahodir 
mingboshi R o‘zadorbiy o ‘g ‘li Eski shahar ahvolotini yangi shaharga 
xabar bermoq uchun otlanib, chiqib ko‘rdiki, yangi shaharda hech 
kim yo‘q»'.
Q o‘zg ‘alonningbirinchi kunidayoq kuchlaming tarqoql igi ma ’ lum 
bo‘ldi. Hamma bir vaqtda ko ‘tarilmadi. Ketmontepa va K o‘gartdagi 
qirg‘izlar sardori Chibil b o iis zudlik bilan eshonga qo‘shilish o ‘miga 
« aw al shu joydagi mujiklami saranjom qilib, keyin boramiz», 
deya ms dehqonlari posyolkalariga yurish qildi. Inoyatxon eshon 
M arg‘ilonga hujumni uyushtirolmay, asosiy kuchlarini Muhammad 
Ali qo‘shini bilan birlashtirishga qaror qildi. Umarbek dodxoh ham 
0 ‘shga yurishning uddasidan chiqolmadi. Chunki mingboshi Qorabek 
Hasanov 0 ‘sh tumani boshlig‘i podpolkovnik Zaysevni oldindan 
ogohlantirgan edi.
M arg‘ilon gamizonida esa o ‘sha kechasi ataylab soldatlaming 
uxlab qolmasligi uchun bazm tashkil qilingani ham tasodifiy bo im asa 
kerak. Q o‘zg‘alonchilar esa gamizondagilar uyquda emasligini 
aniqlab, orqaga qaytishgan.
Andijon qo‘zg‘aloniga oid 20 jilddik tergov va so‘ro-javob 
materiallari hamda ko‘plab adabiyotlarda bir qancha jumboqlarga 
javob topa olmaymiz. Chunki chorizmning maxfiy xizmati xodimlari


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish