14
may kuni kechqurun Muhammad
Ali xalfaning uyida ken-
gash bo‘lib, unda Farg‘ona viloyatining turli b o ‘lislaridan kelgan
kishilar qatnashdi. Kengashda eshon m a’lum qilgan rejaga binoan
vodiydagi uch shahar - Andijon, M arg‘ilon va 0 ‘shdagi harbiy
lagerga bir kunda hujum qilinishi kerak edi. Bu hujum muvaffaqiyatli
tugasa, Q o‘qonni ham olib, vodiyda xonlik tuzumi tiklanardi.
So‘ngra
mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va Chimkentdan
ham hay dab chiqarilardi.
Oradan ikki kun o ‘tgach, yana eshon xonadonida kengash
bo‘lib, unda mingga yaqin odam qatnashdi. Shu kengashda, qo‘z-
g ‘alonning qachon boshlanishiga va eshonning o ‘n to ‘rt yoshli jiyani
Abdulaziz (Musulmonqul) xon qilib ko‘tarilajagiga kelishildi.
17 may kuni shorn namozida Tojik qishlog‘idagi masjidga juda
ko‘p odam to ‘plandi. Namoz paytida eshon xalqqa murojaat qildi:
Bu murojaat Muso Turkistoniy asarida quyidagicha aks ettiriladi:
«Ey muhtaram musulmonlar! Ey birodarlar! Hammangizga m a’lum-
dirki, yurtimiz musulmon, el musulmon,
xalq musulmon, xon mu-
sulmon, shariatning hukmi joriy, amri nofiz edi. Hukumatni Alloh
taolo o ‘zi biladur, kofirlami musallat qildi, yurtimizga o ‘rus keldi.
Xudoyorxon o ‘miga Kaufman, Umarxon taxtiga Chem ayuf o ‘ltirdi.
Farg‘ona xonligi yerida Moskva xonligi - oq podshoh hukmron
b o ‘ldi.
0 ‘rus vatanimizni istilo etdi. So‘ng tilimizga istilo qildi. Sekin-
asta dinimizga istilo qilmoqga boshladi. Bilasizlarki,
musulmonlar-
ning axloqi buzildi. 0 ‘risning kelg‘oniga o ‘ttiz yil to ‘lmay,
musulmonlar riboga odatlandi, halol-harom farq qilmas bo‘ldi.
Qozilarimiz bo‘yniga but taqadig‘on b o ‘ldi. Xulosa, shariatimiz xor,
musulmonchilik g ‘arib bo‘ldi. Hurriyatimiz g ‘oib bo‘ldi, istiqlolimiz
mahv b o ‘ldi, o ‘zimiz o ‘tmas, so‘zimiz kesmas b o ‘ldik. Ey voh!..
Ey musulmonlar! Bunga sabab o ‘zimiz b o id ik . Bu holimizga
Alloh ham rozi emas, Rasul ham rozi emas. Bu asorat va mahku-
miyat-ga kimsa rozi emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar,
tek turaversak, bu kofir yana battar qiladur. Voy bizning holimizga!
Tarixda o ‘tgan muazzam bir saltanat qurg'on
qahramon
pahlavonlar avlodimiz - bu zillatga hech qanday zireh chidamas.
Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi basolat, Sizlarga nima
b o ‘ldi?
... 400 olimimiz bordir, hammasi musulmon, hammasi turk,
hammasining ismi Muhammad. Hammasi hanafiy mazhabdir. Bu
ismda,
bir mazhabda, bir qabristonda bu qadar olimlami to ‘plagan
Turkistonni dini taqdimda, din odimlarini yetishtirishda na darajada
xizmatlari sabqat etganligi o ‘quvchilar diqqatiga arz o ‘rindur.
15-1796
449
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jahon tarixida, yer yuzida, ko ‘k yuzida bu misli k o ‘rilm og‘ondir.
Turkistonliklar har qancha ifitixor etsa arziydur, bajodur, ey
birodarlar! Bizlar shundoq ajdodning nabiralarimiz. 0 ‘luk uyqusida
uxlaysizmi?!» - deb hazrat eshonning so‘zi bu joyga kelg‘onda zori
boshlandi. Hozir turg‘onlar h o ‘ng-ho‘ng yig‘lash
bilan eshonning
amriga omoda ekanliklarini bildirdilar. Alam ing hayajonlarini
bosish uchun hazrat eshon so‘zida davom etdi:
Ey musulmonlar, ey xudoning bandalari, ey payg‘ambar ummati!
Chin m o‘min b o ‘lsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, jihod! E ’tiqod
Alloh y o ‘lida jihod qilamiz, o is a k - shahid, o ‘ldirsak - g ‘ozi b o ‘la-
miz. Jihod qilmaguncha yelkamizga mingan bu ro ‘dapo o ‘rusdan
qutulish y o ‘q.
Ey m o‘minlar, ko‘zingizni oching! G ‘aflatdan bedor b o ‘ling!
Kofirlardan huquqimizni olaylik.
Ey birodarlar, hurriyatimizni olaylik, o ‘z Vatanimiz, o ‘z
yurtimizda o ‘zimiz hukumat quraylik. Buning uchun bizdan g ‘ayrat
istaydur,
himmat istaydur, xohi jihod istaydur, fiysabillilloh jihod
vaqtikeldi!
Hayyu a ’lal jihod!
Hayyu a ’lal falah!
Shu holda xonaqohni to ‘ldirgan musulmonlar «Jihod! Jihod!...
Jihodga hozirmiz, molimiz, jonim iz jihodga fido b o ‘lsin. Hazrat
eshon, amringizga hozirmiz!» deb bir ovozdan baqirdilar.
Hazrat eshon yana so‘zga og‘iz ochdi:
- Borakalloh, borakalloh, shundoq xizmat lozim Alloh yo‘lida.
So‘ng eshon shahid b o ig a n lar o ‘luk emasdur, alar tirikdur,
degan mazmunni ifodalovchi ushbu oyatni o ‘qidi: «Valatakulu
liman y o ‘qtalu fisabialillohi amvatun
bal ay ahysun va laekin la
tishuruna». Ey birodarlar, ajal bordur, qirq yil qirongarchilik b o ‘lsa
ham ajali yetgan o ‘ladur, xudo rizosi uchun jihodga hozir b o ‘linglar.
Hayyu a ’lal g ‘azo, hayyu a ’alal falah, hayyu a ’lal jihod! Allohu
akbar! Alloxu akbar! Allohu akbar!»1.
Bu kalimani hamma barobar takrorladi. Hazrat eshon nutqi
oxirida:
- Hammangiz hozirlaning, bu kecha huftondan keyin Hujum! -
dedi.
Keyin yaqin qishloqlarga chopar y o ‘lladi, hazrat eshon amrlari
bilan jihod fiysabililloh e ’lon qilindi.
Choparlar kimki musulmon
b o ‘lsa, bu oqshomdan qolmay jihodga hozir b o ‘lsin!», deb nido
qilishdi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: