O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Fozilbek Otabek о ‘g'li.
Dukchi Eshon voqeasi, 29-bet.
453
www.ziyouz.com kutubxonasi


devor orqasida turib fitna solishga mohirligidan tashqari, iz yo ‘qo- 
tishga qodirlikda ham ustasi farang edilar.
Shunday qilib, M uhammad Ali eshonning qo‘zg ‘alonni atroflicha 
va puxta tayyorlamay, rejasiz, yaxshi qurollanmagan muridlari bilan 
1898 yil 17 mayda chor istabdodiga qarshi kurashga k o ‘tarilgani rus 
mustamlakachilari uchun ayni muddao b o id i. Endilikda uni hech tap 
tortmay yo‘qotishga, qatliom uyushtirishga zo ‘r dastak topilgan edi.
Rossiya imperatori Bosh shtab general-leytenanti Korolkovga 
Turkiston harbiy okrugida yozgi mashqlami bekor qilish, «ovchi» 
komanda qo‘shinlarini Farg‘onaning turli tumanlariga yuborish, 
shaharlardagi va temir yoTlardagi barcha ruslar va mujiklami 
yoppasiga qurollantirish hamda ishonchli yerli amaldorlarga maxsus 
yorliqlar bilan ov miltiqlarini berishni tayinladi. M usulmonlar qoniga 
tashna b o ‘lgan Korolkov zudlik bilan ishga kirishib, 1898 yil 20 
may kuni «bo‘shanglik qilgan» Farg‘ona viloyati harbiy gubematori 
Povalo-Shveykovskiyni, tuman hokimini, Asaka uchastka pristavi 
kapitan Yenikeevni lavozimidan b o ‘shatdi. U o ‘ziga maslakdosh 
mustamlakachi generallardan Chaykovskiyni Farg‘ona gubematori, 
general Ionovni Farg‘ona qo‘shinlari qo‘mondoni qilib tayinlab, 
mahalliy xalqqa qarshi shafqatsiz choralar ko‘rishda cheklanmagan 
vakolatlar berdi1. Korolkov shaxsan o ‘ziga maxsus dala shtabi 
tuzib olib, unga mahkama boshqamvchisi polkovnik Develni, 
«Turkestanskie vedomosti» 
gazetasi 
muharriri, podpolkovnik 
Romanovichni, harbiy prokuror, general-mayor Dolinskiyni, alohida 
o ‘ta muhim ishlar b o ‘yicha harbiy tergovchi polkovnik Nekrasovni 
birga olib Farg‘onaga j o ‘nadi. U Toshkentdagi 1-o‘qchi batalonini, 
K o ‘qondagi 5-Orenburg kazak polkini, Andijondagi 5-»ovchi» 
komandadan iborat jazo ekspedisiyasini tuzdi.
M ustamlakachilar asosiy diqqatni Muhammad Ali eshonni 
tutishga qaratishdi. Ular eshonni o ‘zbeklaming o ‘zi tutib berishlarini 
maqsad qilib qo‘yishdi. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun ms 
amaldorlari «Xoh mingboshi, xoh fuqaro b o ‘lsin, xoh boshqa boTsin, 
eshonni tutib kelsa, Andijon shahriga istarshiy oqsoqol qilinur», deb 
e ’lon qilishdi. Fozilbek Otabek o ‘g ‘lining yozishicha, «ms askarlari 
Mingtepaga borguncha «kim uchrasa, otib o ‘ldirib, eshonning hov- 
lisiga yetib, d a f atan atrofni o ‘rab, tintuv qilaboshladilar... Mingte- 
pada uch soat otishma qildilar. Bu uch soat ichida soldatlar hovlidan 
hovliga o ‘tib, kim ko‘rinsa otib o'ldirdilar. Muddat bitganda, eshonga 
qarashli nimaiki b o is a olib, shaharga qaytdilar. Ashyo jum lasidan bir
‘0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 323-varaq.
454
www.ziyouz.com kutubxonasi


xos sanduqda ko‘p xatlar bor ekan, buni ham olib kelib tarjima qilib 
ko‘rsalar, tamomisi har kimdan borgan duoyi salomlar ekan. Duoyi 
salomlar kimdan b o ‘lsa, darhol shu odamlami tutmoqqa amr qilindi. 
Shuning uchun Andijon shahridan k o ‘p fuqaro qamaldilar»1.
Bu vaqtda Muhammad Alining lashkari tevarak-atrofga har yoqqa 
tarqalib, o ‘zi ozchilik muriddari bilan tog‘larda yashirinib yurgan 
edi. Eshon tuzoqdan qanday qilib chiqishni bilmay gangib qolgan 
edi. Muridlari ham sarosimada edilar. Chunki ular kutgan voqea 
yuz bermadi. Qolaversa, qo‘llaridagi darralar eshonning duosi bilan 
miltiqlarga aylanmadi, belbog‘lari esa o ‘q o‘tmas sovut b oim adi. 
Unga ergashgan kishilar esa chor askarlarining nayzalari, o ‘q va 
to ‘plari hamda kazak shamshirlaridan nobud b o ‘lishdi. Oxir-oqibat, 
Muhammad Ali parishon holda yonida qolgan uch sodiq muridi 
bilan Arslonbob yaqinidagi Toshko‘prikda pistirmaga duch keldi. 
Mustamlakachilar va’da qilgan amalga uchgan millatfurushlardan 
Q o‘qonqishloq mingboshisi Qodirqul va bozor sarkori Matyaqub 
qo ‘ rboshi eshonni tutish uchun tor yo ‘ Ini to ‘ sib turishgan edi. Orqalarida 
esa shtabs-kapitan O g‘abekov boshchiligidagi chor askarlari shay 
turishgandi. Matyaqub qo'rboshi eshonni tanib, uning oldiga chopib 
chiqdi-da, ta ’zim bilan «Ey, taqsir, men sizni kutib turibman, yordam 
bermoq uchun», deya riyokorlik bilan otdan tushdi va unga yaqinlashdi. 
Millatdoshidan hech yomonlik kutmagan eshon ochiq ko‘ngil bilan 
qo‘lidagi to ‘pponchasini tushirib, otni to ‘xtatdi. Matyaqub bilan 
quchoqlashib yig‘lab k o ‘rishdi. O g‘ir damlarda yordamini ayamagan 
odamga mehri toshib dili to ‘lib yig‘ladi. Matyaqub bo‘lsa eshonni 
k o ‘tarib yerga bosdi va sheriklarini chaqirdi. Qodirqul mingboshi 
chor askarlari bilan birga eshon va uning sheriklarini bog‘lashdi. U 
Muhammad Aliga «Xotin taloq! Hammani xonavayron qilding-ku!»,
- dedi. Bunday xiyonat va haqoratlami o ‘z millatdoshlaridan sira 
kutmagan eshon dili vayron b o ‘lib, ulami la’natladi: «Ikkoving o ia r
vaqtda jinni bo‘lib o ‘lgin! Bizni msga tutib bergan qo‘llaring bilan 
o ‘zingni urib, so‘kkan og‘zing bilan o ‘zingni tishlab o ‘lgin!».
Millat sotqinlari mustamlakachilaming siylovlariga uchib, 
qo‘zg‘alon rahbarini shu tariqa istilochi jalloddarga tutib berdilar. 
Qodirqul Andijon Eski shahariga oqsoqol, Matyaqub qo‘rboshi esa 
Q o‘qonqishloqqa mingboshi qilib tayinlandi. Bosar-to‘sarini bilmay 
mustamlakachilarga astoydil xizmat qilishdi, ammo laganbardorliklari 
ham, hushomadgo‘yliklari ham ish bermay, oxir-oqibat jazosini 
topdilar. Xiyonat bilan berilgan amal vafo qilmadi. Qodirqul oradan
' Fozilbek Otabeko'g'li.
0 ‘sha asar, 31-bet.
455
www.ziyouz.com kutubxonasi


k o ‘p o ‘tmay bir arman boyini urgani uchun sudga berilib, mansabidan 
bekor qilindi. U Q o‘qonqishloqqa qaytib amal hasratidan kasal b o ‘lib 
qoldi. Qodirqul oxiri aqldan ozdi va o ‘zini o ‘zi pichoqdab o ‘ldirdi. 
M atyaqub ham besh oydan keyin shunday o'lim ga duchor b o ‘ldi. 
Topgani shu b o ‘ldiki, harbiy vaziming buyrug‘i bilan uning oilasiga 
besh yil muddat bilan oyiga 50 rubldan nafaqa tayinlandi1.
M ustamlakachilar qo‘l-oyog‘i kishanlangan Muhammad Alini 
aravaga solib eski shahardan olib o ‘tdilar. Hamma eshonni k o ‘rishga 
chiqsin, degan farmonga qaramay deyarli hech kim k o ‘chaga chiq- 
madi. «Taajjub shundaki, - deya eslashadi guvohlar, -h o k im va to ‘ralar 
eshondan bir og‘iz ham m a’lumot va savollariga javob ololmadilar. 
Harchand siyosat qildilar va gap so‘radilar, «eshon hech kimni 
k o ‘rsatmadi, mustabid tergovchilami dog‘i hasratga qo‘ydilar».
Q o‘zg ‘alon rahbarining qo‘lga olinishi butun o ‘lkaga yoyilib 
ketgan keng xalq harakatini to‘xtatolmadi. Yangi tayinlangan 
general-gubemator S.M. Duxovskoy (1898-1901) harbiy vazir 
general Kuropatkinga yuborgan raportida ana shu faktni tan oladi. 
«Bu garchand Farg'onada ko‘tarilgan b o ‘lsa ham, - deb yozgan edi 
Duxovskoy, - uni mutloq mahalliy hodisa yoki qandaydir sinfning 
ishi deb bo ‘lmaydi. Farg‘onaning barcha aholisi va o ‘lkaning 
o ‘zga hududlarida ham g ‘azovotga xayrixohlik bildirganlar k o ‘p. 
Farg‘onadagi g ‘alayon dastlabki taxminlarda ko‘zda tutilgan rayon 
doirasidan ancha keng tashqariga yoyilib ketdi deyishga to ‘la asos 
bor»2.
1898 yil 19 mayda Yakkatutda qurollangan dehqonlar jazo 
otryadiga qarshilik ko‘rsatgan. Namangan tumanida qirg‘iz qo‘z- 
g ‘alonchilari m slar bilan to ‘qnashgan. Bu «shayka»ga qarshi kazaklar 
jang qilishgan. Q o‘qon tumanida telegraf ustuni qirqilib, temir yo‘l 
izlari qo‘porilib tashlangan. Bir necha yuz o ‘zbeklar xuddi shu 
tumanda Beshariq bo‘ylab temir y o ‘l mintaqasi orqali safar uyushtirib, 
m a’muriyat kuchlariga hujum qilganlar. 7 iyunda K o‘gart volostidagi 
qirg‘izlar jazo otryadiga hujum qilishga urinishgan. 9 iyunda esa 
Andijon tumanidagi Susamir volostidagi aholi bosh k o ‘targan.
Jazo gumhlarining xalqqa ko‘rsatayotgan vahshiyligi mehnatkash 
xalqning g ‘azabini qo‘zg ‘atib, yangi-yangi isyonlarga sabab bo‘ldi.
Muhammad Ali qamalgandan keyin chor askarlari har kuni 
«eshonga qarashli yordamchilar» deb o ‘zbek, qirg‘iz, qipchoq,
' 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 3-ro‘yxat, 488-ish, 5-19-varaqlar; R.Sham sutdi­
nov. Dukchi Eshon voqeasidan so‘ng. «Sharq yulduzi», 1991 yil, 1-son.
0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 307-varaq.
456
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish