O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Fozilbek Otabek о ‘g'li.
Dukchi Eshon voqeasi, 35-bet.
458
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hammalari band, zanjir soling‘on. Xususan, eshonni nihoyat mahkam 
bog‘labdirlar. Oyoq-bo‘yni, q o ii bogiiqdir. Boshida sallasi bor, 
ustida malla eski to ‘ni bor, yerga qarab o ‘ltiribdir. Salom qilib kirib 
edik, yonimda turg‘on mingboshi salom qilma, degandek ishorat qilib, 
nuqub qo‘ydi. Keyin to ‘ralar kirib: «Cho‘rt eshon!» dedi. Bizlarga 
qarab: «Eshon shumi?» deb savol qilib edi, bizlar «shu», dedik. «Yana 
tuzuk ko‘ringlar, g ‘alat qilmanglar, rost aytinglar», deb siyosat qilib 
edi, bizlar qo‘rqib: «Eshon shu, boshqa emas» deganimizda «Qaysi 
biri, qo‘ling bilan ushlab ko‘rsat!» dedi. Hammamiz bir-bir ishorat 
bilan k o ‘rsatdik. Keyin, «Yaxshi», deb chiqib ketdilar. Eshon aslo 
bizga qaram adi»1.
Farg‘ona viloyati gubematori harbiy sud bilan birga eshonni 
Andijon tumani boshlig‘i mahkamasiga olib kelib tergov qilganida 
qatnashgan mirzaboshi mulla Ismoilning hikoyasi ham diqqatga loyiq: 
«Uezd (tuman) mahkamasining adabiy tarjimoni Eshmuhammad 
to ‘ra Toshmuhamedov deganini chaqirib, harbiy sud raisi buyurdi: 
«Eshonga ayting, b o ‘lg‘on hodisani so‘zlab bersun, kimlar eshonni 
shu yomon harakatga dalolat va targ‘ib qildi?» Eshon o ‘zim qildim, 
deb javob berdi.
Rais: Sen bilan kimlar birga edi: amaldor, mingboshi yoki yurt 
boshi kattalaridan ham ishtirok qildilarmi?
Eshon: Yo‘q.
Rais: Oq podshoh va uning amaldor, hokim, pristuflarini do‘st 
tutar edingmi, yoki dushman tutar edingmi?
Eshon: K o‘gart tarafidagi mujiklar bechora fuqaroni ko‘b xor 
qilib, urub, yer-suvlarini tortib olg‘onlari uchun xafa b o ‘lub, dushman 
tutar edim.
Rais: M ujiklaming zulm qilg‘onini o ‘zing ko‘rganmisan yoki 
odamlar kelib aytdimi?
Eshon sukut qilib javob bermadi. Raisning atrofida ellikka yaqin 
soldatlar turg‘on edi. Ularga qarab: «Ur!» deb buyurdi. To‘rttasi 
yugurib kelib qo‘lidagi miltiqning qo‘ndog‘i bilan 20-30 ni soldilar. 
Eshon o ‘ltirg‘on kursidan yiqildi. Yana turg‘izib qo‘yib: «So‘zla, 
mujiklaming zulmini sanga kim xabar qilg‘on!», deb savol qilg‘onda, 
eshon:
- Alhamdulillo, alhamdulillo! - deb qo‘ydi.
Sud raisi «Nima deydir?» deb tarjimondan savol qilg‘onida 
Toshmatuf, xudoga shukr qiladir, dedi. Sud raisi yana ikki soldatga 
kaltaklardan olib kel, deb buyurdi. Soldat yugurib chiqib, bir quchoq

Fozilbek Otahek о ‘g'li.
Dukchi Eshon voqeasi, 42-bet.
459
www.ziyouz.com kutubxonasi


kaltak olib keldi. Eshonni yotqizib kaltakladilar. Eshon hech ovoz 
chiqarmay behush b o iib qolg‘ondan keyin soldatlar sudrab, tashqari 
olib aravaga ko‘tarib tashladilar»1.
Eshonning so‘rog‘ida jazo ekspedisiyasining boshlig‘i Korolkov 
ham bevosita ishtirok etdi. U Muhammad Alidan qo‘zg ‘alon sababini 
so‘rab-surishtirganda eshon shunday degan: «Ruslar bizga yaxshi 
qarashadi. Musulmonlar boyib ketmoqda, ammo bu bizga juda 
qimmatga tushmoqda, chunki musulmon ruhidan putur ketmoqda. 
Vujud yayrasa-da, ruh o ‘lmoqda. Samovotning o ‘zi meni harakatga 
undadi, musulmonlami Muhammad alayhissalom podshohligi 
va uning qonunlarini halokatga yetaklovchi shunday xoinona 
farovonlikdan xalos etish uchun kurashga qo‘zg‘atdi». Korolkov 
esa bunday qo‘zg‘alonni «musulmonlaming nasroniylar bilan asriy 
kurashining oqibati», deb baholadi. M ustamlakachilar o ‘sha 1896 
yilda Turkiyaning Gresiya ustidan qozongan g ‘alabasini qutlayot- 
gan musulmon olamidan o ‘ziga xos diniy intiqom olish uchun ham 
Andijon qo‘zg ‘aloni bahonasida dahshatli qatag‘on uyushtirdilar. 
Eshon va uning yaqin maslakdoshlarini qatl etish marosimi bu 
intiqomdan birinchi k o ‘rinish bo‘ldi.
Chor m a’murlari M uhammad Ali siymosida faqat qo‘zg ‘alon 
rahbarinigina emas, balki dini islom ulamosini ham ko‘rardilar. 
M ustamlakachilar uning mol-mulkini musodara qilishganda 300 
dan ortiq nodir Sharq qo‘lyozma kitoblari qatori Muhammad Ali 
qalamiga mansub «Ibrat ul-g‘ofilin» («G ‘ofillar uchun ibrat») asarini 
ham k o ‘rishgan edi. Chor amaldorlari uning siymosida Turkiston 
o ‘lkasini mslashtirish siyosatining ashaddiy muxolifi namoyonligini 
ham his etishgan. Ana shuning uchun ham ms zobitlari va generallari 
eshonni mhan hamda jism onan mahv etish jarayoni juda ta’sirchan 
bo‘lishi uchun barcha vositalami ishga solishdi. 1898 yil 12 
iyunda bu qonli fojia minglab fuqaro ko‘z o'ngida ro‘y berdiki, 
unda qatnashganlar o ‘z xotiralarida o ‘sha kun tafsilotlarini to ‘la 
tasvirlaganlar. M ustamlakachilar Andijonning Eski shahar aholisini, 
barcha katta-kichikni Yangi shahardagi Tuproqqo‘rg ‘on oldida ertalab 
soat sakkizda hozir b o ‘lishlarini buyurdilar. Maktab bolalarining 
ham qatnashuvi majburiy ekanligini uqtirib alohida buym q e ’lon 
qilishdi. «Yosh bolalar, - degan edi gubemator Chaykovskiy, -
katta odamlardan keyin qoladurg‘on odamlar bo‘ladirg‘oni uchun 
uzun um r ko‘rib, ko‘p yillar Rossiya podshohining siyosatini aytib


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish