O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


 O ZBEK VA RUS TARAQQIYPARVARLARI HAMKORLIGI



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

4. O ZBEK VA RUS TARAQQIYPARVARLARI HAMKORLIGI
XX asr boshlarida o ‘lkada xalq harakatlari yangi bosqichga 
ko‘tarildi. Ana shu holat Peterburgda bezovtalik uyg‘otdi. 1906 yil 
31 dekabrda imperiya Ichki ishlar vazirligi polisiya departamenti
469
www.ziyouz.com kutubxonasi


Turkiston general-gubematoriga y o ila g an tavsiyanomasida «So‘nggi 
yillarda Rossiyadagi inqilobiy harakat Turkiston o ik a sid a ham aks 
sado berganini» eslatib, Ichki ishlar vazirligida to ‘plangan josuslik 
m a’lumotlari o ‘lkadagi hukumatga qarshi tashkilotlaming faol ish 
ko‘rayotganidan xabar berayotganini m a’lum qildi. «Turkiston 
o ikasin in g tuzem aholisi, - deb yozgan edi polisiya departamenti, -
hozircha tinchlik saqlayotgan bo ‘ lsa-da, bunday kayfiyat kelgusida ham 
saqlanib qolishiga ishonch y o 'q » 1. Polisiya departamentining bunday 
gumon qilish uchun yetarli asoslari b o ig a n . 1906 yil 12 sentyabrda 
Toshkentning Jom e’ masjidida ro ‘y bergan voqea bunga dalildir. Bu 
yerda Toshkent shahar dumasiga noiblar (glasniy) saylovi borayotgan 
paytda Sebzor dahasida yashovchi M ahdixo‘ja Xorunxojinov degan 
kishi m a’ruza qilib, saylovni barbod qilishga chaqirdi. U noiblikka 
faqat boylar saylanayotganidan noroziligini ochiq aytdi. Saylovchilar 
uning so‘zlaridan hayajonga tushdilar. Shahar dumasi oqsoqoli va 
polisiya pristavi M ahdixo‘jani tartibga chaqirishadi. Keyin mirshab- 
lar yordamida uni masjiddan chiqarib yuborishga urinishadi. 
M ahdixo‘ja «dod» solib odamlami yordamga chaqiradi. Beshyog‘och 
dahasida yashovchi Sultonxo‘ja Inog‘om xo‘jaev unga yon bosib, 
odamlarni tarqalmaslikka va M ahdixo‘janing so‘zlarini tinglashga 
da’vat qiladi. Polisiya pristavi yordamchisi Mireskiy unga darhol 
masjiddan chiqib ketishni, aks holda ikkalasini ham qamoqqa olishini 
aytadi. Shunda Sultonxo‘jadadillikbilan, polisiya vakilisirakutm agan 
tarzda, rus tilida javob qaytaradi: «Qamoqqa olsang, olaver! Uch 
kundan ortig‘iga haqing yo‘q! 7 kunga faqat polismeystergina qamashi 
mumkin». Dovdirab qolgan Mireskiy Sultonxo‘jadan yana bir qancha 
gaplami eshitadiki, ular o ‘zbeklami odam o ‘mida ko ‘rmaydigan 
pristav yordamchisini hayratga soladi. Sultonxo‘ja unga o ‘zining 
dunyo kezganini, chet ellarda b o igan in i va qonunni undan kam 
bilmasligini aytadi. Bu yerga y ig ilg an xalq qiziqish bilan ulaming 
atrofiga to ‘plana boshlaydi. Sarosimaga tushgan Mireskiy yonidagi 
mirshabga bu yerga qo‘shimcha kuchlar chaqirishni buyuradi. Shu 
vaqtda M ahdixo‘ja xalqqa qarata xitob qiladi: «Musulmonlar! Men 
general-gubematorga, shahar b o sh lig i va polismeysterga arizalar 
yozdim, lekin ulardan birontasi ham shikoyatlarimga quloq solmadi. 
Men soliqlar ostida ezilib yotgan xalq uchun qayg‘uraman. Bizga 
Dumaning keragi yo‘q, unga nuqul boylar tushadi. Ular xalq uchun 
qayg‘urmaydilar, balki mansabga minib boyishni o ‘ylashadi. Bizni 
o ‘tin uchun, beda uchun, pichan uchun, qo‘y so‘yganimiz uchun
1 0 ‘zR MDA, 2-jam g‘arma, 3 1-ro‘yxat, 367-ish, 2-varaq.
470
www.ziyouz.com kutubxonasi


hamma-hamma narsaga soliqlar solib, chirmab olishgan». Xaloyiq 
uning gaplarini m a’qullab, hayajonga kela boshlaganini ko'rgan 
Mireskiy M ahdixo‘jani mirshablar yordamida chetga sudray 
boshlaydi. Shunda Sultonxo‘ja chopib ulaming oldiga boradi va 
qandaydir qog‘ozni M ahdixo‘jaga tutqazadi. M ahdixo‘ja qog‘ozga 
imzo chekib, odamlarga o ‘z nomidan Sultonxo‘ja ish yuritishini 
m a iu m qiladi. Masjidga to‘plangan 200 dan ziyod odamlarga qarata 
Sultonxo‘ja otashin m a’mza qiladi. Polisiya bayonnomasida qayd 
qilinishicha, u «Musulmonlar! Hech narsadan qo‘rqmanglar, hech 
kimga quloq solmay, tarqalib ketmang. Men sizlaming foydangiz 
y o iid a o ‘z boshimni qurbon qilaman. Mayli, mingta kazak kelsa, kela 
qolsin. Baribir hech narsa qilisha olmaydi», degan va qo‘lini fotihaga 
ochgan: «Alloh taoloning o ‘zi menga madadkor b o isin ! 0 ‘zi menga 
kuch-quvvat ato etsin». Olomon unga fotiha bergan: «Parvardigoming 
o ‘zi senga madadkor b o isin! Aziz avliyolar yor b o isin !» Voqeani 
kuzatib turgan mirshab Mirvali Mirkamolov atrofdan mirshablarni 
yordamga chaqirgan. Shu paytda turgan kishilardan biri uni polisiya 
pristavi yordamchisi oldidan surib chiqarib, yuziga shapaloq tortadi. 
Junbushga kelgan odamlar «Itvachcha, nega hushtagingni chalding?»,
- deya kaltaklasha boshlashadi. Shu vaqtda masjidga polismeyster 
podpolkovnik N.N.Karaulshchikov katta-kichik amaldorlar va bir 
to ‘da mirshablar hamrohligida kirib keladi. U odamlarga xitob 
qilib turgan Sultonxo‘jani qamoqqa olishni buyuradi. Polismeyster 
buyrug‘iga javoban Sultonxo‘ja unga qarata dadil javob qiladi: «Meni 
hech kim hibsga olishga haqi y o ‘q, polisiyaxonaga boravering, kerak 
b o is a , men ham o ‘sha yerga boram an»1.
Podpolkovnik Karaulshchikov xaloyiqni mirshablar yordamida 
tarqatib, Mahdixo ‘j a va Sultonxo‘jani hibsga oladi va bozor tomon olib 
ketadi. Shunda kattagina olomon ulami ozod qilish niyatida orqadan 
ergasha boshlaydi. Q o‘rqib ketgan polismeyster to ‘pponchasini 
chiqarib, kim qarshilik ko‘rsatsa, o ‘q uzishini aytadi. U shahar 
boshqarmasi a ’zosi Boqijon Dadajonboev va oqsoqollar yordamida 
xaloyiqni tarqatishga va tinchlantirishga urinadi.
Sultonxo‘ja va M ahdixo‘jani qamoqxonaga olib ketishgandan 
so‘ng, kechqumn polismeyster polisiya xodimlaridan tashvishli 
xabar oladi. Qamoqhona b o sh lig i Nechaev hibsga olinganlami ozod 
qilishga urinish boiayotganidan xavfsirayotganini m a iu m qilgan 
edi. Polismeyster Karaulshchikov shahar bo sh lig ig a yozgan axboro- 
tida Sultonxo‘ja u bilan ko‘rishganda, q o iid a Maksim Gorkiyning
' 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 4-ro‘yxat, 1053-ish, 4 2 ^ 3 -v a ra q la r.
471
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish