O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

3. ANDIJON QO ZG ALONI
Tarixga «Dukchi eshon qo‘zg‘aloni» nomi bilan kirgan Andi­
jon qo‘zg‘aloni XIX asr oxiridagi xalq harakatlarining eng katta-
439
www.ziyouz.com kutubxonasi


laridandir. U Muhammad Ali eshon (1846-1898) nomi bilan mash- 
hur'.
Muhammad Ali M arg ilo n shahriga qarashli Shaxidon qishlo- 
g ‘ida o ‘rtahol dehqon va hunarmand Muhammad Sobir oilasida 
dunyoga kelgan. Otasi uni bolaligida Buxoroga olib borib, Usmoncha 
oxund domla maktabiga bergan. M uhammad Ali 16 yoshga to ig an id a 
Samarqand yaqinidagi Karruh qishlog‘ida mulla Usmon oxund sudur 
eshon xizmatiga beradi. To‘rt yildan so‘ng butun vodiyga tanilgan 
o b ro ii ulamo Sultonxon to ‘ra eshon xizmatiga kiradi.
M uhammad Ali o ‘zining odamoxun, kam bag‘alparvarligi va 
k o ‘ngli ochiqligi hamda chuqur mulohazakorligi bilan ustozi e ’ti- 
borini qozonadi. U Aravondan Asakaga va Asakadan 0 ‘shga 
o ‘tadigan y o id a qatnaydigan karvon va y oiov ch ilar uchun xayrli 
ish qiladi. Shahrixonsoyning tepasida Aravon bilan Asaka o ‘rtasidagi 
karvon y o ‘li yonida joylashgan baland suvsiz yerda joy qilib, 
Shahrixonsoydan k o ‘zalarda suv tashib kelib katta yo‘1 yoqasiga 
o ‘matilgan xumlami to id iradi. Shahrixonsoyning 40-50 sarjinlik 
baland qurg'oqlikda Muhammad Ali bog‘ barpo qiladi. Uning 
mehnati bilan o ‘sgan daraxtlar soyasida suv t o i a xumlar y oio v chilar 
chanqogini qondirdi. Bu ish unga obro‘ keltirib, nom ini odamlar 
og'ziga tushiradi. 1882 yidda Sultonxon t o i a eshon agar qazoyu 
qadar yetsa, o ‘miga Muhammad Ali pir b o iish in i e io n qilgani bejiz 
emasdi. M uhammad Ali 1887-1893 yillarda Makkayu Madinaga 
borib haj qiladi, Hindiston va Rossiya shaharlarida b o iib qaytadi. 
Muxlislari Mingtepa qishlogidan unga mos hovli-joy olib berishadi. 
Eshonning yaxshi fei-atvori, kamtarona turmush tarzi, boy hayotiy 
tajribasi va keng dunyoqarashi uning muxlislari sonini tobora oshirib 
bordi. Mingtepa tezda ko'plam ing qutlug‘ ziyoratgohiga aylandi.
0 ‘sha yillari Mingtepa 450 xonadonlik o ‘rtacha bir qishloq b o iib , 
unda 1200 nafarga yaqin o ‘zbek, tojik va qirg‘izlar istiqomat qilgan. 
Ular dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. 
Eshon ham k o ‘plar qatori otasidan qolgan hunar - yigchilik bilan 
m ashg‘ul b o ig a n . Bekor vaqtlarida muridlari olib kelib bergan 
yog‘ochni tarashlab, yig qilib, muridlariga bir-ikkisini sovg‘a qiladi.
1 Bu q o ‘zg ‘alon tarixi haqida qarang: Fozilbck Otabek o ‘g ‘li. Dukchi Eshon 
voqeasi. Farg'onada istibdod jallodlari. Nashrga tayyorlovchilar: S.Ahmad, 
U.Dolimov, Sh.Rizaev. Т.: C ho'lpon, 1992; Egam nazarov Alinazar. Siz bilgan 
Dukchi Eshon (hujjatli qissa). Т., «Sharq». 1994; Muso Turkistoniy. U lug' Turkiston 
fojiasi. II jild. Madina, 1979. Ю супов Е.Ю., Лунин Б.В. Андижанское восста­
ние в советской исторической литературе. ONU, Т., 1987, №1; Hamid Ziyoev. 
Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. Т., «Sharq», 1998.
440
www.ziyouz.com kutubxonasi


Muridlar esa yig bilan ip eshsalar, biri ming boig an id ek xayol 
qilishgan. Agar yig bilan yigirilgan ipdan to ‘n tikilgan b o ‘lsa, tabar- 
ruk qilib, qariyalar tobutlarining ustiga yopmoq uchun olib qo‘yish- 
gan. Zamondoshlarining hikoya qilishlaricha, M uhammad Ali o ‘rta 
bo‘yli, cho‘qqi soqolli, kamsuxan, kulib turuvchi, ovozi mayin bir 
kishi bo‘lgan. U hamma vaqt b o ‘z kuylak va ishton bilan malla to ‘n 
kiyib yurgan. Boshiga kichik salla va quloh qo‘yib, b o ‘z mahsi- 
kovush kiygan. Muhammad Ali ziyorat uchun kelganlarga, hatto 
murid va muxlislariga ham, o ‘zi dasturxon yozgan, non-osh qo‘ygan. 
1890 yillarga kelib eshonning ziyoratchilari nihoyat ko‘payib 
ketgach, muridlari unga 500 ot sig‘adigan otxona qurib berishadi1, 
xom g ‘ishtli 12 gazli minorasini 34 gazga ko‘tarib, pishiq g ‘ishtdan 
ishlab berishadi2.
M uhammad Ali cheklangan, shariat aqidalaridan o ‘zgani 
tan olmaydigan ruhoniylarga qarama-qarshi o ‘laroq, davr talab- 
ehtiyojlarini anglab yetgan peshqadam ulamo b o ‘lib, o ‘z oldiga aniq 
maqsad qo‘ygan edi. U ana shu maqsad yo‘lida barcha vositalarni
hatto turli sehr va «karomat»lami ham ishga solganki, natijada uning 
muridlari safiga dehqon, chorvador, hunarmandlardan tashqari, 
mulkdor tabaqalar, hatto mahalliy m a’muriyat vakillari ham 
qo‘shilgan. Eshon ziyoratchilaming ko‘z oldida o ‘t-olov yoqmay 
qozon qaynatgan. Aslida esa bu ishni tabiiy devor ichidan o ‘tkazilgan 
maxsus quvurlar orqali keladigan issiqlik bajargan. Bu ishlarda 
muhandislikdan va Yevropa fan-texnikasi yutuqlaridan xabardorligi, 
chet ellarda b o iib , ko‘p narsa o ‘rganganligi ham qo‘l kelgan.
Eshonning obro‘-e’tibori qanday ko4arilib ketganini «minora 
voqeasi» yaqqol ko‘rsatadi. Xom g ‘ishtdan tiklangan minorani 34 gaz 
ko‘targanlaridan so‘ng bir qancha vaqt o ‘tgach, u bolalar o ‘qiydigan 
maktab tomon og‘adi. Buni ko‘rgan hushyor odamlar minorani buzib, 
qayta qurish haqida gapirganlarida johil so‘filar «hazrat eshonning 
karomatlari bilan bo‘lgan narsa yiqilmaydi, qiyomatgacha shu 
holatda turadi», - deyishadi. Maktabni boshqa tarafga ko‘chirishga 
ham ko‘nishmaydi. Minoraning maktab tomon qulashi arafasida 
ham johil so‘filar bu minoraning xom g ‘isht ustiga qurilganini bir 
karomat, shuncha yorilib, bir tarafga og‘ib yiqilmaganini ikkinchi 
karomat deb hisoblashgan. 1896 yilda minora qulab, maktabning 
yarmini bosib qolishi natijasida so‘fi va 23 bola halok bo ‘ladi, 15 
bola jarohat oladi. Ammo bu voqeani ovoza qilmay darhol, bosti-


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish