doiralar bu qo‘zg ‘alon vaboga qarshi rus amaldorlari qo‘llagan
tadbirlardan norozilik tufayli kelib chiqqan, deb izohlashga urindilar.
Shuning uchun ham uni «Vabo isyoni» deb nomlashdi. Yuzaki
qaraganda, chindan ham shunday bo‘lgan. 1892 yil may oyida
Jizzahda vabo bilan og‘rigan kishilar haqidagi xabar butun o ik a g a
tarqaldi va Sirdaryo viloyatiga o ‘tadigan kechuv oldida ehtiyot
yuzasidan kuzatish bekati tashkil qilindi.
Iyun oyida Toshkentda ham
vabo tarqalgani m a’lum bo'ldi. Yangi shaharda 417, Eski shaharda
1462 bemor aniqlandi. 1892 yil 7 iyunda shahar m a’muriyati 12
eski qabristonni yopib, yangi 4 qabriston ochilishini, shahardan
chiqish cheklanganini e ’lon qildi. Ammo mustamlaka m a’muriyati
tibbiyot nuqtai nazaridan to ‘g ‘ri bo'lgan bu tadbirlami o'tkazishda
aholi o'rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik
odatlari, marosim qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va’da
qilingan
4 ta yangi qabriston o'rniga faqat bittasi ochildi. M arhumlami urf-
odatga k o ‘ra ko‘mish g ‘oyat mushkul yumushga aylandi. Odamlar
noiloj o iik n i eski qabristonlarga olib borib ko‘mishga majbur
bo'ldilar. Polisiya bundaylami topib hibsga ola boshladi. Qabrlami
ochib, oiganlam ing ruhi haqorat qilindi. Xaloyiq bosh oqsoqolni
qidirib ketdi. Eshonlardan Azizyor, Abulqosimxo‘ja,
bozor oqsoqoli
Ziyomuhammad va boshqa taniqli kishilar boshchiligidagi mingga
yaqin kishi shahar boshlig‘i mahkamasi tomon yo‘l oldilar. Ularga
0 ‘rda bozori yaqinidagi Voronsov ko‘chasida hokim to‘ra - shahar
boshlig'i polkovnik S. R. Putinsev va oqsoqol Muhammad Yoqub
to'qnash kelishdi. Qamchisini o'ynatib kelgan oqsoqol xalqning
so‘zlarini, arz-dodini tinglash o ‘rniga unga d ag 'dag 'a qilaboshladi.
Ana shunda uning boshiga toshlar yog'ildi. Mashhur «Toshotar
voqeasi» boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga
qochib yashirindi. Polkovnik Putinsev esa o ‘zining
sodiq qulini
panohiga olib, xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni tutib
berishni talab qildi. Putinsev ham muzokara o'rniga kuch ishlatishni
afzal k o ‘rib, to'pponchasini g'ilofidan chiqarib, dag'dag'aga o'tdi.
Sabr kosasi to ig a n xalq, uzoq o'ylab o ‘tirmay, hokimga hujum
boshladi. Putinsev va uning mirshablarini do'pposladi, mahkamani
ham ostin-ustin qildi.
Qurollangan soldatlarning yetib kelgani ham qo'zg'alonchilam i
cho'chitmadi. Mustamlakachi amaldorlar xalqni ayamay o'qqa
tutdi. Natijada ko‘p kishi halok bo'ldi va yaralandi. 0 ‘lganlar va
yaradorlarning miqdori haqida aniq m a’lumotlar saqlanmagan.
Chunki xalqning o'zi jasadlarni va yaradorlami o'zlari
bilan olib
434
www.ziyouz.com kutubxonasi
ketishdi. Q o'lga olingan 60 kishidan 8 kishi o'lim jazosiga, qolganlari
qamoq va surgunga hukm qilindi1.
Q o‘zg‘alonning asl sababini mustamlaka m a’muriyat man-
sabdorlariningo‘zlarihamyaxshibilishgan.Jumladan,N.P.Ostroumov:
«K o‘p jihatdan ayb o ‘zimizda, albatta. Ularning fe’l-atvorini va
qonun-qoidalarini o ‘rganganimiz y o 'q va hali ham o ‘rganmayapmiz.
Bunda ayb faqat vaboning o ‘zida emas, u sabr-kosasini to ‘ldirib-
toshirib yuborgan so‘nggi tomchidir. Norozilik allaqachon kuchayib,
yig‘ilib kelmoqda edi, keyin esa boshqa noroziliklar qo‘shilishi bilan
birdaniga qo‘zg ‘alon boshlanib ketdi»2, - deb yozgan edi.
Chor mustamlakachilari qo‘zg ‘alonehilami jazolashda o ‘zlariga
yoqmagan mahalliy ziyolilami, xalqni ko‘tarishga qodir m a’rifat-
parvar va millatparvarlami ham qatag'on qildi. Podshoh general-
laridan biri, harbiy gubemator N.I.Grodekovning 1892 yil 1 iyulda
Turkiston general-gubernatoriga yuborgan
axboroti buni yaqqol
tasdiqlaydi: « 0 4 g an 25 iyun kuni taqdim etganlarimga qo‘shimcha
ravishda Siz zoti oliylariga yana shu narsani m a’lum qilish sharafiga
noilmanki, shahaming osiyoliklar yashaydigan qismi oqsoqoli
In’om xo'ja U m arxo‘jaevni 24 iyun voqealariga olib kelgan
harakatning asosiy rahbari va haqiqiy sababchisi deb hisoblash
kerak. U shaxsan o ‘zi va eng yaqin xodimlari orqali nodon xalq
ommasi orasida tashviqot olib borgan, m a’muriyatimizning vaboga
qarshi farmonlari va xatti-harakatlari xususida tashvish tug'di-
radigan xabarlar hamda mish-mishlar tarqatgan.
Mazkur tuze-
mesning eng yaqin sheriklari unga qarindosh bo'lgan yuzboshi
Ahmadxo‘ja va qudasi Usmonxo‘jadan tashqari, Shayxovandtahur
dahasining qozisi Sharifxo‘ja, so‘ngra Beshyog‘och dahasining
yerlik fuqarolari Badalmuhammad Xolmuhamedov va Boqijon
Dadajonboev b o ‘lgan. Menga m a’lum bo‘lishicha, bu kishilar av-
vallari ham shaxsan o'zlari va ko‘p tarafdorlari
orqali olomonga
boshchilik qilganlar, uni hukumatning tadbirlariga qarshi qo‘z-
g ‘atganlar. Bu barcha shaxslaming xalq orasidagi zararli tashviqi
ta ’sirini hisobga olib, 24 iyun voqealari sodir bo‘lgan kunning
o ‘zidayoq hammalarini qamoqqa olishga farmoyish berdim»3.
1
Karimov Sh., Shamsutdinov R.
Turkiston Rusiya bosqini davrida. Andijon,
«M eros», 1995, 64-bet.
20 ‘zR MDA, N. P. Ostroumov jam g'arm asi, 1-ro‘yxat, 67-ish.
3
Yusupov Sharif.
Furqat yo‘llarida. Adabiy maqolalar. Toshkent, 1984, 168-
170-betlar.
435
www.ziyouz.com kutubxonasi