O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

X.To'ychieva.
K o‘rsatilgan dissertasiya. 60 -6 0 betlar.
428
www.ziyouz.com kutubxonasi


M a’lumki, 1885 yilda Farg‘ona vodiysida mustamlakachilarga 
qarshi taniqli ulamo va zamindor Darvishxon Eshon To‘ra rahbarligida 
qo‘zg‘alon ko'targan. Q o‘zg ‘alonchilar Yangi M arg‘ilon shahrini 
Andijon va Q o‘qon bilan bog‘lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi. 
Asaka, Q o‘rg‘ontepa, Shahrixon, O ltin k oi, Jalolquduq 0 ‘sh 
uezdining Novqat, Tutlik qishloqlari, Oqbo‘yra volosti va M arg‘ilon 
aholisi ham qo‘zg‘alon domiga tortiladi.
Mustamlaka m a’muriyati qo‘zg‘alonni bostirish uchun Andijon 
uezdi boshlig‘i kapitan Buryanovga katta harbiy kuchlami yuboradi. 
Muntazam qo‘shin qo‘zg‘alonchilami chekintiradi, lekin Darvishxon 
Namangan tog‘lari atrofida yangi kuchlami to ‘plab kurashni davom 
ettiradi. Bu qo‘zg ‘alonga rahbar Darvishxon va uning maslakdoshlari 
xususida o ‘lka boshlig'i, Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari 
qo‘mondoni N.O.Rozenbax (1882-1889) Peterburgga y o ‘llagan xat 
mazmuni diqqatga sazovordir: «Q o‘zg ‘alon viloyatning turli joylarida 
bir vaqtda boshlanishi va qo‘zgolonchilaming o ‘g ‘rilik va talonchilik 
qilmasdan, barcha aholining bu harakatga chaqirilishi, bu harakatning 
to'liq 
m a’noda 
amaldagi 
xukumatga 
qarshi 
qaratilganligini 
k o ‘rsatadi».
Darvishxon qo‘zg‘aloni Angliya bilan umsh holatida turgan 
Rossiya xukmdor doiralarini g ‘oyat bezovta qiladi. Angliyaning 
ittifoqchisiga aylangan A fg‘oniston amiri Abdurahmon chegara 
masalasida Rossiya bilan jiddiy ixtilofda ekanini hisobga olsak, u 
Darvishxonga jiddiy yordam ko‘rsatishi mumkin edi. Q o‘zg‘alon 
m ag'lubiyatga uchragandan so'ng Darvishxon A fg‘onistonda panoh 
topgani va o ‘sha erda 1889 yili vafot etgani ham ana shu fikming 
haqiqatga yaqinligidan dalolat beradi. Buxoro amiri o ‘g ‘li Abdumalik 
To‘ra bu vaqtda Peshovorda inglizlarda panohida Rossiyaga qarshi 
harakatlarda faol ishtirok etayotg‘ani ham diqqatga sazovordir.
Chor amaldorlari mahalliy xalqning mustamlakachilardan o ‘ch 
olishini «talonchilik», «qaroqchilik» deya baholab, qo‘zg‘alonlaming 
ijtimoiy-siyosiy mohiyatini xas-po‘shlashga urinishdi.
1891 
yil 18 avgustda Namangan tumanining Chandavur qish- 
log‘ida mahalliy sudxo‘r Muhammad Jalil Vorisxo‘jaevning uyini 
nom a’lum kishilaro'rabolib,undanadolattalabqilishgan.Q urollangan 
dehqonlar insofsiz sudxo‘ming sandig'idan 87600 mbl topishgan va 
uni mazlumlar foydasiga musodara qilishgan. 1892 yil 18 fevralda 
esa Q o‘qon tumanidagi mahalliy boylardan mulla Muhammad Rajab 
Hakimboevning uyiga ham nom a’lum qurolli kishilar hujum qilish­
gan. Mingboshi Mirzaqul Sultonboevga ham ana shunday kishilar 
hujum qilib, uni o‘ldirishgan.
429
www.ziyouz.com kutubxonasi


Turkiston general-gubematori mahkamasi maxsus bo iim in in g
maxfiy axborotida 1887-1898 yillar mobaynida Farg‘ona, Samarqand 
va Sirdaryoda ana shunday «qaroqchilik bosqinlari»dan 668 tasi qayd 
etilgan. General-gubemator mahkamasi maxsus boTimining boshlig‘i 
Turkiston general-gubematoriga yozgan m a’lumotida «to‘polon va 
isyonga rnoyil» b o ig a n Farg‘ona aholisi vakillarini harbiy sudga 
berish va sud chiqarajak o iim jazosini oshkora ijro etish haqida fikr 
bildirdi. U xalqni qo‘rquv va talvasada tutishigina o ik a d a tartib va 
osoyishtalikni ta ’minlashga qodir yagona vositaligini uqtirdi. General- 
gubem ator uning fikrlarini jamlab, 1892 yil 17 martda o ‘zining 
bevosita boshligi-H arbiy vazirga axborot j o ‘natdi. Unda u Q o‘qon 
tumaniga qarashli Konibodom qishlogida yashovchi Ahmad Azimov, 
Abdujabbor Mahsumov, Yusufjon Said Oqsoqolov, Toshmuhammad 
Ashur Muhammedov, mulla Sodiq Olimboev, Muhammad Sobir, mulla 
Muhammad Rajabov, Muhammad Xoliq Muhammad Yoqubovni 
hamda Beshariq volostidan Ortiq mirza Raimov, Otajon va Sibirdan 
qochgan Said «o‘g ‘ri»ni harbiy sudga berish uchun ijozat so‘ragan.
Xuddi o ‘sha yili Farg'onadagi vaziyatdan cho‘chigan viloyat 
harbiy gubematori aholidan ko‘z-quloq b o iib turish uchun maxfiy 
siyosiy polisiya xizmatini tashkil etish taklifini ilgari surdi. General- 
gubemator Vrevskiy markaziy hukumatdan rasman ijozat olguncha 
bunday xizmat uchun, y a ’ni maxfiy ayg‘oqchilar tarm o g in i 
vujudga keltirish uchun, Farg‘ona viloyatining har bir tumaniga o ‘z 
ixtiyoridagi mablag‘dan oyiga 200 rubl ajratdi. O ik an in g oliy harbiy- 
siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to iq in in i 
pasaytirish uchun ta ’sirchan vosita izlay boshladilar. Qurolli kuchlar 
va polisiya xizmatini kuchaytirish tadbirlari uchun bir yilning o ‘zida
5 536 417 rubl sarflandi. Holbuki, undan ham muhim hisoblangan 
temir y o i uchun bor-yo‘g ‘i 190 000 rubl ajratilganini hisobga olsak, 
chor hukumatining xalq harakatidan naqadar xavotirga tushgani aniq 
b o ia d i. Lekin mustamlakachilar q o ilag an favqulodda jazo choralari 
baribir xalq harakatlarini to ‘xtata olmadi. Turli-tuman siyosiy 
chiqishlar davom etaverdi.
Andijon yaqinidagi K o‘qonqishloq volostida 1893 yil 13 fevralda 
ro ‘y bergan voqea chor m a’murlarini g ‘oyat tahlikaga soladi. Pristav 
Sharigin mingboshi saylovini o'tkazish uchun Qashqarqishloqqa 
kelganida xalq ellikboshilar va mingboshi nomzodlarini qayta k o ‘rib 
chiqib, adolatli saylov o ‘tkazishni talab qiladi. Rad javobidan so'ng 
olomon harakatga kelib, pristav va uning odamlariga tashlanadi. 
Chor zobiti va uning mirshablari kazaklar yordamga kelguncha 
kaltaklanadi. Xalq vakillaridan uch kishi hibsga olinib, Andijon
430
www.ziyouz.com kutubxonasi


turmasiga j o ‘natiladi, lekin y o id a odamlar mirshablarga hujum qilib 
mahbuslarni ozod qiladilar. Pristav Sharigin qo‘ydek yuvosh deb 
hisoblab kelgan o ‘zbek dehqonlarini endi tanimay qoladi va vahimaga 
tushib, o ‘z jonini saqlash uchun qochib qoladi. Rotmistr Shariginning 
kiyim va anjomlari qo‘zg‘alonchilar q o iid a qolib ketadi. Sharigin 
qoiqqanidan to ‘g ‘ri y o i qolib, Oyim volosti orqali 60 chaqirim y o i
bosib Andijonga yetib keladi. Tumanboshi podpolkovnik Bryanov, 
tuman sudyasi Nikiforov voqea yuz bergan joyga borib vaziyatni 
o'rganadilar, guvohlami chaqirib so‘roq qiladilar. Kelishtiruvchi 
sudya Nikiforov o ‘z boshligiga bergan axborotida pristav rotmistr 
Shariginning «quturgan olomon o ‘rtasidagi ahvoli chindan ham xavfli 
bo ig a n in i» 1 aytadi. 0 ‘sha kuni Q o‘qonqishloqda b o ig a n voqealar 
0 ‘zgan, Oyim volostlarida ham aks sado berib, Omonchura, Mosi 
qishloqlarida ham odamlar ko‘tarilgani va saylovlar qolib, ochiqdan- 
ochiq g ‘alayon tusini ola boshlagani m a iu m b o ia d i.
Farg‘ona viloyati harbiy gubematori general-leytenant N.I.Ko­
rolkov zudlik bilan o ‘zining yordamchisi general-mayor Medinskiyni 
«isyonchilarni jazolash uchun» Qashqarqishloq va Q o‘qonqishloqqa 
jo ‘natadi. Generalga 16-batalonning kuchaytirilgan rotasi hamroh 
b o iad i. Medinskiyga hukumatga qarshilik qilgan aholiga nisbatan 
imperiya qonunlar majmuasining II jildi, I qismdagi 542-modda 
hamda uni toidiruvchi Vazirlar Q o‘mitasining 1885 yil 3 martdagi 
Nizomida ko isatilg an jazo choralarini ko‘rish yuklatildi. Rotaning 
Qo'qonqishloqqa kelishi, Andijon tumani b o sh lig i podpolkovnik 
Bryanovning kuzatishicha, qishloq ahliga «aytarli ta ’sir ko'rsat- 
madi»2. General Medinskiy «isyonchilarga» m a’naviy-ruhiy, jis- 
moniy va moddiy jazo qo ilashg a qaror qiladi. Uning buyrug‘i bilan
31 nafar o'zbek dehqoni yalang'och holda ochiq maydonga yotqi- 
ziladi. Kazaklar ulami darra va qamchi bilan 15 martadan 100 
martagacha savalashadi. Ikki yuzdan ortiq askar va zobitlami boqish 
uchun aholiga katta pul jarimasi solinadi. Gubemator Turkiston 
o ik a boshligiga rota Qo'qonqishloq va Qashqarqishloqlarda juda 
qulay joylashgani va ajoyib tarzda oziq-ovqat bilan ta ’minlanganini 
mamnuniyat bilan xabar qilgan3. 1893 yil 16 martdagi axborotda 
rota zobitlari aholidan undirilgan puldan kunlik maosh bilan 
ta’minlanganliklari ko'rsatilgan. Ammo harbiy kuch va zo ‘ravonlik 
xalqning adolatsiz rus hokimiyatiga qarshi chiqishlariga barham
1 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 4-ro‘yxat, 155-ish. 3-varaq.
: 0 's h a hujjat, 5-varaq.
’ 0 ‘sha hujjat, 6-varaq.
431
www.ziyouz.com kutubxonasi


berolmadi. Xuddi shu Andijon tumanining K engko‘l - Qoraqir 
volostida ellikboshilar saylovini o ‘tkazishga kelgan pristav Sharigin 
yana olomon qahriga duch keladi. Volost boshqaruvchisi unga odam- 
lar uning buyrug‘ini bajarishdan b o ‘yin tovlayotganidan shikoyat 
qiladi va Mansurxonov degan qirg‘izni javobgar sifatida qozi 
uzuriga yubora olmayotganini aytadi. Sharigin mirshablardan biriga 
ana shu qirg‘izni huzuriga olib keltirishni buyuradi. Shundan so‘ng 
Sharigin o ‘tovdan chiqadi va ko‘zi o ‘zaro janjallashayotgan katga 
olomonga tushadi. Pristav ularga tarqalishni buyuradi.
Voqealaming keyingi rivoji Farg‘ona harbiy gubematori general- 
leytenant Povalo-Shveykovskiyning Turkiston general-gubematoriga 
1896 yil 13 fevralda yuborgan axborotida shunday bayon qilinadi: 
«Rotmistr qirg‘izlar qarshiligiga duch keldi. Olomon unga tahdid 
bilan yaqinlashdi, yonidagi shifokor va feldsher tomon tosh ota 
boshladi... Toshlardan biri Sharigindan ikki qadamcha narida turgan 
mirzasi Muhammad Turdining yuzini yorib, qonga b o ‘yadi. Lablari 
yorilib to ‘rtta tishi sindi. Boshqa tosh mirshab Sodiq Yoqubovni yerga 
qulatdi. Atrofidagi xodimlari pristavga zarar tegishidan xavotirlanib 
uni amallab o ‘tovga olib ketishdi. Shunda o ‘tovga toshlar yog‘ildi. 
Muhammad Turdi mirshab va mirza Orziqulning aytishicha, olomon 
o ‘rtasida «Pristav va mirshablami uringlar!», «Ruslami do‘ppos- 
lang!» degan xitoblar eshitilgan1.
1896 
yilda Namangan tumanining Oqchi-Shahrixon volostidagi 
Naymancha, K o‘hna mozor, Langarbobo qishloqlarida mingboshi 
saylovida ham kuchli norozilik oshkora g ‘alayonga aylana boshlagan. 
Xalqqa zulm o ‘tkazgan poraxo‘r mingboshi Eshmuhammadning 
yana lavozimiga saylanganidan norozi b o ‘lgan kishilar tumanboshi 
yordamchisi rotmistr Bushendan adolat tilashadi, lekin uning rad 
javobi va dag‘dag‘asidan g ‘azablanib, ularga qarshi ko‘tariladilar. 
Poraxo‘r ellikboshilami do‘pposlash boshlanganda Bushen «g‘ala- 
mislardan biri» Sherboy Ismatullaevni mirshablar yordamida hibsga 
oladi. Oqsoqol Eshonqul Xolmuhamedovga uni tezda Namangan 
turmasiga eltishga buyruq beradi. Oqsoqol mahbusni masjid 
hovlisidan olib chiqayotganda u to ‘satdan oqsoqolga musht urib 
qochadi. Sarosimada qolgan oqsoqol o ‘ziga kelar-kelmas g ‘azabnok 
odamlar uni qurshab olishadi. Shu vaqtda masjidga ikki mingdan ortiq 
dehqonlar kelib ellikboshi, oqsoqol, qozi va mirshablami do‘pposlab 
ketishadi. 
Olomon mingboshilikka nomzod Yo‘ldosh 
sarkor 
yashiringan masjid hujrasi eshigini sindiradi. Lekin u mahalliy qozi
1 CTsha hujjat, 8-varaq.
432
www.ziyouz.com kutubxonasi


Toshxo‘ja yordamida m o‘ri tepasidan tomga chiqib, qochib qolgan 
edi. Tumanboshi yordamchisi Bushen o ‘z vaqtida qochib, boshlig‘iga 
voqeani xabar qiladi. Q o‘rqib ketgan tumanboshi shaxsan Ko‘hna 
mozorga kelib, xalqqa adolat qilishga va’da beradi1.
Yangiqo‘rg‘on jabha (uchastka) pristavi shtabs-kapitan Yenikeev 
o ‘sha yili Saroy qishlog‘ida dehqonlaming saylovga to ‘plangan 
ellikboshilami o ‘rab olgani va katta to ‘polon ko‘tarilganidan saylov 
o ‘tkaza olmaganini xabar qilgan2.
Qoraqalpoqlar yashovchi Chimboy uchastkasi Talliq volosti- 
ning K opak-koi degan joyda (hozirgi Bo‘zatov tumani hududi) 
m a’muriyat vakili-oqsoqolni qayta saylash jarayonida g ‘alayon 
ko‘tarildi. Ammo u kazaklar tomonidan bostirildi. 1899 yil 28 martda 
tergov, qidirish, qamoqqa olish ishlari boshlandi. Dehqonlar hibsga 
olinib, Petroaleksandrovskga jo ‘natildi.
Sho‘raxon uchastkasi Biybozor volostida va Chimboy uchast­
kasi Nukus volostida mustamlakachilarga qarshi Bobo K o‘klan 
boshchiligidagi xalq qo‘zg ‘aloni jiddiy tus olib, qariyb o ‘n yil (1881- 
1891) davom etdi.
Dehqonlar tez-tez soliq to iash d an bosh tortib turganligi natijasida 
boqimandalar 1889 yili bo‘lim bo‘yicha 12818 rublni, 1896 yili 
esa 16723 rublni tashkil etdi. Dehqonlaming qarzlardan ozod etish 
haqidagi iltijolari qoniqtirilmadi. 1900 yil mart oyida Nukus volostida 
shu sabab dehqonlar bilan qishloq m a’muriyati o ‘rtasidato‘qnashuvlar 
b o iib o ‘tdi. Dehqonlar o ‘tov boshiga olinadigan soliqni to iashdan 
bosh tortib, ovul oqsoqoli bilan qozini tutib, ulaming lavozimlik 
belgilarini, muhrlarini tortib olishdi3. Chap qirg‘oqdagi qoraqalpoqlar 
ham zolimlarga qarshi bosh ko‘tardilar. 1900 yili Q o‘ng‘irot bekligida 
yashovchi qoraqalpoqlar sug‘orish inshootlarini (Lavzon kanalini) 
tozalash majburiyatini bajarishdan bosh tortdilar.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish