O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Hojiakbar Hamidov.
0 ‘zbekiston m a'naviy madaniyati tarixi: shakllanishi, 
taraqqiyoti, muammolari. Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim 
etilgan dissertasiya. Toshkent, 1996, 168-204-betlar.
421
www.ziyouz.com kutubxonasi


xotirasida, - deb yozgan edi qozoq elshunosi Ch. Valixonov, - minglab 
hikoyalar, qissalar, qo‘shiqlar saqlangan»1. Ulaming ichida eng 
mashhuri «Alpomish», «Qoblan», «Edige», «Shariyor», «Ersho‘ro», 
«Qirq qiz» dostonlari bo‘lgan. Ulaming ijrochilari jirovlar, bax- 
shilar va qissaxonlar favqulodda shoirona qobiliyatga ega b o iish - 
gan. Ular tufayli uzoq o ‘tmishdagi xalq og‘zaki ijodi namunalari 
avloddan-avlodga o ‘tib, bizgacha yetib kelgan.
Jirovlar shajarasining ildizi uzoq o ‘tmishga borib taqaladi. 
XV asrda Soppasli Sipira jirov katta shuhrat qozondi, X V III-X IX
asrlarda esa Jiyan jirov, Shonqay jirovlar nom chiqardi. Bir necha 
baxshilar maktablari, shu jum ladan, G ‘aribniyoz baxshi, Aqimbet 
baxshi, Q o‘shim baxshi, Musa baxshi va hokazo maktablar faoliyat 
k o ‘rsatgan.
Xalq turmushi, mehnat faoliyati, dasturlari, urf-odatlari bilan 
chambarchas b o g iiq b o ig a n to‘y qo‘shiqlari, y ig ‘i ashulalari 
(yo‘qlash, marsiya, xayrlashish), bolalar va «davolash» (badik) 
qo‘shiqlari va boshqalar qoraqalpoqlaming she’riy va musiqiy 
ijodiyotining tarkibiy qismini tashkil etgan.
M aqol-matallar xalq 
donishmandligining 
yig‘indisi, 
xalq 
iste’dodining yorqin namunasi b o iib kelgan. Qoraqalpoklarda 
jumboqlar, zukkolik musobaqalari (javob aytish) va xalq ijodining 
boshqa k o ‘pgina turlari keng tarqalgan.
Qoraqalpoqlar boshqa turkiyzabon xalqlar bilan bir qatorda 
qadimiy umumturk yozma yodgorliklarini (qadimiy urxun-enisey 
yozuvlari, V II-V III asrlar), Mahmud Koshg‘ariyning «Devoni 
lug‘ati turk» (XI), «Kodeks Kumanikus» (XIII asrdagi qipchoqdar tili 
lug‘ati), «O g‘uznoma» kabilami meros qilib olgan2.
Qoraqalpoqlaming o ‘z hayoti va mustaqilligi uchun sabot-ma- 
tonat bilan olib borgan kurashi jarayonida Jiyan jirov, K unxo‘ja, 
Ajiniyoz, Berdax, 0 ‘tesh kabi ajoyib xalq shoirlari yetishib chiqdi.
Qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyandasi, shoir va jirov 
Jiyan Jung‘or xonining va boshqa xonlaming shafqatsiz siyosatini 
«Xonavayron xalq» poemasi misolida fosh qildi. XIX asrdagi 
barcha taraqqiyparvar qoraqalpoq shoirlari Jiyan jirovni qoraqalpoq 
she’riyatining otasi deb tan oldilar.
M ashhur shoir K unxo‘ja (Jiyamurod) ham (1799-1880) o ‘z 
asarlarida («Cho‘ponlar», « 0 ‘roqchilar», «Oq qomish» va boshq.)

Валихонов Ч. Ч.
Сочинения. Известия русского географического общ е­
ства по отд. этнографии. Т. XXIX , 1904, стр. 192.

Хамидов X.
Каракалпакский язык XIX - начала XX вв. по данным 
писменннх памятников. Ташкент, «Фан», 1966, стр. 16-17.
422
www.ziyouz.com kutubxonasi


zahmatkash xalqning o g ir ahvolini aks ettirib, qoraqalpoq jamiyati- 
dagi chuqur ijtimoiy qarama-qarshiliklaming mohiyatini ochib berdi. 
XIX asrda yashab o ‘tgan qoraqalpoq shoirlari Ajiniyoz va Berdax 
ijodiyoti hozirda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi1.
Ajiniyoz Qosiboy o ‘g ‘li (1824-1878) qoraqalpoq adabiyotining 
yana bir yirik va o ‘ziga xos ijodiy siymosidir. U Xeva madrasasida 
ta’lim olgan, tarix va xalq og‘zaki ijodini yaxshi bilgan, Sharq lirikasi 
bilan tanish bo‘lgan. Shoir asarlarida lirik mavzular bilan bir qatorda 
ijtimoiy mavzular o ‘rin tutadi. Uning mashhur «Bo‘zatov» poemasi 
qoraqalpoq xalqining og‘ir hayotini aks ettirgan ahamiyatli tarixiy 
manba b o iib hisoblanadi.
Berdax (Berdimurod) Qarg‘aboy o ‘g ‘li (1827-1900) qoraqalpoq 
mumtoz adabiyotining eng yorqin namoyandasidir. CTzining ko‘p- 
gina lirik asarlarida, poemalarida Berdax XIX asrdagi qoraqalpoq 
xalqining ijtimoiy hayotini har taraflama aks ettirdi. Shoir-demokrat 
sifatida u o ‘z davridagi voqealarga va ijtimoiy munosabatlarga adolat 
va vatanparvarlik nuqtai nazaridan baho berdi. Berdax o ‘z asarlarida 
jamiyatning ilg‘or kishilarini xalq baxt-saodati uchun kurashga 
chorladi, ko‘pgina o im ish voqealariga jiddiy fikr bildirdi. Shu 
boisdan ham tarixchilaming birortasi Berdax ijodiyotini chetlab 
oim aydi.
0 ‘tesh Alshinboy o ‘g ‘li (1828-1902) nisbatan unchalik ko‘p 
boim agan meros qoldirgan. Lekin uning zolimlarga qarshi, jafokash 
mazlumlarni himoya qilishga qaratilgan hajviy asarlari («Sharman- 
da», « 0 ‘xshar» va h. k.) shoimi XIX asr qoraqalpoq she’riyatining 
atoqli vakillari safiga k oiard i.
Adabiyot bilan bir qatorda qoraqalpoq musiqasi ham o 'z tarixiga 
ega. Xalq og‘zaki ijodi kabi musiqa avloddan-avlodga og‘zaki o ‘tib 
kelgan. Musiqa madaniyatining tarqatuvchilari qo‘shiqchilar, jirov- 
baxshilar, so‘z ustalari, xalq bastakorlari, sozandalar, oddiy musiqa 
va qo‘shiq ishqibozlari b o igan.
Asosiy qoraqalpoq musiqa asboblari: qobiz - kamoncha bi­
lan chalinadigan qadimiy musiqa asbobi b o iib , u bilan jirovlar 
qahramonlik dostonlarini ijro etgan; dutor-baxshilar chaladigan ikki 
torli musiqa asbobi; boshqalardan alohida ajralib turadigan shinqo- 
biz - faqat ayollar chaladigan, takrorlanmas ovozga ega asbobdir. 
Bulardan boshqa sumay va g ijja k ham qoilanilgan.
Amaliy san’at (yog‘och o ‘ymakorligi, kashtado‘zlik, gilam 
to ‘qish, zargarlik, ko'nga bosib naqsh solish, applikasiya va h.k.) 
qoraqalpoq xalqi ijodiyotining ko‘proq rivojlangan serqirra sohasidir.

Q a r a n g: Karimov I. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. 6-jild. Т., 
« 0 ‘zbekiston», 1998, 268-bet.
423
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayniqsa kashtachilaming rang-barang b o iib tovlangan kashtalari 
xotin-qizlaming bayram kiyimlarini bezagan.
Qoraqalpog‘istonda zargarlik buyumlari (isirg‘a, bilaguzuk, 
uzuk, ko‘kxak taqinchoqlari), mehnat qurollari, uy-ro‘zg ‘or anjomlari, 
shuningdek, qurol-yarog‘ (qilich, sovut, kamar va h. k.) ham keng 
tarqalgan.
Mustamlaka siyosati qoraqalpoq xalqining nafosat tuyg‘usini 
so‘ndira olmadi. Uning mehnati va iste’dodi asrlar osha yashab 
kelayotgan xalq ijodiyoti namunalarida o ‘z aksini topdi1.
Rus mustamlakachilari o ‘zlarining madaniyat sohasidagi siyo- 
satida o ik a xalqlarining yerlari, tabiiy boyliklarinigina emas, balki 
ulam ing qalbini ham zabt etishni ko‘zladilar. Ruslashtirish siyosatida 
o ‘lka madaniyatini ham, xalq mhiyatini ham m slam ing ta’siriga 
olishni nazarda tutgan edilar. General-leytenant Masievskiy Sharq- 
shunoslik jamiyati Toshkent b o iim i rahbariyatiga yuborgan y o ‘riq- 
nomasida ana shu fikmi harbiylarga xos ochiq bayon qilgan. «Ja­
miyat, - deb yozgan edi general, - Sharqni fan va Sharq uchun emas, 
balki uning ellarini Rossiyaga singdirib yuborish - mslashtirish 
maqsadida o ‘rganishi lozim»2.
Xulosa qilib aytganda, Turkiston xalqlarining fan va madaniyati 
mustamlaka tuzumining biqiq sharoitida ham, mslashtirish siyo- 
satining barcha zug‘um-sitamlariga qaramay, rivojlanishdan to ‘xta- 
madi. M ustamlakachilar ilm -m a’rifatga intilish, ilg‘or g ‘oyalar va 
istiqlol istagini b o ‘g ‘ib tashlay olmadilar.
Chorizmning madaniyat sohasidagi siyosatining asosiy yo‘na- 
lishlarini qisqacha quyidagicha belgilash mumkin:
1. Chor hukumati Turkistonda turg‘unlik holatini saqlash, o ‘zaro 
nizo-adovatlar u ru g in i sepib turgan holda ulardagi millatparvarlik, 
yurtsevarlik va jangovarlik tuyg‘ularini o idirish.
2. O ik a xalqlarini o ‘z tarixi va madaniyatidan uzoqlashtirish. 
Bu sohada chorizm juda izchil ish yuritdi. Olimlar, ilmiy jam iyatlar 
tomonidan Turkiston tarixiga doir moddiy va m a’naviy yodgorliklar 
yig‘ib olindi va Moskva hamda Sankt-Peterburgga jo ‘natildi. Shun­
day qilindiki, endilikda o ik a tarixini o'rganish uchun turkistonliklar 
ana shu markazlargaborishga majbur b o iish di. Sho‘ro tuzumi davrida 
ham shunday b o iib qolaverdi. Ish shu darajaga borib etdiki, 0 ‘rta 
Osiyo respublikalari yoshlari o ‘z tarixlariga ko‘ra Rossiya tarixini 
yaxshi biladigan b o iib qoldilar.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish