O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Sodiqova N.
K o'rsatilgan kitob, 48-bet.
414
www.ziyouz.com kutubxonasi


etuvchi gastrolchilar va Turkistondagi mavjud rus qo‘shiqchilik 
guruhlarining konsertlari mahalliy aholi o ‘rtasida e ’tibor topmadi. 
Xususan, ulaming repertuarlaridagi «Галка», «Жизнь за царя», 
«Кармен» operalariga mahalliy aholi kirmaganligi yuqoridagi 
fikrlami isbotlovchi dalil bo‘lishi mumkin.
Lekin, Rossiya madaniyat sohasidagi o ‘z hukmronligini ta ’min- 
lash va mustahkamlash maqsadida turli jamiyatlar, uyushmalar, 
guruhlar tashkil etishda davom etaverdi. Masalan, 1891 yil 4 fev- 
ralda Turkiston general-gubernatorligi Samarqand musiqali drama 
jamiyatining tuzilganligi haqidagi hujjatni imzoladi, uning Nizomini 
tasdiqladi. 1907 yil mart oyida Sirdaryo viloyati general-gubematori 
Toshkentda ham musiqali drama jamiyati Nizomini tasdiqladi. 
Jamiyatni tuzishdan asosiy maqsad bu yerda san’atning 2 janri -
rus musiqasi va dramatik asarlami kengroq yoyish edi. Ayni paytda 
Turkistondagi ms m a’muriyati bunday tadbirlami uzoqni ko‘zlagan 
holda olib bordi. Bosh maqsad ruscha usullarni mustahkamlash 
asosida Turkistonda Rossiya davlati mustamlakachilik siyosatini 
kuchaytirish edi. Bujamiyatlarda mahalliy aholidan bironta odamning 
yo‘qligi ham fikrimizning dalilidir.
Turkiston general-gubernatorligi o'lkada, ayniqsa Toshkent 
shahrida ms musiqiy markazlarini mustahkamlashga katta e ’tibor 
berdi. Bu paytga kelib, o ‘quv yurtlarida xorlar tashkil etila boshlandi, 
yangi havaskorlik musiqiy to‘garaklar paydo bo‘ldi. Bulaming 
ichida ayniqsa havaskor xor qo‘shiqchilari to ‘garagi bo'lm ish «Lira» 
ajralib turardi. Keyinchalik «Toshkent musiqa jamiyati» va «Lira» 
faoliyatlari bir-biriga yaqinlasha bordi. 1904 yilda Toshkentda 
simfonik va kamer musiqasi havaskorlari to ‘garagi tashkil etildi. 
1906 yidda esa musiqa jamiyati tarkibida musiqa-dramatik jamiyat 
tashkil etildi. Ular o ‘z konsertlarini keng xalq ommasi to ‘planadigan 
joylar, shahar bog‘larida ham namoyish eta boshladilar. Keyinchalik 
«Toshkent musiqa jamiyati»ning joylardagi filial, bo‘lim, sho“ balari 
ham tashkil etila boshlandi.
Turkistonga ms qo‘shiqchilik san’atining kirib kelishida 
uning milliy san’at turlariga salbiy ta ’sir qilishi bilan birga, ayni 
paytda, rus olimlari - musiqashunoslar, elshunoslaming o ‘zbek 
milliy qo‘shiqchilik san’atining tarixini o ‘rganishda, xalq folklor 
asarlarini yig‘ishda va tartibga solishda hamda nashr etish ishlarida 
m a’lum darajada ijobiy rol o ‘ynaganligini ham aytib o ‘tish lozim. 
Masalan, XIX asrning 70-yillarida ilg‘or fikrlovchi va umuminsoniy 
qadriyatlami o ‘z faoliyatlarida shaxsiy mezon darajasigacha ko‘targan 
qator ms olimlari, musiqashunoslari o‘zbek milliy qo‘shiqchilik
415
www.ziyouz.com kutubxonasi


san’atini (boshqa madaniyat va san’at shakllari kabi) ham chuqur 
o ‘rgana boshladilar. Ular ayniqsa qo‘shiqchilik san’atida xalq og‘zaki 
ijodi an’analarini qiziqish bilan tahlil qildilar. Ayni paytda, ayrim rus 
musiqashunoslari, san’atkorlari mahalliy xalq ijodkorlari, bastakorlar, 
ashulachilar bilan suhbatlashib, ulaming og‘izlaridan an ’anaviy 
qo‘shiqlami yozib ola boshladilar.
Rus mustamlakachiligining to ‘siqlariga qaramasdan, 0 ‘zbekis- 
tonda an’anaviy qo‘shiqchilik san’ati taraqqiy eta bordi. Ayniqsa, 
Farg‘ona vodiysida yaratilgan kuylar va qo‘shiqlar, tabiiyki, o ‘sha 
davm ing og‘ir kunlarini, ezilgan mehnatkash xalq ommasining orzu- 
umidlarini ifodalaganligi bilan xarakterlanadi. Aslida bunday holat 
o ‘sha paytda mustamlakachilik asorati ostida b o ‘lgan barcha xalqlar, 
hududlarga taalluqli edi. Hofizlar asosan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, 
Uvaysiy, Hamza, Xaziniy, Nadimiy, G ‘aribiy, Yoriy, Miriy kabi 
shoirlaming g ‘azalllarini kuylaganlar. Madali hofiz nomi bilan butun 
Farg‘ona vodiysida katta obro‘ga ega b o ig a n m arg‘ilonlik Madalibek 
Rahmatullaev (1876-1931) Xaziniy, Muqimiy, Rojiy kabi shoirlar 
bilan yaqin ijodiy hamkorlikda ijod qildi.
Madali hofiz Rahmatullaevning zamondoshlari, Farg‘ona vo­
diysida o ‘zlarining yuksak ijrochilik mahorati bilan barchaning 
hurmatini qozongan san’atkor, hofiz, musiqachi va bastakorlardan 
Farg‘onaga yaqin A rsif qishlog‘idan chiqqan Parpi hofiz, namanganlik 
Abdulla hofiz (Abdulla Fayzullaev), isfaralik M adumar hofiz, 
beshariqlik Hamroqul qori Qosimov, qo‘qonlik Erkaqori Karimov 
va Maxram hofiz, m arg‘ilonlik hofizlar Abdurazzoq ota, Boltaboy 
Rajabov, Hasanqori, oltiariqlik mulla Usmon oxun, Mirzaahmad, 
mulla Burhon, andijonlik Toshkent hofiz, shahrixonlik Abdullajon 
mahsum Makayli hofiz, mulla Abduvohid, Solixo‘ja hofizlar xonlar 
va chorizm istibdodi davrlarida yashab samarali ijod qildilar. Ular 
o ‘zlarining g ‘oyat nafis va g o ‘zal san’atlarida jaholat va razolatni fosh 
etdilar. M arg‘ilonlik mashhur doirachi usta Olim Komilov, kamonchi 
va dutorchi O taxo‘ja eshon, namanganlik dutorchilar Sobiroxun va 
Ramazonoxun, tanburchilar Jalolxon va Sultonxon, yozyovonlik 
Mamatxon qori Munakboevlar ham o ‘zbek san’atining rivojida faol 
mehnat qildilar.
Mustamlakachilik davrida qo‘shiqchilaming ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli o g ir b o ig a n . Shuning uchun ham ulaming k o ‘pchiligi 
boshqa kasb bilan shug‘ullanishga majbur boiganlar. Chunonchi, 
Madali hofiz M argilonning 0 ‘rdadagi mahallasida attorlik qilib kun 
kechirgan, namanganlik Abdulla Fayzullaev taroqchilik kasbi bilan 
m ashg‘ul bo ‘ lgan, shuning uchun uni Abdulla Taroq ham deb ataganlar.
416
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mazkur davrda turkistonlik ashulachi va sozandalaming ko‘pchiligi 
serqirra san’atkor edilar. Bir kishining o ‘zi ikki-uch cholg‘u asbobida 
chalishni puxta egallagan sozanda, bastakor, hofiz, qiziqchi, hatto 
b a’zilari o ‘zlari uchun doimiy kerak b o ig a n cholg‘u sozlarini yasash 
hunaridan ham xabardor edilar. Ulaming noyob iste’dodi yana shu 
jihatdan qadrliki, ular nota yozuvlarisiz qanchadan-qancha xalq musiqa 
boyliklarini, shashmaqomlami yoddan o ‘rganganlar va esda saqlab 
qolib, o ‘z navbatida shogirdlariga oikazganlar, Farg‘ona vodiysida 
o ‘zbek mumtoz musiqasi janriga kimvchi «Shashmaqom»ning 
Farg‘ona - Toshkent y o ila ri va ayniqsa katta ashula keng tarqalgan.
XIX 
asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi murakkab iqtisodiy- 
siyosiy vaziyatga qaramasdan, o ‘zbek san’atkorlarining nomi boshqa 
davlatlarga ham tarqalgan. Masalan, samarqandlik mashhur hofiz Hoji 
Abdulaziz Rasulov Eron, A fg‘oniston, Iroq, Hindiston va Yunoniston 
mamlakatlarida o ‘z san’atini namoyish qilgan. Toshkentlik Mulla 
To‘ychi Toshmuhamedovning ovozini Yorkent, G ‘ulja, Chuguchak 
xalqlari sevib tinglaganlar. To‘ychi hofiz 1868 yilda Toshkent shahrida 
tavallud topdi. 1898 yili Q o‘qon safarida mashhur hofizlar Madumar, 
Abduqahhor hofiz, Said Ahmad, Nazirxonlar bilan yaqindan tanishib, 
bir umr ular bilan do‘stlashib qoldi. Bu hofizlar asosan likopcha bilan 
katta ashula aytib nom chiqarganlar. To‘ychi hofiz soz j o ‘rligida ashula 
aytishning asoschilaridan b o iib , undan k o ‘rib boshqalar ham asta- 
sekin soz jo ilig id a ashula aytishni mashq qila boshladilar. Oradan 
ko‘p vaqt o ‘tmay, To‘ychi hofiz M uhammad Umar va Abduqahhor 
hofiz bilan birlashib ko‘p vaqt qo‘qonlik san’at muxlislarini xursand 
qilib yurdilar.
To‘ychi hofiz o ‘z san’atining mahoratligi bilan shuxrat qozondi. 
Shuning uchun ham Riga «Grammofon» jamiyati uning ashulalarini 
yozib olish uchun taklif etdi. 1905 yilda uning 25 ga yaqin xalq 
qo‘shiqlari va mumtoz ashulalari yozib olindi va tarqatildi. Uning 
«Bobo Ravshan», «Yoqayotan nabi», «Bevafo dunyosan», «Suvora», 
«Ilg‘or», «Xisrav» kabi qo‘shiq va kuylari butun Yevropa davlatlariga 
tarqaldi. Uning tashabbusi bilan 0 ‘rta Osiyoning qator shaharlarida 
grammofon va plastinka do‘konlari ochildi. To‘ychi hofiz ayniqsa 
m a’rifatparvar shoir Furqat bilan juda iliq ijodiy aloqa qildi.
0 ‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirgan mashhur 
hofizlardan biri Hoji Abdulazizdir. U 1855 yili Samarqand shahrining 
Ko‘kmachit mahallasida dunyoga kelgan. Abdulaziz o ‘z ustozi 
Boborahim tanburchi tarbiyasida b o iib , uch-to‘rt yil ichida soz 
chalishni yaxshigina o ‘rganib oldi. U to ‘y va bazmlarda tanbur chertar, 
ba’zan soz jo ilig id a qo‘shiq aytardi. Keyinchalik o ‘sha vaqtdagi
1 4 - 1 7 9 6
417
www.ziyouz.com kutubxonasi


mashhur hofiz Boruh bilan birgalikda ashula aytib yurdi. Borah hofiz 
o ‘zbek va tojik musiqa san’atini zo‘r havas bilan o ‘rgangan kishi 
b o iib , «Shashmaqom»ni ham yaxshi aytardi. U o ‘z tengqurlari bilan 
birgalikda sozandalar, hofizlar, shoirlar ishtirok etadigan o ‘tirishlarda 
tez-tez qatnashib turar, Bedil, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va boshqa 
mumtoz shoirlaming asarlari haqida borgan musohabalami berilib 
tinglar edi.
Hoji Abdulaziz «Shashmaqom»ni mukammal o ‘rganish maq- 
sadida XIX asming 8 0 - yillarida Buxoroga boradi. U mohir maqomchi 
Ota Jalol Nazirovga shogird tushadi va bir yil davomida undan 
ta ’lim oladi. Ota Jalol o ‘z shogirdiga maqom yo‘llarini to ‘la-to‘kis 
o ‘rgatibgina qolmay, «Shashmaqom»ning tarixi, uning avloddan- 
avlodga sayqal topib, rivojlanib kelayotgani haqida ham tushuncha 
beradi.
Hoji Abdulaziz tomonidan «Shashmaqom» kuylarining dutorga 
k o ‘chirilishi ham boshqa jihatdan ahamiyatli edi. Birinchidan, maqom 
ijro etiladigan cholg‘ular shu tufayli bittaga ko‘paydi. Ikkinchidan, 
dutor eng sevimli cholg‘u hisoblangan Toshkent va uning atroflarida, 
Farg‘ona vodiysida maqomlaming ilgaridan ham keng tarqalishiga 
imkon yaratdi.
0 ‘zbek an’anaviy qo ‘shiqchilik san’ati mazkur davrda k o ‘p 
qiyinchilik bilan rivoj topdi. Rossiyaning mustamlakachilik siyosati 
oqibati o ‘laroq, o ‘zbek san’atining kamsitilishi uning ikkinchi darajali 
san’at deb qaralishi asosida yuz berdi. Chunonchi, XIX asr oxiri - XX 
asr boshlarida 0 ‘zbekiston hududida tashkil topgan barcha «Musiqa 
sevuvchilar jamiyatlari» rus hukumatining o ‘lka m a’muriyatlarida 
tasdiqdan о ‘tar, hattoki jam iyat a ’zolarining a ’zolik badalini to ‘lash 
tartibi, o ‘ynaladigan spektakllar va konsert repertuarlarini tasdiqlash, 
tomoshalardan tushgan m ablag‘lami o ‘z vaqtida davlatga topshirib 
turish kabilar ham harbiy gubematorlik tasarrufida edi.
0 ‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishi m a’rifat- 
parvarlaming faoliyati, jadidlar harakati bilan ham bevosita 
bogiiqdir. Chunonchi, ular o ‘zbek qo‘shiqchilik san’atini yuksak 
darajaga ko‘tarish bilan birga, rus san’atini ham o ‘rganish g ‘oyasini 
ko'tarib chiqdilar. Ahmad Donish (1828-1897) o ‘zining «Buxorodan 
Sankt-Peterburgga sayohat» nomli kitobida rus madaniyati, ayniqsa 
qo‘shiqchilik san’atidan hayajonlanganligini yozadi. U ayni paytda 
milliy madaniyat, san’atning ravnaqi uning boshqa millat madaniyati 
va san’ati bilan o ‘zaro aloqadorligiga bog‘liqligini ham aytadi.
0 ‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivoji Furqat, Muqimiy, 
Zavqiy va boshqalaming m a’rifatparvarlikkka asoslangan ijtimoiy
418
www.ziyouz.com kutubxonasi


- siyosiy qarashlariga ham b o g iiq bo‘ldi. Yuqorida nomlari tilga 
olingan m a’rifatparvarlar ayrim masalalarni talqin qilishlari bilan 
bir-birlaridan ajralib tursalar-da, qarashlariga xos umumiy belgi aniq 
ko‘zga tashlanadi. Bu ulaming mavjud tuzumga qarshi munosabat, 
xalq ommasi manfaatlarini himoya qilish, taraqqiyot va m a’rifat 
g ‘oyalari uchun kurashga chaqirishlarida yaqqol ko‘rinadi. Ular 
jamiyat a ’zolarining har tomonlama kamol topishida musiqa, ayniqsa 
qo‘shiqchilikning o ‘rni katta ekanligini ta’kidlar, shu bilan birga, o ‘z 
she’r va g ‘azallarida o ‘zbek milliy ruhiyatini ko‘rsatishga harakat 
qilardilar. Ulaming asarlari zamonaviy, xalqqa yaqin b o ‘lganligi, 
ayni paytda qadimiy-an’anaviy usullarga sodikligi uchun ham xalq 
tomonidan sevib aytilar edi.
0 ‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’ati, istilochilik siyosatiga 
qaramasdan, o ‘zining umumiy an’anaviy rivojlanish y o iid a davom 
etdi. Xususan, ijrochilikning Buxoro, Xorazm, Q o‘qon yo‘llari to ia - 
to‘kis saqlab qolindi va bunday usullami yanada takomillashtirishda 
o ‘sha shaharlardagi mavjud an’anaviy maktablar muhim ahamiyat 
kasb etdi. Shu bilan birga, Turkistonning barcha xududlarida o ‘ziga 
xoslik mavjud b o ‘lishiga qaramasdan, o ‘zbek an’anaviy qo‘shiqchiligi 
ham ashulada, ham cholg‘u asboblarida umumiylikni y o ‘qotmadi.
0 ‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik san’ati o ‘zining chuqur milliyligi 
hamda o ‘ziga xos yo‘nalishi, usul va uslublariga ega ekanligi uchun 
ham mustamlakachilar uni yo‘qotolmadilar.Ayni paytda Rossiyada 
o ‘zbek madaniyati, xususan, an’anaviy qo‘shiqchilik san’ati juda 
m a’lum edi. Xususan, XIX asming 70-yillari boshlarida Buxoro amiri 
7 kishidan iborat musiqachilar guruhini Rossiyaga jo ‘natganligi, ruslar 
esa ko‘plab o ‘zbek musiqiy cholg‘ularini ko‘rib hayratlanganliklari 
m a’lum. Mazkur davrda o ‘zbek qo‘shiqchilari Rossiyada, chunonchi, 
Nijniy Novgorodda tashkil etilgan ko‘rgazmada ishtirok etib, 
tinglovchilarni lol qoldirganliklarini ham ta’kidlash lozim. Turkistonda 
uzoq yillar istiqomat qilgan N. Likoshin «tuzem» xalqlari qo‘shiqlarini 
sevib tinglaganini aytadi.
Rossiya diplomati L. Kostenko o ‘zbek cholg‘u musiqasiga 
qisman qiziqib qarasa-da, biroq matn bilan b o g iiq o ‘zbek qo‘shiqlari 
haqida mutlaqo zid fikrlar bildiradi: «Turon qo‘shiqchilaridek 
bem a’ni narsani ta saw u r qilib b oim aydi; ularda birorta yoqimli 
tovush yoki to ‘g ‘ri kuylanadigan nota yo‘q. Eshituvchilarga rohat 
bagishlam oqchi b o ig a n sub’ekt (men ulami ashula deyolmayman) 
kuylamaydi, ovozining boricha baqiradi, xolos. Uning baqiroq ovozi 
kuchaygan sari uni eshituvchilaming zavq-shavqi ham kuchayadi»... 
L. Kostenkoning bunday mulohazasi aksariyat istilochilaming
419
www.ziyouz.com kutubxonasi


ruhiyati va maqsadlariga mos edi. Bunday noto‘g ‘ri xulosaning paydo 
b o ‘lishi ikki sababga b o g iiq edi: 1) mustamlakachilikni oqlash, unga 
mahkum etilganlarga «ilg‘or» madaniyat olib kirish «g‘oya»sini 
isbotlash; 2) an ’anaviy qo‘shiqchilik, ayniqsa she’r matnidan mutlaqo 
xabarsizlik.
Bundan farqli o ia ro q , o ‘zbek an ’anaviy qo'shiqchilik tarixidan 
yaxshi xabardor bo ‘lgan rus tadqiqotchilari mahalliy aholi orasida 
hofizlami, ayniqsa kuchli ovozga ega b o ig a n ashulachilami doimo 
ardoqlaganliklarini ta ’kidlaydilar.
Ayni paytda o ‘zbek xalq cholg‘u ijrochiligi yangi shakllar bilan 
ham boyib bordi. Xalq ijrochiligi an’analari asosida yangi, nisbatan 
murakkab va mukammal, xalq hayotining turli tomonlarini yorituvchi 
kuy va qo‘shiqlar yaratila boshlandi. Taniqli dutorchi, tanburchi, 
doirachi, naychi, sumaychi, gijjak chi, qashqar va afg‘on rubobchilari 
paydo b o id i. Xalq cholg‘ulari musiqa ixlosmandlari orasida keng 
yoyildi. Ular «Navro‘z» bayramlarida va boshqa ommaviy xalq 
sayillari va tomoshalarida, hosil bayramlarida o ‘z san’ati bilan faol 
ishtirok etdilar.
XX 
asr Turkiston o ik a si madaniy hayotida 1916 yilda Skobelev 
(hozirgi Farg‘ona) shahrida Muhitdin qori Yoqubov tashkil etgan 
cholg‘u sozlari ansambli, Namanganda usta R o‘zimat Isaboev tuzgan 
dasta, Q o‘qonda Hamza tomonidan tuzilgan duxovoy orkestr katta 
voqea b o id i. Mazkur jam oalar repertuarlarida o ‘zbek xalqining 
mumtoz, lirik, epik qo‘shiqlari o ‘rin oldi. Shuni alohida ta ’kidlash 
lozimki, XX asr boshlarida b o iib o ‘tgan inqilobiy jarayonlar, chor 
hukumati mustamlakachiligining kuchaya borib, xalqning ayanchli 
ahvolga tushib qolishi q o ‘shiqchilik san’ati repertuarlariga ham 
o ‘zgarishlar kirita boshladi. Bir so‘z bilan aytganda, endi qo‘shiqlar 
ko‘proq siyosiy tus olaboshladi. 1916 yilda mustamlakachilikka, 
zulmga qarshi va millliy-ozodlik uchun yirik xalq harakatlari 
b o iib o ‘tdi. Q o‘zg‘alonlar paytida o ‘zbek xalqining «Ming la’nat», 
«Ellikboshi» va boshqa yangi zamon bilan barobar tug ‘ilgan qo ‘ shiqlari 
keng tarqaldi. Bu qo‘shiqlarda podsho, mahalliy amaldorlarning 
o ‘zboshimchaligi g ‘azab bilan qoralanadi, xalq ommasining tezroq 
ozod b o iish ig a ishonch bildirildi. 1916 yilda front orqasidagi 
qora ishlar uchun mardikor olinishi munosabati bilan «Poezdingni
jildirgan_» misrasi bilan boshlanuvchi «Nikolay qon jallod» yoki
«M ardikorlar voqeasi» qo‘shig‘i yaratildi. 0 ‘zbek yigitlari temir y o i
qurilishiga safarbar etilgan paytda Jarkentda (hozirgi Q ozogistonning 
Taldiqo‘rg ‘on viloyatida) yaratilgan «Arshillari - naxshillari» xalq 
qo‘shig‘i ham ana shunday ruhga ega edi.
420
www.ziyouz.com kutubxonasi


A n’anaviy o ‘zbek qo‘shiqchilik madaniyatining rivojlanishida 
Hamza Hakimzoda Niyoziyning alohida o ‘mi bor. U o ‘z she’rlarini 
xalq kuylariga solib, tanish ashula yoki qo‘shiqlar ohangiga m oijallab
yozilishini ta ’minladi va bu bilan ushbu asarlar tezroq xalq orasida 
yoyildi. U o ‘zi to ‘plagan xalq kuylarining 30 tasiga sodda va ixcham 
iboralarda she’rlar yozdi. 1915-1917 yillar mobaynida uning «Oq 
gul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Sariq gul», «Yashil gul», «Savsar 
gul» ashulalar to ‘plamlari bosilib chiqdi.
Hamzaning o ‘zi bu to ‘plamlaming tub mohiyatini va maqsadini 
«Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» kitobining birinchi 
b o ‘limiga yozgan so‘zboshisida bunday deydi: «Quloq notalari ila 
eshitib kelmish milliy tabarruk ashulalarimizning o ‘mi y o ‘qolmasin 
uchun b a’zi yaramas she’rlar o ‘m iga milliy she’rlar tartib berib, 
hamma ohang va kuylarimizni topib, bir necha b o iim d a nashr etmak 
niyatidamiz. Ushbu niyatimizga muqaddima o ‘lmoq uzra bu b o iim d a 
6 dona milliy ashulalarimiz uchun milliy she’rlar tartib berib, muhtaram 
vatandoshlarimizga taqdim qildik». Hamzaning «Milliy ashulalar» 
nomi bilan mashhur to ‘plamida 40 dan ortiq xalq ashulalari b o iib , 
ular orasida o ‘zbek, tojik, uyg‘ur, tatar xalqlari qo‘shiqlari ham bor 
edi. Umuman, Hamzaning o ‘zi 90 dan ortiq qo‘shiqlar yaratganini 
aytadi. Biroq ulaming ko‘pchiligi bizgacha yetib kelmagan.
Turkistonning chor Rossiyasi mustamlakachiligi davridagi 
an’anaviy qo‘shiqchilik san’atining ahvoli o ‘zbek xalq bayramlari 
mazmunida ham o ‘z aksini topgan. Ushbu davrda istilochilik siyosati 
o ‘z mohiyati nuqtai nazaridan m a’naviyatdagi milliylikni y o ‘qotishga 
qaratilgan. Bunday siyosiy maqsadni amalga oshirish uchun esa 
mustamlakachilar mahalliy xalqning milliy, an’anaviy madaniyatini 
kamsitish, ulami cheklash y o iid a n bordi. Lekin shunga qaramasdan, 
mahalliy xalq, jum ladan, o ‘zbeklaming o ‘z an’ana, urf-odatlarini 
saqlab qolish y o iid ag i harakatlari samara berdi. 0 ‘zbek xalqi 
m a’naviy madaniyatning, uning urf-odatlaridagi mumtozlikning, 
mohiyatan an’anaviylikka asoslangan san’at turlarining mustahkam 
ildizi xalq bayramlari hamda uning asosini tashkil etuvchi qo‘shiq- 
chilik san’atining saqlab qolinishi bilan izohlandi1.
Turkiston general-gubernatorligi viloyati maqomidagi Amu- 
daryo b o iim i hududida yashovchi qoraqalpoqlar san’ati ham 
mustamlaka sharoitida yashovchanligini ko‘rsatdi. «Qoraqalpoqlar


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish