129
Ikkinchidan,
ish bilan band aholining hamma asosiy kategoriyalari – barcha
millatlarga
mansub ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, xizmatchilar mehnat jamoalarida
jamlangan.
Uchinchidan,
mehnat jamoalari –
umuminsoniy va sinfiy, shuningdek, bizning
sharoitdagi milliy jihatlar dialektikasining, ularning demokratik negizidagi o‗zaro
hamkorligining, garchi, yagona bo‗lmasada, timsolidir.
To‗rtinchidan,
mexnat jamoalari jamiyatimiz sotsial strukturasining alohida
«qavat»ini tashkil etuvchi sotsial sub‘ektlar bo‗lib, burjua davlatlarida ularni
sotsiallashtirish sari bo‗lgan
barcha harakatlarga qaramay, bunga o‗xshash «qavat»
umuman mavjud emas. Ana shu «qavat» sub‘ektlari o‗zaro mehnat taqsimoti hamda
boshqa aloqalarning yaxlit sistemasi bilan birlashtirilgan. Mehnat jamoalarining o‗z
a‘zolari-jonli kishilar bilan aloqalari ham juda katta ahamiyatga ega, zero ularning
qiziqishlari va xatti-harakatlari ana shu jamoalarning o‗z faoliyatiga qaraganda xilma-
xilroq, boyroqdir, chunki u «o‗rtachalashtirilgan» sifatida maydonga chiqadi.
Mehnat jamosi ishlabchiqarish korxonasi, muassasa va hokazolar bazasida
faoliyat ko‗rsatuvchi sotsial guruhdir.
Beshinchidan,
bozor munosabatlariga o‗tish muammosi sababli, mehnat
jamoalarining ahamiyati haqidagi masala alohida faollik kasb etmoqda.
So‗l-o‗ng yo‗nalishi, biz allaqachon ko‗rayotganimizdek,
xususiy tadbirkorlik
negizlarini hukmron negizlariga aylantirishga, ya‘ni sinfni-tadbirkorlar sinfi asosida
shakllantirishga, iqtisodiyotda mulkchilikning turli xil shakllarini ko‗rishga
intilmoqda.
O‗ng-so‗l yo‗nalish iqtisodiyotning bozorga daxlsiz shakllari ustun turishini
ko‗zlaydi, tadbirkorlikka ikkinchi darajali o‗rin ajratadi,
mehnat jamoalarining rolini
bo‗rttiradi, lekin shu bilan birga ular kuch-harakatlarining samaradorligini keskin
oshirishga qodir bo‗lgan mexanzimlarni olg‗a surmaydi.
Agar biz mehnat jamoalarini rivojlantirish asosiy harakatlantiruvchi kuch deb
e‘tirof etsak, sobiq totalitar tuzum uchun ana shunday mexanizmlarni
shakllantirishdan muhimroq yumush bo‗lmaydi.
Ana shu muammoga to‗xtashdan
oldin shuni eslatish kerakki, jamiyatda har
doim olg‗a qarab harakat qilish uchun ham, bir joyda depsinib turush uchun ham
manba bo‗lishi mumkin bo‗ladigan bir talay ziddiyatlar mavjud.
Depsinishda
ziddiyatlar ko‗pincha, ayniqsa jamiyat rivojlanishining teng davrlarida illatli doira
shaklida maydonga chiqadi. Juda murakkab muammolarni oxirigacha hal etish uchun
texnologik to‗ntarishni amalga oshirish talab qilinadi, lekin buning uchun iqtisodiy
maqbul sharoitlar zarur. Yoki qishloqqa sanoat tomonidan yordam ko‗rsatmasdan
turib, oziq-ovqat muamosi mavjudligi mushkullashib boradi va hokazo.
Mehnat jamoalarining harakatlarini uyushtirish orqali
butun jamiyatimiz uchun
foydali bo‗lgan bir qator maqsad va vazifalarni ro‗yobga chiqarish zarur:
1.
Mehnat jamoalarining kuch-g‗ayrati eng yirik texnik-iqtisodiy, sotsial,
siyosiy, madaniy muammolarni hal etishga yo‗naltiriladi. Xo‗jalik yuritish shakllarini
tanlashda
jamoalarning
mustaqilligi,
mehnatdagi
intizom,
uyushqoqlik,
mas‘uliyatlilik, jonkuyarlik bilan tadbirkorlikni birlashtirish ta‘minlanadi. Shu
130
jumladan, o‗z-o‗zini samarali boshqarish negizida tadbirkor-rahbarlar bilan ishlash
mehnat jamoalari o‗rtasida yaqindan o‗zaro hamkorlik o‗rnatilishiga erishiladi.
2.
«Samarali, konstruktiv ish yo‗lida plyuralizm» shiori ostida mehnat
jamoalarini integrasiyalash potesiali ko‗paytiriladi.
3.
Mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va bajarishda mehnat jamoalarining
kuch-harakatlari birlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: