Soтsiologiya fanidan ma‘ruza matnlari


Ishsizlikning sotsial qiyofasi



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/103
Sana28.03.2022
Hajmi2,32 Mb.
#514973
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103
Bog'liq
sotsiologiya fanining nazariy asoslari

 Ishsizlikning sotsial qiyofasi 
U yoki bu sabablarga ko‗ra ishsiz qolgan kishining jamiyatdagi mavqeini 
qanday sotsial, iqtisodiy, psixologik, omillar belgilaydi? Bozor iqtisodiyotiga o‗tish 
davrining hozirgi bosqichida yuzaga kelgan o‗rtacha ishsizlikning qiyofasi qanday? 
Avvalo, u mehnatga layoqatli yoshdagi kishi, buning ustiga ko‗p hollarda 
g‗oyatda faol yoshda. Chunonchi, so‗rab chiqilganlarning 70,3%i 20-40 yoshda, 
39,6%i 20-29 yoshda va 30,7%i 30-39 yoshda. Agar qolgan kishilar orasida 40-54 
yoshdagilarning hissasi kattaligini hisobga olsak, ma‘lum bo‗ladiki, asosan aholining 
iqtisodiy faol qismiga mansub kishilar ishsiz qolganlar. 
Buning 
ustiga 
respublikada 
«xotin-qizlar ishsizligi» ustun turadi: 
so‗ralganlarning 54%ini ular tashkil etadi. 
Mehnat birjalariga jami murojaat qilganlarning 26,4%i oliy va tugallanmagan 
oliy ma‘lumotga, 35,2% o‗rta, 31,2% o‗rta maxsus, 7%i to‗liqsiz o‗rta ma‘lumotga 
ega ekanligi namoyon bo‗ladi. 
Nihoyat, quyidagi ma‘lumotlar milliy tarkibni harakterlaydi: o‗zbeklar –42,7%, 
boshqa tub yerli xalq vakillari 9,7%, ruslar 31,6%, boshqalar 16% . 
Shunday qilib, bugungi kundagi ishsizlar g‗oyatda faol mehnatga layoqatli 
yoshdagi, odatda, yetarlicha yuqori darajada ma‘lumotli kishilardir. Bu toifadagi 
aholi asosan o‗zbek va rus millatlariga mansub kishilar hisobiga ko‗payib bormoqda. 


132 
Biroq, shuni oldindan aytish lozimki, so‗ralganlarning chorak qismi o‗z xohshi bilan 
ishdan bo‗shagan va hozir o‗zlari uchun to‗g‗ri keladigan ishni qidirmoqdalar. 
Mehnat birjasiga murojaat qilganlarning katta qismi shtat qisqarib yoki ular 
ilgari mehnat qilgan korxona tugatilishi oqibatida ishsiz qolishgan. 
Shunday qilib, ishsizlarning aksariyatini (58%) mehnat birjasiga davlat 
korxonalari va tashkilotlari yetkazib bermoqda, bunda kooperativlar «hissasi» 7,2%, 
ijara korxonalari esa – 2,6%dir. Ilgari hech qaerda ishlamagan kishilar – o‗quv 
yurtlari bitiruvchilari, uy bekalari va hokazolarning hissasi ham kattagina. 
Bugungi kunda kishilarning ishni yo‗qotishlari mumkunligi va yangi ishni 
izlash, qayta o‗qitish, kasbni o‗zgartirish zarurligiga ruhan tayyorligi, qisqasi, bozor 
sharoitida yashashga to‗g‗ri kelishini batamom anglash bilan bog‗liq muammolar 
alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Bozor munosabatlari shakllanishining boshlang‗ich davrida kishilar yangi 
iqtisodiy reallikni idrok etishga ruhan tayyor emasligi va kutilmagan zarbani 
yumshatish uchun zarur bilim hamda ko‗nikmalarga ega emasligini qayd etmoq 
lozim. Shuning uchun aholini, ayniqsa, uning kam daromadli guruhlarini sotsial 
himoyalash tizimi va mexanizmlarini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bizning respublikamizda bunday tizim amalda barpo etilgan, bu narsa tegishli 
huquqiy hujjatlarda va avvalo «O‗zbekiston Respublikasida aholini ish bilan 
ta‘minlash to‗g‗risida»gi qonunda, shuningdek, iqtisodiyot strukturasini qayta qurish, 
narxlarni erkinlashtirish, xususiylashtirish, pulning qadrsizlanishini va hokazolarni 
yumshatuvchi choralarda o‗z aksini topadi. 
Bunday natijalar, shak-shubhasiz, ish bilan ta‘minlash sohasida davlat yanada 
faolroq siyosat olib borishi zarurligini ko‗rsatuvchi muhim hollardan biridir. Bunda u 
nafaqat ishsizlarni moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashgagina emas, balki ularni faol 
mehnat faoliyatiga jalb etishga yordam beradigan shart-sharoitni har tomonlama 
rag‗batlantirishga ham karatishi kerak. Kishilarning yangidan kasb o‗rganishga, yangi 
iqtisodiy strukturalarga kirishga tayyorligini oshirish zarur. Bu esa bozor 
munosabatlariga o‗tish chog‗ida shaxs o‗zining potensialini ro‗yobga chiqarishi 
uchun xizmat qiladi.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish