2-amaliy mashg’ulot 1-savol:Sotsialistik xo’jalik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyoti afzalligi tavsifi:
Sotaialistik iqtisodiyotda ishlab chiqarish va butun iqtisodiyot tarmoqlari ko’rsatkichlari avvaldan ma’lum darajada rejalashtiriladi,erkin tovar va xizmatlar taklifi va talabi mavjud bo’lmaydi.Bozor iqtisodiyotida esa erkin taklif va talab mavjud,ya’ni raqobat muhiti shakllanadi.Bozor iqtisodiyotida sotsialistik iqtisodiyotdan farqli ravishda xususiy mulkchlik mavjud,bu esa xar bir subyektning moddiy manfaatdorligini oshiradi.
2-savol:O’tish iqtisodiyoti mamlakatlariga qaysilar kiradi?Markaziy va Sharqiy yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlar:Albaniya,Bolgariya,Vengriya,Polsha,Ruminiya,Slovakiya,Chexiya,Sobiq Yugoslaviya davlatlari-Bosniya va Gersegovina,Makedoniya,Sloveniya,Xorvatiya,Serbiya,Chernogoriya
Sobiq sovet ittifoqi davlatlari Botliqbo’yidagi Estoniya,Latviya,Litva
3-savol:O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida bozor iqtisodiyotiga o’tishning 3 xil modeli shakllangan;1)Bozor sotsializmi modeli,yoki oraliq iqtisodiyot modeli
2)radikal inqilobiy o’tish modeli
3)Shok terapiyasi yoki falajioy terapiya modeli
4-savol: Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning o’ziga xos xususiyatlari:Xorij kapitali uchun erkin sharoitlar yaratish,ayniqsa yevroittifoq davlatlaridan sarmoyalar uchun,aksariyat mintaqah davlatlarining yevroittifoqqa kirishi,sanoatning eksportbop mahsulotkar ishlab chiqarishga yo’naltirilishi,umumyevropa standartlariga moslashish,amaliy sanoat sektorining global narxlar zanjiriga ulanishi,ya,ni transmill;iy korporatsiyalar tomonidan asta-sekin egallanishi.
Tushunchalarga ta’rif:
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlari bu-sotsialistik iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar
MDH mamlakatlari bu- davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8-dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993-yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
Radikallar guruhi bu-Bozor iqtisodiyotiga o’tishda keskin inqilobiy model qo’llayotgan davlatlar guruhi
Oraliq mamlakatlar guyruhi-iqtisodiyotida ham bozor,ham sotsialistik xo’jalik elementlari birlashgan davlatlar’.masalan Xitoy,Vyetnam
Falasjiy davolash bu-birdaniga iqtisodiyotda bir shakldan ikkinchisiga o’tish
Bosqichma-bosqich bu-asta-sekinlik bilan sotsialistik iqtisodiyotning elementlarini bozor iqtisodiyoti elementlariga almashtirish;masalan O’zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: |