138
2.
Zdravomislova S.A., Temkina A.A.. sotsiologiya gendernix otnosheni i genderniy
podxod v sotsiologii. Prometeus nsc.ru.
3.
Leksii po sotsiologii. Sotsiologiya. Otraslevie sotsiologicheskie teorii. Ekonomiki,
sem‘i, goroda….. socioleo narod.ru.
4.
Rossiyskaya Set Informasionnogo Obщestva – Sotsiologiya. Sotsiologiya.
Obщaya sotsiologiya. www.Isn ru. sociologu,shtml.
5.
Sotsiologiya v ensiklopediyax. Sotsiologiya. Socionet narod.ru.
6.
Ekonomicheskaya
sotsiologiya.
www.isras.ru
.
Jurnal.
Ekonomicheskaya
sotsiologiya.
7.
Elektronnaya biblioteka – sotsiologiya, psixologiya i upravlenie. Soc.lib.ru
8.
Sentr
sotsiologicheskogo
obrazovaniya.
–
sociologu
RU-Novosti.
www.sociologu.ru
.
9.
9-MAVZU. MAHALLA VA BOSHQA O‗Z O‗ZINI BOSHQARUV
SOTSIOLOGIYASI. JAMOATCHILIK FIKRI SOTSIOLOGIYASI (2 SOAT)
1. Mahalla va boshqa o‗z-o‗zini boshqaruv sotsiologiyasi tushunchalari.
2. O‗zbekistondagi o‗zini-o‗zi boshqarish tizimining xususiyatlari. Mahalla
demokratiyasini shakllantirishda sotsiologik tadqiqotlarning o‗rni.
3. Jamoatchilik fikri tushunchasi va moxiyati. Jamoatchilik fikrining funksiyalari
4. Jamoatchilik fikri monitoringi
Mahalla
– (arabcha «mahalla» - joy, o‗rin, makon) – O‗zbekistonning muayyan
tarixiy
sharoitlarida, asrlar davomida shakllanib, faoliyat ko‗rsatayotgan,
aholi
yashaydigan ma‘muriy-hudadiy birlik, uyushma. Mahalla o‗zini-o‗zi boshqaruv
tizimining muhim milliy ijtimoiy organi bo‗lib, u O‗zbekistondagi
ijtimoiy hayot
tarzining mahalliy ko‗rinishdagi shakli hamdir.
Mahallalar 1917 yilgacha bo‗lgan davrda juda keng ish olib borib,
mahalliy
aholini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkiliy tuzilma bo‗lib kelgan. Mahalla o‗zbek
xalqining kundalik ijtimoiy hayotini va turmushini tashkil qilishda izlab topgan va
asrlar davomida takomillashtirib kelgan hayotiy amalidir.
Ammo shunga
qaramasdan, sho‗rolar davrida hukmron tuzum va mafkura mahallalarni rasman tan
olmadi. Biroq aholining chuqur noroziligiga sabab bo‗lmaslik
uchun mahallalarni
taqiqlab ham qo‗ya olmadi, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. Mahalla o‗z
mohiyati, faoliyati mazmuni va shakllari bilan sharqona fikrlash, ish ko‗rish
tarzi
kabi xalqimizning o‗ziga xos fazialatlarini aks ettiradi. Mahallalar aholini ahil-totuv
yashashga, sidqidildan mehnat qilishga, kasb o‗rganishga,
shular orqali hayot
kechirishni yengillashtirishga chaqiradi.
Mahalla va mahalliy boshqaruv sotsiologiyasida 2 ta muhim masalaga e‘tibor
bermoq lozim. Bular:
Mahalliy hokimiyat organlari.
Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: