128
asolangan. Bunday faoliyat asosini shaxsiy mulkka bo‗lgan mehnat vositasi, uy-joy
binosi va qurilmalari, yer,
ishlab chiqarish mahsulotlari, transport vositalari va
hokazolar tashkil etadi. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati jamiyat ichidagi
mehnatning taqsimlanishida element bo‗lib qatnashadi.
Mehnat
mazmuni
uning
texnik
funksional
tomonlarini,
mehnatning
mazmundorligi esa, sotsial-psixologik tuzilishini ifodalaydi. Agar xususiy reja
bo‗yicha tuzilgan bo‗lsa, mehnat mazmunli va ijodiy sub‘ekt sifatida ko‗riladi.
Begona hokimlikni irodaga bo‗ysundirish - psixologik va ijtimoiy yiroqlashishga
yo‗ldir. Mana shuning uchun ishchilar, xodimlar oldiga maqsad- vazifani qo‗yish va
bu maqsadga erishish yo‗llarini tanlashda, shubhasiz, uning faoliyatini noziklik bilan
nazorat qilish orqali ular fantaziyasiga keng yo‗l ochib berishga intilish muhimdir.
Ishlab chiqarishda mehnatni tashkil qilish,
uni boshqarishda, biznesda,
huquqshunoslik idorasida mehnatni rag‗batlantirish va asoslash katta ahamiyat kasb
etadi. Rag‗batlantirish – bu, to‗g‗ri va qisman shaklda ifodalangan mehnatni
kuchaytirishni moddiy va ma‘naviy mukofatlash tizimidir. Rag‗batlantirish –
majburiy mehnatdan ixtiyoriyga qadamdir. Mehnat asoslari - ixtiyoriy mehnatga
boshqacha, yanada kengroq qadam, muhim inson
ehtiyojlarini qondirishga
asoslangan faol mehnat faoliyatiga mayillik (kuchli shaxslarga, faol biznesmenlarga
va boshqalarga mansublik mavqeini aniqlab olish). Asoslar qadriyatlar va yo‗l-
yo‗riqlar bilan uzviy bog‗liqdir. Asoslar u yoki bu holatni, dalilni sub‘ektiv
baholashga mo‗ljallangan, ular nisbiydir. Qadriyatlar asosida jamiyat tomonidan
nimanidir shak-shubhasiz normalar sifatida ob‘ektiv tan olinishi yotadi, qadriyatlar
axloqiy talab bo‗lib, ular mutlaqdir.
«Mehnat sotsiologiyasi» darsligi mualliflarining haqqoniy ta‘kidlashlaricha,
mehnat mazmundorligining asosiy elementlari bo‗lib, agar uni mehnat faoliyatining
ijtimoiy-psixologik tuzilishi sifatida tushunilsa, quyidagilar hisoblanadi:
– maqsad - oldindan seziladigan natijalarni tan olingan obrazi bo‗lib, ta‘sir
qilishning ideal rejasi;
– mehnatga munosabat - uning asosida mehnatning ongliligini va maqsadga
tegishlilikni o‗zinikidek sezish, atrof olamni, shaxsiy reja bo‗yicha qayta
rivojlantirish;
– mehnatni rag‗batlantiruvchi omillar - mehnat faolligiga undovchi tashqi
omillar;
– mehnat asoslari - muhim bir narsadek tan olinuvchi ehtiyoj, ichki
rag‗batlantiruvchi omillar;
– qadriyatlar va ularga qarab mo‗ljallash - mehnat faoliyatining axloqiy talabi.
Do'stlaringiz bilan baham: