O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

qabul marosimi
haqida ham 
ma‘lumot saqlanib qolgan. Jumladan, 
taxtning o‗ng tomonida
sayyidlar, qozilar, 
ulamolar, shayxlar o‗tirgan. 
Chap tomonda
esa amir ul-umaro, beklarbegi, qo‗shin 
amirlari, no‗yonlar, ulus, tuman, qo‗shin boshliqlarining joyi bo‗lgan. 
Taxtning old 
tomonida 
bevonbegi va vazirlar o‗tirishgan. 
Taxt orqasida
, uning o‗ng tomonida 
o‗g‗lonlar va bahodirlar, chap tomonida esa qoruvulbegilar o‗tirganlar. Taxtning 
qarshisida qorovul amirlari, etagida esa ichkilar, yasovuli xos turgan. Taxtning o‗ng 
va chap yonida dodxohlar turishgan.
Temur va temuriylar davlati xalqaro maydonida ham shuhrat qozongan. Temur 
davlati bilan Sharq (Mo‗g‗uliston, Xitoy, Misr) va Evropa mamlkatlari (Italiya, 
Ispaniya, Fransiya, Angliya va boshq.) o‗rtasidagi yozishmalarga qaraganda, 
diplomatik, siyosiy va savdo aloqalari rivojlagan. 


137 
Amir Temur saltanati, o‗zbek xalqi uning davlatchiligi tarixida o‗zining 
markazlashgan, boshqaruv shakliga ko‗ra mutlaq monarxiya, tuzilish shakli bo‗yicha 
o‗rta asr imperiyasi sifatida alohida o‗rin tutadi. Shu bilan birga bu davlat Kengash, 
mashvarat, raiyat ahvolini hisobga oluvchi islom huquqi va qonun-qoidalariga 
tayangan saltanat edi. Amir Temurning davlat boshlig‗i sifatidagio‗ziga xosligi 
shundan iborat bo‗lganki, u qonun chiqarish hokimiyatida ham ishtirok etgan. Bunga 
uning «Tuzuklar»i yaqqol misol bo‗la oladi. Temur tuzuklarida qayd etilishicha, 
saltanat ishlarida eng birinchigalda 
to‗rt narsaga
amal qilinishi lozim: 1. Mustaqil 
fikrlash va qaror qabul qilish; 2. Boshqalar bilan mashvaratu maslahat; 3. Qatiy qaror, 
tadbirkorlik va hushyorlik; 4. Ehtiyotkorlik I.A. Karimov mazkur masalaga to‗htalar 
ekan, bugungi kunda ham u o‗z dolzarbligini yo‗qotmaganligini ta‘kidlab, ―Bu to‗rt 
omil, ya‘ni - kengash, maslahatu mashvarat, qat‘iyat va tadbirkorlik keyinchalik 
oqibatda nadomat chekishdan saqlaydi va pushaymon bo‗lishning oldini oladi, deb 
uqtiradi sohibqiron bobomiz‖, deydi. 
Sohibqiron dinu shariat ishlari tartibga keltirganidan so‗ng, saltanatni 
shakllantirish borasida yana muhim sanalgan to‗rt ustunga suyanib faoliyat yuritgan. 
Jumladan, u – 1. Saltanat qonun-qoidalarini islom dini va shariatga bog‗lab, ularni 
mustahkamladi; 2. Sipohu raiyatni umid va qo‗rquv orasida saqladi; 3. Hech kimdan 
o‗ch olish payida bo‗lmadi; 4. Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‗ziga rom 
qildi.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish