3
KIRISH
Bugungi kunda jamiyatdagi keng qamrovli demokratik
islohotlarni amalga
oshirish jarayonida, jamiyat a‘zolarini xususan, yosh avlodni mustaqillikka ishonch
va vatanparvarlik ruhida, erkin, demokratik tafakkur va milliy g‗oya ruhida
tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston tarixining ko‗pgina masalalari o‗zining yangi, ilmiy
jihatdan xolis va haqqoniy echimini topa boshladi. Shu jihatdan O‗zbekiston tarixi
fanini kadrlar tayyorlashning barcha yo‗nalishlari bo‗yicha o‗qitilishi
dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston mustaqilligi yaratib bergan imkoniyatlar tufayli tayyorlangan
ushbu o‗quv qo‗llanmada Vatanimizning boy tarixi va madaniyati milliy g‗oya bilan
sug‗orilgan holda, yangicha, haqqoniy va xolislik bilan yoritilgan bo‗lib, ona
tuprog‗imizda tug‗ilib, voyaga etgan har bir inson shu yurtning sodiq fuqarosiga
aylanishi uchun boy tariximizdan saboq olishi va mustaqil fikrlaydigan, o‗z echimini
kutayotgan masalalarni mas‘uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan,
istiqlol
g‗oyalariga sadoqatli inson bo‗lib etishishga intilishi lozim. Zero, o‘lkamiz
hududidan jahoh sivilizasiysida o‘z nomlari bilan abadiy iz qoldirgan olimu
fuzalolar, buyuk davlat arboblari, mohir sarkardalar etishib shiqqanki ular bilan
fahrlanamiz. «O‗zbekiston tarixi» fani o‗zbek xalqining o‗tmishdagi hayoti, uning
shakllanishi va rivojlanishi jarayonida sodir bo‗lgan voqea-hodisalar, turmush tarzi,
iqtisodiyoti, ijtimoiy munosabatlari,
davlatchiligi, madaniyati hamda hozirgi
taraqqiyot darajasiga qanday erishganligini oʻrgatadi. Bu fan tarixiy shart-sharoit,
voqea, hodisa, faktlar, ular o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlik, taraqqiyot yoki
tanazzulning mohiyati, sabablari va oqibatlarini tahlil qilish
orqali ulardan tegishli
xulosalar chiqarish asosida O‗zbekistonning kelgusi taraqqiyotini ta‘minlab
beradigan jihatlarni tanlab olish, ularni davom ettirish hamda ijodiy rivojlantirish
imkoniyatlarini ochib beradi. Tarix fani yoshlarning o‗zligini anglashi, o‗tmish
ajdodlar ruhi va xotirasiga hurmat, ularga sadoqatni kamol toptirishda, siyosiy ong
madaniyati hamda iftixorni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz
tarixini holis va ilmiy
jihatdan tadqiq etish, uni tahlil etishda birlamchi manbalarga
tayanish, halqimizning boy tarixiy o‗tmishini keng halq ommasiga tanishtirish
masalasi Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bir qator nutq va asarlarida
ham aksini topmoqda. ―O‗zbekiston tarixi‖ fani yurtimizning bugungi ahvoli va
istiqbolini chuqur tahlil etib, bu yo‗nalishda tarixchi olimlar oldiga qo‗yilgan
vazifalardan eng muhimi – yangi jamiyatimizni isloh qilish va yangilash jarayonini
boshqaradigan va ta‘minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida
yangicha fikrlaydigan
yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va
yurtparvarlik g‗oyalarini yanada chuqurroq singdirish va teran anglatishdan iboratdir.
Shu maqsadda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan
Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o‗rganish, ushbu yo‗nalishdagi ilmiy-
tadqiqot ishlarini faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar
va ajdodlarimizning
bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va o‗z xalqi bilan
g‗ururlanish tuyg‗usini shakllantirish asosida milliy o‗zlikni anglash hissini
4
mustahkamlash va vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish maqsadida
―O‗zbekiston tarixi‖telekanali ish boshlagani ham bejiz emas
.
Ayni paytda tayyorlangan o‗quv qo‗llanma O‗zbekiston tarihining qadimgi
davlaridan boshlab, hozirgi kungacha bo‗lgan katta davrini o‗z ichiga qamrab oladi.
Undagi mavzularni yoritishda mustaqillik yillarida respublika
tarihchi olimlari
tomonidan yaratilgan, dolzarb mavzularga bag‗ishlangan o‗quv adabiyotlari, darslik,
o‗quv qo‗llanma va manbalardan foydalanildi.Mavzular Oliy va orta mahsus ta‘lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan, nomutahassis faku‘ltetlar bakalavriyat bosqichi
talabalari uchun mo‗ljallangan ―O‗zbekiston tarixi‖ na‘munaviy dasturi asosida
yoritilgan bo‗lib, har bir mavzu so‗nggida fodalanilgan adabiyotlar tayanch
tushunchalar, o‗z-o‗zini nazorat qilish uchun savollar va zamonaviy pedagogik
tehnalogiyalar, glossariy va test savollari keltirilgan.
.
O‗quv qo‗llanma professor-o‗qituvchilar va nomutaxassis oliy o‗quv yurtlari
bakalavriyat bosqichi talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, undagi ma‘lumotlar
yoshlarda milliy g‗urur, milliy iftixor tuyg‗ularini
shakllantirish, ular qalbida Ona-
Vatanimizga bo‗lgan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, O‗zbekiston deb
atalmish qadimiy yurt nomini e‘zozlash, shunday yurtning farzandi ekanligidan
faxrlanish hissini uyg‗otishga xizmat qiladi