O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


I.2. O‗zbekiston tarixini davrlashtirish va uning o‗rganishning manbalari



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

 I.2. O‗zbekiston tarixini davrlashtirish va uning o‗rganishning manbalari
1
O‗rta Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‗lib, 
insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‗chog‗laridan biri hisoblanadi. Uzoq yillar 
mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida bir 
umumiy, bir-biriga o‗xshash, ko‗p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid 
yodgorliklar topib o‗rganilgan. Chunonchi, O‗rta Osiyo hududlarida qadimgi
davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-
biriga yaqin bo‗lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda yashagan 
qadimgi qabilalar va elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning 
uchun ham O‗rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-
biriga uzviy bog‗langan bo‗lib, qadimgi davrlar haqida so‗zlaganimizda ―O‗rta Osiyo 
tarixi‖ va ―O‗zbekiston tarixi‖ atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham 
ana shundadir. 
Ma‘lumki, nafaqat O‗zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab 
jarayon bo‗lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‗nggi 
yillarda O‗rta Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya va 
numizmatikaga oid ko‗plab kashfiyotlar qilindi hamda tariximizni xolisona yoritish 
uchun xizmat qiladigan muhim ma‘lumotlar to‗plandi. Ushbu ma‘lumotlar va 
ashyolar o‗lka tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-
siyosiy jarayonlari haqida yanada to‗laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib, ular 
eng qadimgi xo‗jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning paydo 
bo‗lishi, xo‗jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‗tilishi, ishlab chiqarishda 
metallning ishlatila boshlanishi, ayriboshlash va savdo sotiq, ilk shaharlar va 
davlatlarning tashkil topishi kabi ko‗plab tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‗lanadi.
Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy e‘tibor qaratish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
O‗rta Osiyo, jumladan O‗zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib 
davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon baxslar davom etmoqda. Bu masala 
yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‗lgan tariximizni 
davrlashtirishda e‘tibor berilishi lozim bo‗lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga 
sivilizatson yondoshuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, 
E.Rtveladze, A.Sagdullaev va boshqa olimlar e‘tibor qaratgan bo‗lishlariga qaramay, 
davrlashtirish masalalari to‗la echimini topmagan. So‗nggi yillarda amalga oshirilgan 
tadqiqotlardan kelib chiqib, O‗zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham 
qisqacha to‗xtalib o‗tishni lozim topdik. Chunki, o‗rganilayotgan tarixni avvalo, 
xronologik izchillikda davrlarga bo‗lib, har bir davrning o‗ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olib darslik nuqtai nazaridan ma‘ruzalar belgilash hamda dars soatlarini
taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‗rinmasin, ushbu jihat ham 
1
.Eshov B.J.,.Odilov A.A.O‘zbekiston tarixi:eng qadimgi davrdan XIX asr ortalarigacha.,Yangi asr avlodi.2014 y.15 b. 



murakkab masala hisoblanagan tarixni to‗g‗ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning 
eng muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix 
fanidan ta‘lim berishdir. 
Yuqorida ta‘kidlanganimizdek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy 
tariximizni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga 
asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni 
davlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy omillariga 
asosiy e‘tiborni qaratish g‗oyalari paydo bo‗ldi. Xususan, A. Sagdullaevning fikricha, 
O‗rta Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o‗z ichiga oladi. 
Evropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining 
notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o‗zgarishlarning bir-biriga 
mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-
biridan farqlanadi.
A.Asqarovning fikricha, O‗zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismidir. 
Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib o‗rganish mumkin 
emas. Ular o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining 
mahsulidir. Har bir xalq yer kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin, 
taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o‗tishi shart. Ammo, 
jamiyat rivojlanishi hamma erda birday kechmagan. Jamiyatning notekis rivojlanish 
qonuniyati esa, qadimgi zamonlarda ko‗proq mintaqaning tabiiy-geografik va 
ekologik imkoniyatlariga bog‗liq bo‗lgan. Jamiyat hayotida yuz beradigan tub 
ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar, O‗rta Osiyo tarixining rivojlanish darajasi va ana shu 
mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, O‗rta Osiyo, jumladan O‗zbekiston 
tarixini davrlashtirish mumkin. Tadqiqotchi qiyosiy tahlillar hamda tarixiy 
jarayonlarni ob‘ektiv aks ettiruvchi omillarga asoslanib O‗zbekiston tarixining eng 
qadimgi davrdan bugungacha bo‗lgan davrini etita katta xronologik davrga bo‗ladi.
1
Ammo, olimning bu davrlashtirishi biroz ixchamlashtirishni talab etadi. 
Bizga qadar olib borilgan tadqiqotlarning qiyosiy tahlillari hamda mavjud 
adabiyotlarni o‗rganish asosida O‗zbekiston tarixini davrlashtirish quyidagi 
ko‗rinishda taklif etiladi: 
1. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish