O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Jarqo‗tonga
o‗tadi. 
Mil.avv. II ming yillikning o‗rtalariga kelib Jarqo‗ton o‗sha hududlardagi 
dehqonchilik bilan shug‗ullanuvchi aholi qabilalari uyushmalarining mustahkam 
istehkomiga aylanadi. Aynan mana shu istehkom orqali Hisor tog‗ oldi vohalari va 
janubiy Tojikistonning g‗arbiy hududlariga shimoldagi aholining ko‗chishlari bo‗lib 
o‗tadi. Bu hududlardan topilgan yodgorliklar topografiyasi va ularni davlatlashtirish 
ushbu jarayon izchillik bilan bo‗lib o‗tganligini ko‗rsatadi. Bu jarayonning 
rivojlanishi mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi Amudaryoning o‗ng 
qirg‗og‗idagi o‗troq dehqonchilik turmush tarzi kechiruvchi aholi manzilgohlarida 
aholi sonining o‗sishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti uchun ham keng 
imkoniyatlar yaratdi.
O‗zbekiston hududida chorvador qabilalarga mansub bronza davri qabristoni 
Samarqand yaqinidagi Mo‗minobod qishlog‗idan topilgan. 
Quyi Qashqadaryodagi 
Gujayli 
qabristonidan chorvachilik va dehqonchilik 
qabilalariga tegishli bo‗lgan ashyolar, Farg‗ona vodiysi Yangiariq hududidan 
dehqonchilik buyumlari va dehqonchilik bilan bog‗liq qoyatosh suratlar, Chustdan 
hunarmandchilik va dehqonchilikka oid buyumlar ko‗plab topilgan. 
Bronza davrining xo‗jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri 
qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishi va mil. avv. II ming yillikda 
chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Metall qurollar qadimgi 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli O‗rta Osiyo dasht va tog‗ oldi 


23 
hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan (dehqonlardan) ajralib chiqadi va asosan 
chorvachilik bilan mashg‗ul bo‗ladi. Bu tarixiy jarayon - kishilik jamiyati 
taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi. 
Bu davr manzilgohlarini o‗rganib, bu davrda ikki xil madaniyat hukm surgan 
deyish mumkin. Birinchisi - qadimgi qabilalar dehqonchilik uchun qulay erlarga 
joylashib yuksak dehqonchilik madaniyatini yaratgan bo‗lsalar, ikkinchisi - xuddi 
birinchi madaniyat sohiblari darajasida ishlab chiqaruvchi kuchlarga ega bo‗lgan 
holda dasht va tog‗ oldi yaylovlarda chorvachilik madaniyatini yaratganlar. 
Bronza davri O‗rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o‗zgarishlar sodir 
bo‗lib o‗tdi. Urug‗chilik tuzumi bu davrda ham davom etdi. Ammo, bu davrda ona 
urug‗ining mavqei yo‗qolib bordi. Metall eritish va xo‗jalikning rivojlanishi 
natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega 
bo‗lib bordi. Natijada jamiyat taraqqiyotida, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va 
hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar etakchilik qiladilar. Xotinlar erkaklar 
ishlab chiqargan narsalarni iste‘mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik 
qilishdan mahrum bo‗ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar 
qo‗liga o‗tadi va ona urug‗i tuzumi o‗rnini ota urug‗i (patriarxat) tuzumi egallaydi. 
Insoniyat xayotida muxim orin tutgan yozuv xaqida to‘xtalsak.
Yozuvning paydo bolishi inson tafakkurining noyob mojizasi bo‘lib, ular 
dastavval tosh qoyalarda, sopol xamda metal parchalarida,xayvon terilarida va 
nixoyat, qog‘ozlarda ifodalanishi bilan bizga etib kelgan. 
Yozuv insoniyat tafakkuri taraqqiyotining eng oliy maxsullaridan hisoblanadi. 
Eng dastlabki yozuv usuli fanda piktografik belgilar deb ataladi. Uni shumerliklar 
miloddan avvalgi 4 ming yillikda ixtiro qilgan. Shumer piktografik yozuvi dastavval 
surat tariqasida vujudga kelgan.Insonlar tabiatda mavjud bo‘lgan va uchraydigan 
narsalarning surati yordamida o‘z fikrlarini ifodalshgan.Bunda xayvonot va o‘simlik 
dunyosi,tabiat 
jismlari,sayyoramiz 
yo‘ldoshlari 
tasvirlaridan 
eng 
ko‘p 
foydalanishgan. 
Pictografik belgili yozuvlar Qadimgi Sharqning ko‗plab hududlarida, jumladan, 
Qadimgi Xindiston,Eron, Xitoy va Orta Osiyoning janubiy viloyatlarida 
topilgan.Yozuv O‗zbekiston hududida Sopolli madaniyati davrida kashf etilgan. Bu 
piktografik belgili yozuv bo‘lib, Jarqo‘ton (Surxondaryo viloyati) sopollarida 
shunday belgilarning 47 ta xili o‗zbek arxeolog-olimlari tomonidan aniqlangan. Bu 
belgi yozivlarning tarqalish xududi ancha keng. U O‗rta Osiyoning janubi, Shimoliy 
Afg‗oniston, Markaziy va Shimoliy Eronning bronza davri yodgorliklarida uchraydi 
va bir-biriga o‘xshashligi bilan xarakterlanadi. Insoniyat tarixida xarflarga asoslangan 
yozuvga miloddan avvalgi 2 ming yillik so‘nggida finikiyaliklar asos solgan. Shu 
yozuv asosida oromiy, grek alfavitlari paydo bo‘lgan. O‘rta Osiyoda arab yozuviga 
qadar yunon, oromiy yozuvi asosida paydo bo‘lgan va ashyoviy manbalar asosida 
ko‘rsatib berilgan. 
O‗zbekiston xududida xarfli yozuv tarixidagi asosiy bosqich oromiy yozuvi 
hisoblanadi. Bu yozuvning paydo bo‘lishi va tarqalishida Ahamoniylar 
imperiyasining o‘rni bor. Oromiy xatida bitilgan Oybuyirqal‘a(Xorazm) yozuvini 
qadimgi baqtriya,xorazm,so‘gd yozuvlari bilan taqqoslash natijasida ajdodlarimiz 


24 
oromiy yozuvini to‘gridan-to‘gri qabul qilmasdan, o‘z tillariga moslashtirganligi, 
ijodiy yondashganliklarini guvoxi bo‘lamiz. 
Baqtriya yozuvining rivojlanishida oromiy yozuvning o‗rni muhim bo‘lib, 
miloddan avvalgi II asrda oromiy-baqtriya yozuvi yuzaga kelgan. Shunday bo‗lsada, 
Yunon-Baqtriya podsholigi yozuvida grek alifbosining ta‘siri kuchliligi kuzatiladi. 
O‗zbekiston tarixida qadimgi til va yozuvning taraqqiyotida, qolaversa, butun bir 
Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida Kushon podsholigi davri 
(miloddan avvalgi 1-milodiy 3 asrlar) alohida o‘rin tutgan. 
Kushon davlatining ilk shakllanish bosqichida (miloddan avvalgi 1-milodiy 1 
asrlar) Baqtriy o‘lkasida paydo bo‘lgan xatlar sirasiga qadimgi xind yozuvlari 
xisoblangan braxma va kxaroshtxilar ham kiradi. Bu turdagi yozuvlar 
Oks(Amudaryo)dan shimoldagi hududlarda paydo bo‗lishi Baqtriya, ya‘ni Surxon 
vohasiga buddizmning kirib kelishi bilan bog‗liq. 
O‗rta Osiyoda eng qadimgi budda ibodatxonalari ilk bora Tarmita (Termiz)da 
bunyod etilgan. Eng qadimgi buddaviylik ibodatxonasi Fayoztepa o‗rnida bo‗lgan. 
Braxma va kxaroshtxi yozuvlarida bitilgan xatlarni va umuman, buddaviylik 
matnlarini baqtriyalik buddaviy koxinlar chuqur o‗zlashtirishga erishganlar. Bu 
jarayon ayniqsa, Kushon podsholigi davrida yaqqol seziladi. Oqibatda Tarmita 
(Termiz) va umuman, Baqtriya-Toxariston o‗lkasidan buddaviylikni Xitoy va Uzoq 
Sharq mamlakatlariga yoyilishida muhim o‗rin tutgan taniqli targ‗ibotchilar etishib 
chiqqan. 
Milodiy 383- yildan boshlab Baqtriya yozma manbalarida Toxariston deb yuritila 
boshlagan. V asrda Toxaristonda va shuningdek,O‘rta Osiyoning katta bir qismida 
o‘z hukmronligini o‘rnatgan eftalitlarning rasmiy yozuvi, Afrosiyob suratlaridagi 
ma‘lumotlarga ko‘ra, baqtriya yozuvi hisoblangan. 
V-VIII asrlar davomida ham baqtriya yozuvi Baqtriyaning o‘rnida yuzaga kelgan 
Toxaristonda keng tarqalgan va o‘lkaning rasmiy xati hisoblangan. Bu fukrni milodiy 
629- yilda Toxariston bo‘ylab sayohat qilgan xitoylik buddaviy koxin Suyuan Szan 
yozib qoldirgan ma‘lumotlar yana bir bor tasdiqlaydi. 
O‘rta Osiyo hududida rasmiy xujjatlar, asosan, teriga (qisman taxtachalarga) 
yozilgan va xujjatlar davlat arxivi sifatida maxsus saqlangan(Tuproqqal‘a, Mug‘ 
xujjatlari). Rasmiy xujjatlarning dastlabki(qora) nusxalari sopol idish bo‘laklarining 
sirtiga yozilib, keyin maxsus teriga ko‘chirilgan. Bu an‘ana miloddan avvalgi 3 asr 
o‘rtalarida shakillangan Parfiya o‘lkasida kuzatiladi. Ashxobod yaqinidagi Eski Niso 
(Tarixiy manbalarda Mitridakert) shahrini o‘rganish davomida 2500 dan ortiq sirtiga 
bitilgan xo‘jalik xujjatlari topilgan.
Ilk o‘rta asrlarda xududlarda, hozirgi O‘zbekiston turkiy yozuv tarqala boshlagan. 
Ayniqsa bu jarayon eftaliylarni 563-567 yillar oraligida turkiylar va sosoniylar Eroni 
qo‘shinlari birgalikda tor-mor etganliklaridan so‘ng yanada jadallashgan. Ilk o‘rta 
asrlarga oid turkiy xat na‘munalari Fargona vodiysida (Quva) Toshkent viloyatida 
(Binokant) qayd etilgan. 
651- yilda Marv shahrini egallashdan boshlangan arab qoshinlari yurihi va VIII 
asrning ikkinchi yarmiga kelib arablar tomonidan Movaraunnahr xududining 


25 
egallanishi O‗rta Osiyoda mavjud qadimgi yozuvlarning asta-sekin yo‗qolib, arab tili 
va yozuvining asosiy muloqot tiliga aylanishiga olib kelgan
1


Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish