O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


II.3. Dastlabki sivilizatsiyaning ma‘naviy asoslari. «Avesto» qadimiy tarixiy



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

 
 II.3. Dastlabki sivilizatsiyaning ma‘naviy asoslari. «Avesto» qadimiy tarixiy 
manba 
Yodgorliklarni o‗rganish va o‗zlashtirish insoniyat jamiyat tafakkuri va 
ma‘naviy madaniyati tarixini bilishda o‘ziga xos o‗rin tutadi. 
―Avesto‖-O‘rta Osiyo va Eron xalqlarining eng qadimgi mushtarak 
yodgorliklari namunalaridandir.U Zardushtiylik ta‘limotining muqaddas kitobi. Bu 
kitobni ana shu ta‘limot asoschisi -Zardushtga nisbat beriladi. «Avesto»ning asosiy 
qismlari-gatlarni Zаrdusht o‗zi yozgan deb e‘tirof etiladi. 
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O‗rta Osiyoda 
yashagan xalqlar va qabilalar orasida keng tarqalgan va asosiy din zardo‗shtiylik edi. 
Bu diniy ta‘limotning asoschisi Zardo‗sht va bu dinning muqaddas kitobi ―Avesto‖ 
haqidagi bahs va munozaralar tadqiqotchilar orasida hozirgacha davom etmoqda. 
Zardo‗sht (O‗rta fors tilida ―oltin tuyali‖, ―oltin tuya etaklagan odam‖) tarixiy 
shaxs bo‗lib, Spitama avlodidan kelib chiqqan. Zardo‗shtning otasi Pourushasp 
kohinlar avlodidan bo‗lgan. Zardo‗sht tug‗ilgan joy xaqida aniq ma‘lumotlar yo‗q. 
Uning tug‗ilgan yilini tadqiqotchilar tahminan miloddan avvalgi 630-553 yoki 618-
541 yillar deb tahmin qilishadi. 
Zardo‗sht tug‗ilgan joy hamda ―Avesto‖ paydo bo‗lgan hudud haqida ham 
olimlar orasida yagona fikr yo‗q. Bir guruh olimlar Zardo‗shtni hozirgi Ozarbayjon, 
yana bir guruh qadimgi Baqtriyada, boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda 
tug‗ilib faoliyat ko‗rsatgan va ―Avesto‖ ham shu hududlarda paydo bo‗lgan deb 
hisoblaydilar. 
Zardusht tarjimai holi to‗grisida ma‘lumot beruvchi qo‗lyozma manbalar 
orasida Beruniyning ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asari va Tabariyning 
―Tarixi Tabariy‖ asari alohida o‗rin tutadi. Bu kitoblarda Zardushtning hayot yo‗lini 
ko‗rsatuvchi ayrim lavhalar mavjud. 
―Avesto‖kitobi miloddan oldingi 6 asrda yuzaga kelgan.Beruniyning xabar 
berishicha,‖Avesto‖ning qo‘lyozmasi o‘n ikki ming qoramol terisiga oltin xarflar 
bilan yozilgan ekan.Iskandar Zulqarnayin ―Avestoni kuydirib tashlashdan oldin,uning 
tib,astronomiyaga oid qismlarini yunon tiliga tarjima qildirgan.‖Avesto‖ning uch 
qo‘lyozma nusxasi bo‘lgan. Uning bir nusxasini Iskandar yo‘q qilib tashlagan.Bir 
nusxasi esa Yunonistonga jonatilgan. Bir nusxasini esa zardushtiylik diniga e‘tiqod 
qiluvchi sodiq kishilar saqlab qolganlar. Keyinchalik sosoniylar hukmronligi davrida 
(milodning 3-7 asrlari) zardushtiylik rasmiy e‘tiqod sifatida tanilgan.Uning mazmuni 
lozim qo‘shimchalar bilan to‘ldirilgan holda tiklangan.Bu mazmunni paxlaviy tilida 
yozib chiqishgan.Shunday qilib,‖Avesto‖ning xozirgi tahlili uchun asos bo‘lgan 
nusxasi bunyod etilgan. 
1
З.У.Чориев. Ш.Б.Шайдуллаев.Т.Ж.Аннаев Узбекистон худудида ѐзувнинг пайдо булиши ва 
тараккиѐти.Тошкент.‖Янги аср авлоди ―.2007.69 –б. 


26 
―Avesto‖ tiklangandan so‘ng unga sharxlar bitilgan. Ularni ―Zand‖deb 
ataganlar. Shuning uchun ham ilmiy adabiyotda ―Zand-Avesto‖ termini yuzaga keldi. 
―Avesto‖ning ko‘p qismlari bizgacha etib kelmagan.
1
Zardo‗shtning yangi ta‘limoti o‗z vatanida tarafdorlarini topmaganligi sababli u 
o‗z yurtidan ketishga majbur bo‗lgan. Zardo‗sht diniy ta‘limotini birinchi bo‗lib 
qabul qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, malika Xutaosa va 
ularning yaqin qarindoshlaridir. Zardo‗sht o‗z g‗oyalarida qonli qurbonlik qilishni 
qat‘iyan qoralaydi. U yana shuni ta‘kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo‗lib, bu
huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning 
haqqi yo‗q. 
Zardo‗sht o‗z g‗oyalarini targ‗ib qila 
boshlagan davr O‗rta Osiyo va Eron xalqlari 
tarixida eng muhim davr edi. Ibtidoiy jamoa 
munosabatlari 
o‗zgarib, 
davlatchilik 
tizimi 
munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din esa 
bu o‗zgarishlarni o‗zida aks ettirib, tug‗ilayotgan 
sinfiy jamiyatga xizmat qilar edi. U birlashishga va 
kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishga, o‗sha 
davrda o‗troq dehqonchilik bilan shug‗ullanuvchi 
vodiy aholisini ko‗chmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi. 
Zardo‗shtiylarning diniy falsafasi qarama – qarshi kuchlarning kurashiga 
asoslangan. Bu kurash yorug‗lik, yaxshilik kuchlari xudosi Axuramazda, qora va 
zulmat kuchlari xudosi Axriman o‗rtasida boshlanib jamiyat va insonlar orasida 
davom etgan. 
Zardo‗sht ta‘limotiga ko‗ra jamiyat yaxshilik va yomonlikdan iborat. 
Shuningdek, bu ta‘limotga ko‗ra insonlar hayotining asosiy mazmuni doimo xayrli 
ishlar qilish, bir-biriga mehr-oqibatli, xushmuomala bo‗lish va olijanob fazilatlardan 
iborat. Zardo‗shtiylarda to‗rt unsur - olov, yer, suv va havo muqaddas hisoblangan va 
ular doimo ardoqlanib kelingan. 
Zardo‗shtiylar o‗limni dunyoda, jamiyat taraqqiyotida eng yovuz narsa deb 
hisoblaganlar. Shuning uchun ham ular muqaddas yerga o‗likni ko‗mmaganlar hamda 
o‗ziga xos ko‗mish marosimlariga amal qilganlar. O‗likni (odam, hayvon) yerga 
ko‗mish qattiq jazolangan. Zardo‗shtiylar o‗likni maxsus joylarda saqlab, hayvonlar 
va qushlar ular suyaklarini tozalaganidan so‗ng tozalangan suyaklarni tosh, loy yoki 
ohakdan yasalgan maxsus ―ostadon‖ (―ossuariy‖)larga dafn etganlar. 
Zardo‗sht dini vaqt o‗tishi bilan asta-sekin, eron tiliga mansub xalqlar o‗rtasida 
tarqalar ekan o‗z asosini saqlagan holda biroz o‗zgaradi. Ahuramazda va Ahrimandan 
tashqari ―Avesto‖ bir qator boshqa xudolar - Mitra, Xouma, Anahita, Ashi va Zurvon 
kabi ulug‗ xudolar faoliyati haqida ham hikoya qiladi. 
Zardo‗shtiylik Sosoniylar davrida (mil. III-VII asrlar) uzil-kesil rasmiylashgan. 
Bu davrda zardo‗shtiylik adabiyoti ham keng tarqaldi. Dastlabki paytlarda 
zardo‗shtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlarga og‘zaki etkazilgan va 
Zardo‗sht o‗limidan so‗ng bir necha asr o‗tgach ma‘lumotlar to‗planib yagona matn 
1
Қаюмов A, Исхоков М, Отахўжаев А,Содиков K. Қадимги ѐзма ѐдгорликлаp. -Тошкент,Ёзувчи,2000,9-б 


27 
yozilgan. ―Avesto‖ shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardo‗shtiylik 
aqidalariga tayanib ―Avesto‖ni ilk sosoniylar (III-IV asrlar) davriga bog‗lasalarda, 
shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. I asrda bo‗lib o‗tgan deb hisoblanadi. 
―Avesto‖ (―Asos‖, ―Asosiy matn‖) jumlasi ham o‗sha paytda paydo bo‗ladi. 
―Avesto‖zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib ,1000 fasldan iborat,21 
kitobni o‘z ichiga olgan, ilk yozmasi 8300000 so‘zdan iborat bo‘lgan.Olib borilgan 
tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O‗rta Osiyo hududlarida madaniy 
hayot, milliy urf-odatlar, an‘analarning rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. 
Shunday an‘analardan biri Navro‗z bayramidir. 
Navro‗z qadim avlodlarimizdan bizgacha etib kelgan muqaddas urf-odatlardan 
bo‗lib, uni bayram qilish O‗rta Sharq va O‗rta Osiyoda qadimdayoq rasm bo‗lgan. 
Asrlar o‗tishi bilan Navro‗z bilan bog‗liq an‘analar xalqlar va elatlar o‗rtasidagi 
iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi zaminida keng yoyila borib, ko‗p 
o‗lkalarning an‘anaviy milliy bayramiga aylandi. 
Narshaxiyning ma‘lumot berishicha, ―Navro‗z - Yangi yil bayramini o‗tkazish‖ 
an‘analari boshlanganiga uch ming yildan o‗tgan. Ingliz olimasi M.Boys fikricha, 
zardo‗shtiylarda ―olov hamda ezgulik homiysi Asha Vahishta sharafiga bahoriy udum 
- Navro‗zni o‗tkazish an‘anasi paydo bo‗lgan‖. Beruniyning yozishicha, ―Navro‗z 
yangi yilning birinchi kuni bo‗lib, uning forscha nomi ham shu ma‘noni taqozo etadi. 
Eronliklar o‗tmish zamonlarda yillarni qabisali oylarga bo‗lishgan. Bu vaqt 
quyoshninng Saraton burjiga kirish paytiga to‗g‗ri kelar edi. So‗ngra u orqaga 
surilgach, bahorda keladigan bo‗ldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir 
vaqtda, ya‘ni, bahor yomg‗irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, 
daraxtlar gullashidan mevalari etilguncha o‗simlik unib chiqa boshlashidan 
takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro‗z olamning 
boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan.‖
Xulosa qilib aytadigan bolsak, ―Avesto‖ dunyodagi muqaddas kitoblar orasida 
eng nodir kitob bo‘lib,u o‘zbek xalqining betakror davlatchilik tarixi va madaniy-
merosini yoritishida asl manba hisoblanadi.Dunyoning eng qadimgi dinlaridan biri 
zardushtiylikning muqaddas kitobi‖Avesto‖ning jaxon madaniyati va dinlar tarixida 
tutgan o‘rnini hisobga olgan holda, hamda UNESKO Bosh konferensiyasining 1999 
yil noyabr oyida Parijda o‘tgan 30-sessiyasining ―Avesto‖ yaratilganligining 2700 
yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qaroridan kelib cniqib, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil,29 martdagi ―Avesto‖ 
yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash to‘g‘risida‖gi qarori tarixiy ahamiyatga 
ega bo‘ldi.
1
‖Avesto‖yubileyi o‘lkamizda keng nishonlandi.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga e‘tibor beradigan bo‘lsak, bizning mintaqamiz 
xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. 
Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an‘analar birlashtiradi. 2017 yil 11 noyabrda 
Samarqand shahrida o‘tgan «

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish