Oʼzbek modelining tamoyillari: 1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va u mafkuraviy holatlardan xoli. 1)Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. 2) Bozor infratuzilmasini shakllantirish. 3) Aholini ijtimoiy himoyalash. 2. Davlatning bosh islohotchiligi: 1) Davlat iqtisodiy ozgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi. 2) Iqtisodiyotni ijtimoiy sohaga yonaltiradi. 3) Iqtisodiy faoliyatning huquqiy asosini yaratadi. 4) Iqtisodning erkinlashtirilishini taminlaydi. 5) Ijtimoiy muammolarni hal qiladi.6) Ishbilarmonlik, tashabbuskorlikni qollab-quvvatlaydi. 3. Qonun ustuvorligi: 1) Qonun ustuvorligi tamoyili sud-huquq tizimini rivojlantirish bilan bogliq. 2) Qonun oldida hammaning tengligi. 3) Davlat hokimiyatining bolinish tamoyili, mustaqilligini taminlash. 4.Kuchli ijtimoiy siyosat: 1) Aholini ish bilan taminlash (3 ta sektorning: davlat, xususiy va nodavlat sektorining vazifasi). 2) Daromad siyosatini yuritish: pul daromadi. 3) Ijtimoiy taminot, ijtimoiy kafolat, ijtimoiy adolatni taminlash. 4) Aholiga ijtimoiy xizmat korsatish. 5) Xalqning moddiy turmush sharoitini yaxshilash. 6) Har kimning mehnat qilishi uchun keng imkoniyat yaratish, qobiliyatiga yarasha ish bilan taminlash. 5.Bozor iqtisodiyotiga otishning bosqichma-bosqichligi tamoyili: 1) Bosqichma-bosqich, tadrijiy yol bilan amalga oshirish. 2) Mamuriy-buyruqbozlik tizimiga barham berib, asta-sekin boshqaruvning demokratik, erkin iqtisodiy boshqaruviga otish. 3) Kishilar tafakkuri, ongini bosqichma-bosqich takomillashtirish. 4) Odamlarning qashshoqlanishiga yol qoymaslik. 5) Jamiyat siyosiy sohasini, davlat va jamiyat qurilishini asta-sekin isloh qilish.
Oʻqituvchi - bu talim turlari uchun davlat tomonidan belgilangan Ozbekiston uzluksiz talimining davlat talim standartlari doirasida talim tarbiya beruvchidir. Otish davri" bolgan birinchi bosqich yillarni oz ichiga oldi. Otish davri deyilganda koz oldimizga bir tuzumdan, ikkinchi tuzumga, bir korinishdan ikkinchi korinishga otish va hokazolar keladi Ikkinchi bosqich – yillarni oz ichiga olib, "Bunda Milliy dasturni keng miqyosda toliq amalga oshirishga erishish" goyasi ilgari surilgan. Uchinchi bosqich – 2005 yil va undan keyingi yillarga moljallangan bolib, unda toplangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida ozgaruvchan ijtimoiy –iqtisodiy shart-sharoitlarni etiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarurligi takidlangan. Prizidentimiz I.A. Karimovning talim sohasini isloh qilishga qaratilgan nutqlari, ilmiy asarlarini organib, nazariy jihatdan taxlil qilish asosida quyidagilarni bugungi kunimiz uchun ota zarur deb ajratdik: Birinchidan, Qonun ustunligi bizning islohatlar modelimizdagi yetakchi tamoyildir. Ikkinchidan, Talim-tarbiya soxasida amalga oshirilayotgan isloxatlarni xayotga tadbiq etishda bosqichma- bosqich otkazish prinsiplarining qoyilganligi. Uchinchidan, talim sohasida oquv jarayonini insonparvarlashtirish. Tortinchidan, tarbiyalanuvchilarda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish. Beshinchidan, talim turlarini tanlashda erkinlik. Oltinchidan, talimni isloh qilish davlatimizning ustivor vazifasidir. Ettinchidan, talim sohasini isloh qilishda halqaro hamkorlikka etibor qaratish kabi dolzarb masalalar.
Ozbekiston talim tizimining rivojlanishi va takomillashuvining eng muhim yonalishlari
1997- yil 29 avgust Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi -Talim togrisidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatimizda talim islohotlarini yanada chuqurlashtirish vazifalari va dasturlarni ro`yobga chiqarish bosqichlari asoslab berildi. Dastur asosida kadrlar tayyorlashning - milliy modelli yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Ozbekistonning strategik maqsadi rivojlangan demokratik davlat barpo etish taraqqiy etgan mamlakatlar hamjamiyatining teng huquqli azosiga aylanishning ifodasidir. Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorining muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etish lozim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari: Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob`ekti va sub`ekti, ta`lim soxasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili. Uzluksiz ta`lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bolib, ta`limni barcha turlarini davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uningfaoliyat korsatish muhitini oz ichiga oladi. Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilgor pedagogik va axborot tehnologiyalarini ishlab chiquvchi
2009 yili, yani Qishloq taraqqiyoti va farofonligi yili»da Qishloqlarimiz qiyofasini ozgartirish, agrosanoat majmuida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq aholisining hayot darajasi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy saviyasini oshirish ijtimoiy masalalariga alohida etibor qaratildi. Mazkur maxsus davlat dasturi Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz yanada farovon boladi, degan goyani ozida mujassamlashtirgan edi.... Qishloq hayotini obod etishda ularning qiyofasini ozgartirish, bugun qishloq joylarda yashayotgan odamlarning turmush sharoitini zamon talablariga moslashtirish, kerak bolsa, uni shahar sharoitiga yaqinlashtirish goyat muhim orin tutadi. Keng kolamli ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida otgan yili 840 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va bu mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshirishni taminladi». Mustaqillikning iqtisodiy asoslarini yaratish milliy tiklanishning muhim shartlaridan biri Qishloq aholisining turmush darajasini yuksaltirish maqsadida 2008 yil 20 oktyabrda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ning Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni etishtirishni kopaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonda yurtimiz fuqarolarining katta qismi yashab kelayotgan qishloq joylari aholisining turmush kechirish sharoitlarini yanada yaxshilashga etibor qaratildi.
Xalqaro maydondagi vaziyat va yuzaga kelayotgan har qanday tahlikadan qatiy nazar, davlatimiz mustaqilligi va suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda barcha fuqarolarimiz farovonligi ishonchli tarzda taminlanishi zarur. Mamlakat ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik, innovatsiya va yangilanishlar, shuningdek, iqtisodiy liberallashtirish, bozorni rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, talim va marifat, fuqarolar faolligi va inson huquqlari himoyasiga etibor – bularning barchasi, shubhasiz, mamlakatimizning tashqi siyosatiga tasir etmoqda.Ustuvor yonalishlar haqida fikr bildirilganda, dunyoning turli mamlakatlari bilan ikki tomonlama aloqalar nazarda tutiladi. Bunda salmoqli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa salohiyatga ega yetakchi davlatlarga alohida etibor qaratiladi. Bu tabiiy va mutlaqo adolatlidir. Ammo, tashqi siyosat qanday asosiy vazifalarni yechim topishi kerakligidan ham kelib chiqish lozim. Ulardan eng muhimi davlat va jamiyatning muvaffaqiyatli ichki rivojlanishi, islohotlarni amalga oshirish, aholi turmush farovonligining oshishini taminlash, hayot sifatini kotarish uchun qulay tashqi sharoitni yaratish hisoblanadi.Ikkinchi vazifa – Ozbekiston atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirishdir. Mamlakatimiz joylashgan mintaqadagi xavfsizlik barqaror rivojlanishning eng asosiy shartidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari – bizning bevosita qoshnilarimiz bilan dostona, yaqin qoshnichilik va ozaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yonalish sifatida belgilab berdi.
Ozbekiston Respublikasi ozining xohish irodasi va taklifiga kora yil 2martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining tola teng huquqli azosi boldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bolgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan maruzasi Ozbekistonni jahonga qohna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. Ozbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari boyicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar boyicha bir qator takliflarni ortaga qoydi. Ozbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil seentyabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bagishlangan Toshkent kengash- seminari bolib otdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtarishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan oz fikrlarini, takliflarini aytdilar yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari boyicha Ozbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bolib, tarkibiga talim, fan, madaniyat va axborot soxasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi azo boldi. YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini organish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yoli - muloqot yoli" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida soʻz ketganda “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinayotgani, bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofi ekanini alohida taʼkidladi.Darhaqiqat, keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar oʻz mevalarini bera boshlab, Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda.Mazkur yangilanishlar davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Yaqin istiqboldagi innovatsion taraqqiyotimizning dasturilamali boʻlgan Harakatlar strategiyasining birinchi yoʻnalishi ham aynan davlat boshqaruvi tizimi va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarga bagʻishlangani bejiz emas. Yangi Oʻzbekistonda demokratik davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan yuksak gʻoyaga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. Bu borada hozirga qadar qilingan saʼy-harakatlarni tahlil etsak, quyidagi muhim jihatlarni koʻrish mumkin.
Xalq bilan muloqot qilish, insonlar dardi, muammolarini samarali, tezkor hal qilishning sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Jahon andozasi boʻlgan “tarozilar pallasi” (checks and balances) tamoyilining amalda oʻz aksini topishiga erishildi. Jumladan, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi belgilandi.
Normarkazlashtirish siyosati namunasi oʻlaroq, “hududlardagi muammoni, eng avvalo, oʻsha hududda ishlaydigan va yashaydigan insonlar yaxshi hal qila oladi”, degan fikrdan kelib chiqqan holda davlat apparatining institutsional tizimi qayta koʻrib chiqilib, uni optimallashtirish, samaradorligini oshirish boʻyicha muhim islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mutlaqo yangi tizim – sektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Yaʼni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 4 ta sektorga boʻlindi. Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibi joriy qilindi. Oʻz navbatida, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlardagi mahalliy Kengashlarga masʼul etib biriktirildi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimiga innovatsion yondashuv joriy etilib, fuqarolarga nisbatan byurokratik sansolorlik, sarsongarchilik holatlarini tubdan isloh qilishda katta qadamlar tashlandi. Avvallari fuqarolar turli norasmiy toʻlovlar, korrupsiya holatlaridan aziyat chekkan boʻlsa, davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson omilining kamaytirilishi hisobiga bunday muammolarga chek qoʻyilmoqda. Xususan, mazkur sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish masʼuliyati yuklangan alohida davlat organi – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. “Yagona darcha” tamoyili nafaqat tadbirkorlik subyektlariga, balki bevosita fuqarolarga ham xizmat koʻrsatishda amal qiladigan boʻldi. Xususan, respublika boʻyicha tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018-yilning boshida jami 37 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, 2019-yilga kelib ularning soni 130 ga yetdi (qariyb 3 baravar). 2020-yildan boshlab Markazlar orqali 143 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi. Markazlar orqali 2017-yilda 120 mingga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, xizmat turlari ortganligi hisobiga, koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni 2019-yilda 11,3 mln.ga yetdi (2018-yilga nisbatan 2,3 baravar koʻp).
Inson manfaatlarini taʼminlash, odamlar bilan muloqot qilish, xalqning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, shuningdek, joylardagi muammolarni chuqur tahlil etish mexanizmi va davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi masʼuliyatini oshirish, ularning faoliyatini baholash mezoniga aylandi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali ishga tushirildi. Fuqarolarga Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga Elektron jamoaviy murojaat berish imkoniyati yaratildi. Murojaatlar bilan ishlash tizimining qonunchilik asoslarini yana-da mustahkamlash maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturining qoʻshimcha qulayliklarga ega yangi versiyasi ishlab chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, Hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish boʻyicha yaqin muddatga va istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibi joriy etildi; Hukumat aʼzosining oʻz harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axboroti Oliy Majlis palatalari, ularning qoʻmitalarida muntazam eshitib borilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyildi; viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilandi. Qonunchilik palatasida davlat boshqaruvi organlari mutasaddilarining axborotini eshitish boʻyicha “Hukumat soati”ni oʻtkazib borish anʼana tusini oldi. Quyi palatada davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek, davlat byudjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis axborot tahliliy, ekspertlik xizmati koʻrsatish maqsadida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi. Parlament va ijro hokimiyatining hamkorligi kuchaytirildi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimi taʼsis etildi va uning huquqiy maqomi belgilandi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining joylardagi dolzarb muammolarni hal etishdagi roli oshirildi. Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tizimi yangicha, xalqchil koʻrinishda yoʻlga qoʻyildi.
“Onlayn maslahatchi” moduli yaratildi va jami 94 ta davlat tashkilot va idoralari mazkur modulda birlashtirildi. 24 ta davlat xizmatlari elektron shaklga oʻtkazilib, xizmatlar soni 157 taga yetkazildi. Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil boʻyicha, yaʼni fuqarolarning yashash va yuridik shaxslarning pochta manzilidan qatʼi nazar, respublikaning har qanday hududida olish imkoniga ega boʻldilar.
Shubhasiz, bu saralash boshqaruv sohasidagi islohotlarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan, xolos. Biroq, shuni aytish lozimki, davlat boshqaruvi tizimidagi oʻzgarishlar boshqa sohalardagi islohotlarning ham muvaffaqiyati garovi boʻlib qolmoqda. Ishonch bilan qayd etish mumkinki, aynan shu sohadagi islohotlar samarasi Davlat rahbari tomonidan taʼkidlanganidek, Oʻzbekistondagi yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davrining poydevoriga tamal toshi vazifasini bajaradi. Mustaqillik davri mobaynida O‘zbekiston davlat tizimida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi va faol rivojlanishda davom etmoqda. Xususan, parlament va siyosiy partiyalarning rolini mustahkamlash, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, shuningdek, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni ta’minlaydigan 2017-2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasini qabul qilish bilan bog‘liq o‘zgarishlar ayniqsa sezilarli bo‘ldi. Ushbu strategiyaning amalga oshirilishi so‘nggi yillarda mamlakat hukumati tuzilmalarini tubdan modernizatsiya qilish imkonini berdi. Davlat hokimiyati tizimining gorizontal muvozanatini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishildi: ijro hokimiyati va sud hokimiyatining yuqori tarkibini shakllantirishda yangi vakolatlarga ega bo‘lgan Oliy Majlisning roli sezilarli darajada oshdi. Oliy sud organlarini optimallashtirish va ular ko‘rib chiqadigan masalalar turiga qarab ixtisoslashtirishga asoslangan hududiy sudlarning izchil tuzilmasini joriy etish orqali sud tizimining samaradorligi sezilarli darajada yaxshilandi. Tubdan ma’muriy islohot o‘tkazilib, davlat va xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalari modernizatsiya qilindi va yangilandi.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.
Tahlillar shuni ko‘rsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda ma'muriy-boshqaruv amaliyotini o‘rnatishga xalaqit qilmoqda. Xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar siyosatining yo‘qligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoyasi ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi, o‘z navbatida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati yopiqligiga shart-sharoit yaratmoqda.
Bundan tashqari, huquqiy asoslar “Elektron hukumat” tizimining jadal ravnaqidan, davlat xizmatlari va ma'muriy tartib-taomillarining taraqqiyotidan ortda qolmoqda. Amaldagi qonun hujjatlarida davlat hokimiyati organlari xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra, biri-biridan tubdan farq qiladi.
Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan. Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat xizmatchisi deganda, faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi.
Qonunchilikda ayni paytda “ma'muriy-boshqaruv xodimlari” degan tushuncha ham qo‘llanilmoqda. U yuqorida qayd etilgan ro‘yxatga kiritilmagan qator tashkilotlarni ham o‘z ichiga oladi. Nomenklaturada xo‘jalik boshqaruvi organlari lavozimlari borligi uning asosiy farqi hisoblanadi. Shu bilan birga, qonunchiligimizda saylanadigan mansabdor shaxslar faoliyati tartibga solingan. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining maqomi hamda vakolatlari belgilab qo‘yilgan.
Bir qator hujjatlar, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar ayrim davlat organlarining maqomini belgilab beradi.
Ko‘plab idoralar o‘z maqomi, maqsad va vazifalari belgilangan tegishli nizomlar asosida ish olib bormoqda.
Ko‘rinib turibdiki, davr davlat xizmatlari sifatini oshirish, davlat xizmatchilari faoliyatining ochiqligi va qonuniyligini ta'minlash bo‘yicha vazifalarni hal qilishni kun tartibiga olib chiqmoqda. Bu vazifalar davlat xizmatchisi huquq va vakolatlarini aniq belgilab berishni taqozo etayapti. Shu bois Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bo‘yicha samarali tizim yaratish zarurligini ta'kidlagan edi.
Davlatimiz rahbari yaqin kunlarda “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.
Hozirgi kunda yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlash va ko‘rsatish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi borasida yagona yondashuv yo‘q, mazkur jarayon jamoatchilik bexabar bo‘lgan ichki hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ayni paytda ba'zi idoralarda, misol uchun, Davlat soliq qo‘mitasida ishga qabul qilish tartibi aniq bo‘lib, ularda bu taomil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunday yondashuv xolisona qaror qabul qilish, malakali xodimni tanlab olish, kadrlar zaxirasi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish imkonini beribgina qolmasdan, fuqarolarning ishga joylashishda teng huquqliligini ta'minlashga xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul qilish bo‘yicha yagona standartning asosiy unsurlaridan biri bo‘lishi va qonuniy asosga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda.
Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularni baholashning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu taomil kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi muammolarni hamda mansab pillapoyasidan yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi uchun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Amaliyot malakani baholash tizimiga aniq ko‘rsatkichlarni joriy qilish zaruratini ko‘rsatayapti. Bular davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda amaliy natijalarga erishish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunda aholi so‘rovlari asosida natijalarni baholash kerak.
Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy yechimiga qarab baho beriladi. Qisqacha aytganda, rahbarlarga xalqning o‘zi baho beradi.
Amaldagi davlat xizmati tizimida rotatsiya mexanizmi, ya'ni mansabdor shaxsning davlat organlari gorizontal yo‘nalishida ishga ko‘chirilishi yetarli darajada tartibga solinmagan. Bundan tashqari, davlat organlari xodimlari uchun Yagona tarif setkasi bo‘lishiga qaramasdan, juda ko‘plab idoraviy farqlar va istisnolar mavjud. Bu esa, oxir-oqibat, mansabdor shaxslarning oylik maoshi hajmiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Bunda ham yagona yondashuv va standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq.
Bugun yangicha hamda mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, halol, o‘z Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratmasdan sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmasligi aniq.
Shu sababli davlat xizmatini modernizatsiya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish, davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini joriy etish, davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta'minot olishini va rag‘batlantirilishini ta'minlash davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar sifatida belgilab berilgan.
Shu yilning 9 yanvarida esa Prezidentimizning “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek, uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari hamda funksiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida joriy yil 1 mart kuni davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. 7 mart kuni esa hukumatning “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan. Birgina joriy yilning o‘zida Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konsepsiyasi hamda ushbu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, “Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan.
Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi.
Ekspertlar mamlakatimizda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.

Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining yigirma olti yilligini nishonlash arafasida turibdi.
Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma olti yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. SHu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqdirib o’tgan edilar. I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;
to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak.
Tt]beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir.
Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik jihatga alohida e’tibor qaratildi. Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda ham o’zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir.
SHunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda.
Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |