O'zbek tilida rang bildiruvchi so'zlarning lingvomadaniy xususiyatlari
Annotatsiya:Inson moddiy muhitdan tashqari, ramziy olamda ham yashaydi. Inson oz tarixining ilk davrlarida manolar dunyosida yashagan, dunyoni ramzlar orqali qabul qilgan, tabiat bilan ramzlar orqali munosabatda bolgan. Shunga kora, inson tilini tola manoda ramzlar tili deyish mumkin. Ramzlar oz-ozidan shakllanmagan, ular insonning bilish mahsuli sifatida vujudga kelgan.Insonlar ortasidagi aloqa ramz (simvol) sozining ozida aks etgan. Yunoncha simvol sozi dastlab sopol yoki chinni parchasini ifodalab, dostona munosabatlar belgisi bolib xizmat qilgan. Mehmonni kuzatayotgan mezbon mehmonga sopol yoki chinni parchasining bir bolagini bergan, ikkinchi bolagini esa ozida olib qolgan.
Kalit so'zlar:simvol,ramz,ranglar,madaniyat,lingvomadaniyat,jilo va h.k
Ijtimoiy muloqot tizimida insonlar mazkur jamiyat, guruh va ijtimoiy muhitda qabul qilingan ramzlardan foydalanmasdan yashay olmaydilar. Insonni hayvondan farqlovchi jihatlardan biri uning ramzlashtirishga bolgan ehtiyojidir. Zamonaviy antropologiyada B.Franklinning (toolmaking animal) formulasi biroz ozgartirilib, inson ozining tabiatiga kora symbolmaking animal, yani inson nafaqat mehnat qurollari ishlab chiqaradigan, balki ramzlar yaratadigan mahluq hamdir, deb talqin qilinadi. Demak, dunyo ramzlardan iborat, ramzlar insoniyatning ilk, haqiqiy ijodidir. Ajdodlarimiz bugun ibtidoiy davr deb baho beriladigan paytlarda bizga qaraganda yuz karra shoirroq edilar. Ular albatta, poeziyani tushunmasdilar, biroq bugungi til bilan aytganda, osha minglab yillar avval ularning tafakkur tarzi poetik mushohada tarzida edi: ular hayotlari va tabiatdagi har bir narsani tasavvur qilgan tushunchalarning ramzi sifatida qabul qilardilar. U paytlar Osmon, suv, kokat, quyosh, oy yoruglik va zulmat Tangrilar edi; quyosh ornini tun egallarkan, ezgulik va yovuzlik kurashi ketyapti deb oylashardi. Hayvonlar ham tangrilar edi, ularning ichida ham yovuz va ezgu niyatlilari bor edi. Ezgulik tangrilari osmonda, yer yuzida yoruglik bilan birga yashashadi, yovuzlik tangrilari yer ostida, zulmat bilan birga yashashadi deb oylardilar.Demak, inson moddiy muhitdan tashqari, ramziy olamda ham yashaydi. Inson oz tarixining ilk davrlarida manolar dunyosida yashagan, dunyoni ramzlar orqali qabul qilgan, tabiat bilan ramzlar orqali munosabatda bolgan. Shunga kora, inson tilini tola manoda ramzlar tili deyish mumkin. Ramzlar oz-ozidan shakllanmagan, ular insonning bilish mahsuli sifatida vujudga kelgan.Insonlar ortasidagi aloqa ramz (simvol) sozining ozida aks etgan. Yunoncha simvol sozi dastlab sopol yoki chinni parchasini ifodalab, dostona munosabatlar belgisi bolib xizmat qilgan.[1]. Mehmonni kuzatayotgan mezbon mehmonga sopol yoki chinni parchasining bir bolagini bergan, ikkinchi bolagini esa ozida olib qolgan. Bu mehmon qachondir yana uyga kelganida, uni ana shu sopol parchasidan tanib olishgan. Demak, qadimgi davrlarda simvol sozi shaxs guvohnomasi manosida qollanilgan.
Har bir xalq yoki elatning turish-turmushi, urf- odati, dunyoqarashi o'ziga xos, ular uzoq davrlar mobaynida shakllangan. Bu narsa hatto rangga bo'lgan munosabatda ham namoyon bo'ladi. o'rta Osiyoda, xususan, biz - oʻzbeklarda yorqin ranglarga ijobiy ma'no yuklanadi. Masalan, oq rang ezgulik, soflik belgisi sanaladi. Boshqa millatlar unga boshqacha nazar bilan baho berishi mumkin. Bu esa, boya ta'kidlanganidek, xalqning mentalitetiga – milliy dunyoqarashiga bogʻliq. o'tmishda asir tushgan yoki yengilgan qo'shin oq bayroq ko'targan. Oq sulhparvar elchilar va betaraf tomonlarning rangi hisoblanadi. Yaponiya, Hindiston va Xitoyda esa bu rangga motam ramzi deb qaraladi. Oq Hindistonda kasallikni ham ifodalaydi. Qizil esa muhabbat va hayot rangidir. Qizil Fransiyada aristokratlar rangi sanaladi. Xitoyda baxtni, Yaponiyada esa xavfni anglatadi. Shu sababli yapon multfilmlarida qahramonning g'azabini, qahrini aks ettirish uchun qizil rangdan ko'p foydalaniladi. Sariq Amerikada qo'rqoqlik va irodasizlikni ifodalaydi. Bu rang Xitoyda baxt va boylik, Yaponiyada esa goʻzallik va nafosat belgisidir.[2] Hindular sariqni muvaffaqiyat keltiradi deb hisoblashadi.Yashil rang sizning boshingiz va yuragingiz o'rtasida muvozanatni topishni anglatadi. Tabiatda Yashil o'sish, yangilanish degan ma'noni anglatadi va bahor faslini anglaatadi. Yashil rang - bu yaxshi niyat, mulohaza va muloyim harakatlar bilan to'ldirilgan faol tinglovchi rang. Energiya shifokorlari va engil ishchilar Moviy rangni O'zini Oliy va llohiy tushunchalar bilan aloqasi uchun qadrlashadi. Aslida, bu sizning imoningizni o'rganishda, ibodat qilishda yoki mulohaza yuritishda foydalanish uchun ajoyib rangdir. Moviy shifobaxsh kristallar (masalan, Celestite, Angelite, Lapis Lazuli) farishtalar va ilohiy sohalar bilan bog'lanishni osonlashtiradi.Moviy rang har doim qandaydir tarzda yordam berishni xohlagan holda munosabatlarga uyg'unlik keltiradi. Bu ishonch va sifatli hayotni kuchaytiradi. Moviy rang eng yaxshi ko'rilgan ranglardan biridir, chunki u odamlarni o'zlarini xavfsiz his qiladi. Moviy ramziy ma'noga ega bo'lgan yagona tomoni shundaki, u o'zgarishni osonlikcha namoyon etmaydi. Moviy xonalar odamlarni qasddan o'ylashga majbur qiladi, ba'zida uni hozirgi sharoitga qarab o'lchashga urinib, o'tmishda xursand bo'ladi.Sariq rangning ramziy ma'nosi va mazmuni juda ko'p kontekstga bog'liq. Ammo deyarli bitta universal assotsiatsiya mavjud va u quyosh rangidir.[3]. Jismoniy jihatdan sariq rang - bu mantiqiy fikrlash jarayonlarini faollashtiradigan va quvonchni ilhomlantiradigan hayoliy rang. Sariq so'zning ma'nosida sust yoki to'xtab qolgan fikr joylariga nur sochadi.
O'zbek tilshinusoligida rang-tus ifodalovchi soʻzlar bir qator tadqiqotlarning oʻrganish ob’yekti boʻlgan. M.Sodiqova rang bildiruvchi soʻzlarning leksik-semantik hamda grammatik xususiyatlari tadqiqi boʻyicha ish olib brogan.Tilshunos rang ma’nosini ifodalovchi soʻzlarni asliy va taqlidiy ranglarga boʻlib oʻrganadi. Taqlidiy rang nomlari tabiatdagi rangdor predmetlar tusiga taqlid asosida hosil qilinadi: Gunafsha rang, qovoq rang. Asliy ranglar turkumiga oq, qora, qizil, sariq, yashil, moviy, qoʻngʻir rang nomlari kiritilib, tahlil qilinadi. Xususan, olima bu tipdagi soʻzlardagi daraja kategoriyasining ifodalanishiga alohida e’tibor qiladi.[4].Oq, qizil va qora ranglarning dastlabki mifologik tasavvurida umulashma ma’nolari haqida etnograf olima L.Mironova shunday yozgan: “Qizil rangda ibtidoiy odam, qon, olov, issiqlik va quyoshni koʻrgan” Afrikaning mahalliy marosim va udumlarini tadqiq etgan V.Terner oq, qizil, qora rang uchligi haqida qiziqarli mulohazalarni bayon etgan. Olim fikricha, oʻlim, behushlik, tush yoki qorongʻulikni ifodalovchi qora rang, odatda, inson ongidagi “hushsizlik” bilan bogʻliq. Shu sababli qora rang rang anglatgan ma’nolardan qoʻrqish xalq orasida uni salbiy tushunchada ifodalashga asos yaratgan. Oq hamda qizil rang hayot timsoli hioblanadi. Ular marosimda birlashganda, oq hayotda mardlik va oʻsimliklardan olinadigan oziq-ovqatni bildiruvchi, qizil esa uning aksi – nazokat va goʻshtli ovqatlarni ifodalaydi.Oq rangning ramziy ma’nosini toʻydn soʻng xonadon surpasiga oldiga oʻtirkizib un va yogʻga qoʻlining tekkizilishi odatida ham koʻrish mumkin. Kuyov chaqirdi marosimida kuyov ham ostonada oq payondoz solib kutib olinadi. Muchal toʻyida oʻn ikki yoshdan oʻn uch yoshga qadam qoʻygan oʻgʻil-qizlarga oq liboslar kiydiraladi. Bu udumning tarixiy ildizlari zardushtiylik bilan bogʻliq. Sunnat qilinayotgan bolaga ham oq koʻylak ishton tiktirib kiydiraladi. Ushbu jarayonda bolaning onasi jimjilogʻini kosadagi unga solib odati ham bor. Bu irimlar zamirida oq rang poklik, pokizalik timsoli. Qadimiy mifologik dunyoqarashga koʻra oq rang “…xudolar rangi, koʻzga koʻrinmas qudratli kuchlar rangi” sifatida ilohiy deb qaralganligining ramzini-musulmon olamidagi haj ziyoratini ado etish maqsadida mahsus oq kiyimda “Ka’ba-Xudoning uyi” ga boruvchilar ham isbot etadi.Xalqimiz udumi boʻyicha motam marosimida marhumlar oq surpdan tayyorlangan kafanga oʻrab dafn qilinadi. Marhum agar yosh boʻlsa, mayit solingan tobut ustiga qizil baxmaldan, oʻrta yoshli boʻlsa koʻk yoki toʻq yashil matodan, keksa boʻlsa – oq soʻzana yopiladi. Bunda qizil rang – yoshlik, guldek yashnaganlik davrini, oq rang – soch-soqol oqarish kabi keksalik alomatini ifoda etadi. Sariq rang goʻyo marhumning qayta tirilishini cheklaydi. Natijada uning orqasida qolganlarning rangi sargʻayib qoladi. Xalqimiz udumi boʻyicha motam marosimida marhumlar oq surpdan tayyorlangan kafanga oʻrab dafn qilinadi. Marhum agar yosh boʻlsa, mayit solingan tobut ustiga qizil baxmaldan, oʻrta yoshli boʻlsa koʻk yoki toʻq yashil matodan, keksa boʻlsa – oq soʻzana yopiladi. Bunda qizil rang – yoshlik, guldek yashnaganlik davrini, oq rang – soch-soqol oqarish kabi keksalik alomatini ifoda etadi. Sariq rang goʻyo marhumning qayta tirilishini cheklaydi. Natijada uning orqasida qolganlarning rangi sargʻayib qoladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, rang simvolikasi milliy madaniyatimizni eng qadimgi davrda shakllanib kelishida ham oʻz oʻrniga ega ekanligini inkor etolmaymiz va eng qizigʻi shu ranglar ortida bizning qiziq bir an’ana hamda unitilmas tariximiz yotganligi bejiz emas.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. V.Gumboldtning til va shaxs haqidagi fikrlari toʻgʻrisida qarang: Nurmonov A. Ovrupoda umumiy va qiyosiy tilshunoslikning maydonga kelishi. Nurmonov A.Tanlangan asarlar.2- jildlik.-Toshkent: Akademnashr, 2012. -23-40.b
2. Hamdomova.I. Oʻzbek tilida sifatlarning ma’no turlari va ularning oʻzbek tili izohli lugʻatida berilishi. 38.b
3. Mamadaliyeva.M. Oʻzbek tilida nominativ birliklarining konnotativ aspekti.
4. Sodiqova.M. Oʻzbek tilida rang-tus ifodolovchi soʻzlar-78.b
Do'stlaringiz bilan baham: |