“O’RXUN YODNOMALARI TILIDA OLAM LISONIY MANZARASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI”
Annotatsiya: Hozirgi o’zbek tilshunosligidagi tilshunosligidagi til birliklarining lingvomadaniy xususiyatlarini komgnitive nuqtayi nazardan tadqiq etish dolzarblik kasb etmoqda.Ushbu ilmiy maqola orqali Oʻrxun-Enasoy yodnomalaridan olingan ayrim iboralar va ularning mazmuni hamda tuzilishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so’zlar: Frazeologik birliklar ,ibora ,iboralarning mazmuni va ifoda planlari ,iboralarning ichki tuzilishi.
Аннотация: Исследование лингвокультурологических особенностей языковых единиц в узбекском языкознании с когнитивной точки зрения приобретает актуальность.Исследуя фразеологизмы в узбекской национальной литературе, можно более свободно отразить картину узбекского национально-культурного мира. В данной научной статье Орхун-Энасой приведены некоторые фразы, взятые из его заметок, и сведения об их содержании и структуре.
Ключевые слова: фразеологизмы, словосочетание, содержание и план выражения словосочетания, внутренняя структура словосочетания.
Abstract: Researching the linguistic and cultural characteristics of linguistic units in Uzbek linguistics from a cognitive point of view is gaining relevance. By researching phraseological units in Uzbek national literature, it is possible to more freely reflect the view of the Uzbek national cultural world. Through this scientific article, Orhun-Enasoy some phrases taken from his notes and information about their content and structure are given.
Key words: Phraseological units, phrase, content and expression plans of phrases, internal structure of phrases.
Qadimgi davrdagi turkiy qabila va urug’lar, ularning tillariga oid juda ko’p manbalar, tarixiy yodgorliklar mavjud. Jumladan, turk xoqonligi tarkibiga kirgan turkiy urug’lar va ularning tillari O’rxun-Enasoy yodgorliklari orqali aniqlangan. Bu yodgorliklarning topilish tarixi, bitiklarning adabiy-tarixiy qimmati darslik va qo’llanmalarda, bir necha ilmiy tadqiqotlarda o’rganilgan. O’rxun va Enasoy bitiglari jahon turkiyshunoslari e`tibori qaratilgan nodir yodgorliklardandir. O’rxun-Enasoy yodgorliklarining ko’pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular orasida ayniqsa, sibirlik o’lkashunos N.M.Yadrinsev tomonidan 1889-yilda Mo’g’ulistonda O’rxun daryosi bo’ylaridan topgan yodgorliklar katta ahamiyatga ega. Xuddi shunday yodgorliklarning kattagina bir qismi Enasoy daryosining yuqori qismidan va Qirg’izistondagi Talas vodiysidan, shuningdek, Baykal ko’li atroflari , Lena daryosi sohillaridan ham topilgan.
O’rxun-Enasoy yodgorliklari asosan, toshga o’yib bitilgan yozuvlardan, idish, tangalar kabi buyumlarda va qog’ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo’lib, bir qancha qadimgi skandinav-german tillariga oid run, runiy (Runa “sirli, yashirin”) nomi bilan ham yuritiladi. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab daniyalik olim V.Tomsen va rus turkologi V.V.Radlov o’qiydilar. Ular bu yodgorliklarning til xususiyatlari turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniqlab beradilar. Shundan keyin ko’p yillar davomida bu yozuvlarni tarjima qilish, til xususiyatlarini o’rganish va nashr etish sohasida katta ishlar qilinadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, yaqin yuz yetmish yil davomida dunyoning ko’p arxeologlari, tilshunoslari, tarixchi olimlari bu yozuv “run” (sirli) emasligi borasida ko’p mehnat qildilar. D.G.Messershmidt dunyoga Enasoy yozuvlarini kashf qildi, N.M.Yadrinsev run yozuvlari deshifrovkasi uchun sharoit yaratib berdi, V.Tomsen yozuv belgilari va tilini aniqladi, V.V.Radlov matn mazmunini tushintirib berdi, S.Y.Malov runologiya sohasida filologlar maktabiga asos soldi. Shundan so’ng, S.G.Klyashtorniy, I.V.Stebleva, H.O’rxun, T.Tekin, Najib Osim, G.Aydarov kabilar bitiglarni o’rganishga kirishganlar. Bu bitigtoshlar VII-VIII asrlarga tegishli bo’lib, turk xoqonligi davrida runiy yozuvda bitilgan. Ular grafik jihatdan bir-biriga ancha yaqin turadi. Sug’diy yozuvi ta`sirida paydo bo’lgan qadimgi turkiy run yozuvi G’arbiy va Sharqiy turk xoqonligida keng tarqalgan edi. Toshbitiklar turkiy xalqlar tarixida favquloddagi yozma adabiyot emas. Ular qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining mantiqan davomi, o’zidan avvalgi adabiyotning mazmuni, ruhi, g’oyasini rivojlantirgan yangi shaklidir. Tosh bitiklardagi arxaik tasvirlar shundan dalolat beradi. I.V.Stebleva, N.Rahmonov va boshqa olimlar tosh bitiklarning bunday xususiyatlarini asoslab berganlar. Yodnomalarda bayon qilish usuli va bu usulning uch qat`iy unsurlari–asarda boshlanma, voqea rivoji, tugallanmaning mavjudligi turkiy, umuman, barcha xalqlar og’zaki ijodiga xos arxaik xususiyatlardir. Tosh bitiklar qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining davomi sifatida yuzaga kelganligining asoslari mavjud. Masalan, Ungin yodnomasi shunday boshlanadi:
Ačumiz, apamiz Yami qağan Tort bulunguğ qismiš, yiğmiš, yamis, basmis, Ol qan yoq boltuqta kasra Al yitmis, ičxinmiš Ačamiz,(otamiz Bumin xoqon To’rt bo’lakni qismish,yig’mish,yoymish, bosmish Ul xon yo’q bo’lgandan so’ngra El yo’q bo’lmish, qochishmish).
Ya`ni, Bo’min dastlabki turk xoqonlaridan hisoblanadi. Shu sababdan ham xalq orasida uning hayoti to’g’risida rivoyat yoki afsonalar yaratilgan bo’lishi kerak, chunki Kultegin va Bilga xoqon yodnomalarida ham Bo’min haqida eslatilishi shundan dalolat beradi. Shunga o’xshash belgilar orqali ham yozma yodgorliklarni qadimgi xalqlar og’zaki ijodining mantiqan davomi ekanligini tasdiqlash mumkin. Har qanday til alohida olam manzarasiga ega va lisoniy shaxs ana shu manzaraga mos ravishda ifodalarning mazmunini tuzishga majburdir. Bunda tilda o’z aksini topganinsonning olamni o„ziga xos idroki namoyon bo„ladi. Til insonning olam haqidagi bilimlarining shakllanishi va mavjud bo„lishidagi muhim omildir. Inson faoliyat jarayonida obyektiv dunyoni aks ettirar ekan dunyoni bilish natijalarini so’zda qayd etadi. Olamning lisoniy manzarasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni to’ldiradi. Lisoniy shakllarda muhrlangan mazkur bilimlar majmuasi olamning lisoniy manzarasi, deb nomlanadi. Olamning manzarasi (lisoniy ham) tushunchasi insonning olam haqidagi tasavvurlarini o’rganish asosida yaratiladi. Olam – o’zaro munosabatdagi inson va muhit bo’lsa, olam manzarasi – inson va muhit haqidagi ma’lumotni qayta ishlash natijasidir. Agar olamning obrazi bo„linmaydigan yaxlit butunlikni namoyon qilsa, olamning manzarasi dunyo haqidagi turli darajadagi bilimlar majmuyini va uning obyektlariga bo’lgan munosabatni namoyon qiladi. Olamning obrazini to’g’ridan to’g’ri reflekslar vositasida anglab bo’lmaydi, uni faqat o’ziga xos obrazlarni “o’z boshidan kechirish” orqaligina tushunish mumkin. Olam
manzarasini “odatdagi” bilish orqali anglab bo’lmasa-da, uni verbal va obrazli aks ettirish, ifodalash mumkin. A.K.Kamenskiy olamning lisoniy manzarasini “mantiqiy (konseptual) va lisoniy (so„zli) modeldan tashkil topgan mantiqiy-so’zli hosila” sifatida umumiy shaklda izohlagan. M. Xaydeggerning qayd qilishicha, “manzara” so’zi deganda birinchi navbatda, biron narsaning tasviri haqida o’ylaymiz, “olam manzarasi dunyoning tasvirini emas, balki olamni manzaradek tushunishni ifodalaydi”. Haqiqiy borliqni aks ettiruvchi olamning manzarasi va olamning lisoniy manzarasi o’rtasida murakkab munosabatlar mavjud bo„ladi. Olam manzarasi makon (yuqori-quyi, o„ngchap, sharq-g’arb, uzoq-yaqin), zamon (kun-tun, qish-yoz), miqdor va h.k. o’lchovlar vositasida tasavvur etilishi mumkin. Uning shakllanishiga til, an‘analar, tabiat va landshaft, ta’lim va tarbiya va boshqa ijtimoiy omillar ta’sir ko’rsatadi. Olamning lisoniy manzarasi olamning maxsus manzaralari bilan bir qatorda bo’la olmaydi, u boshqa manzaralardan oldinda bo’lib, ularni shakllantiradi. Chunki inson dunyoni va o’zini umuminsoniy va milliy tajribaga asoslangan til vositasida anglaydi. Bu o’rinda milliy tajriba tilning barcha darajadagi o’ziga xos xususiyatlarni belgilaydi. Tilning o’ziga xosligi tufayli til egasining ongida muayyan olamning lisoniy manzarasi yuzaga keladi va inson u orqali dunyoni ko’radi.
Q.Sodiqov yodgorliklarning tilini, tarixini va falsafiy qarashlarini oʻrganib, ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan bir qatorda Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarini oʻzbekchaga tabdil qildi. Oʻzbekistondan topilgan bitiklarga asoslanib, Oʻzbekiston koʻhna turkiy run yozuvlarining makoni boʻlgan degan xulosaga keldi. Yodgorliklar tili, uslubiyati, dialektikasi, fonetikasi va morfologiyasini oʻrgandi. Talabalar uchun muhim ahamiyatga ega asarlar va darslik kitoblar yaratib, Oʻzbekistonda yangi turkologiyaning rivojiga katta hissa qoʻshdi. Olimning Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tadqiqiga bagʻishlab yozgan asarlarini quyidagi guruhlarga boʻlib oʻrgansak, maqsadga muvofiq boʻladi:
1. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan asarlari: “Eski uygʻur yozuvi”, “Qadimgi turkiy yozuvlar” va “Qadimgi turkiy til” fanlaridan dars matnlari, “Ilk oʻrta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lugʻati”, “Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi”, “Koʻk turk bitiklari va ularning tarixiy talqini” nomli kitoblari, “Yozma yodgorliklarda ayrim undoshlarning taraqqiyot masalasi”, “Kul tigin, Bilga xoqon bitiklaridan oʻrin olgan “xoqon” soʻzining boshlamalari va yodnomalarining matn tuzilishi haqida”, “Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarining matniy-qiyosiy tahlili”, “Oʻzbekistonda topilgan koʻk turk xarfli matnlar”, “Turk-moniy diniy jamoalarida yaratilgan yozma manbalar”, “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” nomli maqolalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan. Jumladan, “Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi” (2006) tadqiqotida eng koʻhna hamda oʻrta asrlarda yaratilgan turkiy yodgorliklar asosida oʻzbek adabiy tilining shakllanishi, mumtoz adabiy tilning yuzaga kelishi, uning oʻziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.
2. Oʻrxun Enasoy yodgorliklarining tarixini oʻrganishga doir asarlari: “Oʻzbek adabiy tili tarixidan”, ”Uygʻur yozuvi tarixidan”, “Koʻk turk bitiklari: matn va uning tarixiy talqini”, “Yozuv tarixi va kitobat san’ati”, “Oʻzbek tili tarixi”, “Turkiy til tarixi”, “Oʻzbek tilining yozma uslublari tarixidan” nomli kitoblari va “Kultigin vaBilgaxoqon bitiklari: tarixiy manbaning matn tuzilishi” nomli maqolalari Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tarixiy tomonlarini oʻrganishga bagʻishlangan.
Masalan, “Koʻkturk bitiklari: matn va uning tarixiy talqini” (2004) kitobida koʻk turk obidalari nomi bilan yuritilayotgan bitiklar tarixiy-matniy jihatdan tahlil etiladi. Bitiklar asosida koʻk turk davri tarixnavisligining oʻziga xos jihatlari, matn tuzish prinsiplari haqida bahs yuritiladi [4: 67].
3. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarini tadqiqiga bagʻishlangan falsafiy asarlari: “Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari”, “Sharq falsafasi” (“Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari”, “Sharq falsafasi” (Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari), “Eski turkiy falsafasi” nomli kitoblari va “Qadimgi turklarning olam va uning tuzilishi toʻgrisidagi koʻzqarashlari” nomli maqolasi yozma yodgorliklarni falsafiy jihatdan oʻrganadi. N.Rahmonov OʻrxunEnasoy yodgorliklarining turkiy eposlardan oʻsib chiqqan asar ekanligini aytib, yodgorliklarni oʻrganish asnosida oʻzbek xalqi tarixini oʻrganishni uzoq asrlardan boshlash kerakligi ta’kidlaydi. Turk xoqonligi madaniyatini oʻrganib, shahzodalar Kultegin, Bilgaxoqon va maslahatchi Toʻnyuquqning qahramonliklari, vatanparvarligi, xalq taqdirini oʻzinikidan ustun qoʻyish hislatlarini bizga uzoq oʻtmishdan qolgan meros ekanligiga e’tibor qaratadi.
Turkiy-run yozuvida bitilgan bitiklar Oʻzbekiston hududidan ham anchagina topilganini, ularning ma’nolarini asarlarida koʻrsatib berdi. Umuman, olimning Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari tadqiqiga bagʻishlab yozilgan asarlarini quyidagicha oʻrganish mumkin: Oʻrxun-Enisey yodgorliklarining badiiyati oʻrganishga bagʻishlangan asarlar: “Toshga bitilgan kitoblar”, “Inson ruhining sadosi”, “Bitiglar olamida”, “Koʻhna bitigtoshlar”, “Oʻzbekistonning koʻhna turkiy-run yozuvlari”, “Oʻzbek Mumtoz adabiyotining namunalari”, “Oʻzbek adabiyotini davrlashtirish masalalari” kabi kitoblarida yodgorliklarning ma’nosi, mazmuni, adabiy tomonlari oʻrganilgan. Jumladan, Boqijon Toʻxliyev bilan hammualiflikda yozgan “Oʻzbekistonning koʻhna turkiy-run yozuvlari” (2006) kitobi Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekistondan topilgan turkiy-run yozuvidagi topilmalar haqida ma’lumot beradi [5: 142].
Oʻz navbatida, bu guruhning oʻzi ham ikkiga boʻlinadi: a) Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining folkloristikasi: “Turkiy yozma adabiyot va ogʻzaki epik an’analar munosabatiga doir” maqolasi, “Oʻrxun-Enasoy yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati” doktorlik ishi (1991), Turkiy xalqlar sehrli ertaklarida evrilish (metamorfoza) va uning mifologik sujetlar bilan munosabati “Oʻzbek folklorshunosligining dolzarb masalalari” toʻplamida, “Folklorizm va mifologizatsiya-qadimgi turkiy adabiyot asosi” kabi ilmiy asarlarida yodgorliklardagi folklor namunalari oʻrganadi. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining nazariyasi: “Kul tigin yodnomasi poetikasi” (Oʻlmas obidalar) tarkibida), “Qadimiy hikmatlar”, “Kultigin yodnomasida alliteratsiya”” “Kultegin yodnomasida adabiy etiket”, “Kultegin yodnomasida badiiy san’atlar” kabi ilmiy asarlari yodgorliklardagi nasriy va she’riy san’at turlari namunalarini oʻrganadi.
Yozuvlar bengu toshlari deb ham ataladi va bu toshlar davlat xabarini oluvchilar va xoqonlar vafotidan keyin yodgorlik qurish uchun barpo etilgan. Ko‘kturk davridagi yozuvlar:
- Ko‘kturk yozuvlari
-To‘nyuquq yodgorligi
- Kultegin yodgorligi
-Bilga xoqon yodgorligi
Ma’lumki, kitobni bosib chiqarish texnikasi Uyg‘ur davrida yozilgan yozuvlarda ishlatilgan. Davrga oid ko‘plab hikoyalar mavjud. Ko‘kunch nomidagi teatr namunasi ushbu asarlar qatoriga kiradi. Asosan, Ko‘kturk davri asarlaridagi hayajon va milliy ong bu davr yozuvlarida unchalik ko‘rinmaydi. Yozuvlar, odatda, qabr toshlari shaklida topilgan.
O‘rxun-Enasoy yozuviyining Lena Baykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy,
Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniqlangan. O‘rxunEnasoyy yozuvini tekshirish va oʻrganishda V.Tomsen, V.V.Radlov,
P.M.Melioranskiy, A.A.Polovsev, G.Geykel, S.E.Malov, L.N.Gumilyov, D.Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akademik Gʻ.Abdurahmonov va A.Rustamov, professor N.Rahmonovlar ham O‘rxun-Enasoy yozuvini oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Ma’lum boʻladiki, Q.Sodiqov oʻz asarlarida yodgorliklarning til xususiyatlarini va tarixiy, falsafiy tomonlarini yoritgan boʻlsa, N.Rahmonov esa ularni nazariy va badiiy jihatdan yoritib berdi. Oʻrxun-Enasoy obidalari birinchi navbatda tarixni yoritadi. Xususan, etnik tarix bilan tutashadi. Turkiy qabilalar oʻrtasidagi farqlar, asosan, ularning tillari orqali aniqlanadi. Demak, qabilalar tarixini yoritishda ham yodgorliklarning ahamiyati katta. Yozuvning kelib chiqishi, alifbolarning har xilligi, boshqa yozuvlarning turkiy-run yozuviga ta’siri kabi masalalarga ham obidalar matnini oʻrganish orqali javob topish mumkin. Iboralar ham ifoda va mazmun planiga ega. Sodda morfemalarda uning ifoda planni deb uning tovush tizimiga aytilsa yasama leksemada uning tarkibidagi leksema va morfema nazarda tutiladi Masalan:(chilik . chi- lik) kabi. Ibora yirik til birligi bo’lib kammida ikkita mustaqil so’zdan tashkil topadi. Shunga ko’ra iboraning ifoda planni deb so’zlar ( leksemalar) shular tarkibidagi til birliklari ko’zda tutiladi. Tarkibli morfemalarning, leksemalarning ma’nosi odatda uni tashkil etuvchi til birliklariga xos ma’nolarining yig’indisi sifatida gavdalanadi, qismlar ma’nosi asososida butun ma’nosi tushuniladi.
Frazeologik birlik ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topgan ,ma’noviy juhatdan o’zaro bog’liq so’z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha ko’chma ma’noda qo’llanadigan va bo’linmaydigan barqaror bog’lamalarning umumiy nomi.Frazalarning quyidagi turlari farqlanadi:
- Frazeologik chatishma-frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarning ma’nosiga bog’liq bo’lmaydi:oyog’ini qo’liga olib chopmoq
-Frazeologik birlashma – frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarning ma’nolari asosida izohlanadi shu ma’nolar asosida umumlashtiruvchi ko’chma ma’no ifoda qilinadi .
-Frazeologik birlashma – bunda frazemalar tarkibidagi bir so’z ko’chma ma’noda qo’llanadi ,boshqasi esa o’z lug’aviy ma’nosini saqlaydi:gapning tuziF.lar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, yaʼni F.
tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning
urugʻi, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sigʻmay ketmoq,
kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qoʻli ochiq, qulogʻi ogʻir va boshqa tarixiy qoʻllanish meʼyorlariga, usullariga ega boʻlib, ularning maʼnolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi
-Frazeologik birlashma – bunda frazemalar tarkibidagi bir so’z ko’chma ma’noda qo’llanadi ,boshqasi esa o’z lug’aviy ma’nosini saqlaydi:gapning tuziF.lar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksik grammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, yaʼni fraza tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urugʻi, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sigʻmay ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qoʻli ochiq, qulogʻi ogʻir va boshqa tarixiy qoʻllanish meʼyorlariga, usullariga ega boʻlib, ularning maʼnolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |