Mavzuga tegishli test savollari:
1. Korxonaning kelajakdagi istalgan holatini va bozordagi o‘rnini aniqlash bu – ?
A. Maqsad;
B. Moliya;
C. Tamoyil;
D. Vazifa.
2. Rejalashtirish jarayoni o‘rgatadi: (to’g‘ri javobni belgilang).
A. Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ulardan samarali foydalanish
yo’llarini va vositalarini;
B. Iqtisodiy resurslardan foydalanish buyicha qoidalarni bilishni va me’yorlar
o‘rnatishni;
C. Cheklangan moddiy va mehnat resurslarini safarbar qilishni hamda yukori
iqtisodiy natijalariga erishish tadbirlarini shakllantirish;
D. Yuqori iqtisodiy natijalarga erishish uchun hatti-harakatlarni belgilash.
3. Rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
A. Vazifani aniqlash, vositalarni tanlash, maqsadni belgilash va nazorat;
B. Maqsadni belgilash, vazifani aniqlash, vositalarni tanlash va nazorat;
C. Vositalarni tanlash, nazorat, vazifani aniqlash va maqsadni belgilash;
D. Maqsadni belgilash, vositalarni tanlash, nazorat va vazifani aniqlash.
4. Rejalashtirish quyidagi umumiqtisodiy maqsadlarni ko‘zda tutadi:
A. Iqtisodiy samaradorlikni xarajatlarni iqtisod qilish asosida oshirish;
B. Yalpi ichki mahsulotni o‘sishi, ish haqini oshishi, ishchilar malakasini oshirish,
mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarni ko‘paytirish;
C. Iqtisodiy o‘sish, daromadlarni taqsimlash, iqtisodiy erkinlik, bandlik, iqtisodiy
samaradorlik;
D. Foyda miqdorini oshishi, xarajatlarni kamayishi, ishchilar sonining qisqarishi.
5. Rejalashtirish mohiyatini quyidagilar tashkil etadi:
A. Qo‘yilgan maqsadni va xo‘jalik yuritish shaklini ilmiy jihatdan asoslash;
B. Qo‘yilgan vazifalarni va haraqatlarni, biznes faoliyatini asoslash;
C. Strategiya va taktikani shakllantirish;
D. Tarmoqda va bozorda mustahkam o‘rinni egallash uchun harakatlar dasturini
shakllantirish.
6. Korxona rejasi bu – ? (to‘g‘ri javobni bering).
A. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan aniq hisoblar tizimi;
B. Ko‘zda tutilgan iqtisodiy samaradorlikni ilmiy va amaliy jihatdan asoslash;
C. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish chora-tadbirlarini oldindan ishlab chiqish
hamda resurslar orasida muvofiklikni ta’minlash;
D. Maqsadni belgilash, yo‘nalishlarini va vazifalarini aniqlash hamda nazorat qilish.
7. Zarur hisob kitoblar xamda dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq
muddatli strategiyasini aniqlash bu – ?
A. Rejalashtirish maqsadi;
B. Rejalashtirish vazifasi;
C. Rejalashtirish mohiyati;
D. Rejalashtirish mexanizmi.
8. Rivojlanish yo‘nalishlarini sifatda va sonda tasvirlash bu
A. Reja mohiyati;
B. Reja vazifasi;
D. Reja maqsadi;
E. Reja mexanizmi.
9.Rejalashtirish bu– ?
A. Maqsadni va unga erishish vositalarini aniqlashtirish jarayoni;
B. Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash jarayoni;
C. Joriy xarajatlarni iqtisod qilish asosida faoliyat samaradorligini belgilash
jarayoni;
D. Korxona faoliyatining samaradorligini oshirish jarayoni.
10. Ichki reja mazmuni, shakl strukturasi va tuzish tartibini nima belgilaydi?
A. Rejalashtirish usuli;
B. Rejalashtirish texnologiyasi;
C. Rejalashtirish predmeti;
D. Rejalashtirish uslubiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |