VII.2. Amir Temur davlatining boshqaruv tizimi, ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy hayoti
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qildi. Bu yurishlar natijasida u
buyuk saltanat barpo qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movarounnahr, Xorazm,
Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg‗oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq,
Janubiy Rossiya, Kavkaz va G‗arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari jami 27 ta
o‗lka kiradi. Amir Temurning muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste‘dodi
sabab bo‗ldi. Amir Temur qo‗shinida qat‘iy tartib va intizom o‗rnatilgan edi. Har bir
jang rejasini va barcha qismlar uchun yo‗l-yo‗riqlarni o‗zi ishlab chiqardi. Uning
harbiy iste‘dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa yorqin
namoyon bo‗ldi.
Amir Temur ichki va tashqi savdo taraqqiyotiga katta ahamiyat berdi. Uning
sa‘y-harakati bois Buyuk ipak yo‗li tarmog‗i Movarounnahrga qaytdi, savdo yo‗llari
xavfsizligiga, Sharq va G‗arb savdo munosabatlariga katta e‘tibor bilan qaraldi.
XIVasr o‗rtalarida Buyuk ipak yo‗lining G‗arb mamlakatlariga olib boruvchi
tarmog‗i turli nizolar tufayli inqirozga uchragan edi. O‗sha davrda Amir Temur turli
sohalarda qit‘alararo aloqalar tiklanishiga sharoit yaratib berdi. Sohibqironning
Evropa qirollari bilan olib borgan muloqotlari orasida, ayniqsa, Fransiya qiroli Karl
VI bilan yozishmalari alohida tarixiy ahamiyatga ega. 1394 va 1399 yillarda Amir
Temur huzuriga kelgan Vizantiya imperatorining Konstantinopoldagi muovini
Fransiyaga Sandro ismli vakil hamroh bo‗lgan. Sandroning qo‗lida Genuyaning
homiysi bo‗lgan Fransiya qirolining Amir Temur nomiga yozilgan maktubi bor edi.
1402 yilda Karl IV Amir Temur bilan mustahkam siyosiy aloqalarni
o‗rnatishga intildi. Ular yozishmalarining bir qismi Fransiya hujjat arxivida
saqlanadi. Mazkur maktublarda Amir Temur qirolning Sharqqa nisbatan siyosatini
qo‗llab-quvvatlagan holda , o‗z davlati bilan Fransiya o‗rtasida savdo-sotiq yo‗lga
qo‗yilishini ahamiyatiga e‘tibor qaratadi: «Bizning u ulug‗ amirdan kutganimiz
shuldurki, doimo bizga shoxona maktublarni yuborib, salomatliklarini bildirib
tursalar, toki biz hotirjam bo‗lgaymiz. Yana sizning savdogarlaringiz bu tarafga
qatnab tursalar, biz bu erda ularni azizu mukarram tutg‗umizdir, shuningdek, bizning
savdogarlar u tarafga yuborilsa, siz ham ularni azizu mukarram tutsangiz, hech kimsa
ularga zo‗rlik qilmasa va zarar zahmat etkazmasa! Chunki dunyo savdogarlar bilan
oboddir!».
Sohibqironning Fransiya qiroliga yozgan, bizning davrimizgacha lotincha
tarjimasi etib kelgan ikkinchi maktubi ham 1402 yil 1 avgust sanasi bilan
belgilangan. Har ikkala maktub arxiepiskop Ioann III tomoni dan Fransiyaga
etkazilgan. 1403 yil iyunda Parijga etib borgan arxiepiskop Amir Temurning Fransiya
qirolligini qiziqtiruvchi taklifini bayon etadi. Unda ikki davlat savdogarlarining erkin
savdo munosabatlarini ta‘minlash va savdo erkinligini tegishli bitim orqali kuchga
kiritish o‗z ifodasini topgandi.
Amir Temurning o‗zaro hamkorlik to‗g‗risidagi tashabbusi Fransiya qiroli
tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinganini 1403 yil 15 iyunda Karl IV ning
Sohibqiron nomiga yo‗llagan maktubida o‗z ifodasini topadi. «Yaratganning
marhamati bilan franklar qiroli Karl muhtaram hazrat va muzaffar podshoh
135
Temurbekka salom yo‗llaydi va tinchlik tilaydi» so‗zlari bilan boshlanadigan mazkur
maktubda Fransiya bilan Amir Temur davlati o‗rtasida savdo aloqalarini o‗rnatish
masalasiga katta ahamiyat qaratiladi va shunday so‗zlar bilan yakunlanadi: «Biz
sizni ishlaringizni, foydali takliflaringizni qabul qilamiz, imkoni bor joylarida
(ularga) barobar va undan ortiqroq iltifot ko‗rsatishga va‘da beramiz».
Amir Temur ham Karl VI ham o‗zaro do‗stlik va birdamlikdan hamda savdo
bitimi tuzishdan manfaatdor bo‗lishganini mazkur maktublardan anglash mumkin
1
.
Nizomiddin Shomiy o‗zining «Zafarnoma» asarida shunday deb yozgan edi:
«... Uning adolatiyu siyosati o‗rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka
joylaridangina emas, balki Xo‗tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atroflarigacha,
Bobul Avbobdan to Misr va Rum hududigacha bo‗lgan erlardan savdogarlar u yoqda
tursin, bolalaru beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat
mollarini keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsa ularning bir doniga ham ko‗z
olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon etkazmaydi. Bu cheksiz ne‘mat va
poyonsiz marhamatlar Amir Sohibqironning siyosati va adolati natijasidandur». 1404
yili Temur saltanatida bo‗lgan Rui Gonsales de Klavixo ham savdo-sotiq
munosabatlarining yuqori darajada taraqqiy etganligini, savdo ahliga ko‗rsatilayotgan
muruvvat, xavfsizlik choralari, Movarounnahr bozorlarining serhashamligini alohida
qayd etgan edi.
Amir Temur XIV asrdayoq ―Kuch - adolatda‖ shiorini davlat siyosati mavqei
darajasiga olib chiqdi. Umri davomida sohibqiron bu shiorni o‗ziga dasturul – amal
qilib oldi. Temur davlatidagi bu ahloqiy-ma‘naviy mezon hamma davrlar uchun
e‘tiborli bo‗lib, hozirgi kunga qadar insoniyat hayotida dolzarb ahamiyat kasb etib
kelmoqda. Amir Temur harbiy san‘at, soliq siyosati, raiyatga munosabatda, o‗z davlat
boshqaruvi tizimida, qo‗l ostidagilarga munosabatda ham ushbu tamoyilga qat‘iy
amal qildi.
Amir Temur o‗z hukmronligi davrida mutaassiblik, ayirmachilik, mazhabchilik
ko‗rinishlariga yo‗l bermadi. Osoyishtalik, tinchlik-xotirjamlik, xavfsizlik borasida
ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirdi. Bu xususda sohibqiron, ―... saltanatimning
u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshida bir lagan tilla ko‗tarib o‗tadigan
bo‗lsa, bir donasiga ham zarar etmaydigan tartib-intizom o‗rnatdim‖, deya qayd
qilgan edi. Amir Temur qurilish, obodonchilik ishlariga ulkan e‘tibor bilan qaradi.
Mo‗g‗ul istibdodidan meros bo‗lmish xonavayronchilikka chek qo‗ydi. Uning
tashabbusi ila Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkentda Shayx Zayniddin
bobo maqbarasi, shahar yaqinida Zangi ota maqbarasi, Shahrisabzda Oqsaroy,
Samarqandda Go‗ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Shohi Zindadagi qator
maqbaralar, shaharda saroy va istehkom, karvonsaroylar, hammomlar, ko‗priklar,
honaqolar, ko‗chalar, shahar yaqinidagi bog‗lar va boshqalar barpo etildi. Bu
xususida Sohibqiron ―Agar qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga
boqing‖, deya ta‘kidlagan edi. Amir Temur sa‘y-harakati bilan mamlakatda ilm-fan,
madaniyat taraqqiyotiga keng yo‗l ochildi. Bu esa keyingi temuriylar hukmronligi
davrida yaqqol o‗zini namoyon qildi.
1
Амир Тему рва Франция қироли ўртасидаги макткблар нима ҳақда эди? Халқ сўзи , 2018 йил 10 октябр.
№210
136
Amir Temur barpo etgan davlat, o‗zing eng rivojlangan davrida juda ulkan
hududni o‗z ichiga olgan bo‗lib, O‗rta Osiyodan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Iroq va
Afg‗onistonni qamrab olgan. U bu davlatni o‗g‗illari, nabiralari va xos amirlari
yordamida idora qildi. Buning uchun u saltanatni suyurg‗ol mulklarga, ya‘ni
uluslarga bo‗ldi. Masalan, Mahmud G‗aznaviyning toju-taxti, ya‘ni Afg‗onistonni
Temur to‗ng‗ich o‗g‗li Jahongirga, uning vafotidan (1376 y.) keyin esa Jahongirning
o‗g‗li Pirmuhammadga berdi. Xurosonda Shohruh hokimlik qildi. Hulokuxonning
toju-taxti, ya‘ni Iroq va Ozarbayjon Temurning boshqa o‗g‗li – Mironshohga berildi,
Farg‗ona bo‗lsa Umarshayx va uning avlodlarining mulki edi. Garchi suyurg‗ol
mulklarining egalari soliq to‗plash va ma‘muriy boshqaruvda mustaqil bo‗lsalar-da,
Temur va uning vazirlari idora qilgan markaziy hukumatga bo‗ysunardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |