132
Samarqand shahri, qolaversa, butun Movaraunnahr o‗z holiga tashlab
qo‗yildi. Mo‗g‗ul xoni changalidan qutilish samarqandliklarning o‗ziga bog‗liq edi.
Bu sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o‗z qo‗llariga oldilar.
Sarbadorlar mo‗g‗ullar zulmidan ozod bo‗lish o‗lida o‗zlarini qurbon qilishga
tayyor edilar. Bu harakat qatnashchilarning ijtimoiy tarkibi har xil bo‗lgan.
Hunarmandlar, do‗kondorlar ayrim madrasa mudarrislari
va talabalar mazkur
harakatga faol qo‗shildi. Sarbadorlarning etakchilaridan biri Mavlonozoda bo‗lib,
ularning safiga Mavlono Xo‗rdaki Buxoriy va Abu Bakr Kalaviylar ham qo‗shildilar.
Mudofaa yaxshi tashkil etilganligi tufayli sarbodorlar mo‗g‗ullar hujumini
qaytarishadi. Mo‗g‗ullar katta talofat ko‗rib, orqaga chekinishga majbur bo‗ldilar.
Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va o‗z
samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach, mo‗g‗ullar shahar atrofini
qurshab olib uzoq vaqt qamal qilish rejasini o‗ylab
chiqdilar. Lekin lashkar safida yuqumli kasallik tarqaldi.
Buni ot vabosi (o‗lati) deb atashadi. O‗lat
oqibatida
Ilyosxo‗ja qo‗shinlariga mansub otlarning katta qismi
qirilib ketdi. Ilyosxo‗ja katta yo‗qotishlar bilan dastlab
Samarqandni keyin esa Movaraunnahrni tashlab ketishga
majbur bo‗ldi.
Bu paytda Keshda bo‗lgan
Amir Temur bu xabarni
Amudaryo bo‗ylarida bo‗lgan Amir Husaynga etkazdi.
1366-yilning bahorida ular Samarqandga etib keladilar va
sarbadorlar rahbarlarini o‗z huzurlariga chorladilar.
Uchrashuv Samarqanddagi Konigil degan joyda bo‗ldi. Bu
erda sarbadorlarning rahbarlari bilan kelishmovchilik yuz beradi va ular qatl etiladi.
Amir Temurning iltimosi bilan faqat Mavlonozodaomon qoldirilib, Xurosonga
jo‗natiladi. Sarbadorlar harakati bostirilgandan so‗ng Amir Husayn va Amir Temur
o‗rtasidagi munosabatlar keskinlashadi. Bunga Amir
Husaynning sarbadorlarga
nisbatan adolatsizligi ham bir qadar sabab bo‗lgan edi.
1366-1370-yillar oralig‗ida Amir Temur o‗z e‘tiborini ichki ishlarga qaratdi.
Amir Husayn va Amir Temur o‗rtasidagi ziddiyatlar 1370-yilda Husaynning
o‗ldirilishi va Amir Temurning taxtga o‗tirishi bilan yakunlandi. Movaraunnahrning
amaldagi xoni Chingizxon avlodiga mansub bo‗lgan Suyurg‗otmish qo‗liga o‗tdi.
Davlat boshqaruv tizimi esa Movaraunnahr amiri nomini olgan Amir Temir qo‗lida
qoldi, hamda Kesh shahridan Samarqandga ko‗chib, uni o‗z davlatining poytaxtiga
aylantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: