O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

VII.4. Temuriylar davrida ilm-fan, moddiy va ma‘naviy madaniyat ravnaqi. 
Alisher Navoiyning siyosiy va adabiy faoliyati
Bu vaqtda nafaqat poytaxt Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va 
Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, shoiru-me‘morlar, bastakoru-
naqqoshlar guruhlari to‗plana boshlaydi. Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, Sheroz 
ham o‗ziga xos madaniy markazlar rolini o‗ynay boshlaydi. Tarixda ma‘rifatparvar 
va oqilligi bilan nom chiqargan Shohruh (1405-1447) davrida asriy ilm-fan, 
madaniyat, an‘analari qayta jonlana boshlagan edi. Hirotdagi eng gavjum joylardan 
biri Shohruhning o‗g‗li Boysunqur tashkil etgan kitobxona nomini olgan joy bo‗lib 
qoldi. Mirak naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san‘ati ham o‗z faoliyatini shu 
erdan boshlagan edi.
Mirzo Ulug‗bek
( 1394-1449) 
Hukmdorlar ichida ilm-fan, ma‘rifat va 
madaniyatga etarli homiylik qilgan shaxs - bu o‗zi 
ham buyuk olim bo‗lgan Mirzo Ulug‗bek hisoblanadi.
Mirzo 
Ulug‗bek 
uning 
zamondoshlari, 
muarrixlarning 
xabar 
berishlaricha 
sharq 
mutafakkirlari, ular orqali yunon mumtoz ilmiy 
asarlaridan xabardor bo‗lgan. Ulug‗bek islom olamida 
ilk bora hukmdorlik va olimlikni birgalikda olib bordi. 
U Movaraunnahrni musulmon olamining ilmiy 
markaziga aylantirishga harakat qildi.
Xususan Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz) ilm- 
fan markazlariga aylandi. U 1417-yil Buxoro, 1420-yili Samarqandda, 1433-yillarda 
G‗ijduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandning obodonchilik ishlariga bosh-qosh 
bo‗lib, Go‗ri Amir, Shohizinda me‘moriy majmualarini oxiriga etkazadi. Marvda 
ham bir qator diniy muassasalar qurdiradi. Hadisi sharifdagi ‖Ilm olmakka intilmoq 
har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarz‖ degan iborasi Buxoro 
Mirzo Ulug‗bek ( 1394-1449) 


143 
madrasasi peshtoqiga shior sifatida o‗yib yozdirib qo‗yiladi. Xususan, u 
Samarqandga o‗z zamonasining yirik, taniqli olimlarini chorlashga harakat qilgan.
Uning sa‘yi-harakatlari tufayli zamonasining 100 dan oshiq olimlari 
Samarqandga yig‗ildilar. Ular orasida Taftazoniy, Mavlono Ahmad, o‗z 
zamonasining ―Aflotuni‖ deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G‗iyosiddin Koshiy, 
Muhammad Hafoviylar va boshqa taniqli zotlar ham bor edi. 1420-yil Samarqand 
madrasasi ochilganda, unda 100 dan ziyod talaba o‗qigan, madrasada 50 tadan 
ko‗proq talabalar uchun maxsus hujralar mavjud bo‗lgan. Zayniddin Vosifiyning 
yozishicha, 1420-yil Samarqand madrasasi ochilganida unda 90 tadan oshiq olim 
qatnashgan. Ilk ma‘ruzani Mavlono Hafoviy o‗qigan vaqtida, uni faqat ikki kishi -
Mirzo Ulug‗bek va Qozizoda Rumiy tushungan xolos. Keyinchalik o‗z zamonining 
taniqli kishilari Abdurahmon Jomiy, Xo‗ja Axror va boshqalar ham Samarqand 
madrasalarida tahsil olganlar.
1424-1429 yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori bo‗yida Mirzo 
Ulug‗bek rasadxona qurdiradi. Rasadxona o‗sha davrning noyob inshootlaridan 
bo‗lib, u doira shaklida barpo etilgan, imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m.dan 
iborat 3 qavatli bino bo‗lgan. Binoning ichi bir necha xona, aylana zal, maxsus 
tekshirish xonalaridan iborat bo‗lib, u erlarda maxsus asbob-uskunalar 
joylashtirilgan.
Rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezalgan bo‗lib, xalq ichida 
shuning uchun ―Naqshi jahon‖ degan nom bilan shuhrat topgan edi. Samoni kuzatish 
va o‗rganish borasida G‗iyosiddin Jamshid yordamida astronomik o‗lchov asbobi-
ulkan sekstant o‗rnatildi. Bu sekstant, o‗z navbatida, Sharqdagi eng katta astronomik 
asbob o‗lchovi hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy, Abu 
Mahmud Xo‗jandiy, usta Ibrohim) qo‗li bilan ko‗plab zaruriy astronomik o‗lchov 
asboblari ham yasaldi va o‗rnatildi. Rasadxona qoshida, shuningdek, 15.000 jilddan 
iborat boy kutubxona ham bo‗lgan. Uning atrofida olimlar yashaydigan er-
chorbog‗lar Bog‗imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topdi. Ulug‗bek 
Samarqandda o‗ziga xos astronomiya maktabini yaratdi. Rasadxonada Ulug‗bek bilan 
bir qatorda o‗z zamonasining mashhur matematigi va astronomlari Qozizoda Rumiy 
(Salohiddin Muso ibn Muhammad), G‗iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‗bekning 
shogirdi o‗z davrining ―Ptolemey‖i nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi 
(Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar elkama-elka turib ilmiy tadqiqot ishlarini 
olib bordilar.
Rasadxonadagi tadqiqotlar natijasida 1018 ta yulduzning o‗rni va holati 
(koordinatlari) aniqlanib, astronomik jadvali tuzildi. O‗rta Osiyo, Yaqin va O‗rta 
Sharq o‗lkalari bo‗ylab joylashgan 683 geografik punktlarning Samarqand kenglik 
koordinatlari bilan belgilab chiqildi. Matematika fani sohasida Ulug‗bek maktabi 
yaratgan-uning darajali algebrali teng lama echilib, bir darajali yoyning sinusi 
aniqlangan.
Shu jihatdan buyuk olimning ―Ziji jadidi Ko‗ragoniy‖ (Ko‗ragoniyning yangi 
astronomik jadvali) nomli asari diqqatga sazovordir. Bu asar 1437-yil yozib 
tugatilgan bo‗lsa-da, olim umrining oxiriga qadar unga yangi natijalarni kiritib 
borgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo‗lib, unda keng muqaddima va 1018 ta 
yulduzlarning o‗rni berilgan. Undan tashqari Ulug‗bekning ―Tarixi arba‘ ulus‖ (To‗rt 


144 
ulus tarixi) nomli tarixiy asari va musiqaga bag‗ishlangan beshta risolasi ham 
mavjuddir. Ulug‗bekning o‗ta salohiyatli olim bo‗lganligini uning zamondoshlari 
G‗iyosiddin Jamshid, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy va 
boshqalar ham e‘tirof etganlar. Jumladan, o‗zbek adabiyotining asoschisi buyuk shoir 
va mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) bu xususda:
Temurxon naslidin Sulton Ulug‗bek 
Ki olam ko‗rmadi sulton aningdek,
deb unga o‗z ta‘rifini bergan edi.
Ulug‗bekning vafotidan so‗ng madaniy markaz Xurosonga, jumladan, uning 
poytaxti Hirotga ko‗chdi. Hirot madaniy va ilmiy markazining shakllanishida 
Xuroson hukmdori Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506) va ayniqsa, buyuk shoir va 
mutafakkir, g‗azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning (1441-1501) roli 
nihoyatda beqiyos bo‗ldi. Ma‘rifatli hukmdor bo‗lmish Sulton Husayn (Boyqaro) 
butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylanadi. Uning o‗zi 
―Husayniy‖ taxallusi ostida g‗azallar yozgan. Bizning kunlargacha uning she‘riy 
―Devon‖i va nasriy ―Risola‖ asarlari etib kelgan

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish