VII.3. Temuriylar davrida ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy hayot
Sohibqiron Amir Temur Xitoyga qilinayotgan harbiy yurish vaqtida qattiq
og‗rib, 1405-yil 18-fevral kechasi O‗tror hokimi Berdibekning saroyida vafot etadi.
Sohibqiron Amir Temur o‗ziga voris va taxt valiahdi etib nevarasi Pirmuhammad
Jahongirni vasiyat qilib qoldiradi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanatni
o‗g‗illari, nabiralariga qism-qismlarga ajratib bo‗lib, bu Temur davlati
parokandaligini kuchaytirgan edi. Temur jasadi Samarqandda dafn etilishi va motam
marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt uchun shahzodalar o‗rtasida o‗zaro kurash
kuchayib ketdi.
Shimoliy yerlar (Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi Xalil Sulton (1384-
1409) shoshilinch ravishda, o‗zining ming chog‗li askari bilan 1405 yilning 18 mart
kuni Samarqandni egallaydi va o‗zini Movarounnahr
hukmdor
i deb e‘lon qiladi.
1405-1406-yillarda Xalil Sultonning Shohruh, Pirmuhammad qo‗shinlari
bilan Movarounnahr taxti uchun bir necha bor harbiy to‗qnashuvi sodir bo‗ladi.
Butun Temur saltanati o‗zaro toju taxt kurashlari domiga tortiladi.
Shu vaqtning o‗zida o‗zaro fitna g‗alayonlarning navbatdagi qurbonlari ham
paydo bo‗ladi. 1407 yil 22 fevralda taxt valiahdi hisoblangan Pirmuhammad o‗zining
vaziri Pirali Toz tomonidan suiqasd natijasida o‗ldiriladi. 1408-yil 22-aprelda esa
qoraquyunli turkmanlar bilan jangda hokimiyat uchun boshqa bir da‘vogar
Mironshoh Qora Yusuf tomonidan Ozarbayjon va Iroq uchun bo‗lgan jangda
o‗ldiriladi. Natijada Ozarbayjon va Iroq temuriylar tasarrufidan chiqadi.
1409-yil 25-aprelida Shohruhmirzo Amudaryodan o‗tib Samarqand tomon
jadal yo‗l oladi. 1409-yilning dekabriga qadar Shohruh Mirzo Movaraunnahrda
tinchlik osoyishtalik o‗rnatib, Xalil Sulton va boshqa temuriy shahzodalar
140
tarafdorlariga qarshi keskin choralar ko‗radi, izdan chiqqan xo‗jalik hayotni, savdo-
sotiqni tiklaydi.
Temuriylar saltanatining taqdiri oydinlashib, Xuroson hokimi bo‗lmish
Shohruh Mirzo (1405-1409) temuriylar davlatining oliy hukmdori (1409-1447)
sifatida e‘tirof etildi.
Yagona Shohruh davlatida Movaraunnahr qismining alohida o‗rni bor edi.
Davlatning markaziy poytaxti Hirot shahri hisoblansa, Movaraunnahrning markazi
Temur poytaxti bo‗lmish qadimiy Samarqand shahri hisoblanar edi. Movarounnahr
erlarining boshqaruvi esa Ulug‗bek qo‗liga topshirilgan bo‗lib, u umrining oxiriga
qadar (1449-y.), 40 yil mobaynida bu erlarni boshqarib keldi.
Shohruh 1413 yili Eronni o‗z qo‗li ostiga oladi. O‗sha yili Shohruh qo‗shini
yordamida Ulug‗bek Oltin O‗rda xonlari ixtiyoridagi Xorazmni tortib oladi. Ulug‗bek
1414-1415-yillarda o‗z amakivachchasi amirzoda Ahmad hukmron bo‗lib turgan
Farg‗onani uning qo‗lidan tortib oladi. 1424-yili noyabr oyida Shohruhning rizoligi
bilan Ulug‗bek Mo‗g‗uliston ustiga yurish boshlaydi. Uning asosiy kuchlari 1425-yil
erta bahorida Chu daryosidan o‗tib, Issiqko‗l yaqinida mo‗g‗ullarni tor-mor keltiradi.
Bu jang Ulug‗bek olib borgan jiddiy urushlarning birinchisi va so‗nggisi edi.
1427-yilning boshida Ulug‗bek Dashti Qipchoqqa harbiy yurishga otlanadi. Bu
yurishda Ulug‗bek qo‗shini mag‗lubiyatga uchrab o‗zi Toshkentga chekinadi. Dashti
qipchoqliklar bilan bo‗lgan jang mag‗lubiyati Ulug‗bekka shunchalik katta ta‘sir
ko‗rsatadiki, u otasining o‗limigacha shaxsan o‗zi harbiy qo‗shinga bosh bo‗lib,
yurishlarni boshqa amalga oshirmaydi. 1428-yili Mirzo Ulug‗bek tomonidan amalga
oshirilgan pul islohoti Movaraunnahr ichki iqtisodiy hayotida muhim rol o‗ynadi.
Shuningdek, zamondosh tarixchilarning ma‘lumotlariga ko‗ra, jumladan Davlatshoh
Samarqandiyning yozishicha, Mirzo Ulug‗bek hukmronligi davrida soliqlar miqdori
ham bir muncha pasaytirilgan ekan. Mirzo Ulug‗bek, shunday qilib, otasi tiriklik
vaqtida garchi tashqi siyosat borasida birmuncha mustaqil harakat qilgan bo‗lsa-da,
lekin u haqiqatda otasi Shohruh Mirzoning Movaraunnahrdagi ishonchli va itoatkor
hokimi bo‗lib qoladi. Ulug‗bek ichki va tashqi siyosat borasida otasi bilan bamaslahat
ish tutar, soliqlarning bir qismini muntazam Hirotga jo‗natar, xutba va tangalarda
otasining nomi zikr etilardi. Shuningdek, u vaqti-vaqti bilan otasiga hisob berib turar,
harbiy yurishlari vaqtida unga moddiy va harbiy ko‗mak etkazib berishga majbur edi.
Shohruh 1447-yil 12-martda Ray viloyatida olamdan o‗tadi. SHohruhning
o‗limi Xuroson va Movaraunnahrda o‗zaro temuriy shahzodalar o‗rtasida toju-taxt
uchun kurashni boshlab yuboradi. Shariat va urf-odatga ko‗ra o‗z-o‗zidan oliy
hukmdorlik yagona voris Mirzo Ulug‗bek qo‗liga o‗tishi kerak edi. Lekin Boysunqur
Mirzoning o‗g‗illari Alouddavla va Abulqosim Bobur Ulug‗bekka qarshi harbiy
harakatni boshlab yuboradi. Alouddavla Ulug‗bekning o‗g‗li Abdullatifni asir olib,
uni Hirotdagi Ixtiyoriddin qal‘asiga qamab qo‗ygan edi. Ulug‗bekning aralashuvi
bilan Abdullatif ozodlikka chiqadi. U o‗z holicha Hirotga qarshi yurishi
muvaffaqiyatsiz tugaydi. U otasi Ulug‗bekka yordam so‗rab murojaat qiladi. 1448-yil
bahorida Ulug‗bek va Abdullatifning 90.000 kishilik birlashgan qo‗shini Hirotdan 14
farsah uzoqlikdagi Tarnob degan joyda Alouddavla qo‗shinini tor-mor keltiradi.
Tarnob jangi muvaffaqiyatli yakunlangan bo‗lsa-da, lekin Ulug‗bek va
shahzoda Abdullatiflar o‗rtasida munosabatlarning sovuqlashuviga ham olib keladi.
141
Abdullatif Hirotda 15 kuncha hukmronlik qilib, so‗ng Amudaryodan o‗tib,
Movaraunnahrga keladi. Bu paytda Abulqosim Bobur qo‗shini esa Hirotga
yaqinlashib kelayotgan edi. Ulug‗bek farmoni bilan Abdullatif yana Balxga noib etib
tayinlanadi. Balxda Abdullatifning otasiga qarshi hatti-harakatlari kuchayib, o‗z
xolicha u xorijiy savdogarlardan olinadigan ―tamg‗a‖ solig‗ini bekor qiladi. Otasiga
qarshi kayfiyatdagi kishilarni o‗z atrofiga yig‗ib, hatto Abulqosim Bobur bilan ham
Ulug‗bekka qarshi yashirin til biriktiradi. Bu paytda Ulug‗bek davlatining siyosiy
ahvoli ham ancha murakkab tarzda turar edi. Ulug‗bek Abulxayrxon boshchiligidagi
dasht qo‗shinlariga qarshi kurashishga to‗g‗ri keladi. Samarqand noibi etib
qoldirilgan o‗g‗li Abdulaziz esa ―amirlar xonadoniga tazyiq o‗tkazyapti‖ deb ovoza
tarqalib, bundan amirlarning noroziligi juda kuchayib ketadi. Abdullatif esa otasining
og‗ir ahvolidan foydalanib, tezda ochiq isyon yo‗liga o‗tadi. U Amudaryodan kechib
o‗tib, Termiz, Kesh, Hisorni qiyinchiliksiz egallaydi.
1449-yilning oktabr oyi boshida Samarqand yaqinidagi Damashq qishlog‗ida
Mirzo Ulug‗bek va shahzoda Abdullatif o‗rtalaridagi jang, Ulug‗bek mag‗lubiyati
bilan tugaydi. Mag‗lub bo‗lgan Mirzo Ulug‗bek poytaxt Samarqand tomon yo‗l oladi.
Lekin, Samarqandda hokim etib qoldirilgan Mironshoh qavchin xiyonat yo‗liga o‗tib
uni shaharga kiritmaydi, darvozalarni berkitib qo‗yishga buyruq beradi. Shuningdek
Shohruhiya qal‘asi qutvoli Ibrohim mamluk ham uni qal‘aga qo‗ymaydi. Shundan
so‗ng Ulug‗bek keyingi hatti-harakatlari foydasiz ekanligini anglab, Abdullatifga
taslim bo‗lishga majbur bo‗ladi. Mirzo Ulug‗bek toju taxtdan voz kechib, Makkaga
haj safariga ketishga izn so‗raydi. Abdullatif hajga ruxsat berib, Amir Muhammad
Xusravni unga hamroh qilib jo‗natadi. Lekin, oradan hech qancha o‗tmasdan, shahar
qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramay, ulamolarning
yashirin fatvosi bilan otasining o‗limini uyushtiradi. O‗z davrining mashhur
hukmdori va zabardast olimi Mirzo Ulug‗bek 1449-yilning 27-oktabrida Samarqand
yaqinida fojiali tarzda o‗ldiriladi. Oradan 2-3 kun o‗tmasdan inisi Abdulaziz va
Ulug‗bekning sadoqatli to‗rt nafar amiri qatl etiladi.
O‗zaro toju-taxt uchun kurash Abdullatifni razillik botqog‗iga botirib uni o‗z
otasining qotiliga aylantirdi. Garchi u taxt egasi bo‗lsa-da, xalq uni ―padarkush‖
(otasining qotili) sifatida la‘natlar, Ulug‗bek tarafdorlari unga dushmanlik ko‗zi bilan
qarar edi. Bunday bir paytda Abdullatif xurofotchi din ahllari, darveshlar guruhi bilan
ham yaqinlashishga harakat qildi. Biroq qotil padarkush taxtda uzoq o‗tira olgani o‗q.
1450-yilning 8-mayida, shahar handag‗i yonida, Bog‗inavdan nariroqda unga qarshi
suiqasd qilinib o‗ldiriladi.
Bu qotillikdan so‗ng, tezda Samarqand taxtiga temuriylardan biri Mirzo
Ulug‗bekning jiyani hamda kuyovi Mirzo Abdullo o‗tiradi. Buxoroda esa hokimiyat
Mironshohning nevarasi Sulton Abu Said qo‗liga o‗tadi. Ular o‗rtasida 1451-yili
yozida Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog‗i yaqinida bo‗lgan jangda Mirzo
Abdullo o‗ldirilib, taxt Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469) qo‗liga o‗tadi.
1457-yili Abulqosim Bobur Mashhadda vafot etgandan so‗ng Hirot taxti,
Xuroson erlari uchun kurash yana avj oldi. Bunday vaziyatdan ustalik bilan
foydalangan Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said Mirzo 1457 yili Xurosonga
yurish qilib Hirotni egallaydi. Shu tariqa Abu Said temuriylar davlatining ikkala
qismini birlashtirishga muvaffaq bo‗ladi. Sulton Abu Said Mirzoning (1451-1469)
142
hukmronlik davrida davlat hududlari kengayib, uning chegaralari SHarqiy
Turkistondan to Iroqqacha, Sirdaryodan to Hindiston chegaralarigacha bo‗lgan erlarni
o‗z ichiga oldi. 1469-yili G‗arbiy Eron erlarini qaytarib olish maqsadida Sulton Abu
Said Oqquyunlu turkmanlariga qarshi urushda halok bo‗ladi. Sulton Husayn esa
1469-yil 24-martda tantanali sur‘atda Hirotga kirib keladi. Natijada temuriylar
saltanati yana ikki qism: Xuroson va Movaraunnahrga bo‗linib ketadi. Movaraunnahr
esa ketma-ket sulton Abu Saidning o‗g‗illari Sulton Ahmad (1469-1494), Sulton
Mahmud (1494-1496) hamda Mahmudning o‗g‗li Sulton Ali Mirzo (1496-1501)lar
tomonidan mustaqil ravishda boshqarildi. Temuriylar davlatining janubida ahvol
o‗zgacha edi. Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506) davlati o‗z tarkibiga Xorazm,
Xuroson, Eronning bir qismini olgan bo‗lib, u temuriylar tarixida oxirgi yirik davlat
arbobi bo‗lib qoldi. Uning deyarli 40 yillik hukmronlik davri ham o‗zaro
kurashlardan xoli bo‗lmasa-da, lekin mamlakatda iqtisodiy va madaniy hayot yuksak
darajada saqlanib qoldi. Mamalakat obodligi, farovonligi, iqtisodiy hayotning bir
me‘yorda kechishi, fan-madaniyatning yuksalishida o‗z davrining tadbirli va oqil
hukmdori Sulton Husaynning roli nihoyatda katta bo‗ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |