O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

.
Mangitlar davri.
Buxoro amirligi tarixida mang‗itlar sulolasi hukmronligi tarixi 
1756 yilda boshlanib, 1920 yilga qadar davom etdi. Mang‗itlarning hokimiyat 
tepasiga kelishi bilan davlat boshlig‗i avval xon, so‗ngra yuqorida aytganimizdek 
amir deb yuritila boshlandi, xonlik esa amirlik deb atala boshlandi. 
1756 yili Muhammad Rahimbiy o‗zini ―xon‖ deb e‘lon qiladi va shu yildan 
boshlab Buxoro xonligi tarixida rasman mang‗itlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. 
1756 yilga kelib esa yirik amaldorlar, ruhoniylar va urug‗ oqsoqollarining 
roziligi bilan Muhammad Rahimxon xon unvoni bilan taxtga to‗la va rasmiy egalikni 
e‘lon qildi.
Muhammad Rahimxon Buxoro taxtiga o‗tirgan davrdan boshlab Buxoro davlati 
amirlik deb yuritila boshlandi. 


158 
Muhammad Rahimxon (1756-1758 y.y.) taxtga o‗tirgan kundan boshlab 
markazlashgan davlat tizimi tuzish siyosatini olib bordi. Dastlab, u barcha viloyatlar 
va shaharlar hokimlari, barcha urug‗ oqsoqollarini to‗plab, mamlakatdagi vaziyatni 
tushuntirib berdi va barchaga markaziy davlat qonunlariga to‗la amal qilishini hamda 
kimda-kim bo‗ysunmasa qattiq jazolanishini aytdi. 
Muhammad Rahimxon yirik mulkdorlarni davlat ishlarini boshqarishga 
aralashtirmagan holda o‗zi mustaqil davlat ishlarini olib bordi. U barcha o‗zbek 
urug‗larini o‗ziga bo‗ysundirish va Buxoro hududida yagona markazlashgan davlat 
tizimini vujudga keltirish sohasida katta ishlarni amalga oshirdi. Bo‗ysunmagan 
urug‗larni o‗z yurtidan badarg‗a qildirdi. Jumladan, yuz, kenegas, burkut, bahrin, 
saroy urug‗larini Hisorga ko‗chirib yubordi. Muhammad Rahimxon qisqa muddat 
ichida juda katta hududni birlashtirgan markaziy davlat tizimini yuzaga keltirdi. 1758 
yilga kelib Toshkent, Qo‗qon, Marv, Balx, Qunduzdan elchilar kelishib, Muhammad 
Rahimxonni Buxoroning qonuniy xukmdori deb tan olganliklarini bildirishdi. 
Muhammad Rahimxon vafotidan so‗ng, uning o‗g‗li bo‗lmaganligi sababli, 
qizidan bo‗lgan balog‗atga etmagan Fozilto‗ra ismli nevarasi taxtga o‗tkizildi. Unga 
Muhammad Rahimxonning amakisi Doniyolbiy ―otaliq‖ deb e‘lon qilindi. Aslida esa 
barcha davlat ishlari Doniyolbiy tomonidan olib borildi. 
Viloyatlar Muhammad Rahimxon vafoti haqidagi xabar etib borgandan keyin 
markazlashgan davlat siyosatiga qarshi g‗alayonlar va qo‗zg‗olonlar ko‗tarildi. 
Miyonqol vohasi, Shahrisabz va Kitob, Sherobod va Boysun, Hisor viloyatlarida 
katta-katta xalq g‗alayonlari va chiqishlari boshlanib ketdi. 
Muhammad Rahimxon tomonidan Hisorga badarg‗a qilingan yuz, keneges, 
burkut, bahrin, saroy kabi o‗zbek urug‗lari amirlari 1758 yili uning vafotini 
eshitishlari bilanoq, 10 mingdan oshiqroq aholini to‗plab, Buxoroga qarab yurish 
boshladilar. Amirlar mang‗itlar sulolasini ag‗darish rejasini ilgari surishdi. Mang‗itlar 
sulolasining bosh vakili bo‗lmish Doniyolbiy tomonidan tezlik bilan ko‗rilgan chora-
tadbirlar vaziyatni bir oz yumshatishga imkon berdi. 
Doniyolbiy, eng avvalo, ark himoyasini mustahkamladi.
Muhammad Rahimxon davrida vujudga kelgan markazlashgan davlat siyosati 
Doniyolbiy hukmronligi davrida ancha bo‗shashib qolgan edi. U ko‗p masalalarni 
bevosita o‗zbek urug‗lari oqsoqollari ishtiroki va ruxsatisiz hal qila olmas edi. Bu esa 
o‗z-o‗zidan markazlashgan davlat siyosatiga mos-lashgan shahar hunarmandlari va 
savdogarlarining noroziligiga sabab bo‗ldi. Doniyolbiyning mana shunday siyosatiga 
qarshi 1784 yili Buxoroda katta qo‗zg‗olon ko‗tarildi va ushbu qo‗zg‗olon davomida 
mingdan oshiq, kishi o‗ldirildi. Qo‗zg‗olonning yanada alanga olishidan 
cho‗chishgan shaharning yirik savdogarlari va mulkdorlari davlatni boshqarishni 
Shohmurodga topshirishni talab qilishdi. Doniyolbiy mana shu voqealardan so‗ng 
taxtni o‗g‗li Shohmurodga topshirishga majbur bo‗ldi. 
Shunday qilib, Buxoro taxtiga birin-ketin Amir Shohmurod (1785—1800 y.y.), 
Amir Haydar, (1800-1825 y.y.), Amir Husayn (Amir Haydarning o‗g‗li bo‗lib, bor 
yo‗g‗i 2,5 oy hukmronlik qilgan), amir Umar (amir Haydarning o‗g‗li bo‗lib, bor-
yo‗g‗i 4 oy hukmronlik qilgan), Amir Nasrulloh (1827— 1860 y.y.), Amir Muzaffar 
(1860-1885 y.y.), Amir Sayyid Abdulahad Bahodirxon (1885—1910 y.y.) va nixoyat 


159 
Amir Sayyid Olimxon (otasi vafotidan so‗ng 1910 yildan to 1920 yilga qadar) egalik 
qildilar. 
Shohmurod Buxoro amirligi taxtiga o‗tirgandan so‗ng, u shaharlar taraqqiyoti va 
obodonchiligiga, sug‗orish va qishloq, xo‗jaligini rivojlantirish ishlariga alohida 
e‘tibor berdi. O‗zining hukmronligi davrida olib borgan ishlari va qurgan tadbirlari 
hamda xalqqa nisbatan tutgan mavqeiga qarab uni 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish