O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

qozi askar 
ko‗rib 
chiqqan. Ushbu turdagi jinoyatlarga fatvo tayyorlash 
muftiy askar 
zimmasida 
bo‗lgan. 
Bundan ko‗rinib turibdiki, amirlikdagi harbiylar va 
fuqarolik jinoyat ishlari alohida-alohida mahkamalar 
tomonidan ko‗rib chiqilgan. 
Buxoro amirligi boshqaruv tizimida o‗ziga xos 
o‗rinni „rais" egallagan. Ushbu amal yarim diniy, yarim 
tartibotchi usulida edi. 
Buxoro amirligida 
bosh rais 
odatda 
eshon rais 
yoki 
rais ush-shariat 
deb atalgan. Bosh raisga barcha mahalliy 
raislar bo‗ysungan. Bosh rais ularni amir oldida 
tekshiruvdan o‗tkazib turgan. 
Amir Muzaffar (1860—1885 y.y.) mang‗itlar sulolasida taxtga o‗tirgan oltinchi 
amir hisoblanadi. Ushbu davrga kelib mang‗itlar hukmronligi asosida davlat 
boshqaruvi siyosiy tuzumining o‗ziga xos bo‗lgan tizimi yuzaga kelib bo‗lgan edi. 
Amir Muzaffar davrida joylarda barcha huquqiy normalar qozilar tomonidan hal 
etilgan. Barcha fuqarolik ishlari va jinoiy ishlar Qur‘on asosida ko‗rib chiqilgan. 
Amirlikda qozilar bevosita amir hohish-irodasini bajaruvchi qozi kalon tomonidan 
tayinlangan.
Buxoro amirligida qo‗shin tuzilmasi o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lgan. Shu 
narsani aytish joizki, Buxoro amirligida amir Nasrullohga (1828—1860 y.y.) qadar 
doimiy (muntazam) qo‗shin bo‗lmagan. 
Amir Muzaffar davrida ham amirlik bekliklarga bo‗lingan bo‗lib, beklar amir 
tomonidan tayinlangan. Bekliklarning eng yaqin yordamchilari yasovulboshi 
rahbarligida yasovullar bo‗lgan. Beklik hududidagi qo‗shinlarga beklar o‗zi rahbarlik 
qilishgan. Beklarning qo‗shini bir necha yuz kishidan iborat otliqlardan iborat bo‗lib, 
ular har oyi bek hisobidan 20 tangadan maosh olishgan. 
Davlatni boshqarish, uni rivojlantirish xalqning farovonligini ta‘minlash, 
ularning osoyishta hayotini ta‘minlab berish ko‗p jihatdan shu davlat tizimiga, unga 
rahbarlik qilgan tarixiy shaxsga, davlat boshqaruvining to‗g‗ri tashkil etilganligi va 
ushbu tizimning kimlar tomonidan va qanday usulda boshqaruviga bevosita 
bog‗liqdir. 
Buxoro amirligining agrar munosabatlari tarixida eng muhim muammolardan 
biri — bu yerga egalik masalasi hisoblangan. 
XIX asrda Buxoro amirligida mavjud bo‗lgan er egaligining quyidagi uch 
kategoriyasi mavjud bo‗lgan: 
1. Davlatga taalluqli bo‗lgan erlar (mulki sultoniy). 
2. Xususiy er egalariga taalluqli bo‗lgan erlar (mulk). 
3. Musulmon diniy muassasalari ihtiyorida bo‗lgan erlar (vaqf). 


164 
Buxoro amirligida davlat yerlari amlok erlar, sulton yerlari, podshoh yerlari kabi 
nomlar bilan xam atalgan. 
Shu narsani ta‘kidlash lozimki, O‗zbekistan Respublikasi MDAning Qushbegi 
jamg‗armasida 
mamlok 
(amlok) yoki 
mamloki 
(amlok) 
sultoniy 
kabi atamalar bilan 
atalgan davlat yerlari bilan bir qatorda, 
mulki xiroji, 
ya‘ni xiroj yerlari atamasi ham 
keng uchraydi. 
Buxoro amirligi hududida eng ko‗p tarqalgan er 
egaligi— bu 
podshoh mulki 
(mamlokiyi podshohi) 
yoki 
sulton mulki 
(mamlokiyi sultoni) atamasi bilan 
atalgan er kategoriyasi hisoblangan. 
Buxoro amirligida davlat boshlig‗i hisoblangan 
amir eng katta er egasi hisoblangan. Davlat erlarini 
rasmiy ravishda sotish, sovg‗a qilish va vaqfrga berish 
mumkin bo‗lmagan. Ammo rasmiy hujjatlar bilan 
tanishish va ularni o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, faktik 
jihatdan er ham sotilgan, ham sotib olingan. Ushbu 
holatning eng qiziqarli tomoni shundaki, musulmon 
qonunshunoslari ushbu holatlarda er emas, balki ushbu er egasi tomonidan o‗sha erda 
ekilgan yoki qurilgan inshootlar sotilgan deb izoxlashgan. 
Amlok yerlar miqdori doimiy ravishda o‗lik yerlar yoki bo‗sh yotgan yerlarni 
o‗zlashtirib sug‗orish orqali ko‗paytirilib turilishi mumkin bo‗lgan. 
Ushbu yerlarni o‗zlashtirib sug‗organ dehqonlar bir necha yil davomida davlat 
tomonidan soliqlarni to‗lashdan ozod qilingan, keyin barcha qatori belgilangan 
tartibda soliq to‗lashgan. 
Shuningdek, amlok yerlar amir oldida gunohkor bo‗lib qolgan yirik yer 
egalaridan urug‗-musodara qilingan yerlar hisobiga ham kengayib borgan. Amlok 
yerlarning ko‗payishiga yana bir holat, ya‘ni merosxo‗r bo‗lmagan va vafot etgan 
shaxslarning mulklari to‗g‗ridan-to‗g‗ri davlatga o‗tishi ham sabab bo‗lgan. 
Davlat yerlarining kupayishining yana bir muhim manbalaridan biri, bu yirik 
zamindorlar tomonidan o‗ziga taalluqli hisoblangan erning uchdan ikki (2/3) qismini 
davlatga o‗tkazib, uchdan bir qismini (3/1) o‗zida qoldirib va buning evaziga o‗zida 
qolgan qismdan davlat tomonidan olinadigan barcha soliq turlaridan to‗la ozod 
qilinishiga erishish bo‗lgan. 
Buxoro amirligida mavjud bo‗lgan yer egaligining ikkinchi turi mulk yerlari, bu 
eng avvalo qo‗zg‗almas mulk hisoblanib, u erkin meros qilib qoldirilishi mumkin 
bo‗lgan. 
Buxoro amirligida er solig‗idan ozod hisoblangan mulki hurr yoki hurri xolisdan 
tashkari soliq to‗lashga taalluqli bo‗lgan mulklar, ya‘ni 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish