VIII.2. Xiva xonligining vujudga kelishi.
Xonlikdagi ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot.
Horazm hududida 1512 yilda mustaqil Xiva xonligi tashkil topdi.Hiva
honligiga Elbarshon (1512-1525 yy.) asos soldi.U Xorazm yerlarini
Turkmanistonning janubi, Eronning Shimoliy Sarahs tumani, Orol bo‘ylari va
Mangishloqgacha kengaytirdi. Elbarshon davrida ham o‘zaro feodal urushlar davom
etdi ,bu urushlar va hukmdorlarning tez-tez almashib turishi natijasida bu davrda
Hiva honligi markazlashgan davlat darajasiga etmagan edi.Hiva honligidagi
muvozanatdan Buhoro honi Abdullahon 2 unimli foydalanishga harakat qildi.1593 yil
Hivani bosib oldi.Lekin Buhoro honligining o‘zidagi feodal urushlar Hivani
boshgarishga imkon bermadi.Abdullahon vafot etgach,1598 yil Hiva honligi yana o‘z
mustagillikgiga erishdi. 1602 yil Hiva tahtiga Arab Muhammad (1602-1623 yy.)
o‘tirdi.Arab Myhammad hukmronlik yillarida tinimsiz qozoq uruglari va
ko‘chmanchi qalmiglar tomonidan Hiva honligi hududlariga hujumlar bo‘lib turdi
Ammo bu hujumlarga garshi harakatlar uyushtirilib ularni o‘zini bo‘ysundirishga
harakat gilindi.Arab Muhammadning o‘g‘li Elbars otasini tahtdan ag‘darid tahtini
egalladi. Elbarshonning akasi Asfandiyorhon turkmanlar yordamida ukasidan tahtni
tortib oldi va o‘z hukmronlik davri( 1623-1643 yy.)da asosan turkman zodagonlariga
tayanib ish yuritdi. Asfardiyorhon,Abulg‘ozihon(1643-1663 yy.) Anushahon (1663-
davrida ichki tarqoqlik va ziddiyatlar oqibatida halqning noroziligi kuchaydi.Bundan
foydalangan zodagonlar Abulg‘ozi Bohodirhonni unga qarshi qo‘ydilar.
Abulg‘ozi Bohodirhonni 1630 yilda Asfandiyorhon Eron bilan
munosabatlarini buzmaslik maqsadida Eron shohi Tahmasp 1 huzuriga garov
tariqasida yuborgan edi Abulg‘ozi Bohodirhon 10 yil Eronda tutqinlikda
yashadi.1639- yil tutqinlikdan qochib, Mang‘ishloqga kelgan.1643- yil Orolboyi
o‘zbeklari uni hon qilib ko‘tarishgan. U ikki yildan so‘ng Hiva tahtini egallagan.
1
Холиқова Р.Э. XIX аср Бухоро амирлигида меъморчилик ва қурилиш иши. Архитектура қурилиш дизайн. Т.,
2019. №2. 72-77-бетлар.
169
Abulg‘ozi Bohodirhon davri (1645-1663yy.) da mamlakat tarqoqligiga barham
berish,hokimiyatni mustahkamlash harakati bilan o‘tdi. Abulg‗oziyxon hokimiyat
tepasiga kelgan birinchi kundan boshlab asosiy e‘tiborni davlatni mustahkamlash
masalasiga qaratdi. Xiva tarixchisi Munisning ko‗rsatishicha Abulg‗ozixon ma‘muriy
islohot o‗tkazib, xonlikning markaziy boshqaruv tizimini batamom yangidan tashkil
etdi. Ya‘ni saroyda 32 ta markaziy boshqaruv lavozimlarini tashkil etib, ular
tubandagicha taqsim etildi: 2 ta shayxulislom, 1 ta mutavalli, 1 ta noyib, 4 ta otaliq, 4
ta inoq, 4 ta mirob, 4 ta biy, 1 ta parvonachi, 2 ta aka, 2 ta arbob, 4 ta chig‗atoy inoqi,
1 ta vazir va yana 1 ta qo‗shbegi lavozimlaridir. Shu bilan Abulg‗ozi o‗zbeklarni va
aholining nufuzli vakillarini davlat boshqaruv ishlariga jalb etib, ular orasida ma‘lum
barqarorlikni vujudga keltirdi. Davlat hokimiyatini mustaxkamlab olishi Abulg‗oziga
ichki va tashqi siyosatni keng ko‗lamda amalga oshirish imkoniyatini berdi.
Abulg‗ozixonning ichki siyosat borasida o‗tkazgan eng muhim tadbirlaridan yana biri
o‗zbek qabilalarini butun voha bo‗ylab o‗troqlashtirish siyosati bo‗ldi. XVII-XVIII
asrlarda bunday o‗troqlashish jarayoni Orol bo‗yidagi o‗zbeklar va Qoraqalpoq
qabilalari orasida ham kuchaydi. O‗zbek va qoraqalpoqlarning ommaviy
o‗troqlashuvi va ularning dehqonchilik hayotiga o‗ta borishi bilan Xorazmda
sug‗oriladigan ekin maydonlarni o‗zlashtirish, yangi ariqlar chiqarish, yangi shahar
va qishloqlar bunyod etish zaruriyatini tug‗dirdi. Shuningdek, XVI asr 70- yillarida
Amudaryo oqimining o‗zgarishi bilan Xorazmning shimoliy qismidagi shahar va
qishloqlarda yuz bergan suv tanqisligi ham Abulg‗ozixonni bu borada keskin choralar
ko‗rishga undayotgan edi. Darhaqiqat Abulg‗ozixon va o‗g‗li Anushaxon zamonida
yangi erlarni o‗zlashtirish va yangi ariqlar chiqarish sohasida shunday ulkan ishlar
qilindiki, bu burilishlar Xorazmning bundan keyingi taraqqiysi uchun juda katta
ahamiyatga ega bo‗ldi. Abulg‗ozixonning ana shu xayrli ishlarini o‗g‗li Anushaxon
davom ettirdi.
Anushahon davri (1663-1687 yy.)da o‘lkada igtisodiy va siyosiy hayot
jonlandi. Arig va kanallar gazildi. Buhoroga hujumlar uyshtirib turildi.Samarqand
shahri egallandi.Buhoro qo‘shinlari Gijduvon yaqinida Hiva qo‘shinlarini
engdilar.Subhonqulihon bosqinchilik urushlariga barham berish maqsadida ,Hivadagi
muholif kuchlar bilan kelishib Anushahonni tutib olib ko‘ziga mil tortib ko‘r qildilar
va eshik ogasi Shohniyozni uni o‘rniga tahtga (1688-1702 yy.) o‘tqazishdi.
Anushahon vafotidan keyin taht uchun kurashlar davom etdi.1714 yil Xiva
tahtini Sherg‘ozihon egallaydi.1717 yil rus podshosi Pyotr 1 Xivaga Bekovich
Cherkaskiy boshchiligida 1750 kishidan iborat harbiy ekspedisiya yuboradi.
Sherg‘ozihon bu ekspedisiyani hiyla ishlatib yo‘q qiladi. Sherg‘ozihon ham tahtda
uzoq qolmadi fitna qurboni bo‘ldi. Uni madrasa qurilishida ishlayotgan mashhadlik
qullar o‘ldirishdi. Xiva tahtini qozoq sultoni Elbarshon(1728-1740yy.) egalladi.
Mamlakatdagi ingirozdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1740 Hiva honligini
boysundirdi.1747 yilda Nodirshohning vafoti bilan Hiva honligi yana o‘z
mustaqilligini tikladi ,endi Hiva tahtiga davogar bo‘lib o‘zbek uruglaridan bo‘lgan
qo‘ngirotlar sulolasi maydonga chiqdi .Taxtga bir necha honlar kelishgan bo‘lsada
davlatni asosan Muhammad Amin inoq (1763-1790 yy.)boshqargan.
Xorazm mahalliy mulkdorlari orasidan chiqqan Muhammad Amin inoq
davlatni qo‗lga olgunga qadar va qo‗lga olish uchun kirishgan vaqtida bu erdagi
170
o‗zaro kurashlardan foydalangan turkman mulkdorlari Xiva xonligiga ega bo‗lish
uchun qattiq harakat qildilar. Natijada, ular vaqtincha bo‗lsa ham ikki marotaba
hokimiyatni qo‗lga kiritdilar. Keyinchalik ham Xiva xonligiga bo‗ysunmay, o‗z
mustaqilliklarini saqlab qolish uchun astoydil kurashdilar. Ular bilan mahalliy o‗zbek
mulkdorlari orasida davlatni qo‗lga olish uchun bo‗lgan kurashlar natijasida
mamlakat vayron bo‗ldi, xalq esa chidab bo‗lmas darajada og‗ir ahvolda, ochlik va
yalang‗ochlikda yashar edi. Munisning: ―Muhammad Amin inoqg‗a qo‗shilguncha
bir yilda 53 martaba yovmud sipohi bila urishdilar‖
1
, -deb keltirgan ma‘lumoti u
davrda to‗xtovsiz o‗zaro urushlar bo‗lib turganligidan dalolat beradi.
Xorazmda yashovchi xalqlar qahatchilik va ochlik balosidan qutulish
maqsadida xotin, bola-chaqalari bilan Buxoro tomonga qochishga majbur bo‗ldilar.
Vaqtincha Xorazmdan voz kechishga majbur bo‗lgan Muhammad Amin inoq
yana Xorazmga qaytib keldi.
Muhammad Amin inoq davrida Orol hokimi To‗ra Murodga qarshi
boshlangan kurash Muhammad Rahim (1806-1825) davrigacha davom etdi. Davlatni
qo‗lga olishda va hukmronligini tiklashda Muhammad Amin inoq amirlar, katta er
egalari, savdogarlar, ulamolarga suyanganligini Munisning ―Muhammad Amin
inoq... vaqtni g‗animat bilib, aksari umaro (amirlar) bila yovmut muxolifatida
muttafiq bo‗lib, qal‘adorliq umurig‗a ishtig‗ol ko‗rg‗izdi‖
2
, degan so‗zlari ham
isbotlaydi.
Hokimiyatni qo‗lga olgandan keyin Muhammad Amin inoq Xiva xonligida
o‗z hukmronligini tiklash uchun harakat qilayotgan Orol mang‗itlariga qarshi
kurashdi va 1787- yili ularni tor-mor qildi.
XVIII asrning oxirlarida Muhammad Amin inoq va uning o‗g‗li Avaz inoqlar
davrida mamlakatni idora etishda qo‗shbegi - ma‘muriy ishlar, mehtar - moliya
ishlari, otaliq - askar boshliqlaridan iborat urug‗ boshliqlariga suyangan kengash
mavjud edi.
Muhammad Amin inoqning nevarasi Eltuzarhon Inoq (1804-1806 yy.)
yillarda hon unvoni bilah Хiva tahtini boshqardi va shu davrdan etiboran Hivada
qongirotlar sulolasi hukmronligi boshlandi. 1806 yil Eltuzarhon vafotidan keyin
davlat tepasiga qongirotlar sulolasining navbatdagi vakili Muhammad-Rahim
keldi.Muhammad Rahim I hukmronlik qilgan davrni asosan 3 bosqichga bo‗lish
mumkin. Dastlab Muhammad Rahim I Xiva xonligidagi mayda va katta mulkdorlarni
bo‗ysundirishga kirishdi. 1811 yilda To‗ra Murod so‗fini o‗ldirib, Orolni o‗ziga
qaratdi. Shundan keyin Muhammad Rahim I vaqtincha bo‗lsa ham Buxoro xoni Amir
Haydar bilan Eltuzar davrida uzilgan aloqani tiklashga intildi. Chunki, Xiva xoni
xonlikning eng ashaddiy dushmani bilan aloqani tiklab olgach, mamlakatni
kuchaytirish imkoniyatiga ega bo‗lar edi.
U o‗z hukmronligining ikkinchi bosqichida (1227-1235/1812-1820) o‗z kuchi
va e‘tiborini qozoq, turkman va Xuroson erlarini bosib olishga qaratdi. Bosib olingan
erlar hisobiga ham o‗z hududlarini kengaytirib, xonlikni iqtisodiy jihatdan bir oz
jonlantirdi.
1
Мунис ва Огаҳий. Фирдавс ул-иқбол. Тошкент,Янги аср авлоди 2010.47
б
вар.
2
Уша жой. Мунис ва Огаҳий. Фирдавс ул-иқбол. Тошкент,Янги аср авлоди 2010.47
б
вар.
171
Muhammad Rahim I o‗z hukmronligining uchinchi davrida (1236-
1240/1821-1825) butun kuchini asosan Buxoro xonligini bosib olishga qaratdi.
Muhammad Rahim I o‗z mavqeini mustahkamlash maqsadida vaqtincha
bo‗lsa ham eski xon avlodidan bo‗lgan (soxta xon bo‗lgan) Abulg‗ozi V ni yana
davlat tepasiga olib keldi. Keyin esa Xiva xonligini birlashtirish borasidagi kurashni
yakunlaydi. Bu kurash shafqatsizlik bilan kechdi, oqibatda ko‗plab qabilalarning
boshliqlari o‗ldirildi yoki Buxoroga qochishdi.
Uning davrida Hiva markazlashgan davlatga aylandi. Muhammad Rahimxon
mamlakatni markazlashtirish, uni qudratli davlatga aylantirishda qattiqqo‗llik bilan
ish tutdi. Siyosiy tarqoqlikka harakat qilayotgan mahalliy hukmdorlarga qarshi
beshafqat kurashdi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, Xiva xonligida davlat hokimiyatining
markazlashuvi, uning qudratli davlatga aylanishi ma‘muriy boshqarishning
takomillashuviga, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi tub o‗zgarishlarning amalga oshuviga
ko‗p jihatdan bog‗liq edi. Ana shuni yaxshi his qilgan Muhammad Rahimxon bu
borada qator islohotlarni amalga oshirdi.
Muhammad Rahimxon I xonlikning ma‘muriy boshqarilish tartibini tubdan
o‗zgartirdi. Ilgari butun xonlik hududi juda ko‗p sonli bekliklar orqali idora qilinib
kelinayotgan edi. Bekliklarda hukmdorlar o‗z qo‗llariga juda ko‗p mol-mulklarni
to‗plab, mustaqil hokimlik tarafdori edilar. Ular markaziy hokimiyatga
bo‗ysunishdan bosh tortayotgan edilar. Shuni hisobga olib, Muhammad Rahimxon I
xonlik hududida kentlarga ajralishni bekor qildi va mamlakatni ma‘muriy jihatdan 15
ta hokimlikka bo‗ldi. Keyinchalik 26 ta hokimlik tashkil etildi
1
. Viloyat hokimliklari
esa, o‗z navbatida, masjid-qavmlarga bo‗lindi. Xonlikda jami 1578 ta masjid-qavm
bo‗lgan. Viloyat hokimliklari xon tomonidan tayinlangan hokimlar orqali
boshqarilgan
Muhammad-Rahim davrida Hiva markazlashgan davlatga aylandi.Aynigsa
uning ogli Olloqulihon (1825-1842 yy.)ning amalga oshirgan harbiy yurishlari
natijasida honlik hududi Sirdaryo etaklaridan Orol dengiziyu Turkmanistonning
Kushkagacha bolgan hududlarigacha kengaydi. Natijada Eron bilan munosabatlar
yomonlashdi. Undan keyingi xonlar ,ayniqsa ,Muhammad Aminhon (1845-1855 yy.)
va Sayyid Muhammadhon (1855-1864 yy.)lar turkmanlarga qarshi va Hurosonni
egallash maqsadida bir necha marta yurishlar qildilar. Xiva tahtida eng kop otirgan
hukmdorlardan biri Muhammad Rahimhon 2(1864-1910 yy.)dir. Uning davrida Hiva
honligi Rossiy imperiyasiga qaram bolib qoldi . .
Butun O‗rta Osiyo hududida bo‗lgani kabi Xiva xonligida ham er egaligining
quyidagi shakllari hukmronlik qilgan: davlatga qarashli erlar yoki podsholik erlari;
xususiy shaxslarga qarashli erlar; diniy muassasalarga qarashli erlar, yoki vaqf erlari.
Podsholik erlari bevosita davlatga, xonga tegishli bo‗lib, avloddan avlodga
meros bo‗lib o‗tgan. Davlat erlariga doimiy sug‗oriladigan ekinbop erlardan tashqari
tashlandiq yerlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, ko‗l va to‗qayzorlar ham kirgan.
Davlat yerlari bosib olingan hududlar, xonga qarshi mulkdorlarning musodara
1
Болтаев А. Хоразм тарихига оид ҳужжатлар //Қўлѐзма, ЎзФАШИ. – №9320. Яна қаранг. Сабурова С. С. XIX
аср ва ХХ аср бошларида Хива хонлигининг давлат тизими. Тарих фан. ном. дисс. – Т., 2002. –Б. 92; Воҳидов
Ш., Холиқова Р. Марказий Осиѐдаги давлат бошқаруви тарихидан. – Б.63 – 64.
172
qilingan yerlari, yangi erlarning o‗zlashtirilishi hisobiga ham kengayib borgan.
Davlat erlari xon tomonidan mulkdorlarga va ijarachi dehqonlarga, bevatan
(ersizlar)larga foydalanish uchun bo‗lib berilgan.
Bunday yerlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot yoki
pul ko‗rinishida soliq undirilgan. Davlat erlari xonlik xazinasining asosiy manbai
hisoblangan. Xon o‗ziga xolis xizmat qilgan amaldorlarga, yaqin qarindoshlariga,
sodiq xizmat qilgan navkarlarga va dindorlarga davlat erlaridan in‘om qilib bergan.
Bunday erlar soliqlardan ozod etilgan.
Xiva xonligida qo‗shni davlatlarda bo‗lgani kabi xiroj, zakot, boj, jiz‘ya kabi
soliqlar mavjud bo‗lgan. Muhammad Rahimxon I amalga oshirgan iqtisodiy islohot
tufayli xonlikdagi soliq siyosatiga o‗zgartirishlar kiritiladi. Xususan, ilgari mahsulot
ko‗rinishida yig‗ib olinadigan xiroj o‗rniga pul solig‗i solg‗it (solg‗ut) joriy etildi.
Bunga ko‗ra, 10 tanobdan ortiq eri bo‗lganlar yiliga 3 tillo (54 tanga), 5-10 tanob eri
bo‗lganlar 2 tillo (36 tanga), 5 tanobgacha eri bo‗lgan dehqonlar 1 tillo (18 tanga)
miqdorda soliq to‗laganlar. 15 tanobgacha erni ijaraga olgan ijarakorlar yiliga davlat
xazinasiga 34 tanga, 10 tanobgacha erni ijaraga olganlar 22.6 tanga, 5 tanobgacha
erni ijaraga olganlar 11.3 tanga miqdorda soliq to‗laganlar. Ijarakor dehqonlar davlat
xazinasiga soliq to‗lashdan tashqari, ijaraga yer bergan xo‗jayinga pul yoki mahsulot
bilan haq to‗lashi yoxud ishlab berishi lozim bo‗lgan.
Xonlikdagi yarim o‗troq va chorvador aholi ham davlat xazinasiga belgilangan
miqdorda xiroj va zakot to‗laganlar. XIX asr boshlaridan boshlab ulardagi xiroj
solig‗i soliq kesma deb atala boshlagan. Bunga ko‗ra, qoraqalpoqlar va qo‗ng‗irotlar
ekin maydoni va hosil miqdoridan qat‘iy nazar davlat xazinasiga har yili 24.5 ming
kichik tillo miqdorida soliq to‗lab turganlar. Qoraqalpoqlar va qozoqlardagi ersiz va
ot-ulovsiz dehqonlar, xon, uning qarindoshlari va saroy amaldorlarining shaxsiy
erlarida ijarakor bo‗lsalar hosilning har 4 yoki 5 botmoni hisobidan ikki botmon
miqdorida davlat xazinasiga soliq to‗laganlar.
Chorvador aholi xon xazinasiga zakot solig‗i to‗lagan. XIX asr boshlariga qadar
bu soliq natura ko‗rinishida, 40 bosh chorva hisobidan bir bosh undirilgan bo‗lsa,
keyingi davrlarda zakotni undirishga o‗tilgan. Endilikda chorvadorlar yirik chorva
uchun 40 bosh chorvadan 5 tillo, mayda chorvaning har 40 boshiga 10 abbos (10
abbos – 25 kumush tanga) miqdorida soliq to‗laganlar.
Xorazm hunarmandchiligi ixtisoslashgan bo‗lishiga qaramay, yarim
ko‗chmanchi
xo‗jaliklarda
uy
hunarmandchiligi
ustunlik
qilgan.
Hunarmandchilikning asosiy sohalaridan biri to‗qimachilik edi. Ko‗chmanchi
aholining turli matolarga bo‗lgan talabi va qisman tashqi bozor uchun mahsulot
etkazib beruvchi to‗qimachilik sanoati rivojini taqozo etgan. Xonlikda ipak, yarim
ipak va paxta matolar ishlab chiqarilgan. Matolar asosan qo‗lda tayyorlangan.
Undan tashqari xonlikda kulolchilik, misgarlik, degrezlik, temirchilik
duradgorlik kabi an‘anaviy hunarmandchilik turlari ham rivojlangan. Manbalar
shahar va qishloqlarda er haydaydigan moslama tayyorlovchilar (pazachi), ot abzali
tayyorlovchilar (kuchanchi), misgarlar, zargarlar, pichoqchilar, qinchilar,
bo‗yoqchilar, telpakdo‗zlar, qulfgarlar, juvozchilar, shamchilar, sovunchilar,
novvoylar, oshpazlar kabilar maxsus kasb-hunarga ixtisoslashganliklari haqida
ma‘lumotlar beradi.
173
Xivada gilam to‗qish o‗zining qadimiy ahamiyatini xonlik davrida ham saqlab
qoldi. Ilgarigidek, gilam to‗qish bilan turkmanlar ham shug‗ullanganlar. Xiva
gilamlari ichki va tashqi bozorda mashhur bo‗lgan. Umuman olganda, mahalliy
hunarmandlarning mahsulotlari ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan.
Xiva xonligining Yangi Urganch, Kichik Vazir, Qiyot, Xonqa, Tirsak, Gurlan,
Xazorasp, Qo‗ng‗irot, Shohabboz kabi shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq
markazlari edi. Manbalarning ma‘lumotlariga ko‗ra, XIX asrning birinchi yarmida
Yangi Urganch himoya devorlari bilan o‗rab olingan savdo markazi bo‗lib, unda bir
yarim mingta xonadon bo‗lgan. Urganchilik savdogarlarni nafaqat Buxoro, Qo‗qon
va Turkiston bozorlarida, balki Astraxan, Orenburg, Nijniy Novgorod, Moskva,
Qashg‗ar, Mashhad, Qobul bozorlarida ham ko‗plab uchratish mumkin bo‗lgan.
Urganch bozorlari asosan ichki savdo mahsulotlariga mo‗ljallangan bo‗lsa-da, tashqi
savdo uchun mahsulotlar yirik savdogarlarning uylaridagi ustaxonalarda
tayyorlangan. Shaharda 300 ga yaqin savdo do‗konlari bo‗lgan.
Butun O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi Xiva xonligida xam madaniy hayot
rivojlandi.Manbalarga ko‘ra Xiva honligida 1500 ga yaqin madrasa bo‘lgan.Faqat
Xivaning o‘zida 22 ta madrasa bo‘lib,ulr ichida Muhammad Rahimhon,
Sherg‘ozihon, Rahmoberdibiy,Olloqulihon, Fozilbek, Davlat Qorako‘z, Bekniyoz
devonbegi, Ho‘ja Mahram madrasalari alohida hufuzga ega edi.Bu davrda ijod etgan
shoirlardan Muhammad Rizo Ogohiy, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz
Nishotiy, Muhammad Hokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiylarni misol qilib
aytadigan bo‘lsak, Komdon, Murodiy kabilarning asarlari halq og‘zaki ijodini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu davrda Xiva tarixnavisligi ham
rivojlandi Tarihiy asarlar orasida Abulg‘oziyning ―Shajarayi Turk‖ va ―Shajarayi
Tarokima‖(―Turkmanlar shajarasi‖) o‘zbek tilida bitilgan muhim asar
bo‘ldi.Shermuhhammad Munis‖Firdaus ul-iqbol‖ asari, Bayoniyning ―Shajarayi
Horazmshohiy‖ asarlari ham Xiva honligining
XVIII-
XIX asrlar tarihi haqida
qimmatli ma‘lumotlar beruvch manbalar hisoblanadi.Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak
XVI – XX asrning boshlarida mavjud bo‗lgan Xiva xonligi – O‗zbekiston
davlatchiligi va boshqaruvi tarixida, iqtisodiy va madaniy hayotda o‗z o‗rniga ega
bo‗lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi o‗ziga xos tomonlari
o‗rganishda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan davlat hisoblanadi. Uning tarixi
O‗zbekiston tarixining ajralmas qismidir
Do'stlaringiz bilan baham: |