IX BOB. O‗ZBEK XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI
TOMONIDAN BOSIB OLINISHI. MUSTAMLAKACHILIK ZULMIGA
QARSHI MILLIY OZODLIK HARAKATI. JADIDCHILIK
Asosiy tushuncha va atamalar:
O‗zbek honliklari, mustamlaka, sanoat korhonalari, mintaqa, paxta hom
ashyosi,
istehkom,
istilo,
Turkiston
general
gubernatorligi,
Zirabuloq
jangi,Gangimiyon shartnomasi,vassal, Farg‗ona viloyati, Kaspiyorti viloyati, harbiy
boshqaruv, viloyat, yezd, volost, uchastka, nizom, jadidlar harakati,
"Turon‖,‖Sho‘royi Islomiya‖,‖Sho‘roi ulamo‖, Milliy ozodlik harakatlari.
IX.1. XIX asrning o
‗
rtalarida Turkiston xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvol.
Chor Rossiyasining O‗rta Osiyoga istilochilik yurishlarining sabablari,
maqsadlari va oqibatlari
XIX asrning o‗rtalariga kelib Turkistondagi ikki xonlik, ya‘ni Xiva va Qo‗qon
xonliklari hamda Buxoro amirligida jamiyat hayotining barcha sohalari - siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotda tanglik yanada chuqurlashib ketdi. Taxt uchun
kurash, ayrim hududlar uchun muttasil olib borilgan urushlar, ijtimoiy- iqtisodiy va
madaniy hayotning orqaga ketishi bu davlatlarga xos xususiyatlar bo‗lib qoldi.
XVI-XIX asrlarda muttasil davom etgan feodal urushlar, Buxoro- Xiva,
Buxoro-Qo‗qon mojarolari, mustaqillikka intilgan viloyat hokimlari va qabila
zodagonlariga qarshi olib borilgan harbiy harakatlar, chet el bosqinchilarining O‗rta
Osiyo xonliklari hududlariga tajovuzlari ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy hayotni izdan
chiqardi.
Uchala o‗zbek davlatining biror bir hukmdori Turkistonni yagona bitta davlat,
uning aholisini yagona bir xalq qilib birlashtirishga intilmadi. Xonliklarga siyosiy
181
barqarorlikning yo‗qligi xos bo‗lib, buning asosiy sabablaridan biri viloyatlar bilan
markaziy hokimiyat o‗rtasidagi kelishmovchiliklar, hukmron sulola vakillarining taxt
uchun muttasil olib borgan kurashlari edi. Masalan, Qo‗qon xonligida 1709-1860
yillar mobaynida 24 marotaba xon almashdi. Bu xonlardan 7 kishi o‗ldirilgan bo‗lsa,
7 nafari taxtdan chetlatildi, 6 tasi bir yilgina hukmronlik qildi.
Turkiston xonliklari va amirlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuviga
ularning o‗zaro munosabatlaridagi kelishmovchiliklar va urushlar ham sabab bo‗ldi.
XIX asrning birinchi yarmida Qo‗qon xonligi Buxoro sarhadlariga to‗rt marta hujum
qilgan bo‗lsa, Xiva xonligi Buxoroga besh marta tajovuz uyushtirdi. Shu davrda
Buxoro xonligi qo‗shni davlatlarga ikki marta hujum qildi.
Jumladan, Buxoro amiri Nasrulloh (1827-1860)hukmronlik qilgan yillar Buxoro
amirligi sarhadlarini mustahkamlash, chegara shaharlar va yerlarni o‗z tasarrufida
saqlab qolish uchun Xiva va Qo‗qon xonliklariga qarshi olib borilgan urushlar hamda
Kitob va Yakkabog‗ni o‗z ichiga olgan Shahrisabz bekligini bo‗ysundirishga qaratilgan
kurashlar davridir.
Amir Nasrulloh o‗z hukmronligi davrida O‗ratepa va Xo‗jand uchun Qo‗qon
xonligi bilan to‗xtovsiz urushlar olib bordi. Buning natijasida shaharlar qo‗ldan-qo‗lga
o‗tib turdi. Pirovard natijada Nasrulloh O‗ratepa va Xo‗jandni o‗ziga bo‗ysundirishga
muvaffaq bo‗ldi. Amir Nasrulloh 1842-yilda Qo‗qonga hujum qildi va ma‘lum muddat
uni qo‗lga kiritishga muvaffaq bo‗ldi. Qo‗qon xoni Muhammad Alixonni oila a‘zolari
bilan va uning onasi shoira Nodirabegimni qatl ettirdi.
Nasrulloh Qo‗qonga hujum uyushtirgan paytda Xiva xoni Olloqulixon (1828-
1842)Buxoroning chegara hududlariga hujum boshladi. Xivaliklarning Marvga
hujum qilganliklarini eshitgan amir Nasrulloh Qo‗qonni tashlab, darhol Buxoroga
qaytdi va Xiva qo‗shinlariga qarshi katta kuch to‗pladi. Aynan mana shu paytda Xiva
xoni Olloqulixonga qozoq urug‗larining Xiva yerlariga hujum qilganliklari
to‗g‗risidagi xabar yetib keldi va u ham ortga, Xivaga qaytishga majbur bo‗ldi. Oz
vaqt o‗tmay u Xivada vafot etgach, uning vorisi Rahimqulixon (1842-1845)
buxoroliklarga qarshi Marvga katta qo‗shin yubordi. Amir Nasrulloh o‗z qo‗shinlari
bilan hujumga o‗tib, Hazoraspni qamal qildi, ammo uning ostonalarida Xiva
qo‗shinlaridan yengildi.
Amir Nasrulloh doimiy ravishda o‗z mustaqilligi uchun kurashib kelgan Kitob va
Yakkabog‗ni o‗z ichiga olgan Shahrisabz bekligini o‗ziga bo‗ysundirish uchun
Shahrisabzga 32 marta harbiy yurish uyushtirdi va 1856 yildagina Kitob va
Shahrisabzni egallashga muvaffaq bo‗ldi.
Turkiston ulkan imkoniyatlarga ega bo‗lsada yagona markazlashgan davlat,
siyosiy barqarorlik, milliy birlik va ahillikning yo‗qligi, siyosiy tarqoqlik, taxt
talashishlar, feodal urushlar, ichki nizolar, mahalliychilik, boshboshdoqlik, diniy
mutaassiblik, etnik guruhbozlik, o‗zaro feodal urushlar xonliklar va amirlikning
kuch-qudratini parchalab, zaiflashtirib yubordi. Masalan, Rossiya imperiyasidek
tashqi dushman Qo‗qon xonligi hududlariga xavf solib turgan bir paytda xon
amaldorlari birlashish o‗rniga ular o‗rtasida o‗zaro kurash, fitna va adovat avj olib
bordi.
Qo‗qon xoni Xudoyorxon (1845-1858; 1863(4 oy); 1868-1875)
182
Yosh bo‗lganligi sababli davlat boshqaruvi uning qaynotasi, mamlakatda cheksiz
hokimiyatga ega bo‗lib olgan Musulmonqul boshliq qipchoqlar qo‗liga o‗tdi.
Musulmonqulning o‗z mavqeidan shaxsiy manfaatlari
yo‗lida foydalanishi O‗ratepa, Xo‗jand, Marg‗ilon
hokimlarining Toshkent hokimi Nurmuhammad
boshchiligida unga qarshi guruh tashkil qilishlariga
olib keldi. Natijada 1852-yilning fevral va iyun
oylarida Musulmonqul Toshkentga katta qo‗shin bilan
yurish qildi. Iyun oyidagi jangda Musulmonqulning
vasiyligidan norozi bo‗lgan Xudoyorxon qo‗zg‗olon-
chilar tomoniga o‗tdi va 1853-yilning kuzida
Musulmonqul qo‗lga olinib, qatl qilindi.
Xonlikdagi ichki nizolar avj olgan shu paytda rus
qo‗shinlari xonlik hududlariga bostirib kirib,
Oqmachit, Jo‗lak, Kumushqo‗rg‗onni bosib olayotgan edi. Xonlar va amirlar
o‗rtasidagi feodal urushlar, uchala davlat amaldorlari o‗rtasidagi ichki kurash oxir-
oqibatda Rossiya imperiyasi tomonidan o‗zbek davlatlarining bosib olinib,
mustamlakaga aylantirilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Turkistonga nafaqat siyosiy tarqoqlik, balki iqtisodiy aloqalarning zaifligi ham
xos edi. O‗zbek xonliklari o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalarning yomonligi, savdo va
hunarmandchilikdagi inqiroz, ishlab chiqarish va iste‘mol hajmining kamayishi aholi
turmush darajasining pasayishiga olib keldi.
Shu bilan birga, XVI-XIX asrlarda o‗zbek xonliklari ilg‗or Yevropa
mamlakatlaridan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma‘naviy-madaniy
sohalarda ancha orqada qolib ketdi.
Xonliklarning o‗z qobig‗iga o‗ralib, tashqi dunyodan ajralib qolishlari,
dushmanning
kuch-qudratini
mensimasliklari,
mamlakat
muhofazasiga
e‘tiborsizliklari tufayli ular hatto dushmanning xuruji kuchayayotgan vaqtda ham
birlasha olmadilar. Rossiya Qo‗qon xonligiga tahdid solayotgan davrda xonlik
elchilari Rossiyaga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan Xivada uch marta
bo‗ldilar. Lekin Xiva xoni turli sabab va bahonalarni ro‗kach qilib, bunga rozilik
bermadi.
XIX asrning o‗rtalariga kelib Turkiston hududlarida joylashgan o‗zbek
davlatlarida murakkab siyosiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu vaziyat, birinchidan,
xonliklarning ichki ahvoli va o‗zaro munosabatlari bilan belgilansa, ikkinchidan,
tashqi dunyo, ya‘ni Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalarining bu xonliklarni o‗z
ta‘sir doirasiga tortish uchun qilgan xatti-harakatlari bilan bevosita bog‗liq edi.
XIX asr o‗rtalariga kelib jahonning yirik davlatlari o‗rtasida yangi
mustamlakalar uchun kurash qizib ketdi. O‗zbek xonliklari dunyodagi yirik davlatlar,
jumladan Angliya va Rossiyani xomashyosi, yer osti boyliklari, arzon ishchi kuchi,
qulay geografik o‗rni va tashqi bozor ekanligi bilan o‗ziga tortar edi. Mazkur omillar
tufayli Angliya va Rossiyaning mustamlakachilik manfaatlari Turkistonda
to‗qnashdi.
Angliyaning Turkiston xususida yuritgan siyosatidan ko‗zlagan asosiy manfaati
va maqsadlari quyidagilardan iborat bo‗lib, ular:
Қўқон хони Худоѐрхон
183
- Turkistonni bosib olishga intilayotgan Rossiya imperiyasining rejalarini barbod
qilish;
- Xonliklar va amirlikni Rossiyaga qarshi birlashtirish;
- O‗zbek xonliklarini «betaraf maydon» sifatida saqlab qolish;
- Turkiston bozorlarini egallash edi.
Buyuk Britaniya o‗z mustamlakasi bo‗lgan Hindiston va shuningdek,
Afg‗oniston orqali o‗zbek davlatlari bilan savdo-sotiq qilar, rus savdogarlarini
Turkiston bozorlaridan siqib chiqarishga harakat qilar edi. Shu bilan birga, chor
Rossiyasining Turkistonga ko‗z olaytirayotganligini sezgan ingliz hukumati Rossiya
chegaralari Afg‗onistonga yetib bormasligiga intilayotgan edi.
Angliya o‗z maqsadlarini ro‗yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlaridan
foydalanishga harakat qildi. Masalan, Rossiyaning Qo‗qon va Xiva xonliklarini bosib
olish rejalaridan xabar topgan Angliya Buxoro, Xiva va Qo‗qonga o‗z emissarlarini
yuborib, ularni birlashtirishga, hech bo‗lmasa, Rossiyadan birgalikda muhofazalanish
uchun bitim tuzishga chaqirdi. Sababi, Angliyaga o‗z mustamlakalarini Rossiyadan
himoya qilishni yengillashtiradigan, bu ikki davlat mustamlakalari o‗rtasida
mustahkam to‗siq bo‗ladigan «betaraf maydon» kerak edi.
Afsuski, o‗sha paytda Turkistondagi hukmdorlarga Angliyaning takliflaridan
milliy manfaatlar yo‗lida foydalanishda donolik va zukkolik yetishmadi. Ularga bu
masalada o‗zaro adovat, manmansirash, dushmanni mensimaslik, xudbinlik va
kaltabinlik halal berdi. Oqibatda Rossiyaning xonliklarni birin-ketin bosib olishi
uchun qulay imkoniyat yaratildi.
Turkiston hududlari o‗zining moddiy boyliklari bilan Rossiyani ko‗p vaqtdan
buyon o‗ziga jalb qilib kelgan bo‗lib, o‗zbek xonliklarini bosib olish masalasi XIX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab imperiyaning kun tartibiga qo‗yila boshladi.
Chunki, Rossiya sanoati va u bilan bog‗liq sarmoyadorlik bu davrga kelib ildam
odimlar bilan rivojlana boshlagan edi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va undan
katta foyda olish uchun rus burjuaziyasiga arzon xomashyo va ularni sotish uchun esa
bozor kerak edi. Ilg‗or mamlakatlar Rossiya tovarlarining Yevropaga kirib kelishidan
manfaatdor emas, shu bois bunga qarshilik ko‗rsatar edilar. Ayni paytda Rossiya
tovarlari sifati past bo‗lganligi uchun ular bilan raqobatlasha olmas edi. Shu sababli
Rossiya bozorni boshqa mintaqalardan, ya‘ni iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy etgan
mintaqalardan izlashi kerak bo‗lib, Turkiston bu ehtiyojni qondirishi mumkin
bo‗lgan qulay hudud edi. Shu bilan birga Angliyaning o‗z mustamlakalari orqali asta-
sekin O‗rta Osiyo bozorlarini ham egallay boshlaganligi Rossiyani tashvishga
solayotgan edi.
XIX asr oxiriga kelib Rossiyaning tez rivojlanib borayotgan sanoati, jumladan
yengil sanoat tobora ko‗proq paxta xomashyosiga ehtiyoj seza boshladi. Vujudga
kelgan vaziyatning keskinlashuviga, jumladan AQShdagi fuqarolar urushi tufayli u
yerdan Rossiyaning to‗qimachilik sanoati uchun xarid qilinadigan paxta hajmining
bir necha barobar kamayishi va 1860-1864 yillarda Buxoro amirligidan sotib
olinadigan paxta xomashyosi xarid narxlarining besh barobar oshib ketishi ham sabab
bo‗ldi. Bu hol Rossiya sarmoyadorlarini tashvishga solib qo‗ydi. Ularning nufuzli
vakillari ushbu muammoni hal qilish vazifasini hukumat oldiga qat‘iyat bilan qo‗ya
184
boshladilar. Mazkur omillar Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonning bosib
olinishi jarayonlarining tezlashuviga sabab bo‗ldi.
Rossiyaning Turkistonni bosib olishdan ko‗zlagan asosiy maqsadlari
quyidagilardan iborat edi:
1. Rossiyaning tez rivojlanib borayotgan yengil sanoati uchun arzon paxta
xomashyosi bazasi va yer osti boyliklari zaxirasiga ega bo‗lish.
2. Rossiya imperiyasi sanoat korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni
sotish uchun har tomonlama qulay bo‗lgan Turkiston bozorlarini egallash.
3. Rossiyada o‗tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini
ko‗chirib keltirish va ularni yer bilan ta‘minlash.
4. 1853-1856-yillardagi Qrim urushi tufayli Qora dengiz bandargohlarining
qo‗ldan ketishi oqibatidagi yo‗qotishlar o‗rnini Turkistonni egallash bilan to‗ldirish.
O‗rta Osiyo orqali janubdagi dengizlarga chiqish imkoniyatini qo‗lga kiritish va bu
bosqinchilik yurishlarida Turkistondan istehkom (platsdarm) sifatida foydalanish.
Shuni ta‘kidlash joizki,har ikkala davlat, Angliya ham Rossiya ham faqat o‗z
mustamlakachilik manfaatlari yo‗lida barcha usullarni qo‗llashga tayyor edilar.
Rossiya imperiyasining hukmron doiralari o‗z manfaatlarini ro‗yobga chiqarish va
mustamlakachilik maqsadlarini amalga oshirish uchun talonchilik, bosqinchilik
urushi yo‗lini tanladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |