O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

 
 
 
IX.4. Turkistonda jadidlik harakatining yuzaga kelishi, uning mohiyati, 
maqsadlari, xususiyatlari va atoqli vakillari. 
 
 
Qo‗qon xonligining hududi, shuningdek, Rossiya imperiyasi tomonidan bosib 
olingan Buxoro amirligi va Xiva xonligining hududlari hisobiga tashkil topgan 
Turkiston general-gubernatorligi ma‘murlari yuritgan mustamlakachilik siyosati 
oqibatida XIX asrning oxirlariga kelib o‗lkada fojiali tanglik namoyon bo‗la boshladi. 
Qo‗qon xonligida milliy davlatchilik barham topgan bo‗lsa, Buxoro amirligi va 
Xiva xonligida nomigagina mustaqil hukmronlik saqlanib qolgan edi. Agar Buxoro 
amirligi 1868-yil, Xiva xonligi 1873-yil shartnomalari bilan Rossiyaning vassaliga 
aylanib, ularning siyosiy huquqlari cheklangan bo‗lsa, XX asrning boshlariga kelib 
bu o‗zbek davlatlari nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan ham Rossiya imperiyasi 
qaramligiga tushib qoldi. 
O‗lkada to‗planib borayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolar tufayli 
mahalliy xalqning turmush darajasi tobora pasayib bordi. Xalqning o‗z erki, ozodligi 
va haq-huquqlari yo‗lidagi kurashlari muvaffaqiyatsiz tugadi va ular o‗ta 
shafqatsizlik bilan bostirildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy vaziyat mahalliy aholining vatanparvar, ma‘rifatparvar ziyolilari va 
ulamolarini tashvishga solmasdan, o‗ylantirmasdan qolmadi. Ular o‗lkadagi 
voqelikni, uni keltirib chiqargan sabablarni tahlil qilib, ahvol shu tarzda davom etishi 
mumkin emasligini tushunib yetdilar. Natijada Turkiston hayotidagi inqiroz, chor 
Rossiyasining Turkistonda o‗rnatgan mustamlakachilik tuzumi, sotqin mahalliy 
amaldorlar, umuman, mavjud ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzumga qarshi mazmun-
mohiyatiga ko‗ra uch yo‗nalishdagi harakatlar yuzaga keldi. Ulardan birinchisi - o‗z 
asarlari orqali real voqelikni, jamiyatning kamchiliklarini ochib berib, kishilarni 
taraqqiyotga xizmat qilishga chaqirgan shoir va yozuvchilar ijodi bo‗lsa, ikkinchisi - 
mahalliy aholini taraqqiyotga erishish g‗oyasi asosida birlashtirishga harakat qilgan 
jadidlar harakati va uchinchisi - mavjud tuzumni inqilobiy yo‗l bilan o‗zgartirishni, 


213 
ya‘ni hokimiyatni qurol kuchi bilan qo‗lga olishni maqsad qilib olgan sotsial-
demokratlar va boshqa rus tilli kishilar tashkilotlarining harakatidir. 
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston aholisining 95 foizini tub aholi 
vakillari tashkil qilar edi. Ularning ijtimoiy ongini o‗stirish, o‗zligini anglash, erk va 
ozodlik, o‗z haq-huquqlarini himoya qilishga targ‗ib qilish, ularda demokratik 
qarashlarni shakllantirishda Ahmad Donish, Berdimurod Qarg‗aboy o‗g‗li (Berdaq), 
Muhammad Aminxo‗ja Mirzaxo‗ja o‗g‗li Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o‗g‗li 
Furqat, Avaz O‗tar, Ubaydulla Solih Zavqiy kabi birinchi yo‗nalishdagi 
ijodkorlarning hissasi beqiyosdir. Ular o‗zlarining asarlari orqali mustamlakachilik 
zulmi ostida qolgan Turkiston xalqini g‗aflat uyqusidan uyg‗otishga harakat qildilar.
Turkiston tarixida muhim rol o‗ynagan, o‗lkaning ijtimoiy va madaniy hayotini 
yangilash, uni taraqqiyotning yuksak bosqichlariga olib 
chiqish uchun kurash harakati sifatida yuzaga kelgan 
ikkinchi yo‗nalishdagi ijtimoiy harakat jadidlik harakati 
edi.
Maorifni isloh qilish, ta‘limdan eskilik sarqitlarini 
chiqarib tashlash, yangi imloni joriy qilish, taraqqiy 
etgan 
dunyoning 
ilg‗or 
ijtimoiy 
qadriyatlarini 
o‗zlashtirish dasturi bilan chiqqan, ya‘ni oddiy 
ma‘rifatchilikdan boshlangan jadidlik harakati 1917- 
yilning boshlarida siyosiy harakat darajasiga ko‗tarildi.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida mahalliy xalq 
ziyolilari Yevropaning Rossiya, Turkiya, Germaniya 
kabi taraqqiy etgan mamlakatlariga tez-tez safar qilib turdilar. Safar davomida ular u 
yerlardagi yuksak rivojlangan iqtisodiyot, madaniyat bilan tanishdilar va bu yutuqlar 
sanoat ishlab chiqarishi, yangicha ta‘lim tizimi, 
dunyoviy bilimlarni o‗rganish bilan bog‗liq ekanligini 
ko‗rdilar hamda asosan diniy aqidalarni o‗rganishga 
asoslangan maorif tizimini o‗zgartirmay turib mahalliy 
xalqni ma‘rifatli qilish, uni asriy qoloqlikdan olib 
chiqish mumkin emasligini tushunib yetdilar. Ular 
madaniy-ma‘rifiy tarbiyaga mahalliy aholini erk va 
ozodlikka olib chiqishning asosiy omili deb qaradilar, 
diniy-dunyoviy ma‘rifatni musulmon mutaasibligiga 
qarshi qo‗ydilar. Bunday ziyolilar keyinchalik o‗zlarini 
jadidlar deb atay boshladilar. «Jadid» arabcha so‗z 
bo‗lib, yangi uslub, yangicha tafakkur degan ma‘nolarni 
bildiradi.
Shuni ko‗rsatib o‗tish joizki, jadidlar islom dini asoslari va uning shariati 
qoidalarini yaxshi bilganlar. Jadidlikning paydo bo‗lishida islomdagi diniy-
dunyoviylikning, ilm olishning farz darajasiga ko‗tarilganligining o‗rni katta bo‗ldi. 
Bu harakat islomdagi taraqqiyotparvarlik, ilm-fanga rag‗bat va dunyoviylikning 
yangi davrdagi ko‗rinishi sifatida paydo bo‗ldi.
Jadidlikning paydo bo‗lishi va rivojlanishida Sharq va G‗arb mamlakatlarida 
sodir bo‗lgan demokratik va milliy-ozodlik harakatlarining ta‘siri katta bo‗ldi. Bular: 


214 
Rossiyada XIX acrning 90-yillaridan boshlanib 1917 - yil fevralida g‗alabaga 
erishgan sotsial - demokratik harakati, Sharq mamlakatlaridan Turkiyadagi 1908-yil 
inqilobi, Hindistondagi mustamlakachilikka qarshi 1905-1908 yillar harakati, 
Erondagi 1905-1911 yillar konstitutsiyaviy harakatlaridir.
Jadidlik harakatiga qrimlik ma‘rifatparvar Ismoilbey G‗aspirali (1851-1914) 
ning qarashlari va g‗oyalari asos bo‗lib xizmat qildi. Ismoilbey Rossiyaning markaziy 
shaharlari, Istambul, Vena, Myunxen, Shtutgart kabi shaharlarda bo‗lib, Fransiyaning 
Sorbonna universitetida o‗qiydi. Taraqqiyot bobida nafaqat musulmon sharqidan, 
hatto Rossiyadan ham ancha ilgarilab ketgan Yevropa Ismoilbey G‗aspiralining 
dunyoqarashini o‗zgartirishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. 
1881-yilda chop etilgan «Rossiya musulmonlari» kitobida G‗aspiralining 
quyidagi g‗oyaviy qarashlari ilgari surildi: 
- Rossiya ma‘muriyati musulmonlarni atayin 
taraqqiyotdan, ilm-ma‘rifatdan uzoqda tutayotganligi, 
musulmonlarning tili, dini, turmush tarzini buzayotganligi; 
- musulmonlarning hayotini rus tili emas, balki anglash 
oson, eng ta‘sirchan va tushunarli bo‗lgan ona tilida 
o‗zlashtiriladigan ilm-fangina o‗zgartirishi mumkinligi, 
musulmonlarning ta‘lim tizimi zamon talabidan orqada 
qolganligi; 
- musulmonlarning Rossiyani, uning hayoti va 
qonunlarini 
o‗rganishlari, 
tor 
dunyoqarashlarini 
yangilashlari, hayotni jonlantiruvchi bilimga ega bo‗lishlari 
uchun imkon yaratish lozimligi; 
- Rossiya tarkibida yashayotgan turkiy xalqlarning amaldagi teng huquqliligini 
ta‘minlash uchun ularning turmush tarzi, urf-odatlari, ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarini 
saqlab qolish kerakligi, aks holda, ular o‗zligini yo‗qotishi mumkinligi; 
- taraqqiyot, madaniyatga erishish, adolat o‗rnatish uchun jahondagi tartibni 
buzishga, sotsialistik inqilobga hojat yo‗qligini, aks holda, 
katta qiyinchiliklarga duch kelinishi. 
Umuman aytganda, Ismoilbey G‗aspirali g‗oyalari 
o‗z mohiyatiga ko‗ra Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga 
qarshi qaratilgan bo‗lib, yuksak taraqqiyotga milliylikni 
saqlagan holda erishishga chaqiriq bo‗lib maydonga chiqdi. 
Tabiiyki, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro 
amirligi va Xiva xonligining Rossiya imperiyasiga qarashli 
musulmon rayonlar bilan yaqin aloqalari saqlanib qoldi. U 
yerdan Turkistonga Boxchasaroydan «Tarjimon»,
Qozondan «Vaqt» va «Yulduz», Astraxandan «Idil», Bokudan «Taraqqiy» va 
«Ittifoq» gazetalari, Orenburgdan «Sho‗ro» va «Chuquch», Tiflisdan «Mulla 
Nasriddin» kabi jurnallar kelib turar edi.Ushbu matbuot nashrlari sahifalarida 
musulmon dunyosidagi siyosat, iqtisod va madaniyat 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlardan tashqari, bir vaqtlar qudratli bo‗lgan Sharq 
mamlakatlarining G‗arb davlatlari tomonidan mustamlaka qilinishi masalalari 
Маҳмудхўжа Бехбудий 
(1875-1919) 
Абдулла Қодирий (1894-1938) 


215 
ko‗tarilar, xalq ta‘limini modernizatsiya qilish, Rossiyaning barcha musulmon 
maktablarida ta‘limni yagona adabiy tilga o‗tkazish, o‗z ona tilining obro‗sini 
ko‗tarish, o‗z ma‘naviy qadriyatlarini saqlash va boyitish kabi dolzarb masalalar 
ko‗tarilar edi. 
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan omillarning barchasi Turkistonda jadidlik harakatining 
yuzaga kelishi va rivojlanishiga kuchli turtki berdi, albatta. Shu bilan birga aytish 
joizki, Turkistonda jadidlik, ya‘ni taraqqiyparvarlik harakatiga Mahmudxo‗ja 
Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitratlar asos soldilar va bu 
harakatga rahbarlik qildilar. 
Jadidlar nafaqat milliy maorifni isloh qilish, balki XX asr boshlarida 
Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik 
harakatining kuchayishida ham muhim rol o‗ynadilar. 
Sovet tarixshunosligida «milliy burjua harakati» deb ko‗rsatib kelingan 
Turkiston jadidlari faoliyatini ular ilgari surgan g‗oyalarning mazmun-mohiyati, 
maqsadlari, xususiyatlariga ko‗ra ikki bosqichga bo‗lish mumkin. 
Birinchi bosqichga XIX asr oxiridan-1917-yilgacha va ikkinchi bosqichga 1917-
yil fevraldan-1929-yilgacha bo‗lgan davrni kiritish mumkin.
Birinchi bosqich jadidlik harakatining vujudga kelishi, ularning tashkiliy va 
g‗oyaviy jihatdan shakllanishi davri bo‗lib, bu davrda hali uyushmagan jadidlar islom 
ta‘limotini aqidaparastlikdan holi qilish, zamonaviy taraqqiyot talablariga javob 
bermaydigan ta‘lim tizimini isloh qilish, ma‘rifatparvarlik faoliyatini maqsad qilib 
qo‗ydilar. Ular Turkistonning ilg‗or mamlakatlaridan ortda qolishining sababi o‗lka 
ijtimoiy-madaniy hayotida mutaassiblik, johillik, xurofotning hukmronligi, maktab va 
madrasa ta‘limiga e‘tibor berilmayotganligi, ularning mutaassib ruhoniylar ixtiyorida 
ekanligi, o‗qitish usullarining qoloqligi, aniq maqsadli 
dasturlarning yo‗qligida deb bildilar. Ko‗zlangan 
maqsadga erishish yo‗lida quyidagi vazifalarni amalga 
oshirish ilgari surildi: 
- ta‘lim usulini o‗zgartirib, shu davrga qadar 
qo‗llanib kelayotgan «harfdan - tovushga» usulidan 
samarali «tovushdan - harfga» o‗tish va o‗quv 
rejalarida dunyoviy bilimlarning yetakchi o‗rin 
egallashini ta‘minlash; 
- yoshlar tarbiyasi va aholining ma‘naviyatini 
shakllantirishda islom ta‘limotiga asoslanish. Bu 
jarayonda turli sharhlarga suyanmaslik, balki Qur‘oni 
Karim, hadislar va shariat me‘yorlarini asl
manbalar asosida tahlil qilish; ulardagi qoidalarga
ko‗r-ko‗rona amal qilmasdan, ularni inson manfaati 
va taraqqiyoti uchun xizmat qildirish;
- aholini ilg‗or mamlakatlardagi ijtimoiy hayotning yutuqlari bilan tanishtirish 
orqali jaholatdan qutqarish, ularni g‗aflat uyqusidan uyg‗otishni maqsad qilib 
qo‗ygan ommaviy axborot vositalarini yaratish, omma orasida madaniy-oqartuv 
ishlarini olib borish. 
Абдулла Авлоний (1878-1934) 


216 
Jadidlik harakatining Turkistondagi taniqli vakillari orasida Mahmudxo‗ja 
Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Xo‗jayev, 
Abdulla Avloniy, Toshpo‗latbek Norbo‗tabekov, Karim Norbekov, To‗lagan 
Xo‗jaumarov (Tavallo), Shokirjon Rahimiy, Abdulrauf Muzaffarzoda, Muhammad 
Poshshaxo‗jayev, Ashurali Zohiriy va boshqalar bor edi.
Jadidlar XIX asr oxirlaridan boshlab o‗z g‗oyalarini hayotga tatbiq etish va xalq 
ta‘limining yangi tizimini yaratishga harakat qildilar. Ular taraqqiyparvar ulamolar, 
mulkdorlar yordamida bir qancha «usuli jadid» - yangi usuldagi maktablarining keng 
tarmog‗ini tashkil qildilar. Bu maktablarda diniy fanlardan tashqari arifmetika, 
geometriya, mantiq, tarix, geografiya, ona tili, ashula, jismoniy tarbiya o‗qitilar, 
shuningdek, rus, arab va fors tillari o‗rgatilar edi. 
Dastlab bu maktablarda o‗qitish jarayonida 
tatar va ozarbayjon ma‘rifatchilarining darslik va 
qo‗llanmalaridan foydalanilgan bo‗lsa, maorifni 
isloh qilish harakati rivojlanishi bilan jadidlar o‗z 
darslik va o‗quv qo‗llanmalarini yozib, chop etish 
ishini yo‗lga qo‗ydilar. Jumladan, Mahmudxo‗ja 
Behbudiy «Alifboi maktabi islomiya», «Madhali 
jug‗rofiya umroni», «Kitob ul-Atfal» darsliklari, 
Turkiston, Buxoro va Xiva xaritalarini tuzdi. 
A. Shokiriy Firdavsiydan Krilovgacha bo‗lgan 
jahon adabiyoti klassiklarining qisqa, biroq ibratli 
hikoyalaridan 
tuzilgan 
«Rahnomai 
Savat» 
(Bolalarga nasihatlar), «Havoiji diniya» (Diniy 
bilimlar), «Jamul hikoyat» (Hikoyalar to‗plami)
kitoblarini yaratdi.
Turkiston jadidlarining yorqin vakillaridan biri Abdulla Avloniy yozgan 
«Adabiyot» va «Birinchi muallim» darsliklari 1917- yilgacha 4-5 marta qayta nashr 
qilindi. 
Jadidchilik harakatining yana bir namoyandasi Ishoqxon Ibrat shior va olim, 
noshir va pedagog, din arbobi va islohotchi sifatida umrini Vatan va millat 
manfaatiga qaratdi. Ishoqxon Ibrat 1862 yili 
Namangan yaqinidagi To‗raqo‗rg‗on qishlog‗ida 
tug‗ildi. Uning ota-onalari Junaydullaxo‗ja va Hurbibi 
davrining o‗qimishli kishilaridan bo‗lganlar. Ishoqxon 
dastlab hijo usuliga asoslangan qishloq maktabida 
o‗qidi, ammo onasining qo‗lida savodini chiqardi. 
Adabiyot va san‘atga zo‗r muhabbat qo‗ygan 
Ishoqxonni o‗qishni davom ettirish uchun Qo‗qonga 
yubordilar. U XIX asr boshlarida barpo etilgan 
Muhammad Siddiq Tunqator madrasasiga 1878 yili 
o‗qishga kiradi. Ishoqxon Ibratning Qo‗qon madrasasida tahsil ko‗rgan yillari (1878-
1886) o‗zbek adabiyotida, madaniy hayotida, maorifda tub sifat o‗zgarishlar sodir 
bo‗layotgan davrga to‗g‗ri keladi. Ishoqxon Ibrat madrasa beradigan ilmlar bilangina 
cheklanib qolmadi. U o‗qish davomida buyuk Sharq olimlari asarlarini mustaqil 
Абдуқодир Шакурий (1875-1943) 


217 
tarzda qunt bilan mutoalaa qildi, arab, fors va rus tillarini chuqur o‗rgandi. U rus va 
o‗zbek tillarida chiqadigan Turkistonning ilk gazetalari ―Turkiston viloyatining 
gazeti‖, ―Turkestanskiy vedomosti‖ hamda Turkiston o‗lkasida yangi tarqala 
boshlagan Ismoilbek Gaspiralining ―Tarjimon‖ gazetasi bilan birinchi marta Qo‗qon 
madrasasida o‗qib yurgan kezlari tanishdi. Manbalardagi ma‘lumotlarga ko‗ra, 
Ishoqxon tomonidan tashkil qilingan ―Ishoqiya‖ kutubxonasida ―Tarjimon‖ 
gazetasining hatto 1884 yilgi boylamlari ham bo‗lgan. Ishoqxon to‗ra Ibrat 1886 yili 
Qo‗qon madrasasini tugatib, o‗z qishlog‗i To‗raqo‗rg‗onga qaytib keladi. O‗z 
faoliyatining ilg‗or maorifchisi sifatida ma‘rifat tarqatish bilan boshlaydi: o‗sha yili 
o‗z qishlog‗ida maktab ochadi. Uning maktabi ―usuli qadim‖ (―usuli tahajji‖), ya‘ni 
hijo metodiga asoslangan maktablardan birmuncha farq qilar edi.
Ibrat o‗zining ―Lug‗ati sittati alsina‖, ―Jome‘ ul xutut‖ va ―Tarixi Farg‗ona‖ 
asarlarida yozishicha, 1887 yili, ya‘ni 25 yoshida onasini Makkaga, haj ziyoratiga 
olib boradi. Biroq onaizoriga o‗z vataniga yana qaytib kelish nasib etmadi. Onasi 
Hurbibi Jidda shahrida o‗pka shamollash kasali bilan vafot etdi.
Ishoqxon Ibrat onasini Jidda shahrida dafn etib, Sharq mamlakatlari bo‗ylab 
sayohatini davom ettirdi. Shu bilan birga, u Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi 
Evropaning markaziy shaharida bo‗ldi. Ancha vaqt 
Afg‗onistonning Qobul, Arabistonning Jidda kabi 
katta shaharlarida istiqomat qildi. Makka shahridan 
Qizil dengiz va Hind okeani orqali Hindistonga keldi. 
1892-1896 yillarda Hindistonning eng katta port 
shaharlaridan Bombey va Kalkuttada yashadi. Bu 
erda ko‗p ishlatiladigan arba‘ lisonni, ya‘ni to‗rt tilni: 
arab, fors, hindu-urdu va ingliz tillarini mukammal 
o‗rgandi. Chet ellarda u Sharq va G‗arb xalqlari 
hayoti, madaniyati va san‘atini muqoyasa etish 
imkoniga ega bo‗ldi. Evropaning ilg‗or ilm-fanini 
yaqindan o‗rgandi, ilmiy asarlar uchun qimmatli 
materiallar to‗pladi. 
U Sharq xalqlari tillari bilan bir qatorda G‗arb xalqlari tillarini ham bilish zarur deb 
hisobladi va Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz tilini, shu bilan birga, eng 
qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o‗rgandi. Rus tili bilan bir 
qatorda o‗nga yaqin Sharq va G‗arb tillarini ancha mukammal bilgan Ishoqxon Ibrat 
bu muhim masalada o‗z xalqiga yordam qo‗lini cho‗zdi. U olti tildagi: arabcha, 
forscha, hindcha, turkcha, sartcha (o‗zbekcha) va ruscha so‗zlarni o‗z ichiga olgan 
―Lug‗ati sittati alsina‖ (―Olti tilli lug‗at‖) nomli lug‗at kitobini yaratdi.
Olimning ushbu asari XIX asrning 90-yillari o‗rtalaridayoq, muallifning chet el 
safaridan qaytib kelishi bilan tugatilgan bo‗lsada, lekin mahalliy mualliflar 
asarlarining ta‘qib ostiga olinishi, chor mustamlakachilari tomonidan Turkistonda 
o‗rnatilgan qattiq nazorat (senzura) tufayli asar ancha kechikib-1901 yili bosmadan 
chiqdi. ―Lug‗ati sittati alsina‖ bir necha yillik sarguzashtlardan so‗ng 1901 yili 
Toshkentdagi V.I.Ilin bosmaxonasidan nashrdan chiqdi. Tilshunoslik fanining bu 
murakkab sohasida Ishoqxon Ibrat ancha mukammal ―Jome‘ ul-xutut‖ (―Yozuvlar 
majmuasi‖) nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarida muallif yozuvlarining eng ibtidoiysi-
Исоқхон Тўра Ибрат (1862-1937) 


218 
piktografik yozuvlardan to so‗nggi davr eng mukammal yozuvlargacha bosib o‗tgan 
taraqqiyot tarixini yoritib berishga harakat qiladi. Olimning mazkur asari katta 
hajmda -132 betdan iborat bo‗lgan, 1912 yili o‗z bosmaxonasi-―Matbaa Ishoqiya‖da 
nashr qilindi
1

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganing 
o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida til bilishning axamiyati 
xaqida to‘xtalib shunday degan edi: ―Men bugun aziz bolalarimizga murojaat qilib, 
ulug alloma, 
XX asr boshida olti tilli-o‘zbek,arab,fors,xind,turk va rus tillarida lug‘at 
tuzgan Isxoqxon Ibratning mana bu xikmatli so‘zlarini eslatmoqchiman:‖Bizning 
yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa‘yi –xarakat qilsinlar,lekin avval o‘z ona 
tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib,extirom ko‘rsatsinlar.Zero,o‘z tiliga sadoqat-bu vataniy 
ishdir‖
Jadid maktablari o‗zining dastlabki davridayoq samarali ekanligini isbotlab, 
aholining e‘tiborini qozondi va tez orada ko‗payib bordi. Chunki, bu maktablarda 
bolalar bir-ikki yilda to‗la savod chiqarib, mukammal o‗qish va yozishni o‗zlashtirib 
olar edilar.Eski an‘anaviy maktablarda buning uchun besh-olti yil o‗qish kerak bo‗lar 
edi.Shunga qaramay, aholini xurofotda saqlashdan manfaatdor jaholatparast 
ruhoniylar jadid maktablarining faoliyatiga qarshilik ko‗rsatdilar.
Rossiya imperiyasining mustamlakachi ma‘muriyati esa vaziyatni qo‗ldan 
chiqarmaslik uchun 1908-yildan keyin bu maktablarni qattiq nazorat ostiga oldi. 
Jadidlar Turkiston kelajagi bilan bog‗liq g‗oyalarni xalqqa yetkazish, ularning 
madaniy-ma‘rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida o‗z gazeta va jurnallarini nashr 
qilishga harakat qildilar. Jumladan, Maxmudxo‗ja Behbudiy 1913-yildan boshlab 
«Samarqand» gazetasini chop qila boshladi. Keyinchalik bu gazeta «Oyna» jurnaliga 
aylantirildi. Jadidlarning bevosita rahbarligida Toshkentda «Taraqqiy», «Xurshid», 
«Shuhrat», «Sadoi Turkiston», Qo‗qonda «Sadoi Farg‗ona», Buxoroda «Buxoroi 
sharif», «Turon» kabi o‗nlab gazeta va jurnallar nashr etila boshladi.
Jadid matbuoti va jurnalistikasi mahalliy aholining siyosiy va milliy ongini 
shakllantirish, madaniy-ma‘rifiy saviyasini o‗stirishda katta ahamiyat kasb etdi. 
Matbuot nashrlari faqat dunyoda ro‗y berayotgan voqealar haqida ma‘lumot berib 
qolmay, ularga o‗z munosabatini ham bildirar edi. Jumladan, 1905-1907 yil 
voqealari, shahar dumasi va undagi Turkiston vakillari faoliyati, mahalliy aholi 
hayotidagi eski va zararli urf-odatlarni tanqid qilar, Yosh avlodni o‗qib-o‗rgatish va 
tarbiyalash masalalariga ko‗p e‘tibor qaratar edi.
Birinchi soni 1914- yil 1 - aprelda nashrdan chiqqan «Sadoi Turkiston» 
gazetasini Turkiston aholisini g‗aflat uyqusidan uyg‗otib, asriy jaholatdan xalos 
etishning, madaniy-ma‘rifiy uyg‗onishning bosh targ‗ibotchisi bo‗ldi.
Jadid matbuotida tarixiy mavzular, xalqning milliy o‗zligini saqlash va 
o‗stirish, o‗zbek tili masalalariga doir maqolalarga ham keng o‗rin berildi. Turkiston 
jadidlarining yetakchisi Maxmudxo‗ja Behbudiyning «Muhtaram yoshlarga 
murojaat», «Turkiston tarixi kerak», «Ikki emas to‗rt til lozim», «Til masalasi», 
«Sart» so‗zi majhuldir», «Sart» so‗zi ma‘lum bo‗lmadi», «Duma va Turkiston 
musulmonlari» kabi maqolalarida xalq maorifi va milliy uyg‗onishga doir masalalar 
1
Исҳоқхон Тўра Ибрат. Танланган асарлар. Тошкент: Маънавият. 2005 йил. Б-5-14. 


219 
ko‗tarilib, ona tilining ahamiyati va arab, fors hamda rus tillarini o‗rganish zarurligi, 
«Turkiston tarixi»ni yaratish payti kelgani, barcha taraqqiyparvar kuchlarni milliy 
uyg‗onish uchun kurash, milliy davlatchilikni tiklash uchun birlashtirish lozimligi 
uqtiriladi. 
Jadidlarning taraqqiyparvar qanoti tashabbusi bilan «Tarbiyayi atfol», «Umid», 
«Nashri Maorif», «Barakat», «G‗ayrat», «Taraqqiyparvar» kabi dastlabki ijtimoiy-
siyosiy tashkilotlar tuzildi va ular Turkistondagi siyosiy hayotning faollashuvi, 
mustamlakachilik va chorizm hukumatiga qarshi kayfiyatlarning kuchayishiga turtki 
berdilar. Bu, ayniqsa, birinchi jahon urushi va tub aholi vakillari urush ortidagi 
ishlarga safarbar qilingan yillarda yorqin namoyon bo‗ldi. Dastlabki ijtimoiy-siyosiy 
tashkilotlar, tajribasizligiga qaramay, qarshilik harakatini mavjud tarixiy voqelik va 
milliy manfaatlarga javob beradigan miqyoslarga ko‗tarishga intildilar. 
Turkistonni boshqarish ishidagi buyuk davlatchilik maqsadlari Turkiston 
jadidlari ilgari surgan intellektual, madaniy va ma‘naviy xarakterdagi g‗oyalarga 
to‗qnash keldi. Jadidlar chorizm mustamlakachilik tuzumi sharoitidagi an‘anaviy 
ta‘lim, ijtimoiy-siyosiy turmush me‘yorlariga va ushbu tuzumning qonuniyligiga 
shubha bildirdilar. Ular bilimdon Turkiston ruhoniylari, savdogar va ziyolilarining 
an‘anaviy eskilikka qarshilik ko‗rsata oladigan, Sharq va G‗arb sivilizatsiyasining 
yangi g‗oya hamda uslubiyatlarini tushunishga qodir yangi avlodi edilar. Jadidlar 
mavjud moddiy va ijtimoiy olamni o‗zgartirish, Turkiston xalqlarining tuganmas 
ma‘naviy manbalarini erk, milliy uyg‗onish va milliy davlatchilikni tiklash uchun 
safarbar qilishga intildilar. 
Birinchi bosqichda jadidlar mahalliy aholining milliy va siyosiy ongini 
yuksaltirishga o‗zining muhim hissasini qo‗shgan, umumiy g‗oya atrofida birlashgan 
harakat sifatida namoyon bo‗ldi. Lekin Rossiya imperiyasi mustamlakachi 
ma‘murlarining bu harakatga shubha bilan qarab, uning faoliyatini cheklashga 
qaratilgan chora-tadbirlari va mutaassib ruhoniylarning Buxorodagi jadidlarga 
qarshilik ko‗rsatishi, bu yo‗lda hokimiyatni ham o‗z tomoniga og‗dirib olishlari 
jadidlarning ko‗zlagan maqsadlarini to‗la-to‗kis amalga oshirishlariga imkon 
bermadi.Shu bois jadidlarning ilg‗or namoyandalari ish uslubini o‗zgartirish va 
jamiyatda muayyan siyosiy islohotlar o‗tkazish lozimligini tushunib yetdilar. Ana shu 
vaqtdan e‘tiboran jadidlik harakatining siyosiylashuv xususiyati bilan 
xarakterlanuvchi ikkinchi bosqichi boshlanadi. Jadidlik harakatida siyosiy 
qarashlarning shakllanishiga Munavvarqori Abdurashidxonovning «millatlarning 
ma‘naviy va iqtisodiy taraqqiyotiga ikki tayanch kerak, birinchisi - maktab, ikkinchisi 
- jamiyatdir», degan fikri va Abdurauf Fitratning jamiyat va millatning ravnaqi uchun 
bir odam ko‗p ish qila olmasligi, buning uchun vatanparvarlar ittifoqini tuzish, unga 
xayrixoh guruhlarni tashkil qilish lozimligi haqidagi g‗oyasi asos bo‗ldi. 
Jadidlarning ikkinchi bosqichdagi faoliyati asosiy mazmunini quyidagi vazifalar 
belgiladi: 
- mahalliy aholining milliy manfaatlari, diniy e‘tiqodlarini hisobga olgan holda 
boshqarishni tashkil qilish; 
- Buxoro amiri va Xiva xonining mutlaq hokimiyatini muayyan tartibga solish 
uchun kengash (parlament) tuzish, davlat tizimi hamda jamiyatda taraqqiyotni 
ta‘minlaydigan islohotlar o‗tkazish; 


220 
- mahalliy millatlarning manfaatlarini ifoda etadigan, himoya qiladigan siyosiy 
va ijtimoiy partiyalar, birlashmalar, jamiyatlar tuzish, harakatlar tashkil qilish va h. k. 
Rossiyada 1917-yil fevralda amalga oshgan burjua-demokratik inqilobidan keyin 
bu vazifalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Jadidlarning 
tashabbusi bilan «Sho‗roi islomiya», «Sho‗roi ulamo», «Turk adami markiziyat 
firqasi», «Alash o‗rda», «Yosh buxoroliklar», «Yosh xivaliklar» kabi siyosiy 
tashkilotlar tuzildi. Turkistondagi tashkilotlarni birlashtirish maqsadida yagona 
«Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyasini tuzishga qaror qilindi. Bu yangi partiyaning 
eng asosiy vazifalaridan biri qilib Rossiyaning tarkibida Turkiston muxtor 
respublikasini tuzish belgilandi. 
Tuzilgan bu siyosiy tashkilotni faqat jadidlar partiyasi deb atab bo‗lmas edi. Bu 
partiyaga mahalliy xalq ravnaqi va Turkiston mustaqilligining tarafdori bo‗lgan har 
bir mehnatkash, ziyoli, sarmoyador, ruhoniy xayrixohlik bildirdi va uning g‗oyalarini 
o‗z qarashlari sifatida qabul qildi. 
Jadidlik g‗oyalariga asoslangan milliy siyosiy kuchlar mahalliy aholining 
siyosiy ongini o‗stirishga salmoqli hissa qo‗shdilar. Jadidlar mahalliy aholining 
o‗zligini tanib, siyosiy ongining o‗sishida, siyosiy tashkilotlar atrofida birlashishida 
muhim o‗rin tutdilar va jadidlarning o‗zlari ham mazkur jarayonda toblanib, siyosiy 
harakat sifatida shakllandilar.
Mavjud tuzumni inqilobiy yo‗l bilan o‗zgartirishni, ya‘ni hokimiyatni qurol 
kuchi bilan qo‗lga olishni o‗zlariga maqsad qilib olgan uchinchi yo‗nalishdagi siyosiy 
kuchlarga rus tilli sotsial-demokratlar - bolsheviklar, mensheviklar, eserlarni kiritish 
mumkin. Bu siyosiy kuchlar Rossiyaning markaziy hududlarida tuzilgan 
Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish