IX.3. Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy
ozodlik harakati, uning bosqichlari, xususiyatlari va ahamiyati.
Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan Turkiston xalqlari istiloning
dastlabki kunlaridanoq o‗z mustaqilligi, ozodligi va erki uchun kurashga otlandi. Bu
kurash nafaqat Rossiya imperiyasining bosqinchilik urushlari davom etayotgan
davrda, balki, Turkiston bosib olinganidan keyin ham to‗xtamadi, balki kuchayib
bordi.
Rossiya imperiyasining mahalliy mehnatkashlarni ezish, kamsitish, ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy huquqlarini poymol etish, milliy va diniy e‘tiqodlarini mensimaslik
asosiga qurilgan talonchilik siyosati tub joy xalqlarining sabr kosasini to‗ldirib
yubordi va ularning mustamlakachi davlatning istibdodiga qarshi chiqishlariga sabab
1
Qоbulоv B. Tuprоg‗i zаr Turkistоn / O‗zbеkistоn оvоzi», 1993, 9 iyul.
2
Chоriеv Z. Turkistоn mаrdikоrlаri: sаfаrbаrlik vа uning оqibаtlаri. - Tоshkеnt: Shаrq, 20-bеt.
206
bo‗ldi. Rossiyaning o‗lkada yuritgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko‗tarilgan
qo‗zg‗olonlarning ko‗lamiga ko‗ra eng yirik quyidagi to‗liq bo‗lmagan ro‗yxatini
keltirish mumkin:
1868 - yilda-Buxoro amirligida Abdumalik (Katta To‗ra) isyoni;
1874-1881- yillarda - Xiva xonligida turkmanlar g‗alayoni;
1875-1876- yillarda - Qo‗qon xonligida Po‗latxon qo‗zg‗oloni;
1878- yilda - Farg‗onada Yetimxon qo‗zg‗oloni;
1879 - yilda - Farg‗ona qo‗zg‗oloni;
1880 - yilda - Xo‗jand va O‗ratepa qo‗zg‗olonlari;
1882 - yilda - Namangan va O‗sh qo‗zg‗olonlari;
1882-1885 yillarda - Farg‗ona vodiysida dehqonlar harakati;
1883 - yilda - Chust qo‗zg‗oloni;
1892 - yilda - Toshkentda «Vabo isyoni»;
1893 yil - Namangan va Andijon qo‗zg‗olonlari;
1895-1897-yillar - Farg‗ona vodiysidagi qo‗zg‗olonlar;
1898 yilda - Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‗zg‗oloni;
1905-1907 yillarda - Samarqandda Nomoz Primqulov boshchiligidagi harakat;
1905-1907 yillarda - Farg‗ona vodiysidagi qo‗zg‗olonlar;
1916 - yilda - Turkistonda xalq qo‗zg‗oloni.
Turkistonda bo‗lib o‗tgan qo‗zg‗olonlarning yuqorida keltirilgan to‗liq
bo‗lmagan ro‗yxati tub aholining o‗z erki va
ozodligi yo‗lidagi kurashi uzluksiz davom
etganligini ko‗rsatib beradi. «O‗rta Osiyoning
Rossiyaga ixtiyoriy qo‗shilganligi» g‗oyasining
tarafdorlari xalq ommasini Rossiya imperiyasining
o‗lkada yuritgan mustamlakachilik zulmiga qarshi
ko‗targan qo‗zg‗olonlari mohiyatini soxtalashtirib,
bu qo‗zg‗olonlar Rossiyaga qarshi emas, balki
mahalliy amaldorlar, din peshvolari, ulamolarga
qarshi ko‗tarilgan edi, deb «isbotlamoqchi»
bo‗ladilar.
Aslida
Turkiston
general-
gubernatorligining barcha hududlariga yoyilgan bu
qo‗zg‗olonlar o‗lka xalqlarining Rossiya imperiyasi istibdodiga qarshi muqaddas
kurashi edi. Rossiya imperiyasiningbu kurashni bostirishga qaratilgan ayovsiz chora-
tadbirlari ham bu kurashni so‗ndira olmadi.
Turkistonda bo‗lib o‗tgan qo‗zg‗olonlarni keltirib chiqargan sabablari,
ko‗zlagan maqsadlari, harakatlantiruvchi kuchlari va oqibatlari bo‗yicha tahlil
qiladigan bo‗lsak, ularga umumiylik xos ekanligi ko‗zga tashlanadi.
Mahalliy xalqni ayovsiz ezish oqibatida aholi turmush darajasining keskin
pasayib ketishi, milliy manfaatlarning inkor qilinishi, milliy g‗urur va diniy
qadriyatlarga bepisandlik bilan qarash, yerlarni asossiz tortib olish, soliqlar olishdagi
suiiste‘molchiliklar, saylovlardagi o‗zboshimchaliklar, mardikorlikka majburlab
jo‗natish kabi holatlarni qo‗zg‗olonlar kelib chiqishining sabablari deb aytish
mumkin.
207
1868-yilda Buxoro amirligida bo‗lib o‗tgan Abdumalik (Katta To‗ra)
boshchiligidagi qo‗zg‗olon rus bosqinchilariga qarshi ko‗tarilgan birinchi xalq
ozodlik harakati edi.
1868- yil 2- mayda rus qo‗shinlari tomonidan Samarqand bosib olingach Buxoro
amiri Mazaffarning o‗g‗li Abdumalik (Katta To‗ra) barcha ozodlik tarafdorlariga
boshchilik qilib, ruslarga qarshi kurashish uchun may oyining oxirlarida G‗uzordan
chiqib, Shahrisabz orqali Samarqandga yo‗l oldi. Shahrisabz va Kitob beklari Bobobek
hamda Jo‗rabeklar Abdumalikka peshvoz chiqib, kenegaslardan tuzilgan g‗oziylar
bilan to‗ra lashkariga qo‗shildi. Ular Taxta Qoracha dovonidan o‗tib, Samarqandga
yetib bordilar. Chor qo‗shinlari tomonidan zabt etilgan Samarqandda oz miqdordagi
rus qo‗shinlari qoldirilgan edi. Amir lashkarlari esa Zirabuloq
ostonasida ruslarga qarshi jangga tayyorgarlik ko‗rayotgan
edi.
To‗ra lashkarlari 1868- yil iyun oyida Samarqandga
hujum boshladi. Bu haqdagi habarni eshitgan Turkiston
general-gubernatori Kaufman boshchiligidagi harbiy kuchlar
Samarqandga yo‗l oldi. Rus qo‗shinlari kelayotganligi
haqidagi habarni eshitgan Shahrisabz va Kitob beklari
Samarqandni tashlab chiqib ketdilar. Bundan foydalangan
Kaufman qo‗shini Samarqandga hujum qilganlarni to‗zg‗itib
yubordi. Shahar ayovsiz talon-taroj qilindi. U o‗t ichida
qoldi. Xalq qirg‗in qilinib, qo‗zg‗olonda ishtirok etganlikda gumon qilinganlar otib
tashlandi.
Bunday mag‗lubiyatning asosiy sababi qo‗zg‗olonchi va vatanparvar kuchlar
o‗rtasida birdamlikning yo‗qligi, yagona rahbarlikning shakllanmaganligi, ozodlik
kurashchilarining qurol-yarog‗lari o‗z davrining zamonaviy va reaktiv moslamali
qurollariga ega bo‗lgan rus qo‗shinlari
qurollaridan orqada ekanligi, jang olib
borishning
avvaldan
o‗ylangan
strategiyasiva taktikasining yo‗qligi kabi
omillardir.
G‗alabadan butunlay umidini uzgan
amir Muzaffarxon rus bosqinchilari bilan
sulh tuzishga rozi bo‗ldi. Buxoro amiri
urushni
rasman
to‗xtatib,
Rossiya
imperiyasiga tobeligini tan olganligi hur
fikrli vatanparvarlarning noroziligiga sabab
bo‗ldi. Abdumalik (Katta To‗ra) bir necha
nufuzli beklar bilan birlashib, Muzaffarxon
va istilochilarga qarshi kurashni davom
ettirdi. Katta To‗ra amir deb e‘lon qilindi. Amir va Katta To‗ra qo‗shinlari o‗rtasida
Samarqand yaqinidagi Jom qishlog‗ida bo‗lib o‗tgan jangda Muzaffarxon yengildi.
1868-yilning kuzida amir Turkiston general-gubernatori Kaufmandan qo‗zg‗olonni
bostirishda ko‗mak berishini so‗radi.
Jo‗rabek
Bobobek
Абдумалик (Катта Тўра)
208
Bunga javoban Kaufman Abdumalik (Katta To‗ra) va uning eng ishonchli
sarkardalari Jo‗rabek, Bobobek, Sulton Sodiqlarga qarshi general Abramov
boshchiligidagi qo‗shinni jo‗natdi. Qo‗zg‗olonchilar Qarshi ostonasida chor qo‗shinidan
yengildilar. Jo‗rabek va Bobobeklar Shahrisabz va Kitobga chekindilar.
1870- yil 14 - avgustda Kitob shahri bosib olingach, Jo‗rabek va Bobobek Qashqar
tomon yo‗l oldilar. Ular Mahram ostonalarida Xudoyorxon amri bilan hibsga olinib,
Rossiya imperiyasi qo‗mondonligiga topshirildi.
Turkiston tarixida qurbonlari soniga ko‗ra mislsiz bo‗lgan yana bir erk va ozodlik
harakati Po‗latxon qo‗zg‗oloni (1873-1876 yy.)
1
bo‗lib , 1875 - yilning avgustiga kelib u
xalq ozodlik harakatiga o‗sib o‗tdi. Uning siyosiy g‗oyasi va maqsadi Turkiston general-
gubernatorligi timsolida mustamlakachilarni haydash, Qo‗qon xonligining mustaqilligi
hamda avvalgi chegaralarini tiklashdan iborat edi.
30.000 kishidan iborat bo‗lgan qo‗zg‗olonchilar Mahram qal‘asi ostonasida rus
qo‗shinlaridan mag‗lub bo‗ldilar. Rus bosqinchilari Qo‗qon, Marg‗ilon, O‗sh va boshqa
hududlarni jangsiz egalladilar. 1875- yil 22- sentyabrda Turkiston general-gubernatori
K.P. Kaufman va Nasriddinbek bitimga imzo chekdilar. Kaufman Qo‗qon xonligi
aholisiga katta miqdorda harbiy tovon soldi. Lekin qo‗zg‗olon to‗lqini to‗xtamadi,
aksincha Andijonda davom etdi. 1875-yil 2-oktyabrda general-mayor Troitskiy
qo‗mondonligidagi qo‗shinlar Andijon ostonalariga kelib hujum boshladi va shaharni
to‗pga tutdi. Qo‗zg‗olon butun Qo‗qon xonligiga yoyildi. Nasriddinbek ham otasi kabi
Toshkentga qochdi. Po‗latxon rasman xon deb e‘lon qilinib, taxtga o‗tkazildi.
Po‗latxon xalq ozodlik kurashini davom ettiradi. Rus qo‗shinlari Qo‗qon xonligini
butunlay bosib olish maqsadida asosiy hujumni Andijonga qaratdi. General Skobelev
yo‗l-yo‗lakay qishloqlarga ayovsiz o‗t qo‗yib xarob qildi. 1876-yilning yanvarida shaharni
artilleriyadan o‗qqa tutib, uni egalladi. Qo‗zg‗olonchilardan 20.000 kishi o‗ldirildi va u
shafqatsizlarcha bostirildi. Qo‗zg‗olonning mag‗lubiyati sabablaridan biri ayrim yirik yer
egalarining sotqinlik qilib, dushman tomonga o‗tib ketganligidir. Po‗latxon asir olinib,
1876-yil 1- martda Marg‗ilon shahrida dorga osildi.
Chorizmning Turkistonda amalga oshirayotgan mahalliy mehnatkash aholining
manfaatlariga tamoman zid bo‗lgan mustamlakachilik siyosati haqli ravishda tub aholi
noroziligini yanada kuchaytirdi va tub aholini yangi kurashlarga otlantirdi.
O‗lkada ko‗tarilgan yirik xalq harakatlaridan biri 1892 - yilda Toshkentda bo‗lib
o‗tgan, «Vabo isyoni» nomini olgan qo‗zg‗olon edi.Bu qo‗zg‗olon ko‗plab tarixiy
adabiyotlarda chor ma‘murlarining o‗lkada vabo kasalining tarqalishini oldini olish
uchun ko‗rgan choralariga qarshi harakat deb ta‘riflangan bo‗lsada, aslida bu isyon
shahar mehnatkashlarining ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi, chor amaldorlarining o‗z
mansablarini suiiste‘mol qilishi, narx-navolarning to‗xtovsiz oshib borishidan
norozilik tufayli kelib chiqqan. 2.000 dan ortiq kishining yostig‗ini quritgan vabo
kasaliga qarshi mustamlakachi ma‘murlar ko‗rgan choralar bir bahona bo‗lgan xolos.
1892-yilda Afg‗onistonda tarqalgan vabo shu yilning 7- iyuniga kelib
Toshkentga ham yetib keldi. Rossiya imperiyasi ma‘murlari mahalliy aholining
milliy va diniy an‘analarini hisobga olmagan holda vaboga qarshi chora-tadbirlar
belgiladilar. Kasallik tarqalganligi uchun shaharga kirish va chiqish taqiqlandi.
R.E.Xoliqova.Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. Oquv qollanma,Toshkent,‖Fan va
texnologiya‖,2017,70-b
209
Shahardagi 12 ta qabriston yopilib, va‘da berilgan 4 qabriston o‗rniga faqat bitta
qabriston ochildi. Epidemiya stansiyasi ruxsatisiz dafn etilgan mayyitlar qabrlardan
qazib olinib, boshqa joylarga tashib ketildi. Shahar murdalarga to‗lib ketganligi
sababli ularni ko‗mishga ruxsat olish uchun 3-4 kunlab kutishga to‗g‗ri kelar edi. Bu
musulmonchilik urf-odatlariga to‗g‗ri kelmas edi.
Rossiya imperiyasining bu tadbirlaridan norozi bo‗lgan shahar aholisi 20-iyun
kuni shaharning Xonaqo masjidi yonida to‗plandi va shikoyat xati yozib, uni shahar
hokimiyatiga yetkazish uchun uch kishidan iborat vakil saylandi.
Biroq 23-iyunga kelib shahardagi vaziyat og‗irlashdi va 500 kishilik olomon
shahar boshlig‗ining uyi tomon yura boshladi. Buni eshitgan Putinsev
qo‗zg‗olonchilar bilan uchrashdi. Qo‗zg‗olonni ruslarga qarshi deb o‗ylagan
polkovnik Putinsev kazaklar polkini yordamga chaqirdi. Aholi bilan chor qo‗shinlari
o‗rtasidagi to‗qnashuvda 10 kishi halok bo‗ldi, 80 kishi Eski shaharga qochaturib
Anhorga cho‗kib ketdi.
Podsho amaldorlari qo‗zg‗olonchilardan ayovsiz o‗ch oldi. Ushlangan 60
kishidan 8 tasi Sibirga surgun qilindi, 15 kishi 2 yil muddatga mahbuslar rotasiga
yuborildi, 2 kishi olti oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Toshkentda bo‗lib o‗tgan, «Vabo isyoni»ning ta‘siri butun Turkiston o‗lkasi
bo‗ylab yoyildi. Chunki u mustamlakachilik zulmi ostida ezilayotgan xalqlarning
intilishlarini o‗zida ifodalar edi.
1898- yil Andijonda Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritayotgan
mustamlakachilik siyosatiga qarshi yana bir ozodlik harakati bo‗lib o‗tdi. Tarixda
«Andijon qo‗zg‗oloni» nomini olgan, diniy bayroq ostida bo‗lib o‗tgan bu
qo‗zg‗olonga mingtepalik Muhammad Ali xalfa Sobir so‗fi, ya‘ni Muhammadali
eshon - «Dukchi eshon» boshchilik qildi.
Muhammadali eshon o‗z qishlog‗i Mingtepadagina emas, balki Farg‗ona vodiysi
aholisi, qirg‗iz elatlarida ham taniqli, eng hurmatli inson edi. U ilmli, islom dinining
asoslarini mukammal egallagan, Buxoro va Shahrisabzda tahsil olib, Makka,
Hindistonda piru ustodlardan ta‘lim olgan shaxs edi. U iqtisodiy baquvvat xo‗jalikka
ega bo‗lib, nazr-niyozlari hisobidan kambag‗allar, beva bechoralarga g‗amxo‗rlik
qilib kelgan. Eshonga qo‗l bergan muridlar soni 20 ming kishidan ortiq bo‗lgan.
Andijon qo‗zg‗olonini keltirib chiqargan sabablar haqida Muhammadali
eshonning zamondoshi Fozilbek Otabek o‗g‗li «Dukchi eshon voqeasi» kitobida
quyidagilarni yozadi:
- ma‘muriyat oq podshoning nomini xutbaga qo‗shib o‗qishni talab qildi va
Qur‘oni Karimdan kofirlar to‗g‗risidagi oyatlarni chiqarib tashlashga farmoyish
berdi;
- qayerda bo‗lmasin pristavning o‗tganini beixtiyor ko‗rmay qolib o‗rnidan
turmagan musulmonlar kaltaklandi, qamaldi;
- qora qirg‗izlarning yerlari tortib olinib, rus dehqonlariga berildi, o‗zlari esa
tog‗larga haydab yuborildi;
- cho‗b, og‗iz, tuyoq puli kabi bir qator jarimalar o‗ylab topilib,
mehnatkashlarning mollari tortib olindi va h.k.
1
.
1
Фозилбек Отабек угли.Дукчи Эшон вокеаси.-Тошкент.1992.30-31 бетлар.
210
Yuqorida ko‗rsatilgan sabablar mustamlakachilik zulmining tobora kuchayib
borganligini ko‗rsatib beradi. Bunday sharoitda mahalliy xalqning noroziligi yanada
chuqurlashib, sabr-bardoshi tugab bordi. Natijada Andijon shahrining Mingtepa
qishlog‗ida qo‗zg‗olon boshlandi.
Muhammadali eshon chor hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi
Farg‗ona aholisini birlashtirish va uni ag‗darib tashlashga harakat qildi. Shuning
uchun Dukchi eshon Farg‗onaning turli shaharlari va qishloqlari, jumladan Andijon,
O‗sh, Marg‗ilon, Namangandagi eng nufuzli odamlarga maxfiy xatlar jo‗natib, milliy
g‗azot vaqti yetib kelganligini ta‘kidlab, ularni birgalikdagi harakatga da‘vat qildi.
Ma‘lum tayyorgarlikdan keyin 1898-yilning 17-mayida Mingtepa (hozirgi Marhamat
tumani) dan 200 nafar otliq, 300 nafar piyoda eshon boshchiligida Andijonga yurish
boshladi. Atrofdagi qishloqlardan kelib qo‗shilayotganlar hisobiga qo‗zg‗olonchilar
soni o‗sib bordi.
Qo‗zg‗olonchilar shahardagi harbiy garnizonga hujum qilib, 23 ta askarni
o‗ldirdilar, 24 tasini yarador qildilar. Bu harakatni Quva, Asaka, Shahrixon, Aravan
qishloqlari, O‗sh, Marg‗ilon, Namangan shaharlari aholisi quvvatladilar. Biroq tez
orada o‗ziga kelgan chor hukumati ma‘murlari isyonchilardan qonli o‗ch oldilar.
Dukchi eshon ta‘magir, amalparast sotqinlarning xoinligi tufayli Arslonbob
qishlog‗ida qo‗lga olinib, 1898- yil 12- iyunda dorga osib o‗ldirildi.
Qo‗zg‗olonda ishtirok etganlar ustidan boshlangan sud jarayoni uch oy davom
etdi. Harbiy sud 362 kishini osib o‗ldirishga, 351 kishini turli muddatga qamoq
jazosiga, 15 kishini oilasi bilan Sibir surguniga hukm qildi. Ammo, chor ma‘murlari
yana jahon ommasi oldida sharmanda bo‗lishdan cho‗chib, o‗lim jazosini surgun
bilan almashtirdi.
Qo‗zg‗olon markazi deb topilgan Mingtepa, Tojik, Qashqar qishloqlari
imperator Nikolay II ko‗rsatmasiga ko‗ra Dukchi eshon yurgan yo‗li degan bahona
bilan uch kun to‗pdan o‗qqa tutilib, yer bilan yakson qilindi. Mingtepa qishlog‗i
o‗rnida 450 xonadonga mo‗ljallangan yevropacha yangi uylar qurildi.
Muhammadali eshon yashagan uy o‗rniga rus cherkovi qurish rejalashtirildi.
Xo‗jand qishlog‗iga Duxovskiy nomi berildi. Qo‗zg‗olon mag‗lubiyatga uchragan
bo‗lsada, u mustamlakachilik tuzumining zulmkor qiyofasini ochib berdi va
taraqqiyparvar milliy ziyolilarrning ko‗zini ochdi. Ular Vatanning istiqlolga erishishi
uchun xalqni zamonaviy ilg‗or bilimlar bilan qurollantirish va uni siyosiy jihatdan
birlashtirish zarurligini tushunib yetdilar.
Chor ma‘murlari «Andijon qo‗zg‗oloni»ni qonga botirgan bo‗lsalarda, o‗lka
xalqlarining milliy-ozodlik kurashi hech ham to‗xtamadi. Ulardan biri 1905-1907
yillarda chor ma‘murlari va mahalliy boylar, savdogarlarning zo‗ravonliklari, man-
manliklariga qarshi Samarqand viloyatida bo‗lib o‗tgan harakatdir. Bu harakatga
Nomoz Primqulov boshchilik qildi. Harakatning maqsadi boylarni jilovlab qo‗yish,
kambag‗al aholini himoya qilib, ijtimoiy adolatni tiklashga qaratilgan edi. Ammo bu
harakat ham uning rahbari Nomoz Primqulov vijdonini sotgan xoinlar tomonidan
tutib berilishi natijasida mag‗lubiyatga uchradi.
1916-yil xalq qo‗zg‗oloni Rossiya mustamlakachilik siyosatiga qarshi
harakatlarning eng yuqori nuqtasi, eng fojialisi va o‗zining ommaviyligi jihatidan eng
211
ko‗lami kengidir. U Birinchi jahon urushining Turkistondagi fojiali aks-sadosi tarzida
ham namoyon bo‗ldi.
1914-yilda Birinchi jahon urushiga qo‗shilgan Rossiya o‗z imperialistik
manfaatlarini ko‗zlab, u bilan bog‗liq muammolarini mustamlakalarining zimmasiga
yuklashga harakat qildi. Chor hukumatining bu xatti-harakatlari o‗lka aholisi
ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yanada yomonlashtirdi. Jumladan, Turkiston paxtasining
xarid narxlari kamaytirildi. Bundan, birinchi navbatda, mayda va o‗rtahol mahalliy
mehnatkashlar ziyon ko‗rdilar. Turkistonga olib kelinadigan g‗alla miqdori bir necha
marta kamayib, uning narxi bir necha barobar oshib ketdi. Yangi harbiy soliq joriy
qilindi.
Podsho Nikolay IIning mahalliy xalqni front orti ishlariga jalb qilish haqidagi
1916-yil 25-iyundagi «Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi
armiya rayonlarida harbiy inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur
bo‗lgan boshqa har qanday og‗ir ishlarga jalb qilish» nomli farmoni vujudga kelgan
vaziyatni yanada murakkablashtirdi va turkistonliklarning sabr kosasini to‗ldirdi.
Farmonga ko‗ra, Turkistondan 19-43 Yoshdagi 250 ming erkak kishi mardikorlikka
olinishi lozim edi.
Mardikorlikka olishning butun og‗irligi mehnatkash xalq zimmasiga tushdi.
Mahalliy ma‘murlar katta poralar evaziga boylar va amaldor to‗ralarning bolalarini
mardikorlikdan qoldirar, kambag‗al oilalarning bolalarini ro‗yxatga tirkar edilar.
Turkiston general-gubernatorining mahalliy millat vakillariga o‗z o‗rniga boshqa
odamni yollab mardikorlikka jo‗natishga ruxsat berishi boylar, amaldorlarning turli
suiiste‘molliklariga keng yo‗l ochib berdi. Bu mehnatkashlarning shusiz ham og‗ir
bo‗lgan ahvolini mushkullashtirib, ularning chor Rossiyasining mustamlakachilik
zulmiga qarshi qo‗zg‗alishiga turtki bo‗ldi. 1916 - yil 4- iyulda Xo‗jand, undan so‗ng
Samarqand, Jizzax, Kattaqo‗rg‗on kabi shaharlarda mardikorlikka olishga qarshi xalq
qo‗zg‗olonlari boshlanib ketdi.
Jizzax qo‗zg‗oloni ularning eng shiddatlilaridan edi. Qo‗zg‗olonga Jizzaxning
eng e‘tiborli kishilaridan Nazirxo‗ja Abdusalomov, o‗z davrining o‗qimishli
kishilaridan bo‗lgan Ziyoqori Abdullayev, shaharning taniqli oqsoqollaridan
Muhammadrahim Abdurahmonovlar rahbarlik qildilar. Qo‗zg‗olonchilar nafaqat yon
atrofdagi qishloqlar, balki Toshkent va Samarqanddagi mehnatkashlar bilan ham
aloqa bog‗ladilar, ularning ham o‗z harakatlarini qo‗llab-quvvatlashlarini kutdilar.
Qonli to‗qnashuv 13- iyulda boshlanib, 8 kun davom etdi.
Jizzax qo‗zg‗olonini bostirish uchun Toshkentdan bir rota, sapyorlar vzvodi,
to‗rt to‗pli batareya; Samarqanddan bir rotadan iborat maxsus jazo otryadi, 90
kishilik maxsus ofitserlar rotasi; Orenburgdan 100 kishilik kazaklar jazo otryadi
jo‗natildi.
Yana Toshkentdan polkovnik Ivanov boshchiligida 12 ta rota, 6 ta to‗p, 3 ta
kazak otryadi, maxsus sapyorlar rotasidan iborat jazo otryadi yuborildi. Afsuski,
kuchlar nisbati teng emas edi, to‗plar va pulemyotlar o‗qlariga qarshi turish og‗ir edi.
Jazo otryadi shaharda ko‗tarilgan qo‗zg‗olonni shafqatsiz bostirdi. Harbiylar eski
Jizzaxni to‗pga tutib, unga o‗t qo‗yib, kultepaga aylantirdilar, qanchadan-qancha
gunohsiz kishilarni o‗ldirib, isyonchilardan qonli o‗ch olindi.
212
Jizzax qo‗zg‗oloni bo‗yicha mingga yaqin kishi qamoqqa olindi. Ulardan 151
kishining ishi sudga berildi. Shulardan 84 kishi osib o‗ldirishga hukm qilindi.
Keyinroq bu jazo «yumshatilib», boshqa jazolar bilan almashtirildi. Shu tariqa Jizzax
qo‗zg‗oloni fojiali yakunlandi.
1916-yil qo‗zg‗oloni Turkiston aholisining Rossiya imperiyasi mustamlakachilik
siyosatiga qarshi qaratilgan eng katta milliy ozodlik va ommaviy xalq harakati edi.
Murosasiz kurashlar bilan o‗tgan 1916-yildagi qo‗zg‗olonlar chor hukumati
ma‘muriyatini tahlikaga solib qo‗ydi. Mardikorlikka olish bo‗yicha ilgarigi mo‗ljal
50.000 kishiga kamaytirildi va 200.000 kishi qilib belgilanib, jalb qilish muddati
uzaytirildi. Amalda 123.000 mardikor safarbar qilindi.
Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik
harakatlari qanchalik shafqatsizlik bilan ayovsiz bostirilmasin, mahalliy aholining erk
va ozodlikka bo‗lgan intilishini so‗ndira olmadi, aksincha, xalqqa o‗zligini anglatdi,
uni ozodlikka erishish g‗oyasi atrofida jipslashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |