O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


VIII.3. Qo‗qon xonligining tashkil topishi, uning ijtimoiy



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

 
VIII.3. Qo‗qon xonligining tashkil topishi, uning ijtimoiy, 
 iqtisodiy va madaniy hayoti 
 
XVIII asrning boshlarida Farg‗ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‗qon 
xonligiga mahalliy aholi vakillaridan bo‗lgan ming urug‗i asos soldi. Chunonchi, 
XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy 
hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‗ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‗sishi 
hamda 1704 yilda Chodak xo‗jalarining isyon ko‗tarib, Farg‗onaning bir qismini 
egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‗onaning shimoli va shimoliy 
– g‗arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari xo‗jalar qo‗l ostida bo‗lsa – da, ular 
mustaqil davlatga asos sola olmadilar.


174 
Ma‘lumotlarga ko‗ra, ming urug‗ining boshlig‗i, taxminan 1669-1670 
yillarda tug‗ilgan Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709-1721 yy.) Chodak 
xo‗jalari qo‗lida bo‗lgan siyosiy hokimiyatni kuch bilan tortib olib, 1709/1710 yilda 
Farg‗ona vodiysidagi minglar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Ammo, uning 
hokimiyati hali ashtarxoniylardan to‗la yoki batamom mustaqil emas edi. Chunki 
manbalarda Shohruhbiyning nomi ashtarxoniy Abulfayzxondan so‗ng tilga olinib, 
Shohruhbiyga Buxoro xoni tomonidan otaliq unvoni berilgani eslatiladi. Bu haqda 
tadqiqotchilarning ham fikrlari munozaralidir. Nima bo‗lganda ham, Shohruhbiy 
Buxoro xonligidan mustaqil ravishda (nisbatan bo‗lsa ham) siyosat olib borishga 
harakat qilib, minglar sulolasi tasarrufidagi erlarni kengaytira boshladi. Shohruhbiy 
hukmronligi davrida Qo‗qon, Namangan, Marg‗ilon, Konibodom, Isfara va ularning 
atroflaridagi qishloqlar minglar sulolasi qo‗lida bo‗lgan. 
Shohruh biyning o‗g‗li va vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733 yy.) 
taxtga o‗tirganidan so‗ng minglar tasarrufidagi erlar yana kengaya boshladi. 
Abdurahimbiy 1724 yilda Andijonni, 1725 yilda Xo‗jandni, 1726 yilda O‗ratepani 
bosib olib, xonlik hududlariga qo‗shib oldi. U qisqa muddat bo‗lsa-da Buxoroga 
qarashli Samarqand va Kattaqo‗rg‗onni egallab, Shahrisabzga ham tahdid solgan. 
Abdurahimbiy Qo‗qon (Xo‗qand) qishlog‗i o‗rni va atrofida yangi shaharga (dastlab 
Qal‘ai Rahimbiy deb nomlangan, keyin esa Qo‗qon) asos soladi va bu shahar
xonlikning poytaxtiga aylanadi. 
1733-1750 yillarda hukmronlik qilgan 
Muhammad Abdulkarimbiy ibn Shohruhbiy 
asosiy etiborini mudofaa ishlariga qaratdi. U 
xonlikning 
poytaxti 
Qo‗qonda 
Isfara, 
Qatag‗on, Marg‗ilon, Haydarbek nomli 
darvozalar 
qurdirib, 
shahar 
atrofini 
mustahkam devor bilan o‗ratib oldi. Shu bilan 
birga u 1741-1745 yillardagi qalmoqlar 
(jung‗orlar) 
ning 
Farg‗onaga 
qilgan 
hujumlariga zarba berdi. Abdulkarimbiy 
qalmoqlarga qarshi kurashda qirg‗iz-qipchoqlar va O‗ratepa hokimi Fozilbiy yuz 
yordamiga tayandi hamda xonlik mustaqilligini saqlab qoldi.
Abdulkarimbiy 1750 yilda vafot etganidan so‗ng xonlik taxtiga uning o‗g‗li 
Abdurahmon o‗tirdi. Ammo, u taxtga to‗qqiz oy o‗tirib, so‗ng Marg‗ilonga hokim 
etib jo‗natildi hamda taxtga Abdurahimbiyning ikkinchi o‗g‗li Erdonabiy o‗tirdi. 
1753 yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo‗lida garov sifatida 
ushlab turilgan Bobobek xonlik taxtiga ko‗tarildi. Lekin, oradan bir yil ham o‗tmay 
O‗ratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda o‗ldirildi hamda Erdonabiy (1755-1769 
yy.) qayta Qo‗qon taxtini egalladi. Xitoylik geograflarning ma‘lumotlariga ko‗ra, 
uning hukmronligi davrida, 1759-1760 yillarda Farg‗ona to‗rtta mulk: Andijon, 
Namangan, Marg‗ilon va Qo‗qonga bo‗lingan bo‗lib, ular ichida Qo‗qon etakchilik 
qilgan. Erdonabiydan so‗ng taxtga Shohruhbiyning uchinchi o‗g‗li Shodibekning 
farzandi Sulaymonbek o‗tiradi. Uning taxtni egallashida urug‗ oqsoqollarining 
ko‗magi katta bo‗lgan bo‗lsada u atigi 6 oy hukmdorlik qildi. 


175 
1770 yilda Qo‗qon taxtiga Abdurahmonbiyning o‗g‗li Norbo‗tabiy (1770-
1801 yy.) o‗tiradi. Norbutabiy markaziy hikimiyatni mustahkamlashda, bo‗ysunmas 
hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U Chust va 
Namangandagi g‗alayonlarni bostirganidan so‗ng, bu shaharlarga o‗z odamlarini 
hokim etib tayinlaydi. Norbutabiy bir qancha urinishlardan so‗ng Andijon, O‗sh, 
Xo‗jand va yaqin atrofdagi qo‗shni hududlarni bosib oladi. U 1799 yilda Toshkentni 
ham bosib olishga harakat qildi, ammo, uning yuborgan qo‗shinlari mag‗lubiyatga 
uchradi.
Norbutabiydan so‗ng uning o‗g‗li Olimxon (1801-1810 yy.) taxtga o‗tirib, 
Qo‗qon xonligining siyosiy qudratini mustahkamlash, mamlakat hududlarini 
kengaytirishga alohida e‘tibor berdi. Natijada Qo‗qon xonligining siyosiy mavqei 
oshib bordi. Olimxon davriga kelib Qo‗qon xonligidagi davlat boshqaruvi oldingi 
davlatlar boshqaruv tizimidan deyarli farq qilmas edi. Uning davrida Qo‗qon davlati 
kuchayib borishi bilan davlatning siyosiy maqomi ham o‗zgaradi. Agar Qo‗qonning 
dastlabki hukmdorlari ―biy‖ va ―bek‖ unvoni bilan mamlakatni idora qilgan bo‗lsalar, 
Olimxon davridan boshlab (1805 yil) hukmdorlar rasman ―xon‖ deb yuritila 
boshlandi. 
Manbalarga ko‗ra, Umarxon (1810-1822 yy.) hukmdorligi davrida yirik er 
egalari, harbiy sarkardalar va ruhoniylarning mavqei yanada oshadi. U davlat 
boshqaruvi ishlarida izchil tartib, qonun – qoidalar o‗rnatdi va diniy ishlarni tartibga 
soldi. Natijada, 1818 yilda Umarxon ruhoniylarnng roziligi bilan ―amir al-muslimin‖ 
unvonini olib ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga ega bo‗ladi. 
1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etganidan so‗ng taxtga uning o‗g‗li 
Muhammadalixon (Madalixon, 1822-1842 yy.) o‗tiradi. Uning hukmronligi davrida 
Qo‗qon honligining hududi yanada kengayib, qirg‗izlarning ba‘zi tumanlari xonlikka 
qo‗shib olinadi hamda Ko‗lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh kabi viloyatlar 
Muhammadalixon hukmronligini tan oladilar. 
Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va turmush tarzi bir 
– biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‗ona vodiysining sug‗orilib 
dehqonchilik qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bo‗lib, ular o‗troq 
hayot kechirganlar. Sahro, tog‗ va tog‗ oldi tekisliklaridan iborat hududlarda 
ko‗chmanchi va yarim ko‗chmanchi aholi yashagan. 
Xonlikdagi aholi soni haqida manbalar turli ma‘lumotlar beradilar. Bu 
ma‘lumotlarga ko‗ra, XIX asrning boshlarida xonlikda (Toshkent va Turkistonni ham 
qo‗shib hisoblaganda) aholi soni 1 million, XIX asrning o‗rtalarida 1,5-2 million, 
XIX asrning ikkinchi yarmida 3 million kishi bo‗lgan bo‗lsa, Rossiya imperiyasi 
tomonidan ko‗plab hududlarning bosib olinishi hamda ularning bosqinchilar 
ma‘muriyati tarkibiga kirishi natijasida xonlik tasarrufidagi Farg‗ona vodiysida 2 
millionga yaqin aholi qolgani taxmin qilinadi. 
Mamlakatda xon eng katta va yirik mulkdor bo‗lib, xonlik hududidagi barcha 
boyliklarga, er, suv, qo‗riq erlar, ko‗lu anhorlarga egalik qilgan. Ulardan keladigan 
zakot, xiroj, tanobona va boshqa soliqlar shaklidagi daromadlar xon xazinasini 
muntazam ravishda to‗ldirib turgan. Xon va uning qarindoshlari, saroy ahli va 
ma‘muriyat, qo‗shinlar va qo‗shin boshliqlari asosan soliqlar hisobidan 
rag‗batlantirilgan.


176 
Manbalar ma‘lumotlariga ko‗ra, xon saroyida mingboshi boshchilik qiladigan 
Kengash tuzilgan bo‗lib, bu kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim 
ishlarni ko‗rib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va boshqa muhim amaldorlar a‘zo 
bo‗lgan ushbu kengash davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega edi. 
Qo‗qon xonligi xo‗jalik hayotining asosini tashkil qiladigan soha 
dehqonchilik edi. Chunki xonlikning asosini tashkil etgan Farg‗ona vodiysida suv 
manbalarining etarli darajada bo‗lganligi dehqonchilik xo‗jaligida mo‗l hosil 
bo‗lishni ta‘minlagan. Xonlikda XVIII asrga qadar erlarni sug‗orish uchun soylar va 
jilg‗alarning suvlaridan ham unumli foydalanilgan. 
Xonlikdagi taxt uchun o‗zaro kurashlar hamda siyosiy tarqoqlik davom 
etayotgan bo‗lishiga qaramay XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab ayrim 
tumanlarning sug‗orish tarmoqlari ta‘mirlangan va yangilari qazilgan. Chunki, 
xonlikda ip va gazlama ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, bu mahsulotlarni 
Rossiya va u orqali Sharqiy Evropa mamlakatlari bozorlarida ko‗plab sotila 
boshlashi, ularga bo‗lgan talabning tobora kuchayib borishi sug‗orma dehqonchilik 
erlarini kengaytirish hamda yangi erlarni o‗zlashtirishni taqozo qilar edi.
Xonlikda dehqonchilik ekinlarining aksariyati O‗rta Osiyo xonliklariga xos 
bo‗lib, g‗allachilik, bog‗dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlari etishtirish hamda 
ipakchilik yaxshi rivojlangan. Donli ekinlardan makkajo‗xori etishtirish keng 
tarqalgan bo‗lib, u shahar va qishloqlarda kambag‗allarning asosiy iste‘mol mahsuloti 
hisoblangan. Shuningdek, XIX asrga kelib xonlikda paxtachilik sohasiga katta e‘tibor 
berila boshlangan. 
Xonlikda yer va suv hukmron tabaqalarniki hisoblanib, yerga egalik 
qilishning to‗rtta turi mavjud bo‗lib ular quyidagilar edi: 1. Xiroj yerlar – yer 
egalarining xususiy yerlari. 2. Davlat yoki amloq yerlari – xonga qarashli yerlar – 
o‗rmonlar, to‗qaylar, yo‗lu-ko‗priklar. 3. Xususiy yerlar – xonning maxsus 
farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar (suyurg‗ol). 4. Vaqf yerlari – 
diniy muassalar, ya‘ni, masjid, madrasa va mozorlarga qarashli yerlar.
Qo‗qon xonligida mamlakat poytaxti va boshqa ko‗plab shaharlar aholisining 
asosiy qismi hunarmandchilik va kosibchilik va shug‗ullanganlar. Hunarmandchilik 
shaharlarda ixtisoslashgan ko‗rinishga ega bo‗lib, buyumlarning bir turi va biror 
qismini ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan sohalar mavjud bo‗lgan. Hunarmandlar o‗z 
kasblarining sir-asrorlarini mukammal o‗zlashtirgan mohir ustalari bo‗lib, ishlab 
chiqargan mahsulotlarini yuksak san‘at darajasiga ko‗targanlar. 
Xonlikning deyarli barcha shahar va qishloqlarida hunarmandchilikning 
taraqqiyoti bir xil bo‗lgan bo‗lsa-da, ishlab chiqarish o‗zining ayrim xususiyatlari, 
ya‘ni, mahsulotning turi, sifati bilan ajralib turgan. Hunarmandchilikning temirchilik, 
zargarlik, to‗quvchilik, degrezlik, kulolchilik, misgarlik va boshqa tarmoqlari keng 
rivojlangan bo‗lib, xonlikning har bir shahri muayyan sohada ishlab chiqargan 
mahsuloti bilan dong taratgan. Misol uchun, Qo‗qon shahri zargarlik va qog‗oz ishlab 
chiqarish, Shahrixon va Chust tikuvchilik hamda temirga ishlov berish, xususan, 
pichoqchilik, Marg‗ilon, Namangan va Andijon esa ipak gazlamalari, Toshkent 
o‗zining tikuvchilik, to‗quvchilik, cho‗yan, temir-mis mahsulotlari bilan mashhur 
bo‗lgan. 


177 
Mamlakat poytaxti Qo‘qon shaxrida bir qator memorchilik obidalari 
qurildi.1842 yilgi ma‘lumotlarga ko‘ra,bu erda 15 ta madrasa mavjud bo‘lib, eng 
ko‘zga koringanlari Xakim to‘ra, Mohlar oyim, Muhammadalihon, Norbo‘tabek, 
Jomiy, 
Oliy, 
Sulton 
Murodbek, 
Hojadodhoh, Ming oyim madrasalari 
bo‘lgan. 
Shuningdek, 
Margilonda 
Saidahmadho‘ja 
madrasasi, 
Andijonda 
Otaqo‘zi madrasasi, Mirzaquli Bolish 
madrasasi 
kabilar 
qurilgan.Umuman 
olganda xonlikda 200 dan ortiq madrasalar 
barpo etilgan. 
Shulardan Daxmai Shohon-Shohlar 
daxmasi XIX asrning 20 yillarida bunyod 
etilgan. Qoqon xonlari xonadonlariga 
tegishli shaxslar Norbo‘tabiy va uning 
avlodlari dafn etilgan.Daxmaga g‘arbdan peshtoq orqali kiriladi.Reshtoqning ikki 
tomoniga burjlar ishlangan,sirkor gish va koshin bezakli qilib terilgan. Maqbara 
gumbazli,ichki devorlaridagi darchalarning biridan tomga, ikkinchisidan masjidga 
o‘tilgan. Uchinchisi esa ochiq turgan. 
Ichki qismdagi katta ravoqlar bilan 
darcha 
ravoqlarining 
oraliqlaridagi 
g‘ishtlar tik, gajaklar esa to‘lqinsimon 
qilib terilgan. Daxmai shoxonda xonning 
onasiga 
atab 
qilingan 
Modarixon 
maqbarasi 
yaxshi 
saqlangan.
XIX asrning muazzam va muxtasham 
obidalaridan bolmish Xudoyorxon o‘rdasi 
xonlikda mashxur uch saroy inshotlaridan 
biridir. 
Qoqon 
xonligi 
madaniy 
xayotiga 
to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak Qo‘qon xoni Umarxon davrida Qo‘qon shaxri faqat xonlik 
poytaxti emas, balki XIX asrda mamlakatning madaniy markazi bo‘lib, unda o‘ziga 
xos adabiy muhit shakllandi.U shoir,yozuvshi va 
sanat 
ustalariga 
homiylik 
qildi,madrasa, 
masjid,maktablar qurishga ko‘plab mablaglar 
ajratdi xamda o‘zi xam sheriyatda qalam 
tebratdi.Umarxon davrida arab, fors tillarida 
yozilgan asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi.‖ O‘z 
davrida uning saroyi adabiyot axli, ilm-marifat 
kishilari uchun doimo ochiq bo‘lib,
Umarxon asri Fargonaning eng obod, ilm va 
fazl taraqqiy etgan,atrof jonibdagi viloyat va 
mamkakatlardin Umarxonning avsofi xamidasini 
eshitgan ulamo va fuzalo va shuarolar jam bolib, 
Нодирабегим (1792-1842) 


178 
ilm va fazl rivoj topgan edi.‖(Mirzo Olim Maxdum 
xoji.Tarixi 
Turkiston,.b.38.) 
Muxammadalixon 
davriga kelib, adabiy muxit Umarxon davriga 
qaraganda bir maromga kirgan bo‘lsada u buyuk va 
mashxur ijodkorlardan ancha xoli edi. Saroydagi 
adabiy muxitga shoira Nodirabegim xomiylik 
qilgan.
Qo‘qon adabiy muxitining vakillaridan Amiriy, 
Fazliy, Boqixontora, Gulxaniy, Yoriy, Xoqandiy, 
Zoriy, Maxjub, Maxmur, Muxtazib, Mushrif, 
Muxammad Yunus Toib, Muxiy, Muxsiniy, 
Nasimiy, Nizomiy, Nodir, Nozil, Pisandiy, Rojiy, Sadoiy, Anbar otin, Baxri otin, 
Dilshod, Zebuniso, Zinnat, Karomatoy, Nodirabegim, Saidabonu, Totiqiz, Uvaysiy, 
Fazilatbonu, Fidoiya, Xafiza otin, Xayriniso kabi bir qator shoir va shoiralarni tilga 
olish mumkin.
1
Ma‘rifatparvarligi bilan tanilgan, o‘z ijodida ―Komila‖,‖Maknuna‖ taxalluslari 
bilan xam she‘rlar yozgan o‘zbek shoirasi Nodirabegim
(Moxlaroyim) (1792-1842 yy.)Andijon xokimi Raxmonqulibiyning qizi edi. Qoqon 
xoni Olimxon o‘z ukasi Umarxonni Margilonga xokim qilib tayinlagandan so‘ng, uni 
Nodirabegimga (1808 y.) unashtirdi.
2
Nodira o‘z xayoti davomida ilm va adabiyot axlini ijod qilishga undadi va ularga 
sharoit yaratib berdi.U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam,kumush qalamdon 
berib,ularni ―zarrin qalam‖lik mansabiga ko‘tardi
.
3
Nodira adabiy merosining taxlili shuni korsatadiki,u mumtoz she‘riyatning barcha 
jabxalarida qalam tebratgan. 
Qo‘qon tarihnavislik maktabida yaratilgan manbalar o‘sha davr voqeligidan 
bayon qilgan .Bunga misol qilib Niyoz Muhammad Xo‘qandiyning ―Tarihi 
shohruhiy‖, Mirzo Olim ibn Mirza Rahim Toshkandiyning ―Ansob-ul salotin va 
tavorih ul-xevaqin‖, Muhammad Hakimhonto‘raning ―Muntahab at-tavorih‖, Mulla 
Avaz Muhammadning ―Tarihi jahonnomai‖,Tohiri Xoqandiyning ―G‘aroyibi sipox‖ 
kabi asrlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak,
 XIX
asrda Qo‘qon xonligida adabiyot yuksak 
darajada rivoj topdi.Xonlik madaniy xayotida olimlar,shoirlar bilan bir qatorda 
shoiralar xam faol ishtirok etdilar va o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan xissa qo‘shdilar. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish