mulki xiroj
va
mulki ushr
(daxyak) ham mavjud bo‗lgan.
Mulki hurr yohud mulki holis ayrim olingan yirik yer egalariga taalluqli bo‗lgan
yer egaligi hisoblangan. U yer solig‗idan ozod hisoblangan. Mulki hurr egasi doimo
amaldagi amir tomonidan berilgan yorliqda ega bo‗lishi shart bo‗lgan va aynan shu
yorliq tufayli u yer solig‗idan ozod qilingan.
Mulki xiroj esa dehqon ahli foydalanayotgan yerlarga nisbatan ishlatilgan atama
hisoblangan. Ushbu er egaligiga ega bo‗lgan er egalari bemalol, erkin holatda o‗z
165
erlarini sotish, uni meros qoldirish va sovg‗a qilish huquqiga ega bo‗lishgan. Ushbu
er egalaridan yer solig‗i esa yerdan olingan hosilning uchdan bir ('/
3
) qismiga qadar
olinishi belgilangan. Ammo amirlikning turli hududlarida olinadigan er solig‗i
miqdori bir xil bo‗lmagan (har bir hududda o‗rnatilgan va belgilangan urf-odat va
tartibga ko‗ra er solig‗i miqdori hosilning uchdan biri to beshdan biri qismiga qadar
bo‗lgan va u tarixda
taamuli kadim
deb yuritilgan).
Mulki ushr yerlari va dahyak erlardan hosilning undan biri (10/1) hisobida
ulamo va ruhoniylar foydasiga soliq olingan. Dahyakdan olingan soliq, asosan,
madrasa talabalari uchun nafaqaga, amir saroyida qur‘on o‗quvchini ta‘minlash va
boshqa hayriya tadbirlariga sarflangan.
Vaqf erlari, asosan, ayrim diniy muassasalar- machitlar, mozorlar, xonaqoh,
madrasalarga yer uchastkalarini meros qoldirish va hayr-ehson qilish natijasida
vujudga kelgan bo‗lib, u yer egaligining alohida bir kategoriyasini tashkil etgan.
Ushbu yerlardan kelgan foyda mutavalli ihtiyoriga kelib tushgan. Mutavalli,
asosan, vaqf egalari avlodlaridan tayinlangan. U vaqf hujjatlariga asoslangan holda
foydani taqsimlab chiqishi lozim bo‗lgan.
Rasmiy ravishda vaqf erlarini sotish taqiqlangan, ammo manbalar va
hujjatlarning guvohlik berishicha amirlik tarixida vaqf erlar ham sotilgan, ham sotib
olingan. Vaqf erlardan davlat foydasiga soliqlar undirilgan
1
.
Buxoro memorchiligiga nazar soladigan bolsak, Buxoro me‘morchiligi va
qurilish ishi qadimiy tarixga ega. Biz o‗rganayotgan davr haqida ko‗plab olimlar ham
o‗z izlanishlarini olib borganlar. Bular, E.Eversman, N.Xanikov, P.P.Sнubinskiy,
I.I.Umnyakov,
V.V.Bartold,
O.A.Suxareva,
E.K.Meyendorf,
M.I.Rempel,
G.A.Pugachenkova, P.Savelev, mahalliy tarixchilardan, Muhammad Ali Baljuvoniy,
A.M.Muxamаdjonov va boshqalar.
Buxoro XIX asrdagi va XX asr boshlaridagi me‘moriy an‘analarga murojaat
etar ekanmiz bu hududda alohida me‘moriy an‘ana mavjud bo‗lganligini guvohi
bo‗lamiz. Buxoro me‘morchilik maktabi an‘ana bo‗lib qolgan uy-joy
me‘morchiligining yorqin namunalarini o‗zida mujassam etgan.
Mahobatli inshootlardan xon saroyi – «ark», Miri arab minorasi, masjidi,
madrasasi, karvonsaroyi o‘sha davr ko‘rki xisoblangan.
Muhammad Ali Boljuvoniy ―Tarixi Nofeiy (Foydali tarix)‖ asarida ― Bu
shaharda 196 ta mahalla, 299 ta besh vaqt nomoz o‗qiladigan masjid mavjud‖, deb
Buxoro shahri atrofini devor va qal‘alar o‗rab turishi va unda 11 ta darvoza
o‗rnatilganligi haqida ma‘lumot beradi..
Buxoroda 300 ga yaqin masjidlar mavjud edi. Ko‗pgina masjidlar uncha katta
bo‗lmay ularga 100 nari borsa 150 kishi sig‗gan. ―Bu bildai foxirada avliyo va
taqvodorlar ko‗pdir. Kariyib 400 ta madrasasi, bir qancha qabristonlari va
qorixonalari mavjud‖
Dastlab XVIII asr boshida Buxoro Registonining g‗arb tomonida Ark (xon
o‗rdasi va qarorgohi) qarshisida Boloi - Hovuz masjidi (1712 y) qurilgan.
Aytib o‗tilgan Boloi - Hovuz masjididan tashqari XVIII asrda Buxoroda yana
Domla Tursunjon madrasasi (1796-1797), Xalifa Xudoydod inshooti majmuasi
1
Холиқова Р. Россия-Бухоро: тарих чорраҳасида. Тошкент, Ўқитувчи. 2005 й, Б. 49-69.
166
(1777 yil) bir vaqtda qurilishi boshlangan ikkita Rahmonqul va Elnazar elchi
madrasalari ham shu (1794-1795) davrga mansub.
XVIII asrda Buxorodan 30 km masofada so‗fiy ayollari xonaqosi Qiz-bibi
me‘moriy majmuasi qurilgan.
Buxorodagi qadimiy tarixga ega bo‗lgan yana bir ko‗rkam inshoot bu
Sitorai Mohihossadir. Sitorai Mohihossa saroyi
shaharning shimoliy qismida qurilgan bo‗lib,
uning eski qismi Amir Nasrullo va Amir Muzaffar
davrida bunyod etilgan. Sitorai Mohihossa
saroyining yangi binolari Amir Abdulahatxon
davrida qurilgan. Saroyning qadimgi binosini usta
Xo‗ja Hofiz, usta Nasrullaboy, usta Ostanaqul va
boshqa xalq ustalari qurgan. Bu binoning
bezashda xalq ustalari o‗yma ganchkorlikda va
devorlarga sur‘at solishda ajoyib mahorat
namunalarini
ko‗rsatganlar. Ganchga zargarlikka xos nozik
san‘atkorlik bilan ishlangan naqshlar va shu
naqshlarning ko‗rinishiga mos qilib juda ustalik bilan oralariga o‗rnatilgan katta-katta
oynalar binoga qandaydir salobat bag‗ishlaydi.
Sitorai Mohihossani yangi binolarini qurilishini Mirzo Ustamehdin, injenerlik
ishlarini Margulis olib borgan. Sitorai Mohihossani arxitektura ko‗rinishi badiiy
bezaklarini
amalga
oshirishda
xalq
ustalarining mehnatiga tan bermay iloji yo‗q.
Saroy binosining qurilishiga dastlab usta
Abdurahim Hayotov, keyinchalik usta Shirin
Murodov jalb qilingan. ―Oq saroy‖ usta
Shirin Murodov ijodining namunasidir. U
bilan birga ganchkorlardan usta Xo‗jaqul,
usta Xo‗jaqurbon faoliyat olib borgan.
Yog‗och o‗ymakorligi ishini saroyda Qora
Chubin, Abdug‗afur amalga oshirgan. ―Oq
saroy‖ va ayvon 1912-1914 yillar oralig‗ida
qurib bitirilgan.
Sitorai Mohihossaning yangi qurilgan
binosiga rus podshosi amaldorlarini qabul
qilishgan bo‗lsa eski binosida mahalliy boylar va tadbirkorlarni qabul qilingan. 1807
yilda Buxoroda shaharning Mozoriston darvozasi qismida, badavlat turkman Xalif
Niyozqul mablag‗iga noodatiy bo‗lgan Xalif Niyozqul madrasasi qurilgan. Mazkur
madrasa «Chor Minor» (To‗rt minora) nomi bilan ham mashhur. Madrasa o‗z ichiga
ikki tomonlama bir qavatli xujralardan iborat hovli, ustunli ayvoni bo‗lgan, yozgi
masjid toshlar bilan sayqallangan hovuzni o‗z ichiga qamrab olgan. Madrasa
o‗ziga xos betakror kirish qismi- to‗rt ravoqli gumbaz burchaklaridan moviy
gumbazchalari bo‗lgan to‗rt minora qad ko‗targan bo‗lib, ularning har biri o‗ziga
xos naqshlar bilan ziynatlangan bo‗lib bu alohida qiyofa aks etadi.
167
Uch minora yordamchi xonalar vazifasini o‗tagan. To‗rtinchi minorada ikkinchi
qavatga, ya‘ni kutubxonaga olib chiquvchi zina qurilgan. E‘tiborlisi shuki, Chor-
Minor madrasasining har bir to‗rt minorasi turlicha shakl o‗zgacha bezagi bilan
ajralib turadi. Mahalliy aholining inoyat qilishlaricha , agar diqqat-e‘tibor bilan
kuzatilsa, har bir minoraning ziynatida hoch, yarim oy, buddaviy g‗ildirak ramzlarini
uchratish mumkin. Ustalar har bir minorada to‗rt asosiy dinni bittadan tasvirlashga
intilganlar deb hisoblashadi.
Hovlida bir talay daraxtlar orasida asosiy kirish
qismining o‗qidan chetroqda
katta suv havzasi toshlar bilan terilgan zinasimon hovuz joylashgan».
Buxoro me‘morchilik maktabi arxitektura o‗ymakorlik, ganchga va yog‗ochga
naqsh ishlashning o‗ziga xos yaxlit bir uslubini ilgari surdi.
Xalq ustalari bir sur‘atda bo‗rttirma naqshlarni bir-biridan ajratish usulini
o‗zgartirish yo‗li bilanoq, bu sur‘atga tamomila boshqa tus berdilar. Ularning ijodida
asrlardan buyon ishlanib, mukammallashib kelayotgan o‗ymakorlik turlaridan –
pardoz hammadan ham izchillik bilan aks ettirilgan. O‗ymakorlik turlarini xillarga
bo‗lishda fonning xarakteri, relefning ko‗ndalang kesimi, zinadorligi va ko‗p xilligi
asos qilib olinadi.
Shaharning o‗rtasida Afrosiyob qurdirgan bir
qal‘a bor. Hozir uni Arki Oliy deydilar. Buxoroning
eng taniqli arxitektura bo‗lgan qarorgoh (Ark) - ulkan
fortifikatsion er inshooti hisoblanadi. U 16-20 metr
baland qilib uyulgan tepa ustida joylashgan.
Qarorgohda: hokimlar saroyi, saroy mahkama
arboblari va lashkarboshilar saroyi hunarmandlar
ustaxonalari, xazina, qurol-aslaha xona, qarindosh-
urug‗lar va saroy ayonlari xonalari, kiyim-kechak,
gilamlar, qurol-yarog‗, saroy boyliklari xonalari
joylashgan.
Registon maydoni uzra qad ko‗targan Buxoro Arki, hukmronlikning
dahlsizligi va ulug‗vorligining ramzi hisoblanadi. Buxoro Arki tarhda to‗g‗ri
konfiguratsiyaga ega bo‗lgan, maxsus balandlikka joylashgan, alohida
mustahkamlangan inshootdir, maydoni tahminan 4,2 gektarni tashkil etadi. U: biri
Shahristonga, boshqasi robodga olib chiquvchi ikki darvozaga ega bo‗lgan.Arablar
istilosiga qadar Arkda shahar hokimlari-buxorxudotlar yashadi. Somoniylar davrida
(IX-X asrlar) Ark qaytadan qurildi, hamda devor va mezanalar bilan
mustahkamlandi. (Shimoliy-g‗arbiy tomondagi mezananing o‗rni hozirgacha
saqlangan). Qoraxoniylar sulolasi davrida (XII asr) va mo‗g‗ullar bosqinchiligi
vaqtida (XIII asr) Ark bir necha marta vayron qilindi. Ark XVI asrda Shayboniylar
sulolasi davrida hozirgi qiyofasiga kirdi.
Arkning aksariyat ko‗p binolari mang‗itlar sulolasi hukmronligi davrida
qurilgan. Qarorgohning tantanavor kirish qismi ikki minora bilan qurshab olingan.
Minoraning yuqori qismida yaxshi saqlanib qolgan xonalar va shahar qorovuli uchun
terassalar galareyalar bilan bog‗langan. Asosiy darvozaga pandus (qiya yo‗lak)
orqali ko‗tarilgan, qaysiki usti yopiq uzun dahliz orqali jome‘ masjidiga olib borgan.
168
Dahliz yoni bo‗ylab , suv (obxona), qo‗m (regxona) va mahbuslar uchun kameralar
(qamoqxona-zindon) joylashtirilgan.
G‗arb tomonda: podsho taxti «ko‗rinish-xona» (XVII asrda qurilgan), juma
masjidi (XVIII asr), amirning bosh vaziri, «qushbegiy-bolo» (XIX-XX asr), qutlov
hovlisi «salomxona» (XIX-XX asr) va otxona, «sais –hoj» (XIX-XX asr) joylashgan.
Janubiy qismda: Xonaqo masjidi (XIX asr) va amir hammomining qoldiqlari
(XIX asr) saqlanib qolgan.
Shimoliy qismda–Battol – G‗ozi xonaqasi (XVIII asr) va «Childuxtaron» (40
qiz) masjidi; mazkur masjid amir Nasrullo farmoniga binoan qatl etilgan qirq qiz
xotirasiga (XVIII asrda) qurilgan.
Bugungi kunga kelib, o‗tmish me‘morlari yaratgan va barchani hayratga solib
kelayotgan yodgorliklar bilan tanishish, ularga aloqador tarixiy manbalarni qunt bilan
o‗rganish kun tartibidagi muhim masalalardan biridir. Zero, madaniy merosni chuqur
egallash, undagi ijobiy jihatlarni uzviy rivojlantirish kelajak avlod ma‘naviy takomili
uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |