O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Ashtarxoniylar davri.
Eron safaviylaridan shoh Abbos qoldan boy berilgan 
hududlar Sabzavor,Mashhad, va Hirotni, so‘ngra Balhni egalladi.Qozoq honlari 
Toshkentni egallagan bo‗lsa, Xorazm xonlari mustaqil bolib oldilar.Buhoroning 
hukmron doiralari asli Astrahanlik Buhoroda istiqomat qilayotgan Abdullahonning 
kuyovi Jonibek sultonni taklif qildilar. Jonibek sulton oz o‘gli Dinmuhammad 
foydasiga tahtdan voz kechdi.Tahtga vorislardan Jonibek sultonning kichik o‘glini 
Balh viloyatiga hukumdor etib tayinlashdi.Shu tariqa Movaraunnahr yangi sulola 
1601 yildan oz hukmronligini boshladi.


156 
Ilk davrda pul muomalasidagi tangalar Jonibek Sulton nomidan zarb etilgan 
bo‗lsada, amalda xokimiyatni Boqimuhammad boshqardi. U mamlakatdagi 
tarqoqlikka barham berishga harakat qilib, 
avvalo Xorazmni mamlakatga qo‗shib oldi. 
1602-yilda 
Balxni 
qo‗lga 
kiritib, 
Boqimuhammadxon 
uni 
ukasi 
Valimuhammadga hadya qilib, Andxud, 
Shibirg‗on, Maymana, Bag‗lon, Badaxshon 
va Xisorni ham Buxoroga bo‗ysundirdi. 
Boqimuhammadxon 
mamlakat 
ichki 
ishlariga ham alohida e‘tibor qaratib, davlat 
boshqaruvini tartibga solishga harakat qildi. 
1605 yilda Boqimuhammadxon vafot etgach, 
taxtga 
uning 
ukasi, 
Balx 
hokimi 
Valimuhammad (1605-1611yy.) o‗tiradi. 
Ayrim ashtarhoniy hukmdorlari Imimqulihon(1611-1642),Abdulazizhon(1645-1680), 
Ubaydullaxon 
(1702-1711)xukmronliklari 
davrida 
markaziy 
hokimiyatni 
kuchaytirishga harchand harakat qilmasin,bu harakat deyarli ijobiy natija bermadi. 
XVIII asr boshlarida Fargona alohida ajralib chiqib minglar sulolasi alohida xonlikni 
yuzaga keltirdi. 
Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi ikki bosqichli bolib –markaziy va 
mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi. 
Markaziy boshqaruv xon saroyi amaldorlari qo‘lida bolib, ―otaliq ― mansabiga 
ega shaxs katta mavqeyga ega bo‘lgan. Bu davrda saroy amaldorlari shayboniylar 
davridagidek amallarga ega bo‘lishgan.Otaliqdan tashqari devonbegi, parvonachi, 
mushrif, xazinachi va boshqa saroy amaldorlari davlat boshqaruvida katta axamiyatga 
ega edilar. 
Ashtarxoniylar davrida harbiy va mamuriy amaldorlar katta huquqlarga ega 
edilar .Ular bilan bir qatorda yirik din peshvolari ho‘jalar va diniy mansab egalari –
Shayxulislom, qozikalon, sadr va boshqalarning ahamiyati ham katta bo‘lgan. 
Honlikning asosiy boyligi er bolib , er egaligining quyidagi turlari amalda 
bolgan: 
1.‖Mulkiy sultoniy,mamlok yerlar‖-bu yerlardan olinadigan daromad hon va 
uning honadoniga tegishli edi 
2.Xususiy yerlar- mamyriy erlar va diniy amaldorlarga tegishli bo‘lgan va 
suyurgol,iqto,tanho shaklidagi xususiy yerlar. 
3.Vaqf yerlar – diniy tashkilotlarga tegishli yerlar. 
Ashtarhoniylar davrida sugoriladigan yerlarda asosan bug‘doy, arpa, jo‘hori, 
loviy, mosh shuningdek sabzavot va poliz ekinlari hamda pahta ekib dehqonchilik 
qilingan. 
Xonlikga hos bo‘lgan hiroj,zakot,ihrojot,boj kabi soliqlarni undirishdan 
tashqari qishloq va shahar aholisi kanallar qazish,ariqlarni tozalash, qurilish ishlariga 
ham majburan jalb etilardi.Mazkur jarayolarda ishtirok etmagan aholidan esa 
tadbirlarda sarflangan harajatlar turli yo‘llar bilan undirib olinardi. Fuqoroligi 
bo‘lmagan savdogarldan boj soligi olingan. 


157 
O‗zbekiston tarixidagi Ashtarxoniylar davri (1601-1756) boshboshdoqlik, 
o‗zaro kurashlar, mahalliy hokimlarning markazga bo‗ysunmasligi davri 
bo‗lib,aynigsa tinimsiz urushlar xalqni ahvolini ogirlashtirdi .1708 yil Buhoroda 
Ubaydyllohonning pul islohatidan norozi bolib halq chiqish qildi. Bunga sabab yangi 
chiqarilgan pulga savdogarlar ,novvoylar o‘z mahsulotlarini sotmay qoydilar.Bundan 
nochor aholi qattiq aziyat chekdi. Minglab odamlar hon saroyiga borib toshlar otib 
o‘z noroziliklarini bildirdilar. Hon savdogarlarga do‘konlarini ochishga novvoylarni 
o‘z faoliyatlarini tohtatmaslikga farmon berdi , bu farmonga bo‘ysunmaganlar o‘lim 
jazosi kutishi aytildi. Bu chiqishlardan honning o‘zi ham hulosa chiqarib, pul 
islohotini bir muncha o‘zgartirdi. Hukmdorlarning halqga ko‘rsatgan zilmiga qarshi
1712 yilda Samarqandda, asr XVIII ning 20-40 yillarida Buhoro honligining 
Karmina,Miyonqol, Shahrisabzda ham norozilik kayfiyatdagi chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Tashqi aloqalar asosan qo‗shni hududlar bilan cheklanib qolib, mamlakat jahon 
texnikaviy taraqqiyotida ro‗y berayotgan ko‗pgina yangiliklardan chetda qoldi. 
Shunga qaramasdan madaniy xayotning ba‘zi sohalarida (me‘morchilik, tarixnavislik, 
adabiy muhit, islom huquqi) taraqqiyot jarayonlari kuzatiladi 
So‗nggi ashtarxoniylardan bo‗lgan Abdulfayzxon hukmronligi davrida 
markaziy hokimiyat zaiflashganligidan foydalangan o‗zbek urug‗lari turli 
viloyatlarda hokimiyatga qarshi isyon va g‗alayonlar ko‗tarishib, o‗zlarini mustaqil 
deb e‘lon qila boshladilar. Ular orasida ashtarxoniylar saroyida katta nufuzga ega 
bo‗lgan, mang‗it urug‗i boshliqlardan biri Muhammad Hakimbiy otaliq (vafoti 
1743y) hamda uning o‗g‗li Muhammad Rahimbiyning harakatlari ayniqsa keskin edi. 
Ashtarhoniylar hukmdorlari; 1.Boqimuhammad-1601-1606 yy., 2.Valimuhammad-
1606-1611 yy. 3.Imomqulihon-1611-1642 yy., 4.Nodirmuhammad-1642-1645 
yy.,5.Abdulazizhon -1645-1681 yy.6.Subhoqulihon-1681-1701 yy.7.Ubaydullahon-
1702-1711 yy., 8.Abulfayzhon-1711-1747 yy.,9.Abdulmo‘min-1747-1748 yy. 
hukmronlik qilishdi. 
Buxoroda bo‗lib o‗tayotgan tartibsizliklardan foydalangan Eron shohi 
Nodirshoh 1745 yilda Muhammad Rahimbiy rahbarligida Buxoroga katta qo‗shin 
jo‗natdi. Muhammad Rahimbiy Buxoroda viziyatni yumshatish borasida katta 
ishlarni amalga oshirdi. Miyonqol va Shahrisabzdagi qo‗zg‗olonlar bostirildi. 
Muhammad Rahimbiy davlat apparati tizimi ishlari va hukumat amaldorlarini 
almashtirish ishlariga jiddiy kirishdi

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish