O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

VIII BOB. O‗RTA OSIYO HUDUDLARINING XONLIKLARGA BO‗LINIB 
KETISHI, UNING SABABLARI VA OQIBATLARI 
 
Asosiy tushuncha va atamalar: 
«Boburnoma», Shayboniylar davlati, Buxoro xonligi, Ashtarxoniylar (Joniylar) 
sulolasi, mang‗itlar sulolasi, Buxoro amirligi, Miyonqal‘a qo‗zg‗oloni, xon, mansab 
va unvonlar, qo‗shbegi, shayx-ul islom, sudur,otaliq, mingboshi, dargoh, devon, 
diplomatik missiyalar, «Ablullanoma», «Tarixi mang‗itiya», Xiva xonligi, qo‗ng‗irot 
o‗zbeklari, qoraqalpoqlar, Bekovich—Cherkasskiy diplomatik missiyalari, ming 
urug‗i, Qo‗qon xonligi, mulk, Toshkent qo‗zg‗oloni, qipchoqlar hukmronligi, 
qipchoqlar qirg‗ini, «Muntaxab at-tavorix», «Tarix», «Tarixi Aziziy». 
 
 
VIII. 1. XV asr oxiri - XVI asrning boshlarida Movarunnahrdagi ijtimoiy-
siyosiy vaziyat. Shayboniylar, Ashtarxoniylar va mang‗itlar sulolasi 
hukmronligi davrida ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayot 
 
Shayboniylar davri. 
Feodal tarqoqlik va temuriy shahzodalar o‗rtasidagi toj-
taxt uchun o‗zaro kurashlar Temuriylar davlatini inqirozga olib keldi .Mamlakatdagi 
temuriy shahzodalar tomonidan boshqarilgan ko‘pgina hududlar xususan, Farg‗ona, 
Hisor, Samarqand bilan Buxoro, Toshkent, Xorazm o‗zlarini mustaqil hisoblab bir 
birlari bilan chiqishmas,hech kimga bo‘ysunmas edilar. Bu noittifoqlik albatta 
Shayboniyhonga qo‘l keldi. 
Dashti Qipchoqda Abulhayrxon XV asrning 20 
yillarida u yerdagi ko‘plab qabilalarni birlashtirib o‘z 
davlatiga asos solgan edi.Dashti Qipchoqdagi bu davlat 40 
yil hukumronlik qilib so‘ngra tarqoqlikga yuz tutdi. 
XV
asrning 
80 
yillariga 
Abulhayrhonning 
nevarasi 
Shayboniyhon Muhammad Shohbaht dasht uruglarini 
birlashtirib 
o‘z 
davlatini 
mustahkamladi. 
Hali
Movaraunnahrni bosib olmasdan oldin 1487 -88 yillarda 
O‘tror,Sayram,Yassi,(Turkiston),Sig‘nog 
shaharlarini 
oldi.1499 yil Movaraunnahr hududiga yurish boshlab 
Buhoro va Samarqandni egalladi.Temuriy shahzodalardan Bobur Afg‘onistonga 
chiqib ketdi.1500 yil Shayboniyhon Samarqandni jangsiz egalladi. Shayboniyhon 
qo‘shinlari shaharni ayovsiz taladilar. Bundan halq norozi bo‘ldi. Boburmirzo
Samarqand tahtini egallash uchun o‘z harakatlarini boshlab yubordi ,ammo uni halq 
qo‘llamadi Shayboniyhon bilan bo‘lgan jangda engildi,natijada Bobur Samarqandni 
tashlab Afg‘onistonga chiqib ketdi.Shayboniyhon qisqa muddatda 1503 yil 
Toshkent,1504 yil Hisor ,1505 Urganch,1507 yil Hirotni egalladi.Hurosonni 


150 
egallagan Shayboniyhon Sirdaryda markaziy Afg‘onistongacha bo‘lgan hududni 
hukmdoriga aylandi.Temuriy shahzodalar o‘rtasidagi noittifoqlik tufayli imperiya 
siyosiy tarqoqlikga yuz tutgan bo‘lsa, Shayboniyhon bu tarqoqlikga barham berib, 
mamlakat birligini taminladi.Shayboniyhon keyngi harakatlari janubga tomon 
yo‘naltirildi.Marv ostonalarida Eron shohi Ismoil Safaviy bilan1510 yilda qattiq jang 
bo‘ldi. Bu jangda. Shayboniyhon qoshinlari engildi, uning o‘zi esa halok bo‘ldi. 
Bundan ruhlangan Bobur eronliklardan yordam olib, Samarqandga yurish qildi.Bobur 
1511 yil Hisor, Ko‘lob, Qunduz, Badahshon va Samarqandni egalladi.Eroniy qo‘shin 
bilan kirib kelgan Boburni halq qo‘llab –quvvatlamadi aksincha shayboniyzodalardan 
Ubaydullo sultonga hat yozib, Movaraunnahrga kelishini iltimos qilishdi.Ubaydulla 
sulton va Bobur qo‘shinlari o‘rtasida qattiq jang bo‘ldi ,jangda Bobur qo‘shinlari 
engildi.Shundan so‘ng Bobur Movaraunnahrni tark etib, oldin Afg‘onistonga so‘ngra 
Hindistonga borib u erda Boburiylar imperiyasiga asos soldi. 
Shu tariqa XVI asrning boshlarida Movaraunnahrda Temuriylar saltanatiga 
barham berilib Shayboniylar hukmronligi o‘rnatildi. 
Muhammad Shayboniyxonning vafotidan so‗ng davlatdagi markaziy hokimiyat
anchagina zaiflashdi. Beklar (amirlar) va sultonlarning ko‗pchiligi Shayboniyxondan 
keyingi bir nechta xonlarga nomigagina bo‗ysundilar. Shayboniyxondan so‗ng uning 
jiyani Sulton Mahmudning o‗g‗li Kuchkunchixon (1510-1530 yy.) taxtga o‗tirdi. 
Aynan Kuchkunchixon davrida sultonlarning mustaqilligi kuchaya borib, ular orasida 
Buxoro mulki hukmdori Ubaydulla Sultonning obruyi ancha baland edi. 
Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi hukmronligi davri o‗zbek davlatchiligi 
tarixidagi eng muhim davrlardan biri hisoblanadi. Biz ushbu davrda davlat 
boshqaruvida Movarounnahrda asrlar davomida shakllangan davlatchilik tizimidagi 
ko‗pgina o‗ziga xosliklarni, xususan, Amir Temur va temuriylar davlati boshqaruv 
tartiblarining bir qadar saqlanib qolganligini ko‗ramiz. Shu bilan birga XVI asr 
boshlarida Movarounnaxr va Xurosonni egallagan dasht o‗zbeklari - ko‗chmanchi 
o‗zbeklarga xos bo‗lgan ko‗pgina yangi boshqaruv tartiblarini, davlatchilik 
an‘analarini ham kirib kelganligini ko‗ramiz. Dasht o‗zbeklariga xos bo‗lgan va 
asosan urug‗-qabila aslzodalari keng ishtirok etadigan bu an‘analar va boshqaruv 
tartiblarini
1
Shayboniylar Buxoro xonligini boshqarish davomida Movarounnahrda 
mavjud bo‗lgan yuksak davlatchilik tizimiga o‗z an‘analari va boshqaruv tartiblarini 
singdirib yuborib, o‗ziga xos bo‗lgan davlat boshqaruv tartiblarini joriy etishga 
harakat qiladilar. 
Shayboniylar davrida Davlat boshqaruv tizimi ikki bosqichli - markaziy va 
mahalliy boshqaruv tizimidan iborat bo‗lgan. Markaziy davlat boshqaruvi xon, saroy 
amaldorlari, o‗zbek sultonlari va e‘tiborli din peshvolaridan iborat bo‗lgan. Mahalliy 
boshqaruv esa viloyatlar hokimlari va unga bo‗ysunuvchi amaldorlardan iborat 
bo‗lgan. 
Buxoro xonligida oliy hokimiyat cheklanmagan huquqlarga ega bo‗lgan davlat 
boshlig‗i - xon tomonidan boshqarilardi. Davlat xonning va uning avlodini mulki 
hisoblanib, boshqaruv usullari mohiyatiga ko‗ra o‗rta asr musulmon davlatlaridan 
deyarli farq qilmagan. Davlat boshlig‗i ya‘ni xon bo‗lishga odatda hukmdor 
1
Аҳмедов Б. Ўзбек улуси.Т., 1992. 57-88 –бетлар. 


151 
sulolaning eng yoshi ulug‗i haqli edi. Bu odatni biz XVI asrda dasht o‗zbeklari 
davlatida xam kuzatamiz
1
. Xon odatda e‘tiborli o‗zbek urug‗lari boshliqlari, islom 
dini peshvolari va o‗zbek sultonlari tomonidan saylangan. Shu tufayli ham xon ularni 
fikri bilan hisoblashishga majbur edi. 
Davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan barcha masalalarni hal etish va tegishli qarorlar 
qabul qilish uchun xon saroyida maxsus majlis - kengash o‗tkazilishi shart bo‗lib, bu 
holat Oliy hukmdorning huquqlari biroz cheklanganligini, uning faoliyati urug‗ 
boshliqlari, ruhoniylar, harbiy-ma‘muriy amaldorlar tomonidan nazorat qilinib 
turilganligini ko‗rsatadi. 
Shu tariqa Davlat boshlig‗i rasman xon bo‗lsada, amalda davlat boshqaruvida 
saroy amaldorlaridan va dindorlardan iborat Kengashning ahamiyati ham yuqori 
bo‗lganini ko‗ramiz. 
Tarixiy manbalarda aks etgan qadimiy odatga ko‗ra xonni taxtga ko‗tarishda 
bo‗lajak xonning yaqin qarindoshlari bo‗lgan o‗zbek sultonlari va mamlakatda katta 
ta‘sirga ega bo‗lgan o‗zbek urug‗lari boshliqlari hamda e‘tiborli din peshvolari 
ishtirok etganlar. Ular orasidan saylangan vakillar bo‗lajak xonni oq; kigizga o‗tkazib 
taxtga eltganlar. Bu marosim XVI asrning birinchi yarmida mamlakat poytaxti 
Samarqandda bo‗lib o‗tgan bo‗lsa, keyinchalik poytaxt maqomiga Buxoro shahri ega 
bo‗lgach, taxtga o‗tkazish Buxoroda bo‗lib o‗tadigan bo‗ldi. Odatda bu marosimda 
ishtirok etganlar keyinchalik saroydagi nufuzli amal va mansablarga ega bo‗lar edilar. 
Xonning taxtga kelishida yordam bergan qabila va urug‗ boshliqlari esa 
mamlakatdagi eng muhim viloyatlarga hokim etib tayinlanardi. 
Xon saroyidagi yirik mansabdorlardan iborat markaziy boshqaruv tizimi 
davlatning ichki va tashqi hayotiga bog‗liq barcha masalalarni xal etishga haqli 
bo‗lgan. Rivojlangan o‗rta asrlarda davlatchilik tizimida, xususan, Amir Temur va 
temuriylar davrida davlat boshqaruvida muhim rol o‗ynagan va doimiy asosda 
faoliyat ko‗rsatgan devonlar orqali boshqaruv tizimi Shayboniylar davrida asta-sekin 
iste‘moldan chiqa boshlaydi. 
Uning o‗rnini tarixiy manbalarda dargoh (oliy dargoh) deb atalgan davlat idorasi 
egallay boshlaydi. Bu idora xonlikdagi Oliy markaziy boshqaruvni amalga oshirgan 
va doimiy faoliyat ko‗rsatgan. Dargoh oliy hukmdor - xon tomonidan boshqarilgan
2

Lekin shunga qaramasdan Buxoro xonligida ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayoti bilan bog‗liq, masalalarni boshqarishda ayrim devonlar - devoni kalon, devoni 
tanobon va boshqalar faoliyat ko‗rsatgani ma‘lum.
Dasht o‗zbeklarida amalda bo‗lgan qadimiy odatga ko‗ra taxtga amaldagi 
xonning farzandlari emas, balki hukmron sulolaning eng yoshi ulug‗i da‘vogar 
(merosxo‗r) hisoblangan. Ushbu holatni biz Shayboniyxon o‗limidan so‗ng (1510) 
taxtga Ko‗chkinchixon, ya‘ni Shayboniyxonning amakisi o‗tkazilganligi misolida 
ko‗rishimiz mumkin. Lekin bu tartibga butun Shayboniylar sulolasi hukmronligi 
davrida qat‘iy amal qilingan deb bo‗lmaydi. Xususan, Shayboniy hukmdor 
Ubaydulloxonning o‗limidan so‗ng (1539 y.) Movarounnaxr taxtiga hukmron 
sulolaning eng yoshi ulug‗i, Toshkent hokimi Navro‗z Ahmadxon (Baroqxon) 
o‗tkazilishi kerak edi. Ammo Buxoro xonligida boshlangan o‗zaro siyosiy nizolar 
1
Аҳмедов Б. Ўзбек улуси.Т., 1992. 78 –бет. 
2
Зиѐев А. Ўзбек давлатчилиги тарихи.Т., 2000.243-бет. 


152 
oqibatida xonlik amalda mustaqil boshqariladigan bir nechta mayda qismlarga 
bo‗linib ketadi. Xususan, Buxoroda Ubaydullaxonning o‗g‗li Abdulazizxon, 
Samarqandda Ko‗chkinchixonning o‗g‗li Abdulatifxon Navro‗z Ahmadxonning 
azaliy huquqini tan olmasdan, mustaqillik e‘lon qilib, unga bo‗ysunishdan bosh 
tortadilar. Balx va Badaxshonni esa shayboniy hukmdor Pirmuxammadxon mustaqil 
boshqarar edi
1

Shu tariqa, biz bu erda taxtga merosxo‗rlik 
masalasida sulola manfaatlari emas, balki tor oilaviy 
manfaatlar ustunlik qilganligini ko‗ramiz. Keyinchalik, 
XVI asrning ikkinchi yarmida taxtga munosabat 
masalasida oilaviy an‘analar ustunligi to‗la namoyon 
bo‗ladi va bu holat odatiy holga, ya‘ni an‘anaga aylanadi. 
Bu odatning qaror topishida Shayboniylar sulolasi 
hukmdorlarining eng ulug‗i Abdullaxon ikkinchining 
faoliyati hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Xususan, 1557-1560 
yillarda Movarounnahrning markaziy viloyatlarida o‗z 
hukmronligini o‗rnatgandan so‗ng Abdullaxon o‗z otasi Iskandar sultonni 
Karmanadan Buxoroga olib kelib, uni butun o‗zbek urug‗larining hukmdori deb e‘lon 
qiladi. Keyinchalik otasi o‗limidan so‗ng (1583y.) Buxoro taxtiga Abdullaxonning 
o‗zi o‗tiradi.
Abdullaxondan so‗ng esa (1598y.) hokimiyat uning o‗g‗li Abdulmo‗minga 
o‗tadi. Shu tariqa biz XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida taxtga 
merosxo‗rlik masalasida oilaviy manfaatlarning sulola manfaatlaridan to‗la ustunlik 
qilganligini ko‗ramiz. 
Abdullaxon ikkinchi tomonidan joriy qilingan taxtga merosxo‗rlik tartibiga 
keyinchalik Ashtarxoniylar va mang‗itlar sulolasi hukmronligi davrida ham qat‘iy 
amal qilingan. 
Shayboniylar davrida Buxoro xonligida Markaziy boshqaruv davlatdagi ichki va 
tashqi hayotga bog‗liq barcha masalalarni hal qiladigan oliy dargohda jamlangan edi.
Dargohda xondan keyingi muhim amaldorlarni asosan uch toifaga bo‗lish 
mumkin: 
1) Harbiy-ma‘muriy amaldorlar 
2) Harbiy amaldorlar 
3) Diniy mansab egalari. 
Markaziy davlat boshqaruvida bu saroy amaldorlarining mavqei juda yuqori edi. 
Davlatda xondan keyingi o‗rinda turuvchi yirik saroy amaldori - Naqib bo‗lgan. U 
xonning eng yaqin va ishonchli kishisi bo‗lib, davlatning ichki va tashqi siyosati 
hamda harbiy masalalarda xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan
2
. Shu bilan 
birga Naqib mansabiga ega bo‗lgan kishi XVI- XVII asrlarda «qozi askar», ya‘ni 
harbiy sudyalar boshlig‗i bo‗lganligi bizga tarixiy manbalardan ma‘lum. Shu tariqa 
naqib ham harbiy-ma‘muriy, ham diniy vakolatga ega bo‗lgan. Ammo diniy mavqei 
jihatidan Shayx-ul islom va qozi ul-Quzzotdan keyingi o‗rinda turgan. 
1
Аҳмедов Б. Бухоро хонлиги. Тарихдан сабоқлар... 406-бет. 
2
Азамат Зиѐ.Ўзбек давлатчилиги тарихи... 243-бетлар. 


153 
Naqib mansabiga faqatgina payg‗ambar avlodlari hisoblanmish sayidlar va 
xo‗jalar tayinlangan. 
Davlat boshqaruvida Ko‗kaldosh mansabi ham muhim o‗rin tutardi. Bu mansab 
egasi xonning eng yaqin kishisi bo‗lib, davlatda mahfiy ma‘lumotlarni yig‗ish uning 
zimmasida bo‗lgan. 
Shuningdek, Davlat boshqaruvida «otaliq» mansabiga ega bo‗lgan shaxs ham 
alohida ahamiyatga molik bo‗lgan. Otaliqlarning asosiy vazifasi viloyatlarga 
hukmronlik qiluvchi voyaga etmagan o‗zbek sultonlari sulola davomchilariga 
viloyatlarni boshqarish, oliy dargoh, bilan munosabatlarni tartibga solishdan iborat 
bo‗lgan. Odatda merosxo‗r shahzodaga otaliq qilgan shaxs bu merosxo‗r taxtga 
o‗tirgandan so‗ng davlatda eng yuqori mavqega ega bo‗lar edi. 
Oliy saroy amaldori ichida otaliqdan keyingi o‗rinda Oliy devonbegi turgan. U 
mamlakatdan xiroj solig‗i yig‗ilishiga mas‘ul amaldor bo‗lgan. Oliy devon (Devoni 
kalon) va devoni tanobondon tomonidan kelgan hisob-kitoblar asosida u olingan pul 
so‗mmasini mextarchi davlat xazinasiga, don mahsulotlarini esa amlakdorlarga 
saqlash uchun topshirib turgan. 
Markaziy davlat boshqaruvida vaziri a‘zam, vazir, devonbegi, mushrif, 
xazinachi, shig‗ovul, eshik og‗aboshi, parvonachi va boshqa amaldorlar ham muhim 
ahamiyatga ega bo‗lgan. 
Buxoro xonligida saroy amaldorlari ichida Ahli qalam toifasiga mansub kishilar 
ham bo‗lganligini aytib o‗tish kerak. Ularga xon hokimiyatinng barcha kirim- 
chiqimlarini hisob-kitob qilib boruvchi va bu ma‘lumotlarni, sir saqlanishiga mas‘ul 
amaldor devonbegi (Devoni kalon), mushrif, daftardor, munshi (xonning shaxsiy 
kotibi) va boshqa turli amaldorlarni ko‗rsatish mumkin. Ular ichida faqat 
devonbegigina otda Arkka kirish huquqiga ega bo‗lgan. 
Xon saroyidagi tartib-intizom, keldi-ketdilarni nazorat qilish kabi yumushlarni 
eshik og‗aboshi boshchiligidagi xizmatkorlar bajarganlar. Harbiy harakatlar paytida 
bu xizmat vakillari zimmasiga xonning muhim harbiy topshiriqlarini bajarish ham 
topshirilgan
1

Buxoro xonligidagi saroy amaldorlari ichida yasovul ham o‗z o‗rniga ega 
bo‗lgan. Hofiz Tanish Buxoriyning bergan ma‘lumotiga qaraganda, Yasovul kichik 
saroy xizmatchilari toifasiga kirib, Yaso va Yusunning bajarilishini kuzatib borgan. 
Yasovullar, shuningdek, xonning shaxsiy qo‗riqchisi va xizmatchisi ham 
hisoblanganlar
2

Shu tariqa Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro xonligida bir 
qancha toifalarga bo‗linadigan saroy amaldorlari, mansab va unvonlar mavjud bo‗lib, 
ular egalari o‗zlarining asosiy vazifalaridan tashqari, ko‗pgina qo‗shimcha vazifalarni 
ham bajarib kelganlar. Bu qo‗shimcha vazifalar ko‗p hollarda harbiy faoliyat bilan 
bog‗ liq bo‗lib, bu Buxoro xonligidagi harbiy-siyosiy vaziyatga mos ravishda 
shakllangan. Xususan, Miroxur (xonga tegishli ot-ulovlarga mas‘ul amaldor), 
Shig‗ovul (xorijlik elchilarni qabul qilish marosimidagi etakchi amaldor) va hatto 
Bakovulboshi, dasturxonchi kabi amaldorlar ham o‗z vazifalariga nisbatan 
1
Зиѐев А. Ўзбек давлатчилиги тариx. 245-бет. 
2
Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома..., 1 жилд.331, 358-бетлар. 


154 
qo‗shimcha ravishda harbiy yumushlarni ham bajarganlar
1
. Masalan, saroy oshpazlari 
boshlig‗i bo‗lgan, ya‘ni xon uchun tayyorlanadigan oziq-ovqatlarga javobgar amaldor 
bakovulboshi harbiy yurishlarda qo‗shinni oziq-ovqat bilan ta‘minlashga mas‘ul 
bo‗lgan. 
Shayboniylar hukmronligi davrida, Buxoro xonligida ma‘lum bir devonlar 
faoliyat ko‗rsatganligi manbalarda aks etgan. Xususan, XVI-XVIII asrlarda Devoni 
kalon, Devoni tanobon, 
Devoni tub hayot
, Devoni garoxur kabi devonlar mavjud 
bo‗lgan bo‗lib, ularning faoliyati asosan davlat boshqaruviga emas, balki davlat va 
xon dargohi miqyosida daromad va harajatlarni qayd etib borish bilan cheklangan. 
Xon saroyida hukmdor sulola a‘zolariga tegishli mol-mulk, er-suvlarni 
boshqaruvchi va nazorat qiluvchi devon-devoni xossa ham bo‗lganligi ma‘lum
2

Movarounnahr va Xurosonni egallagan Shayboniyxon o‗lkalarni o‗z yaqin 
qarindoshlariga, o‗zbek sultonlariga suyurg‗ol sifatida taqsimlab bergan. Shu tariqa 
o‗zbek sultonlari harbiy-ma‘muriy amaldorlarga ham aylangan va o‗zlariga tegishli 
butun viloyatlarga yakka hokim xisoblanganlar. 
Buxoro xonligi ma‘muriy jihatdan viloyatlarga bo‗lingan bo‗lib, viloyatlar o‗z 
navbatida tumanlarga, hazoralarga, mavzelarga bo‗lingan. Qishloq oqsoqollari 
tomonidan boshqariladigan qishloq jamoasi mahalliy boshqaruv tizimining eng
bo‗g‗ini hisoblangan. 
Viloyatlar xon tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan boshqarilgan. 
Viloyat hokimi o‗z qo‗shini va turli harbiy-ma‘muriy va diniy amaldorlardan iborat 
o‗z boshqaruv tizimiga zga bo‗lgan. 
Poytaxt shahar va unga tegishli tumanlar xon tomonidan boshqarilgan, Viloyat 
hokimligiga odatda xonning yaqin va ishonchli kishilari, qarindoshlari yirik o‗zbek 
urug‗lari boshliqlari, harbiy yurishlarda o‗zini ko‗rsatgan o‗zbek sultonlari munosib 
ko‗rilgan. 
Yer egaligi munosabatlari. Barcha turkiy xalqlarda bo‗lgani kabi shayboniylar 
davlatida ham hokimiyat masalasi, qo‗shinlarning tuzilishi masalalarida 
odat
huquqlari nisbatan ustunroq bo‗lgan. Ushbu davlat tashkil topgan dastlabki davrda 
unda asosan Abulxayrxon davlatining tuzilishi hamda an‘analari saqlanib qolindi. 
Undan tashqari er-mulk masalasida temuriylar davlatida shakllangan xizmat evaziga 
er-mulk in‘om qilish shakllaridan shayboniylar davlatida ham qo‗llanilgan. 
Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‗ra, bu davrda Buxoro xonligida yer huquqi 
masalalarida: davlatga qarashli erlar, ushr erlari, xurri xoris yerlar, vaqf erlari, xon va 
amaldorlarga tegishli yerlar, ko‗chmanchi qabila va urug‗larga tegishli yerlar, 
suyurg‗ol yerlari, tanho yerlar hamda tarxonlik yerlari mavjud bo‗lgan. 
Movaraunnahrda shayboniylar davrida ham madaniy an‘analar rivojlandi. 
Adabiyotning turli janrlarida Muhammas Solih, Hoja Afsodiy, Vosifiy, Majlisiy, 
Ubaydiy, Baqoiy, Shaydo, Oshiq, Aziziy, Nisoriy, Mushfiqiy, Nahliy, Mutrifiy 
kabilar barakali ijod qildilar. (Eshov,494 bet) Shuningdek memorchilik va shaharlar 
taraqqiyotida yuksalish davri boldi.Mamlakatning Buhoro, Samarqand, Toshkent, 
Qarshi, Karmana, Turkiston, Marv, Hirot, Balh, Hiva kabi ko‘plab shaharlarida
madrasa, masjitlar, minoralar, timlar, hammomlar, karvonsaroylar sardoba va 
1
Уша жойда 245-бет. 
2
Зиѐев А. Ўзбек давлатчилиги тариx. 247-бет. 


155 
ko‘priklar qurildi. Abdullahon 2 hukmronligi (1583-1598) davrida mamlakat iqtisodi 
barqarorlashdi, qishloq hojaligi, hunarmandchilik, tashqi va ichki savdo rivojlanishi 
uchun shart-sharoyit yaratib berildi. Butun mamlakat hududida ko‘plab 
karvonsaroylar va sardobalarning qurilishi bevosita unung nomi bilan bog‘liq.Tarihiy 
hujjatlarning birida Abdullahon 2 hukmronligi davrida 400 ta sardoba qurilganligi 
aytib o‘tiladi. .Sardobalarni hon tohtaydigan joylarda, rabotlarni esa tunash imkoni 
bolgan joylarda qurdirgan. Rabotlar qurilish huddi masjid qurish singari juda savobli 
ish hisoblangan. Buhoro amirligi hududida kopchilik karvonsaroy va sardobalar 
uning nomi bilan atalgan. Qarshidan Darbandga boradigan yolda ikkita rabot- 
Oqrabot qishlog‘i va Darbanda Abdullahon karvonsaroyi mavjud. Shuningdek 
Chorshanba bekati yonida ham Abdullahon nomi bilan ataluvchi karvonsaroy va 
sardoba mavjud.Sardobalar qurilishi rabotlar qurilishi bilan uzviy boglangandir. 
"Abdullanoma― asarining muallifi Hofiz Tanish Al-Buhoriy oz asarida Qorovulbozor 
hududida rabot qurilganini Abdullahon davrining taniqli kishilaridan biri Qulbobo 
Ko‘kaltosh nomi bilan bog‘lab ko‘rsatadi. Savdo yo‘llari O‘rta Osiyo shaharlarini 
Afgoniston, Hindiston va Eron markazi bilan ,shimolda Sirdaryo qirg‘og‘idagi 
shaharlar, qozoq cho‘llari eng chekka joylari bilan o‘zaro bog‘lab turar edi. 
Abdullahon hukumronligi davrida savdo aloqalari Rossiya bilan qizgin rivojlandi, 
bunda pahtadan tayorlangan matolar asosiy rol o‘ynagan. Odatda,feodal er egalariga 
qarashli bo‘lgan savdo karvonlari bir necha yuz tuyalardan iborat bo‘lgan. Samarqand 
va Buhoroga fors,arab,turklardan iborat ko‘plav chet ellik savdogarlar tijoratga kelib 
turishgan.Hulosa qilib aytganda qit‘alararo savdo aloqalarida dengiz yoli 
ochilganidan keyin ham, o‘rta asr Movaraunnahri ushbu yonalishda oz mavqeini 
saqlab qoldi. 
Hulosa qilib aytganda o‘zbek davlatchiligi tarihida shayboniylar davri o‘zaro 
urushlar bolishiga qaramasdan ijtimoiy-iqtisodiy, siyisiy va madaniy hayotda ijobiy 
o‘zgarishlar davri bo‘ldi deyish mumkin.Shoyboniy hukmdorlari; Muhammad 
Shohbaht Shayboniyhon 1500-1510 yy

Ko‘chkunchihon – 1510-1530 yy.,Abu 
Saidhon-1530-1533 yy., Ubaydullohon-1533-1539 yy., Abdullahon 1-1539-1540 yy., 
Abdulazizhon (Buhoroda) -1540-1550 yy.,Abdullatifhon (Samarqandda) -1540-1551 
yy. Navroz Ahmadhon-Baroqhon (Toshkentda) -1551-1556 yy., Pirmuhammadhon-
1556-1561 yy., Iskandarhon-1561-1583 yy., Abdullahon 2 -1583-1598 
yy.,Abdulmominxon-1598-1599 yy., Pirmuhammadhon 2-1599-1601 yy. hukmronlik 
qildilar. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrini yorituvchi manbalar ―Tarihi 
guzidai nusratnoma‖,(muallifi noma‘lum),‖Shayboniynoma‖(Kamoliddin Binoiy),va 
―Mehmonnomayi Buhoro‖(Fayzulloh ibn Ruzbe‘hon),shuningdek Hofiz Tanish al-
Buhoriyning ―Abdullanoma‖ asarlari eng qimmatli manbalardir. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish