X.3. Sovet tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va uning oqibatlari. Sovet
tuzumi davrida O‗zbekistonning ma‘naviy-madaniy qaramligi. Sovet
davlatining qatag‗on siyosati va uning bosqichlari.
XX asrning 20-yillarida Sovet hokimiyati oldida Turkiston xalq xo‗jaligini
tiklash vazifasi ko‗ndalang bo‗lishi bilan birga sanoat bilan qishloq xo‗jaligi o‗rtasida
yangi iqtisodiy aloqalarni yo‗lga qo‗yish zarurati ham yuzaga kelgandi. Yangi siyosat
asosi (YAIS) - mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlar manfaatini oshirish,
uning erga egalik qilishini ta‘minlash, imtiyozli soliq olish va bozor iqtisodiyoti,
tovar-pul munosabatlariga o‗tishdan iborat edi.
Yangi iqtisodiy siyosatda agrar masala markaziy o‗rinni egalladi. YAIS
tarkibidagi er-suv islohotlari Turkiston Kommunistik partiyasi V s‘ezdi va Turkiston
sovetlarining IX qurultoyida (1920 y. sentyabr) ko‗rib chiqilgach, 1921 yil bahoridan
Ettisuv, Sirdaryo, Farg‗ona viloyatlarida boshlandi.
Yer-suv islohoti 1922 yil kuzida o‗z poyoniga etdi. Uni amalga oshirish
davomida joylarda, qishloq va ovullarning ersiz, kam erli mahalliy dehqonlarning
ozchilik qismini birlashtirgan, mahalliy xarakterga ega bo‗lgan ―Qo‗shchi‖
uyushmalari muhim ahamiyat kasb etdi. 1921 yil yoziga kelib o‗lka qishloq va
ovullarida 6 mingga yaqin shunday uyushmalar mavjud bo‗lib, ular 9 mingga yaqin
a‘zosiga ega edi. Ushbu uyushma qishloq va ovullarda sovet hokimiyatining tayanchi
bo‗lib, o‗ziga to‗q bo‗lgan dehqonlar mol-mulklarini aniqlashda, sovetlar siyosatidan
norozi bo‗lgan dehqonlar chiqishini bostirish va ularning oldini olishda ham
qatnashardi. Ularning harakatiqishloqni ―sotsialistik asosdan qayta qurish‖ga
qaratilgan edi.
1927 yildan kooperativlarni ―davlatlashtirish‖ siyosati boshlanib, uning
xo‗jalik hisobi asosidagi negizlari buzildi. Qishloq xo‗jaligini yuksaltirish masalalari
davlatga kelib taqaladigan bo‗ldi.
232
Turkistondagi siyosiy o‗zgarishlar milliy davlatchilik qurilishi masalasida turli
qarashlarni ham yuzaga keltirdi. Milliy muxolif kuchlar xalqning o‗z taqdirini o‗zi
belgilashi lozimligini afzal bildilar. Aholining aksariyati Qizil armiyaning quroli
yordamida zo‗rlik bilan olib kirilgan sovet xokimiyatini tan olmas, ular tashkil
etayotgan sovetlar va ularning ijroiya qo‗mitalari tub aholi orasida obro‗ga ega
emasdi. Markaz bunday vaziyatda o‗lkada o‗z ta‘sir doirasini saqlab qolishni ko‗zlar,
shu maqsadda Turkiston KP (1921 yil 11-20 avgust) VI qurultoyida milliy masalaga
e‘tibor qaratib, yuqori davlat-partiya organlarida milliy kadrlarni ko‗paytirish
masalasini qo‗ydi.
Markaz topshiriqlari bilan A.Rahimboboev, N.To‗raqulov, D.Ustaboev,
D.Manjara, I.Xidiraliev, A.Rahimboevlar Turkiston KP MQga saylandilar.
N.To‗raqulov va A.Rahimboevlar Turkiston byurosi a‘zosi bo‗ldilar. Lekin ularning
imkoniyatlar cheklangan edi.
1921 yil 31 dekabrda RKP(b) MQ Turkiston to‗g‗risidagi masalani qayta
ko‗rib chiqib, Turkkomissiya va Turkbyuroning yangi tarkibini tasdiqladi.
Yangilanayotgan bu tashkilotlar tarkibiga N.To‗raqulov, A.Raximboev, Q.S.Otaboev,
S.Xo‗janov, S.I.Gusev, YA.Z.Surits, I.G.Sols kirdilar. Turkkomissiya va Turkbyuro
raisi etib S.I.Gusev tayinlandi.
Bu komissiyalar Turkistonning to‗liq mustaqilligini hal eta olmasdi. RKP(b)ning
1924 yil 31 yanvardagi Tashkiliy byurosi Turkiston, Buxoro, Xorazm
respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi masalasini ko‗rib chiqib, YA.E.
Rudzutakka mazkur respublikalarning mas‘ul xodimlari bilan birgalikda bu g‗oyani
amalda qanday ruyobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilishni
topshirdi. Milliy chegaralanishni o‗tkazish masalasi TKP MQning 1924 yil 23-24
martda bo‗lib o‗tgan plenumida uzil-kesil hal qilindi. Plenumda milliy chegaralanish
zarurligi ta‘kidlandi. Turkiston Respublikasi doirasida uchta milliy respublika -
O‗zbekiston, Turkmaniston, Qozog‗iston respublikalarini tuzish mo‗ljallandi.
Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida tashkiliy va tashviqot ishlari olib
borilgandan so‗ng, 1924 yilning 11 oktyabrida RKP(b) Siyosiy byurosi O‗rta Osiyoni
qaytadan bo‗lib, chegaralash haqidagi qarorni qabul qildi. Milliy chegaralanish
natijalariga ko‗ra, O‗rta Osiyoda O‗zbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik
Respublikalari, O‗zSSR tarkibida bo‗lgan Tojikiston Avtonom respublikasi, RSFSR
tarkibida Qoraqirg‗iz (Qirg‗iziston) va Qoraqalpog‗iston Avtonom viloyatlari tashkil
topdi. Sobiq Turkiston ASSRning qozoq viloyatlari esa, Qirg‗iziston (Qozog‗iston)
ASSR tarkibiga kiritildi.
Shu tariqa, 1924 yilning kuzida milliy-hududiy chegaralanish hukumat qarorlari
bilan qonuniy tarzda rasmiylashtirildi.
1925 yilning 13 fevralida O‗zSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan I
Umumo‗zbek qurultoyida ―O‗zbekiston SSR tuzilgani to‗g‗risida deklaratsiya‖ qabul
qilindi. 1925 yil 13 mayda Ittifoq sovetlarining 3 –qurultoyida O‘bekiston
respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi.O‘zbekiston SSR sovetlari MIQning raisi etib
Yoldosh Oxunboboev saylandi.O‘zbekiston XKS raisi etib Fayzulla Xojaev
tayinlandi.
233
Sovet davlati rahbariyati «sotsialistik industrlashtirish»ni avj oldirish negizida
Yosh O‗zbekiston SSR rahbariyati oldiga ―Sovet O‗zbekiston‖ini SSSRning asosiy
paxta bazasiga aylantirish strategik vazifasini qo‗ydi.
O‗zbekistonda sanoatlashtirish qiyinchilik bilan amalga oshirildi. 1927-28
yillarda iqtisodiyotda qishloq xo‗jaligining hissasi 61,6%ni, sanoatniki esa 38,4 %ni
tashkil qilar edi. Mavjud sanoat korxonalarining 90%i ham qishloq xo‗jalik xom
ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan edi.
1928-1932 yillarda 289 ta yangi sanoat korxonasi, jumladan, Toshkent
qishloq xo‗jalik mashinasozlik zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodi ishga
tushirildi, Chirchiqqurilish, Olmaliqqurilish, Toshkent to‗qimachilik kombinati
qurilishi davom etdi. Farg‗onada to‗qimachilik fabrikasi va yog‗ zavodi, Toshkent,
Buxoro, Marg‗ilon va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi.
Sanoatlashtirish yillari respublika paxta tozalash zavodlarining texnik imkoniyatlari
oshib, 1927-28 yillarda paxta tozalash sanoatining yalpi mahsuloti 165,7 mln rublni
tashkil etdi.
Respublikani sanoatlashtirishda elektrlashtirish ham muhim o‗rinlardan birini
egallaganligi tufayli, elektrstansiyalar qurilishi avj oldirildi. Masalan, Toshkent
yaqinida quvvati 4 ming kilovatni tashkil etgan Bo‗zsuv GESi barpo etildi. 1932
yilga kelib esa, elektr stansiyalarining soni 49 taga etdi. SHuningdek, respublikada
neft sanoati ham o‗sdi, 1925-26 yillarda neft ishlab chiqarish 5,6 tonna bo‗lgan
bo‗lsa, 1927-28 yillarda bu ko‗rsatkich 47,7 tonnani tashkil etdi.
20-yillardan O‗zbekistonda avtomobil trasporti vujudga keldi. 1921 yilda
respublika avtomobil transporti ixtiyorida 40 ta engil va 15 ta yuk avtomobili hamda
Toshkent avtomobil ta‘mirlash ustaxonasi bor edi. 1940 yilgacha Lenin nomidagi
katta avtomobil yo‗li (710 km), Farg‗ona avtomobil yo‗li (343 km) qayta ta‘mirlandi
va bir qancha yangi yo‗llar qurib bitkazildi.
1925 yil 2 dekabrda O‗ZSSR MIQning Favqulodda Sessiyasida xususiy
mulkchilik munosabatlariga barham berib, sotsialistik ishlab chiqarishga
bo‗ysunadigan ―Er va suvni natsionalizatsiya qilish‖ to‗g‗risida Dekret qabul qilindi.
Er bilan birga ko‗pgina xo‗jaliklar mol-mulk, urug‗, asbob-uskunalarga ham ega
bo‗ldilar. Bu sovet davlatining sinfsiz jamiyat qurish uchun ko‗rgan tadbirlaridan biri
edi. Tortib olingan erlarning asosiy qismi kolxozlar va sovxozlar ixtiyoriga topshirildi
va bu bozor-savdo munosabatlarining rivojlanishini to‗sqinlik qildi.
Bunday yo‗l bilan boshlangan ommaviy jamoalashtirish (kollektivlashtirish)
«quloqlashtirish» siyosatini ham boshlab bergan edi. 1929 yil dehqonlar sinfini
ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo‗q qilishning boshlanish
davri bo‗ldi.
O‗zbekistonda quloqlashtirish O‗zKP MQning 1930 yil fevralda qabul qilgan
―Kollektivlashtirish va quloq xo‗jaliklarini tugatish‖ to‗g‗risidagi Qarori e‘lon
qilingandan so‗ng boshlandi.
Respublikaning 17 rayonida yalpisiga kollektivlashtirish amalga oshirildi.Ko‘p
joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o‘rta xol,xatto kambag‘al dexqon
xojaliklariga nisbatan xam zulm qilindi.Buning natijasida 1930 yilda respublikada
2648 ta quloq va boylar xojaliklari tugatildi.Kopgina joylarda axoli jamoalashtirish
xavfidan qo‘pqib o‘z mol-chorvalarini keragidan ziyod so‘yib yubordi yoki sotib
234
yuborishga majbur bo‘ldilar. Bu esa axolining o‘z mulkiga bo‘lgan ishonchini
pasaytirib yubordi.
Sovet hokimiyati davrida O‗zbekistonning ma‘naviy-madaniy qaramligi va
uning oqibatlari
Sovet hukumati tashkil etgan maktablar bo‗lsa talabga javob bermasdi, chunki
muallimlar etishmas, borlarining ham bilim darajasi etarli emas edi. Hukumat olib
borgan tadbirlar natijasida o‗qituvchilarning faqat miqdoriy o‗sishi ta‘minlangan edi.
Masalan, 1917 yilda Toshkent, Andijon, Samarqand, Qo‗qonda dastlabki
o‗qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilib, 1920 yillarning
boshlariga kelib, mana shunday kurslar orqali 3 ming mahalliy millat va 802 ta
evropalik o‗qituvchi tayyorlandi. 1920 yilga kelib, TASSRda ―sotsialistik‖ turdagi
2080 ta maktab faoliyat ko‗rsatib, ulardagi o‗quvchilar soni esa, 174820 tani tashkil
qildi.
Mana shunday sharoitda mahalliy ziyolilar zamonaviy milliy oliy ta‘lim
tizimini yaratish, dunyoviy bilimlardan dars bera oladigan o‗qituvchilar tayyorlash
lozimligini his etib, zamonaviy milliy universitet yaratishga harakat boshladilar. 1918
yil 9 aprelda Munavar qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Musulmon Xalq
Universiteti tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkiliy guruh tuzildi.
Musulmon Xalq Dorilfununi 1918 yilning 12 mayida Toshkent shahrining eski
shahar hududida ochildi.
1918 yilning 5 aprelida Turkiston Xalq Universitetining ochilishiga
bag‗ishlangan tantanalarda birorta ham musulmon vakillariga so‗z berilmadi.
Shunday bo‗lsa-da, 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib respublika o‗quv
yurtlarining tarmog‗i oshdi. Samarqandda O‗zbekiston Davlat universiteti, Buxoro,
Farg‗ona, Namangan, Andijon, Marg‗ilon, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch
shaharlarida oliy maktablar ochildi. Agar 1932 yilda respublikadagi 31 ta oliy o‗quv
yurtida 12,2 ming talaba o‗qigan bo‗lsa, 1941 yilga kelib ularda ta‘lim olayotgan
talabalar soni 18 ming kishiga etdi.
Ta‘lim tizimida arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi Qaror
ham muhim bo‗ldi. ‖An‘anaviy arabcha yozuv faqat diniy musulmon an‘analari
nuqtai nazaridan qimmatli‖ligi ta‘kidlanib, 1929 yilda eski o‗zbek yozuvi lotin
grafikasiga o‗zgartirildi. Vaholanki, O‗rta Osiyoni arablar istilo qilgan VIII asrdan
boshlab nafaqat diniy kitoblar, balki fanning barcha sohalarida o‗n uch asr
mobaynida yaratilgan yozma madaniyat yodgorliklari, o‗lka aholisi amal qilib kelgan
huquq manbalari ana shu yozuvda yaratilgan edi.
1940 yilda esa lotin grafikasining kirill alifbosi bilan shoshilinch almashtirildi.
Ma‘naviy hayot to‗la ruslashtirilib, hamma joylarda o‗zbek tili imkoniyatlari
cheklandi.
Abdulla Qodiriy ham o‗zining noyob iste‘dodi bilan adabiyotda yorqin iz
qoldirdi. Adib ―O‗tgan kunlar‖, ―Mehrobdan chayon‖ asarlari bilan o‗zbek
romanchiligiga asos soldi. Keyinchalik A.Qahhorning ―Sarob‖, Oybekning ―Qutlug‗
qon‖ kabi romanlari yaratildi. Hamza ham o‗z she‘rlarida faqat ma‘rifatga
chaqiribgina qolmay, u qadimiy Turkistonning siyosiy-ijtimoiy ahvolini o‗ylaydi,
muxtoriyat g‗oyalarini ulug‗laydi. Shu tariqa sovet hukumati o‗zbek adabiyotini
jahon adabiyoti yutuqlaridan bahramand bo‗lishga imkon tug‗dirsa-da, lekin
235
millatparvarlik va milliy taraqqiyot g‗oyalarini targ‗ib etuvchi asarlarni yaratishga
to‗sqinliq qilib keldi.
Mannon Uyg‗ur Toshkentda ―Turon‖ jamiyati qoshida teatr tuzdi. Bu guruh
keyinchalik O‗lka Davlat namuna teatriga aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari -
Abror Hidoyatov, Muzaffar Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi
Olimov, Ma‘suma Qorieva, Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‗ur
vatanparvarlik va ma‘rifatparvarlik g‗oyalari bilan sug‗orilgan Fitrat, G‗ulom
Zafariy, Cho‗lpon, Qodiriy, ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini
sahnalashtirdi.
20-yillarning o‗rtalaridan boshlab O‗zbekistonda qator ilmiy va o‗quv
muassalari tashkil etildi. Xususan, Turkiston Xalq Universiteti qoshida
tuproqshunoslik va geobotanika, biologiya, zoologiya, pedagogika va psixologiya,
fizika-matematika, ekologiya ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko‗rsata boshladi.
1932 yilga kelib, O‗zbekiston olimlari Respublika Fanlar Akademiyasini
tashkil etishga kirishdilar. Bu yo‗ldagi ilk qadam bo‗lib, 1932 yil 11 oktyabrda
O‗zbekiston ilmiy-tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi respublika qo‗mitasi
tuzildi. 1940 yil 9 yanvarda Fan Qo‗mitasi SSSR FAning O‗zbekiston filialiga
aylantirildi. 1940 yilda uning negizida SSSR FA O‗zbekiston filiali (O‗zFAN)
tuzildi. Shu davrdan O‗zFAN O‗zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi.
Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo‗jaligi muammolari, tarix, til va
adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika sektorlari;
Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi
kiritildi.
1943 yilda SSSR FA asosida O‗zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‗zFA) tashkil
etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-
Niyoziy saylandi.
Sovet davlatining siyosiy qatag‗onlari va uning bosqichlari
Siyosiy rahbariyat partiya g‗oyalaridan o‗zgacha fikrlaydiganlarga nisbatan
dushmanlik kayfiyatida bo‗lganligi bois, avvalo milliy urf-odatlarni himoya
qiluvchilarga nisbatan qat‘iy kurash olib bordi. XX asrning 20-yillari oxiri 30-
yillarining boshidan qatag‗on siyosati keng avj oldi. Ittifoq jazo organlari va uning
respublikadagi tuzilmalari aybsiz kishilar ustidan to‗qib chiqarilgan turli ishlar bilan
jamoat arboblari, olimlar, adabiyot va san‘at arboblari, xo‗jalik kadrlari, ishchilar,
dehqonlar, din vakillarini qamoqqa oldi. Kommunistik rejim shu yo‗l bilan millatning
eng ilg‗or ziyoli qismini yo‗qotishga harakat qildi. Respublikaning vatanparvarlik
kayfiyatidagi rahbar xodimlari siyosiy ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortila
boshladi.
―18 lar guruhi‖ Respublikaning o‗sha vaqtlardagi yuqori lavozimlarida
ishlagan 18 ta rahbari sovet hukumatining er-suv islohotiga, xususiy mulkni yo‗q
qilinishiga qarshi o‗z noroziliklarini bildirib, egallab turgan lavozimlaridan ketish
uchun ariza beradilar. Ular o‗z noroziliklarida mahalliy xodimlarga noto‗g‗ri
munosabatda bo‗linayotgani, rahbarlarni tanlash faqat sinfiy nuqtai nazardan amalga
oshirilayotganini ham bildiradilar. 1925 yil 19 noyabrdagi O‗zbekiston KP(b)
MQning plenumida bu xodimlar qattiq tazyiq ostiga olinadi. ―18lar guruhi‖ bilan
RKP(b) MQ O‗rta Osiyo byurosi raisi I.Zelenskiy yig‗ilish o‗tkazgandan so‗ng,
236
guruhning 8 a‘zosi o‗z ―xato‖larini tan olib, imzolaridan voz kechadilar. Boshqa 10 ta
shaxs O‗rta Osiyo byurosida bayonotlarini ko‗rib chiqishlarini talab qiladilar.
Yer-suv islohotini o‗tkazish davrida ―18 lar guruhi‖ ushbu jarayon va MQ ga
qarshi faoliyat yuritishda ayblanishgan bo‗lsa, oradan ikki yil o‗tgach esa, O‗rta
Osiyo byurosining plenumida (1927 yil oktyabr) ularga boy-quloqlarning manfaatini
himoya qilgan, er-suv islohoti hamda ayollarning ozodlikka chiqishiga qarshi
bo‗lgan, savdogar va hunarmandlardan olinadigan soliqlarni kamaytirish va davlat
apparatini milliylashtirish tarafdori bo‗lgan degan, soxta aybnomalar qo‗yiladi.
―Inog‗omovchilik‖ 1926-1931 yillarda sovet hukumati tomonidan milliy rahbar
va ziyolilarning qatag‗on qilinishiga sabab bo‗lgan uydirma. ―Inog‗omovchilik‖-
o‗sha yillarda O‗zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasini bajarib kelgan Rahim
Inog‗omov (1902-1938) nomi bilan bog‗liq. R.Inog‗omov xalq ta‘limi va
madaniyatini proletarlashtirishga qarshi chiqib, VKP (b) MQ O‗rta Osiyo byurosi
faoliyatini tugatish talabini ko‗tarib chiqadi.
―Qosimovchilik‖-1929 yilda O‗zSSR Oliy Sudining raisi Sa‘dulla
Qosimovning ―qosimovchilik‖ deb nomlangan ishini ko‗rib chiqish boshlanadi.
S.Qosimov bilan birgalikda tarix o‗qituvchisi Olimov, sud idorasi xodimlari
Musaboev va Spiridonovlar ham qamaladi. S.Qosimov va uning tarafdorlari
―bosmachilar‖ni qo‗llab-quvvatlash, ―aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar‖ a‘zolari
bilan aloqa bog‗laganlik, islom dinini himoya qilishda ayblandilar. Holbuki,
S.Qosimov va B.Sharipov o‗z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida tub millat
manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi. S.Qosimov tergov va sud
jarayonida SSSR Oliy sudi tomonidan O‗zbekistonning suverenlik huquqi va milliy
manfaatlari poymol qilinayotganligini ochib tashlashdan cho‗chimadi. Biroq, ularga
qo‗yilgan aybnomalar vaqtli matbuotda ham e‘lon qilinadi.
1930 yilning 22 iyunida xukm e‘lon qilinadi. Ularning hammasi yot sinf
manfaatlarini himoya qilganlikda, Sharipov esa bosmachilarga faol yordam
berganlikda ayblanadi. S.Qosimov, Sharipov, Olimov, Musabekov va Spiridonovlar
o‗lim jazosiga hukm qilinadilar, ularning tarafdorlaridan qolganlari 10 yilga qamoq
jazosiga hukm qilinadilar.
―Badriddinovchilik‖-O‗zbekiston SSR Oliy sudining prokurori SHamsutdin
Badriddinov nomi bilan bog‗liq ish. Sh.Badriddinovga ―Milliy ittihod‖ tashkiloti
a‘zolari va bosmachilar bilan aloqa bog‗lagan, Munavvar Qori va S.Qosimovning
yaqin do‗sti va hamfikri bo‗lgan degan ayblar qo‗yilgan. Sh.Badriddinov va uning 5
tarafdori ustidan sud jarayoni 1932 yil 5 may 15 iyunda Toshkentda bo‗lib o‗tadi.
Sovet rejimi A.Qodiriyning ―O‗tkan kunlar‖ asari kitobxonlarni sovet
voqeligidan uzoqlashtiradi va unda millatchilik qarashlari ochiq aks etgan deb tanqid
ostiga oladi va bu uning 1937 yilda qamoqqa olinishi uchun asos bo‗lib xizmat
qiladi. Adabiyotimizning eng sara arboblari qatorida A.Qodiriy ham 1938 yil 4
oktyabrda otib tashlanadi.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tizimida partiyaning
yakka hukumronligi kuchayib bordi. 40-yillarning oxiri 50-yillarning boshlarida
sovet hukumati «mafkuraviy kurash»ni yanada kengroq avj oldirib, ijodkor
ziyolilarga qarshi hujumni avj oldirgan. Respublika davlat havfsizligi organlari 1951
yilda Yozuvchilar uyushmasi va ayrim matbuot organlaridan 12 kishini sovetlarga
237
qarshi millatchilikda aybladi. Bu guruhda shoir va yozuvchilardan SHukrullo
Yusupov (Shukrullo), G‗ulom Alimov (Shuhrat), Maqsud Shayxzoda, G‗.G‗ulom bor
edi. Ularning ba‘zilari «sovetlarga qarshi millatchilikda ayblanib», 25 yilga qamoq
jazosiga hukm qilindilar.
O‗zbekistonda 1937 yildan 1953 yilgacha respublikada NKVD «uchligi» tomonidan
100 ming kishi qamoqqa olindi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi,
ulardan 15 ming nafari otib tashlandi. Ular orasida turli rahbar xodimlar, adabiyot va
fan arboblari, o‗qituvchilar va jurnalistlar, ishchilar va dehqonlar, turli qatlam va
millatlar vakillari bor edi.
Qatag‗on to‗lqini bu bilan to‗xtab qolmadi. 1980 yillardan KPSS MQ
rahbarligida O‗zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‗on boshlandi. Tarixda ―Paxta
ishi‖, ―O‗zbeklar ishi‖ deb atalgan mash‘um siyosat niqobi ostida minglab kishilar
jinoiy javobgarlikka tortildi. 80-yillarga kelib sovet davlatida markazdan
boshqarishning amaldagi tizimi emirilib, markazning iqtisodiy inqirozlarni hal
qilishga qodir emasligi yaqqol ko‗zga tashlanib qoldi. Barbod bo‗layotgan bu
iqtisodiy siyosatni berkitish uchun markaz o‗g‗rilik, poraxo‗rlik, qo‗shib yozish kabi
holatlar «aybdorlarini» milliy respublikalardan qidira boshladi.
1984 yil O‗zbekistonda kadrlar siyosati masalasida «burilish» yasagan O‗zKP
MQ XVI plenumi bo‗ldi. Unda O‗zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi inqiroziy
ko‗rinishlar mamlakatdagi vaziyatdan ajratib, alohida qaraldi. Natijada, kadrlarni
mustaqil ishlashi uchun sharoit yaratishga emas, balki siyosiy partiyaviy ma‘lumotini
oshirishga e‘tibor berildi.
XVI plenumdan so‗ng kadrlar orasida ham «tozalash ishlari» boshlab
yuborildi. 1984-1985 yillar oralig‗ida viloyat, shahar, tuman, partiya qo‗mitalari
kotiblari, ijroiya qo‗mita raislari, ularning o‗rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‗mitalari
rahbarlaridan ko‗pi lavozimlaridan olib tashlandi. Ular markazdan doimiy ishlashga
yuborilgan kadrlar bilan almashtirildi. Ular ittifoq markazining respublikadagi
tayanchi bo‗lishi va respublikada sovetcha usuldagi «tartib-intizomni»
mustahkamlashi lozim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |