O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

 
 
 X.2. Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning 
tarixiy ahamiyati, Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi. Xorazm va 
Buxoro Xalq Respublikalarining tuzilishi va ulardagi ijtimoiy-siyosiy 
o‗zgarishlar. 
 
Mustaqillik osonlikcha qo‗lga kiritilmasligini tushunib etgan milliy 
vatanparvarlar qo‗lga qurol olib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi 
qurolli harakat boshlab yubordilar. Biroq sovet tuzumi va kommunistik mafkura 
hukmronligi yillarida, ularga ―bosmachi‖ deb nohaq tamg‗a bosildi. Bu harakat 
haqida so‗z yuritilgan 1918-1919 yillarning o‗rtalarigacha bo‗lgan davrga tegishli
arxiv hujjatlarida ham ―bosmachi‖ so‗zi uchramaydi. Bu hujjatlarda ―qaroqchi‖ 
(razboynik), ―shayka‖, juda bo‗lmasa ―bosqinchi‖ (bandit) iboralari qo‗llangan. 1919 
yilning o‗rtalaridan boshlab avval ayrim rasmiy hujjatlarda, keyinchalik esa sovet 
vaqtli matbuotida ―bosmachi‖ iborasi qo‗llanila boshlagan.
Dastlabki milliy harbiy harakatning tashkil topishi Kichik Ergash (taxminan 
1885-1918) va Katta Ergash (taxminan 1880-1921)ning nomlari bilan bog‗liqdir. 
1918 yil 27 fevralda Qo‗qon atrofidagi Bachqirda bo‗lgan janglarning birida 
Kichik Ergash shahid bo‗lgach, uning o‗rniga Katta Ergash (uni Mulla Ergash ham 
deyishgan) Farg‗ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi 
ozodlik bayrog‗ini ko‗tardi.
Marg‗ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig‗i Muhammad Aminbek 
Ahmadbek o‗g‗li - Madaminbek (1892-1920) kurash boshladi. ―O‗z oldiga sovet 
hokimiyatini ag‗darish va Farg‗ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo‗ygan 


225 
Madaminbek ustomon siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi‖, - 
deb tan olinadi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarining birida. 
Farg‗ona vodiysidagi bu harakat 1919 yil yozining oxiri va kuzida o‗zining eng 
yuqori cho‗qqisiga chiqdi. Madaminbek boshchiligidagi istiqlolchilar safiga 
Jalolobodda turgan rus krestyanlari armiyasining qo‗shilishi vodiyda sovet 
hokimiyatini ag‗darish uchun real kuch edi. Sentyabr oyining dastlabki kunlarida 
Madaminbek lashkarlari Jalolobod va O‗sh shaharlarini egallashdi. Ular 13 sentyabr 
Eski Marg‗ilon shahrini qizil bosqinchilardan ozod qildilar. SHu bilan birga
vodiydagi eng yirik strategik shahar - Andijonni qamal qilishga kirishdilar. 
Madaminbek boshchiligidagi qo‗shinning hujumi Farg‗ona vodiysini larzaga keltirdi. 
1919 yil 22 oktyabrda Pomirning Ergashtom (Irkeshtam) ovulida bo‗lgan anjumanda 
Madaminbek boshchiligida Farg‗ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. 
Hukumat tarkibiga 16 kishi tub aholidan va 8 ta evropalik kiritildi. Madaminbek 
hukumat boshlig‗i bo‗lish bilan bir qatorda Farg‗ona vodiysidagi bu harakatning 
Oliy bosh qo‗mondoni ham etib saylandi.
Turkistondagi bu harakat 1920 yilning yozi va kuzida o‗zining yangi 
bosqichiga qadam qo‗ydi. Farg‗ona vodiysidagi butun qo‗rboshilar va tinch aholi 
vakillari Oltiariq tumanidagi G‗oyibota qishlog‗ida o‗zlarining navbatdagi
qurultoylariga to‗plandilar. Qurutoy 1920 yil 3 mayda Shermuhammadbek 
boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati yoki qisqacha aytganda, 
Turkiston muvaqqat hukumatini tuzdi.
Namanganlik Nosirxon to‗ra Said Kamolxon to‗ra o‗g‗li, toshkentlik muftiy 
Sadriddinxon Maxsum Sharifxo‗ja qozi o‗g‗li, Turkiston MIK raisining sobiq 
o‗rinbosari To‗raqul Jonuzoqov, asli boshqirdistonlik Ahmad Zakiy Validiy va 
boshqalar bu harakatning g‗oyaviy mafkurachilari edilar. Harakatga rahbarlik qilgan 
islom ulamolari orasida yassaviylik va naqshbandiylik tariqatining pirlari ham ko‗p 
bo‗lgan. 
1920-1924 yillarda bu harakat Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj 
oldi. Buxoro va Xorazmdagi milliy muxolifatning ozodlik kurashlari alohida o‗ziga 
xos yo‗nalish va xususiyatga ega bo‗lib, o‗ta murakkabligi va ziddiyatliligi bilan 
Turkiston respublikasidagi qurolli harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar Qizil 
armiya yordamida Buxoro amirligi va Xiva xonligini kuch bilan ag‗darib, 
hokimiyatni Buxoroda asosan ―Yosh buxoroliklar‖dan, Xorazmda esa ―Yosh 
xivaliklar‖dan iborat demokratik kuchlar qo‗liga berdi.
Buxoro va Xorazm Xalq Sovet Respublikalarida yuzaga kelgan qurolli 
muxolifat shu boisdan ham bir yo‗la ikki kuchga qarshi: birinchidan, bu davlatlar 
hududida joylashib olgan Qizil armiya qismlariga qarshi, ikkinchidan esa 
bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan jadidlarga qarshi muxoliflik 
urushini olib bordilar. Bu urushning Turkistondagi, xususan, Farg‗ona vodiysidagi 
harakatdan farqi ham ana shunda. 
Buxoro mamlakatidagi bu harakat Qizil armiya va bolsheviklarning 
tajovuzkorligi, zo‗ravonligi va talonchilikka qarshi qaratilganligi bilan alohida 
ahamiyatga ega. Mujohidlarning asosiy maqsadi qizil qo‗shinni haydab yuborish, 
milliy qadriyatlar, asriy e‘tiqod va urf-odatlarning poymol qilinishi, xo‗rlanishiga 
barham berish edi. Yuqorida ham aytib o‗tilganidek, vatanparvarlar Buxoroda ikki 


226 
jabhada turib kurash olib borishlariga to‗g‗ri keldi. Bir tomondan, amirlik tuzumi 
tarafdorlari bo‗lgan istiqlolchilar (ular o‗zlarini mujohidlar deb atashgan) jadidlardan 
iborat Yosh Buxoro hukumatiga, shuningdek, Qizil armiya qo‗shinlariga qarshi 
kurash olib bordilar (Ibrohmbek, Mulla Abdulqahhor va b.). Ikkinchi tomondan, 
milliy istiqlol g‗oyalariga sodiq bo‗lgan istiqlolchilar Fayzulla Xo‗jaev boshliq 
Buxoro Xalq Respublikasi hukumati bilan yashirin aloqalar o‗rnatib, Buxoroning 
muqaddas tuprog‗idan bosqinchi qizil askarlarning olib ketilishi, Buxoro 
respublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar (Anvar 
Poshsho, Davlatmandbek, Jabborbek va b.). Aynan ular safiga keyinchalik Buxoro 
respublikasining juda ko‗pchilik rahbarlari (Buxoro MIKning birinchi raisi 
Usmonxo‗ja Po‗latxo‗jaev, harbiy ishlar noziri Abdulhamid Oripov, respublika 
militsiyasi va Cheka boshlig‗i Ali Rizo Afandi va b.) qo‗shildilarki, bu arboblarning 
aksariyati kechagi jadidlar va ―Yosh buxoroliklar‖ edi. Afsuski, Buxoro hukumati 
tarkibidagi milliy vatanparvar kuchlar bilan muxolifatdagi qurolli istiqlol 
guruhlarining yo‗lboshchilari o‗rtasidagi ochiq bitishuv amalga oshmadi. 
Xorazm respublikasida ham 1920 yil bahoridan boshlab qizil askarlarning misli 
ko‗rilmagan talonchilik va zo‗ravonliklariga qarshi harakat boshlandi. Qurolli 
kurashni turkmanlarning yovmut urug‗i boshlig‗i Qurbon, Mamed, Sardor-Junaidxon 
(1857-1938) boshchiligidagi guruhlar ko‗p yillar davomida olib bordi. Uning qo‗shini 
saflarida o‗zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham ko‗pchilik edi. Qisqa muddatda 
Junaidxon o‗z qo‗shinini 20000 kishiga etkazdi.
O‗zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga Madraimboy, 
Sa‘dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek va boshqalar rahbarlik qildilar.
Xorazm vohasida istiqlolchilik harakati ayrim guruhlar tomonidan 1935 
yilgacha Sharqiy Buxoro va Farg‗ona vodiysida ham ba‘zi uzilishlar bilan yuqoridagi 
davrgacha , davom etdi. Turkiston mintaqasidagi qurolli harakat tarixiga yakun 
yasab, bu harakatni keng xalq ommasi, birinchi navbatda dehqonlar va hunarmandlar 
qahr-g‗azabi hamda noroziligining yuksak darajaga ko‗tarilganligi ifodasi deb e‘tirof 
etishga to‗g‗ri keladi. 
XX asr boshlarida ham Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasi 
hisoblangan Xiva xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, boshqaruv tizimi 
ruslar bosqiniga qadar shakllangan holatda qolgan edi.
1917 yil fevral inqilobi paytida Xiva xoni Asfandiyorxon Yaltada dam 
olayotgan edi. Shuning uchun ham u Rossiya imperatorining taxtdan voz kechganini 
eshitgan zahoti xonlikka shoshildi. Asfandiyorxonni kutib olishga chiqqan davlat 
arboblari orasida Husaynbek Matmurodov, Polvonniyoz Hoji Yusupovlar ham bor 
edilar. Xiva garnizonidagi soldatlar ham xuddi Rossiyadagi kabi o‗z sovetlarini 
tashkil qilishgan edilar. Ana shu sovetlarning faollaridan Latipov, Tiniev va 
boshqalarning tashviqotlari bilan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq ―Yosh 
xivaliklar‖ 4 aprelda soldatlarning Muvaqqat hukumatga qasamyod qilishi uchun 
to‗plangan tantanaga kishilarni yig‗ib borib, soldatlardan Xiva xonini ag‗darib 
tashlashni so‗rashdi. Garnizon boshlig‗i xonni taxtdan olib tashlamaslik talabi bilan 
―Yosh xivaliklar‖ga yordam berishga ruxsat berdi. 5 aprel kuni Asfandiyorxon rus 
soldatlari himoyasida saroyga kelib, xalq nomidan qo‗yiladigan talab (manifest)ni 
imzolashga majbur bo‗ldi. Manifestga asosan xon hokimiyati qoshida qonun 


227 
chiqaruvchi organ - Majlis va Nozirlar kengashi tashkil etildi. Majlisning birinchi 
yig‗ini 1917 yil 26 aprelda bo‗lib o‗tdi. Unda Majlis raisi etib Bobo Oxun Salimov, 
nozirlar kengashining raisi etib Husaynbek Matmurodov saylandilar. Bu tashkil 
qilingan davlat organlari tarkibida ―Yosh xivaliklar‖ning a‘zolari ko‗pchilikni tashkil 
qilar edi. Lekin keyinchalik Asfandiyorxon Xiva garnizoni boshlig‗i general
Mirbadalov va Zaysevlarning yordami bilan Majlisdan Yosh xivaliklarning a‘zolarini 
siqib chiqarishga muvaffaq bo‗ldi. Turli bahonalar bilan Husaynbek Matmurodov va 
bir qancha tashkilot a‘zolarini zindonga tashladi. Polvonniyoz Hoji YUsupov, Nazir 
Sholikorov, Bobo Oxun Salimov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Bobojon Yaqubov va 
boshqalar xonning ta‘qibidan qutulish uchun To‗rtko‗l, Chorjo‗y, Toshkent kabi 
shaharlarga qochib ketishdi. Bu paytda To‗rtko‗l va Toshkentda sovet hokimiyati 
o‗rnatilgan edi. Sovet hukumati orqali ―Yosh xivaliklar‖ning Asfandiyorxon, Zaysev, 
Junaidxonlarga o‗z hamfikrlarini zindondan ozod qilishni talab qilib yuborgan bir 
qancha telegrammalari hech qanday natija bergani yo‗q. Aksincha, oktyabr 
to‗ntarishidan keyin Xiva shahridan rus askarlari olib chiqib ketildi va Asfandiyorxon 
o‗zining harbiy tayanchidan mahrum bo‗ldi. Bu 1916 yil qo‗zg‗olonidan keyin 
Eronga qochib ketgan Junaidxonning Xiva xonligiga qaytib kelishi va bu erda katta 
mavqega ega bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Chunki mingdan ortiq qurollangan sarbozlarga 
ega bo‗lgan Junaidxon bilan murosa qilmasdan Asfandiyorxon va uning atrofidagi 
a‘yonlar bundan keyin hokimiyatni saqlab qolishga tayanchlari yo‗q edi. Shuning 
uchun ham Asfandiyorxon Junaidxonni ―sardori karim‖, ya‘ni xonning lashkarboshisi 
qilib tayinladi. Shu bilan o‗zi Junaidxon qo‗lidagi qo‗g‗irchoq xonga aylanib qoldi. 
Xonlikdagi hokimiyat esa to‗la ravishda Junaidxon qo‗liga o‗tdi. Toshkentga etib 
kelgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq Yosh xivaliklar 1918 yil bahorida sovet 
hokimiyatining faollaridan biri bo‗lgan Yusuf Ibragimovning maslahati bilan o‗zlari 
to‗rt kishi bo‗lishiga qaramasdan ―Yosh xivaliklar‖ partiyasining Markaziy 
Qo‗mitasini tashkil qildilar.
Mana shu ―Yosh xivaliklar‖ning talablari va turkman urug‗lari orasida 
Qo‗shmamedxon, G‗ulomalixon kabi urug‗ sardorlarining Junaidxon bilan kelishmay 
qolganligi haqidagi xabarni hisobga olgan bolsheviklar Skalov rahbarligida 1919 yil 
22 dekabrda mustaqil davlat - Xiva xonligi hududiga bostirib kirdilar. 1920 yil 1 
fevralda Junaidxon qo‗shinlarini tor-mor qilgan Qizil armiya Xiva shahriga kirib 
bordi. 2 fevral kuni so‗nggi Xiva xoni Said Abdulloxon taxtdan voz kechdi.
Xivada Jumaniyoz Sultonmurodov raisligida Muvaqqat inqilobiy qo‗mita 
tashkil etildi. 1920 yil 26-30 aprel kunlari Xorazm mehnatkashlarining birinchi 
qurultoyi bo‗lib o‗tib, unda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi 
tashkil etilganligi e‘lon qilindi va Polvonniyoz Hoji Yusupov raisligida Xalq Nozirlar 
Sho‗rosi tuzildi.
1920-1921 yillarda agrar sohada dastlabki o‗zgarishlar amalga oshirilib, 10000 
desyatina er dehqonlarga bo‗lib berildi. Bundan tashqari, ularga urug‗, dehqonchilik 
asboblari hamda ssuda (qarz) ajratildi. Dehqonlarga kredit hisobidan 5000 chorva 
mol sotildi. Eski sug‗orish inshootlarini qayta tiklash bilan birga yangilari ham 
qurildi. Masalan, 1922 yil oxirigacha Xorazm dehqonlari Hazoraspdan Xo‗jayligacha 
bo‗lgan hududda 12 ta damba qurdilar. 1922 yilda chorakor va kambag‗allarga er 
bo‗lib berish uchun davlat er fondi tuzishga hamda dehqonlarga uzoq muddatli va 


228 
qaytarib olinmaydigan ssudalar berish uchun davlat dehqonlar bankini ta‘sis etishga 
qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. so‗m mablag‗ ajratilgan. Xullas, 1921-1922 yillarda 
400000 tanobdan ortiqroq er kambag‗al dehqonlarga berildi.
Xorazm respublikasida keyingi yillarda ham g‗oyaviy-siyosiy kurash davom 
etdi. Respublikaning ko‗plab rahbarlari mustaqillik uchun, adolatsizlikka qarshi 
kurashni to‗xtatmadilar. 1923 yil bahorida Savdo-sanoat noziri Nurullaev Moskvada 
RSFSR bilan bo‗layotgan muzokaralarda qat‘iylik ko‗rsatgani uchun Xorazmga 
chaqirilib, qamoqqa olindi. Sovet Rossiyasining ko‗rsatmalari asosida 1923 yil yoz-
kuzida Xorazm respublikasida tub siyosiy to‗ntarish amalga oshirildi. 1923 yil 
oktyabrda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga aylantirildi. 
XSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Afsuski, bu Konstitutsiya mamlakatni 
sotsialistik qurilish yo‗liga o‗tishini qonun yo‗li bilan mustahkamladi. 
Xulosa qilib aytganda, 1923 yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi 
demokratik o‗zgarishlarga butunlay chek qo‗yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni 
o‗zining yuqori bosqichiga ko‗tarildi. Bu holat 1924 yilning oxirigacha davom etdi. 
1917 yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi singari muhim o‗zgarishlar 
arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda jadidchilik harakati va undan o‗sib chiqqan 
―Yosh buxoroliklar‖ partiyasining faoliyati kuchaydi. ―Yosh buxoroliklar‖ 1910 
yildayoq o‗zlarini alohida tashkilot sifatida e‘lon qilgan edilar. Ular dastavval mavjud 
monarxiya tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‗tkazish, konstitutsion 
monarxiyani o‗rnatish orqali amirning mutlaq 
hokimligini cheklab qo‗yish tarafdori bo‗lishgan. 
1917 yil 7 aprelda Buxoro amiri Said Olimxon 
mamlakatda islohotlar o‗tkazish to‗g‗risida farmon 
chiqarsa ham, amalda uni joriy qilmadi. Jadidlar 
Buxoro shahrida namoyish uyushtirganlaridan so‗ng 
mamlakatda ularni yoppasiga ta‘qib etish boshlandi.
Oktyabr to‗ntarishidan keyin sovet Rossiyasi 
bilan Buxoro amirligi o‗rtasidagi munosabatlar 
keskinlashdi. 
Turkiston 
respublikasining 
bolsheviklardan 
iborat 
rahbariyati 
Buxoro 
amirligining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda 
tan olishiga qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. 
―Yosh buxoroliklar‖ partiyasining 1920 yil 13-14 iyunda bo‗lgan Turkiston 
Markaziy byurosi birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xo‗jaev tuzgan dastur 
(programma) qabul qilindi. Dastur ―Zulmga qarshi birlashingiz!‖ degan shior va 
kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va ―Yosh 
buxoroliklar‖ning asosiy maqsadlari, ikkinchi qismida esa ―Yosh buxoroliklar‖ning 
amaliy takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil qilish rejasi bayon 
etildi. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan ag‗darib tashlash va Buxoroni demokratik 
xalq respublikasi deb e‘lon qilish talabi qo‗yildi. ―Yosh buxoroliklar‖ katta boylar 
qo‗lidagi erlarni musodara qilish, bepul boshlang‗ich ta‘lim joriy etish, shuningdek, 
qishloq xo‗jaligi, hunarmandlar sanoati, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash 
yo‗lida amaliy chora-tadbirlar ko‗rish zarurligini ta‘kidlashdi. 


229 
1920 yil 25 avgustda Turkiston fronti qo‗mondoni M.V.Frunze qizil askarlarga 
Buxoroni bosib olish uchun buyruq berdi. Keskin janglardan so‗ng, 2 sentyabrda 
Buxoro shahri bosib olinib, Said Olimxon hokimiyatdan ag‗darib tashlandi. Qizil 
askarlar Sharqning eng qadimgi shaharlaridan biri, ―Islom dinining gumbazi‖ va 
―sharif shahar‖ hisoblangan muqaddas Buxoroni vayron qildilar. Qadimiy Buxoro o‗t 
va harobalar ichida qoldi. 
Shafqatsiz o‗q yomg‗iri va bombardimon natijasida shahar obidalarining 
beshdan bir qismi vayron etilib, minglab begunoh odamlar nobud bo‗lgan. Shaharga 
kirgan qizil askarlar Arkdagi amir xazinasi, Buxoro qozikaloni, qo‗shbegi va boshqa 
amaldorlarning boyligini musodara qilganlar.
1920 yil 14 sentyabrda bo‗lgan Xalq Nozirlar Sho‗rosi, Revkom va Buxoro 
Kompartiyasi MKning umumiy yig‗ilishida 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy 
qo‗mitasi (raisi-Abdulqodir Muhitdinov) va respublika hukumati - 11 kishidan iborat 
Xalq Nozirlar Sho‗rosi (raisi - Fayzulla Xo‗jaev) tuzildi. Mamlakatni boshqarish 
maqsadida tuzilgan Buxoro Xalq Nozirlar Sho‗rosi tarkibi quyidagicha edi: rais va 
xorijiy - tashqi ishlar (nozir-Fayzulla Xo‗jaev), maorif (Qori Yo‗ldosh Po‗latov), 
doxiliya - ichki ishlar (Muxtor Saidjonov), moliya (Usmonxo‗ja Po‗latxo‗jaev), 
davlat nazorati (Najib Husainov), favqulodda komissiya (Cheka raisi - Yusuf 
Ibrohimov), adliya (Mukammil Burhonov), harbiy ishlar (Bahovuddin 
SHihobuddinov), er-suv ishlari - dehqonchilik (Abdulqodir Muhitdinov), savdo va 
sanoat (Mirzo Muhitdin Mansurov) nozirliklari. 
1920 yil 6-8 oktyabrda amirning yozgi saroyi - Sitorai Mohi Xosada 
chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining I qurultoyida Buxoro Xalq Sovet 
Respublikasi (BXSR) tuzilganligi tantanali ravishda e‘lon qilindi. 
1921 yil 18-23 sentyabrda bo‗lib o‗tgan Butun Buxoro xalq vakillarining II 
qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Buxoro 
tarixidagi dastlabki Konstitutsiya fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini 
qonun bilan mustahkamladi. Konstitutsiyada davlatni idora etish uchun xalqning 
barcha tabaqa vakillarining ishtiroki ta‘minlandi. Xususiy mulk va savdo-sotiq 
erkinliklari unda o‗z ifodasini topdi. BXSR Konstitutsiyasi barcha fuqarolarga teng 
siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yo‗qotdi.
II qurultoyda Butun Buxoro MIK tashkil qilinib, uning raisi qilib Usmonxo‗ja 
Po‗latxo‗jaev (1887-1968) saylandi. 1922 yil avgustda bo‗lgan III qurultoyda bu 
lavozimni Porso Xo‗jaev egalladi.
Buxoro Respubliksidagi iqtisodiy siyosat va xo‗jalik sohasidagi islohotlar 
ziddiyatli tarzda kechdi. Buxoro inqilobiy qo‗mitasining 1921 yil 2 fevraldagi Dekreti 
hamma erlarni umumxalq mulki deb e‘lon qildi. Vaqf erlari tugatildi, ayrim toifadagi 
xo‗jaliklarning chorva mollari va mulklari musodara qilindi. Sug‗orish tizimi izdan 
chiqdi. Ekin maydonlari qisqarib, chorva mollarining soni kamayib ketdi. Shu bilan 
bir vaqtda, ko‗plab ijobiy ishlar ham amalga oshirildi. 1921 yil kuzida erni tortib 
olish bekor qilindi. BXSR MIKning Umumiy avf to‗g‗risidagi 1922 yil 25 may 
Dekreti vaqflarni tugatishni to‗xtatish, qozixonalar ishini, shariat ko‗rsatmalarini 
tiklash va boshqalarini e‘lon qildi. O‗sha yilning noyabr oyida yangi iqtisodiy siyosat 
(NEP)ga o‗tish e‘lon qilindi. Buxoro davlat banki tuzilib, «pul islohoti» amalga 
oshirildi. Dehqonlarni moddiy rag‗batlantirish choralari ko‗rildi. Bu qishloq 


230 
xo‗jaligining barqaror rivojlanishiga olib keldi. 1923 yili sug‗oriladigan erlar 
maydoni 1913 yildagi darajaga yaqinlashib qoldi. Temir yo‗l tiklanib, zavod va 
fabrikalar qaytadan ishga tushdi. Bu paytga kelib Buxoro Respublikasida 19 ta 
korxona, 500 dan ortiq bozor ishlab turardi. Xususiy sarmoya 12000 savdogar 
mablag‗idan iborat bo‗ldi.
1924 yil 18-20 sentyabrda bo‗lib o‗tgan Butun Buxoro xalq vakillarining V 
qurultoyida BXSR Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR)ga aylantirildi. 
BSSRning tuzilishi yuqoridan turib sun‘iy tarzda amalga oshirilgan xodisa edi. 
Natijada, taraqqiyotning demokratik yo‗li inkor qilinib, sotsialistik yo‗nalishi 
tanlandi. Markazdagi bolshevik rahbarlarining Buxoro va Xorazm respublikalarini 
sotsialistik respublikalarga aylantirishdan ko‗zda tutgan asosiy maqsadi mahalliy 
xalqlarni tezroq sovetlashtirish va ruslashtirish, xalqimiz ongiga kommunizm 
mafkurasini majburan singdirish edi. 1924 yil noyabr oyi oxirida xuddi Xorazm 
respublikasi singari Buxoro SSR ham tugatilib, uning hududi 1925 yilda tashkil 
etilgan O‗zbekiston SSR (1929 yilgacha tarkibida Tojikiston ASSR ham bo‗lgan) va 
Turkmaniston SSR hududiga kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro va Xorazm Xalq respublikalarining demokratik 
islohotlar tomon bosib o‗tgan yo‗li o‗sha davr uchun ham, bugungi kun nuqtai 
nazaridan olib qaralganda ham mashaqqatli va ulug‗ yo‗l bo‗ldi. Buxoro va Xorazm 
respublikalari atigi 4-5 yil ichida dunyoviy islohotlar joriy qilinayotgan demokratik 
davlatga aylana boshladi. Afsuski, bu jarayonlar mustabid sovet tuzumi tomonidan 
sun‘iy ravishda to‗xtatib qo‗yildi va nisbatan mustaqil bo‗lgan bu davlatlarning 
mavjudligiga ham barham berildi. 
Ma‘lumki Markaziy Osiyo xalqlarining etnik-madaniy yaqinligi tarixan yagona 
muhitda shakillangan bo‘lib ,ularni tarixiy mushtaraklik bog‘lab turar edi.Shu 
ma‘noda azaldan o‘zbek ,qoraqalpoq xalqlari birgalikda bir tanu bir jon bo‘lib yashab 
kelganlar.1924 yilda milliy-xududiy chegaralanishi natijasida Qoraqalpog‘iston 
muxtor viloyati tuzildi.Ushbu viloyat Qirg‘iziston (Qozog‘iston)ASSR tarkibida 
bo‘lib, unga volostlardan iborat To‘rtko‘l,Chimboy,Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot okruglari 
kirgan.1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To‘rko‘l shaxrida bo‘lib o‘tgan 
Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi ―Q‘raqalpog'iston 
avtonom viloyati tashkil topganligi to‘g‘risida Deklarasiya ― qabul qildi va 
―qoraqalpoq milliy davlatchiligi‖tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. 
Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Ijroiya Qo‘mitasining raisi etib A.Qudaboev 
saylandi. 
Qoraqalpog‘iston Muhtor viloyati tashkil etilgandan so‘ng ,
 
Sovetlar bu erda 
xam sosialistik qurilishni avj oldirib yubordilar.Jumladan ovul va qishloqlarni 
sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi.Sovetlarga ko‘proq kambag‘allar jalb 
qilinib,ularning asosiylari kommunistlar va komsomollar tashkil qildi.Mamlakatda 
vayron bo‘lgan sanoatning turli soxalari,qishloq xo‘jaligi va sug‘orish inshoatlari 
tiklash amalga oshirildi.Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama 
xususiyatga ega bo‘lib,SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish 
extiyojlarini ta‘minlashga qaratilgan edi.Masalan,1933 yilning 3 oktyabirida SSSR Er 
ishlari Xalq Komissarligi Qoraqalpog‘istonni mamlakatini beda urug‘i etkazib 
beruvchi asosiy baza deb tan olgan edi. Buning asosiy sababi mamlakat xalq 


231 
xo‘jaligida 
ittifoqdosh 
respublikalar 
o‘rtasidagi 
mexnat 
taqsimotida 
Qoraqalpog‘istonga oliy sifatli paxta,beda xamda baliq bilan ta‘minlab turish 
yuklatilganida edi. 
1930 yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritiladi.1932 yilning 
20 martida esa ,SSSR MIQ Rayosati ―Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini Avtonom 
Sovet Sosialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to‘g‘risida‖ 
qaror qabul qiladi. O‘sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining 1 
Ta‘sis 
qurultoyi 
xukumatni 
tuzdi.Unda 
QASSR 
MIQ 
raisi 
etib 
K.Nurmuxammedov,Xalq Komissarilari Kengashi raisi etib esa Qosim Avezovlar 
saylandilar. 1936 yilda SSSRning yangi Konstisusiyasi qabul qilindi va unga ko‘ra 
QQASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko‘zda tutilgan edi.Buning asosiy 
sababi, xududiy yaqinlik,yagona tarixga ega bo‘lganligi deb e‘tirof etildi.1937 yil 12 
fevralda O‘zSSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. O‘sha yilning 6 martida 
esa,QQASSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi.Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston 
tarkibida bo‘lganida,o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik yanada 
mustaxkamlandi.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish