O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Sohibqiron davlat yuritishda o‗tmishdagi davlatchilik va qonunshunoslik 
sohasidagi ibratli an‘analarini zamonasining talablariga uyg‗unlashtirdi, ularni 
adolat tamoyili darajasiga ko‗tara oldi.
«Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Temurning 
aytganlari») va «Voqioti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomlari 
bilan atalmish ushbu asar qimmatli tarixiy manba bo‗lib, jahondagi mashhur 
kutubxonalardan joy olgan. «Temur tuzuklari» ikki qismdan iborat tarixiy va huquqiy 
asar bo‗lib unda sohibqironning davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarish xususidagi 
nuqtai-nazari bayon etiladi.
Amir Temur o‗z oldiga buyuk saltanatning ichki siyosati va ishchan davlat 
tizimini qadimiy tajribalardan ijodiy foydalangan holda tuzish, harbiy siyosatni 
zamon talabi asosida tobora takomillashtirib, mo‗g‗ul istilosi asoratlarini tezroq 
bartaraf etish, xo‗jalikni oyoqqa turg‗izish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni bir 
me‘yorga tushirish va rivojlantirish, aholi manfaatlarini himoya qilish, ilm-fan, 
madaniyat, me‘morchilikni tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng 
ko‗lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo‗ygan eli. Uning bunday sa‘yi 
harakatlari bir necha o‗n yillar inqiroziy holatda bo‗lgan ulkan hududni qoloqlikdan 
chiqarish, uni yuqori taraqqiyot bosqichiga ko‗tarishda katta kuch-g‗ayrat, mablag‗, 
bilim va oqilona tadbirlarni talab etar edi.
Amir Temur ham to‗g‗ri so‗z aytgan kishiga hurmat bilan qarab: «qaysi kishi 
aqlga siqqan bir ishni kuyunib gapirsa, suyib eshitar edim; kimki oqilona gaplarni 
erlarcha keskinlik bilan so‗zlasa, unga quloq solardim; har kimdan kengash so‗rar 
edim, lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida o‗ylab 
ko‗rgach, to‗g‗ri va savoblirog‗ini tanlab olardim». Yoki, ―Har bir diyor aholisining 
ahvolidan ogoh bo‗lib turdim. Har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat 


138 
kayfiyatini, turish-turmushlarini, qilish-qilmishlarini, bular o‗rtalaridagi aloqalarni 
yozib, menga bildirib turishi uchun diyonatli, to‗g‗ri qalamli kishilardan 
voqeanavislar belgiladim. Bordiyu noto‗g‗ri narsa yozganlari menga ma‘lum bo‗lib 
qolsa, bunday voqeanavislarni jazoladim. Hokimlar, sipoh va raiyatdan qaysi birining 
xalqqa jabr-zulm etkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof 
yuzasidan chora ko‗rdim‖. 
Hukmdor davlat qudratining ramzi bo‗lganligi sabab uning ozgina salbiy xatti-
harakati ham ommaga tez ta‘sir etadi. Uning har qanday masalada adolatli, raxmdil 
va mehribon bo‗lishi hamda qonunlarning ijrosini ta‘minlay bilishi yutuqlariga 
kafolat bo‗lib xizmat qiladi. Tarixiy saboqlar shaxsan Amir Temurning o‗zi va oilasi 
qonunlar ijrosini ta‘minlashda xalqqa o‗rnak bo‗lganligini ko‗rsatadi. 
Amir Temur o‗z davrigacha yaratilgan va davlatchilik tajribalari sifatida 
shakllangan asoslar bilan bir qatorda, yana jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar 
faoliyatini nazarda tutish hamda uning manfaatlarini ta‘minlash tartiblarini yaratdi, 
xatto tabiiy ravishda din va shariatni birinchi o‗rinda ta‘kidlagani holda, ijtimoiy 
tabaqalarga bo‗lgan munosabatini boshqa yo‗nalish va masalalardan ustun qo‗ydi.
Amir Temur davlat ishlarini yuritishda o‗z davrining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi 
etakchi omillaridan ustalik bilan foydalandi: dinu shariat ishlarini tartibga keltirib, 
tuzuklarni yaratdi. Saltanat martabalari tuzugini quyidagilarga tayanib tuzdi: 
– saltanat qonun-qoidalarini Islom dini va shariatiga bog‗ladi; 
– har bir ishda, hatto muomalada ham me‘yorni unutmadi; 
– yaxshilarga yondashdi, xech kimdan o‗ch olish payida bo‗lmadi; 
– xalqni e‘zozda tutdi, jabru zulmni o‗ziga begona bildi.
Amir Temur davlatining ijtimoiy-siyosiy tizimini yaratishda o‗tmish 
tajribalariga tayangan bo‗lsa-da, ulardan ko‗r-ko‗rona ko‗chirmadi, negaki, bunday 
qaltis harakat hamisha har qanday davlat uchun xavfli sanalgan. Amir Temur chuqur 
mulohaza yuritadigan, uzoqni va orqa-oldini o‗ylab ish tutadigan hukmdor bo‗lgani 
bois, davlat masalalarida o‗z ishonganlari bilan kengashib batafsil fikr yuritib, so‗ng 
bir to‗xtamga kelardi. 
Amir Temurdek buyuk davlat arbobining podsholar uchun yaratgan «Tuzuklari» 
uzoq asrlar davomida qadrlanib kelindi. Uning boisi shuki, avvalo, aynan ana 
shunday to‗g‗ri va odilona tadbirlar orqali u markazlashgan yirik davlatni boshqardi, 
ya‘ni kim, bu asarda bayon etilgan amallar katta sinovdan o‗tdi va hayotiyligini 
isbotladi, demakki, har bir davlat rahbari uchun, avvalo, hayotda tsdig‗ini topgan ana 
shunday qo‗llanmalar zarur bo‗lganligi uchun ham mazkur «Tuzuklar» hamon dunyo 
e‘tiborini tortib kelmoqda. 
Amir Temur 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish