Amir Temurning Movarounnahrdagi birlashtirish siyosati boshlangan
edi
. U Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida turgan erlarni o‗ziga bo‗ysundirib, o‗ziga
itoat ettirdi. Farg‗ona, Shosh viloyatlarini o‗z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo‗lmadi.
Sirdaryoning quyi oqimidagi Oltin O‗rdaga qarashli erlarni egallashda u bu erlardagi
ichki sulolaviy urushlardan foydalandi.Amir Temur Xorazmni ham qaytadan
Movaraunnahrga kiritishga intildi. Shu maqsadda 1372-yildan 1388-yilga qadar besh
marotaba Xorazmga harbiy yurish uyushtirib, Xorazmni o‗ziga bo‗ysundiradi.
133
Shu vaqtdan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyin esa
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. Shunday qilib, Ettisuvdagi va Sirdaryo
etaklaridagi erlardan tashqari, Turkiston
erlarining hammasi Amir Temur qo‗liga
o‗tdi.
Amir Temurning harbiy yurishlari
tarixda ―uch yillik‖ (1386-1388) ―besh
yillik‖ (1392-1396) ―etti yillik‖ (1399-1405)
urushlar deb nom olgan. ―Uch yillik‖ urush
davrida Amir Teur Ozarbayjon, Tabriz,
Mozandaron,
G‗ilonni
bo‗ysundiradi.
Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab,
Tiflis, Arzirum va Van qal‘asini egalladi.
―Besh yillik‖ urushlari ham Eron
orqali olib borilib Kavkaz orti, Oltin O‗rda
davlatlari bo‗ysundiriladi.
Oltin O‗rda xoni To‗xtamishxon
bilan uch marotaba to‗qnashadi. Oxirgi jang 1394-1395 yillarda Shimoliy Kavkazda
Terek daryosi bo‗yida yuz berib, Amr Temurning g‗alabasi bilan tugaydi. Bu Oltin
O‗rdaga juda kuchli zarba bo‗ldi. Shundan keyin u o‗zini o‗nglay olmadi.
Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1398-yilda g‗alaba bilan yakunlandi.
Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o‗z
dushmanlarini erkin nafas olishga qo‗ymagan. Amir Temurning etti yillik urushlari
1399-1405 yillarni o‗z ichiga olib, bu davrdagi eng yirik jangi 1402-yilda Amir
Temur Anqara yonida Boyazid bilan to‗qnashuvi va uning tor-mor etilishi bo‗ldi.
Amir Temur o‗z qo‗shinlari bilan 1404-yilning oxirida Xitoyga qarab yo‗lga
chiqqandi. O‗sha yili qish O‗rta Osiyo tarixida eng qahraton qish bo‗lgan.
Sirdaryoning suvi 1 metga muzlagan, askarlardan ko‗pini quloq-burunlarini, qo‗l-
oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o‗zi ham ko‗p o‗tmay shamollab qoladi.
1405-yil yanvar oyining o‗rtalarida O‗trorda to‗xtashga qaror qilishadi va bu erda 18-
fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi.
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar natijasida
u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movarounnahr, Xorazm,
Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg‗oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq,
Janubiy Rossiya, Kavkaz va G‗arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir
Temurning muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste‘dodi sabab bo‗ldi. Amir
Temur qo‗shinida qat‘iy tartib va intizom o‗rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va
barcha qismlar uchun yoriqlarni o‗zi ishlab chiqardi. Uning harbiy iste‘dodi Anqara
yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa yorqin namoyon bo‗ldi.
Armiyaning yuragini va qo‗mondonlik o‗zagini barlos urug‗i vakillari tashkil etardi.
SHu davr voqealarining shohidi bo‗lganlarning guvohlik berishicha barloslar harbiy
qo‗nimsizlikka nihoyatda chidamli, yoydan o‗q uzishga juda usta, o‗z hukmdorlariga
sodiq va sabr-toqatli bo‗lganlar.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |