O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Jaloliddin Manguberdi 
Tariximizdagi ulug‗ zotlardan biri mo‗gul bosqinchilariga qarshi mardonavor 
kurashgan, Vatan ozodligi yo‗lida jon fido qilgan Jaloliddin Manguberdidir. O‗rta asr 
musulmon mualliflari, jumladan uning vaziri va mirzasi ham bo‗lgan Shohobiddin an 
Nasaviy Jaloliddin Mankburni ning hayot yoli haqida o‘z asarlarida ma‘lumot 
berishgan. 
Jaloliddin og‗ir bir paytda Movaraunnahr urush domiga tortilgan, 
mamlakatning katta qismi mo‗g‗ullar tomonidan istilo etilgan, imperiya qo‗shini 
yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik yo‗liga, qolgani o‗z joni-mulkini 
asrash yo‗liga tushgan, sulton mamlakatni o‗z holiga 


121 
tashlab qo‗ygan, o‗zaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida 
paydo bo‗ldi. Jaloliddin shunday bir og‗ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun 
kurashib, mo‗g‗ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi.14 marotaba mo‗g‗ ullarga 
qarshi ot surib, uning 13 tasida g‗oliblikni qo‗lga kiritishga muvaffaq bo‗ldi.
Mo‗g‗ullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta og‗il bo‗lsa-da, buvisi
Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan 
bo‗lib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urug‗idan 
bo‗lmish 
boshqa 
bir 
shahzoda 
Qutbiddin 
O‗zloqshoh valiahd deb e'lon qilingan edi. 
Garchi Jaloliddin buvisining buyrugi bilan 
markazdan chetlatilgan bo‗lsa-da, lekin sulton unga 
alohida muhabbat bilan qarar, uning jasurligini 
qadrlar va uni o‗zidan uzoqlashib ketmasligini 
xohlar edi.Shuning uchun ham unga vazir etib 
taniqli davlat amaldori Shams-al Mulk Shahobiddin 
Alp al-Xaraviyni, noib (o‗rinbosar) etib esa sarkarda 
Kuzbar Malikni tayinlaydi.Muhammad Xorazmshoh 
1220-yil quvg‗inlikda Kaspiy dengizidagi Ashura 
orolida vafot etadi. O‗limi oldidan sulton Jaloliddinni taxt vorisi deb e‘lon qilib, 
sultonlik ba‘zi rutbalarini unga topshiradi.Jaloliddin o‗z inilari O‗zloqshoh va 
Oqshohlar bilan otasini dafn etgach, 70 ta kishisi bilan to‘g‗ri Urganchga keladi. Tez 
orada unga Xo‗jand hokimi Temur Malik va boshqa erksevar kishilar kelib 
qo‗shiladilar. Xalq Jaloliddin Manguberdini shod-u-xurramlik va katta umid bilan 
kutib oladi. 
Lekin inisi O‗zloqshoh va uning tarafdorlari unga qarshi fitna 
tayyorlayotganidan xabar topgach, bu holatda mo`g‗ullarga qarshi kurashib 
bo`lmasligini tushungan Jaloliddin 300 ta kishisi bilan yashirincha Xorazmni tark 
etadi. Hozirgi davrdagi yangi tadqiqotlar shuni ko‗rsatayaptiki, Jaloliddinning 
mo‗g‗ullar bilan ilk to‗qnashuvi avval boshida Jand viloyatidagi Irg‗iz dashtida 
bo‗lgan ekan. Jaloliddin 16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso 
qo‗rg‗oni atrofiga yetib keladi. Chingizxon sulton o‗g'illarining Xorazmga 
qaytganliklaridan xabar topgach, agarda ular Xurosonga chekinmoqchi bo`lsalar, 
ularga qarshi chiqadi degan maqsadda o‗z qo‗shinidan Xurosonning har yeriga 
pistirmalar qo‗yadi Jaloliddin Niso yaqinida o‗zining 300 ta askarlari bilan 
mo‗g‗ullarning 700 kishilik qo‗shinini zarbaga uchratadi Mo‗g‗ullar batamom 
mag‗lub etiladi 
Bu vaqtda Jaloliddinning ukalari O‗zloqshoh va Oqshohlar sarosimaga tushib, 
nima qilishlarini bilmay, Jaloliddin ketidan ular ham Xurosonga ketishadi. 
Mo‗g‗ullarning kichik otryadi ustidan g'alaba qozonib, bu g'alabaga juda katta e'tibor 
berib yuborishadi. Shundan so‗ng aysh-u-ishratga berilib, Xurosonning Xabushan 
shahri yaqinida mo‗g‗ullarga qarshi navbatdagi kurashda qo`lga tushib, qatl etiladilar.
Jaloliddin esa bu vaqtda Nishopurga yetib keladi. Bir oy davomida mo‗g'ullarga 
qarshi kurashish maqsadida barcha amir, sarkardalarga qo`shin yig‗ish hususida 
murojat qiladi. Mo‗g‗ullar uning ushbu faoliyatidan xabardor bo‗lganliklarini 
bilgach, Zavzon (Nishopur va Hirot oralig‗ida) tumanidagi al-Qohira qal'asiga kelib 
Jaloliddin Manguberdi 


122 
o‗rnashadi. Afsuski, bu vaqtda mahalliy noib hokimlar uning atrofida jipslasha 
ololmaydilar. Hali yetarli kuchga ega bo‗lmagan Jaloliddin qal‘ada uzoq turish xavfli 
ekanligini tushunib, G'azna tomon yo‗l oladi. 
Chingizxon esa bu vaqtda ulkan qo‗shin bilan Xurosonga izma-iz kelayotgan 
edi. Jaloliddin G‗aznaga yetmasdan yaqin orada Hirot hokimi hamda qayinotasi 
bo‗lmish Amin Malik bilan uchrashadi va ular birgalikda Qandahor qal‘asini qamal 
qilayotgan mo‗g'ullar ustiga yurish qiladilar. Uch kunlik jangdan so‗ng mo‗g'ullar 
mag‗lub etilib Jaloliddin g‗olib bo‗ladi va u G‗azna tomon yo‗l oladi.
U 1221-yilning fevralida G‗aznaga kirib keladi. Chingizxon Jaloliddinning 
kuch-qudratini oshib borayotgani va mo‗gullar undan Qandahorda zarbaga 
uchraganligidan g‗azablanib, no‗yon Shiki Xutuxu boshchiligidagi qo‗shinni uning 
ustiga yuboradi. 
Jaloliddin bir hamladayoq mo‗g‗ullani zarbaga uchratishga muvaffaq bo‗ladi. 
Bu jangda mo‗g‗ullarning 1000 dan oshiq kishisi halok bo‗ladi. Jaloliddinning 
mo‗g‗ullarga qarshi muhim Janglaridan biri 1221 yilning kuzida shimoliy 
Afg‗onistonning Lagar daryosi bo‗yidagi Parvona dashti yaqinida bo‗lib o‗tadi. 
Parvona jangi mo‗g‗ullarning mutlaq mag‗lubiyati bilan tugab, Shixi Kutuxu qolgan 
qutgan qo‗shini bilan Chingizxon huzuriga bazo‗r qochishga ulguradi.
Parvona yaqinidagi jang Movarounnahr va Xuroson ahli uchun nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bo‗ldi. Shu paytgacha mo‗g‗ullarning ilohiy, yengilmas kuch-
qudratga egaliklari xususidagi gap so‗zlarga, afsonalarga chek qo‗yildi. 
Jaloliddinning g‗alabasidan Movaraunnahr va Xuroson xalqlarining ruhi ko‗tarildi,
g‗alaba ta‘sirida Saraxs, Marv Hirot va boshqa Xuroson shaharlarida mo‗g‗ullarga 
qarshi xalq isyonlari boshlanib ketdi. Buxoroda bosh ko‗targan aholi esa mo‗g‗ullarni 
shahardan siqib chiqarishga muvaffaq bo‗ldi Chingizxon Jaloliddinning kuchayib 
borishi, uning xalq ommasi tomonidan qo‗llab-quvvatlanilishi mo‗g‗ullar bosib olgan 
yerlar uchun qanchalik xavf tug‗dirishini yaxshi anglab etgan edi. Shu sababdan ham 
shaxsan o‗zi Jaloliddinni qanday qilib bo‘lmasin mag‗lub etish maqsadida shitob 
bilan katta qo‗shinga bosh bo‗lib, janub tomon yo‗l oldi. 
Jaloliddin qo‗shini Parvona jangidan so‗ng katta o‗ljani qo‘lga kiritgan edi. 
Ushbu o‗ljaning taqsimlanishi vaqtida Jaloliddinning ikki sarkardasi Amin Malik va 
Sayfiddin O‗g‗roq o‗rtasida ixtilof chiqadi. Ixtilof natijasida Sayfiddin O‗g‗roq va 
undan keyin boshqalar ham qo‗shindan ajrab chiqib ketadilar. Jaloliddinning qo‗shini 
kamayib, u nihoyatda og‗ir bir ahvolda qoladi. Jaloliddinning uni tark etgan 
sarkardalarga qayta ittifoq tuzish, dushmanga qarshi birgalikda kurash olib borish 
to‗g‗risidagi murojaati zoe ketdi. Jaloliddin xasta bolib turgan paytida mo‗g‗ullarning 
ilg‗or guruhi Gardezga (G‗aznadan 50 km. sharqda joylashgan shahar) 
o‗rnashganligidan xabardor bo‗ladi. Jaloliddin xastaligiga qaramasdan Gardezdagi 
mo‗g‗ul askarlariga to‗satdan zarba berib, ularni mag‗lubiyatga uchratadi. U 
Chingizxonga qarshi ozchilik qo‗shin bilan kurasha olmasligini anglab, Sind (Hind) 
daryosi bo‗ yiga chekinishga qaror qiladi.
Jaloliddinni qanday qilib bo‗lmasin mag‗lub etish va uni qo‗lga tushirish 
ilinjida bo‗lgan Chingizxon uni izma-iz ta‘qib etib keladi. Jaloliddinni ta‘qib etib 
kelayotgan mo‗g‗ullarga ayniqsa Bamiyon qal‘asi qattiq qarshilik ko‗rsatdi. Bamiyon 
qamali vaqtida Chig‗atoyning o‗g‗li Chingizxonning suyukli nabirasi Mutulk halok 


123 
bo‗ladi. Bundan darg‗azab bo‗lgan Chingizxon qal‗adan bironta o‗lja, bironta odamni 
asirlikka olmay barcha qal‘a ahlini qirib tashlashni buyuradi. 
Nihoyat 1221-yilning 25-noyabri, payshanba kuni (hijriy 618-yil shavval 
oyining sakkizinchi kuni) Sind daryosi bo‗yida uch kun davom etgan hal qiluvchi 
jang boshlandi. Bir qator o‗rta asr musulmon tarixchilarining ta‗kidlashlaricha, 
bunday qonli, keskin va dahshatli jang tarixda ro‗y bermagan ekan. Jaloliddin va 
uning qo‗shini misli ko‗rilmagan darajada jasorat va bahodirlik namunalarini 
ko‗rsatdilar. Faqat uchinchi kunga kelib, Chingizxon qo‗shini ustunlikka erisha 
boshladi Jaloliddinning taxminan 7-8 yoshli o‗g‗li Chingizxon qo‗shini qo‗liga tushib 
qolib o‗ldiriladi. Jangda mardonavor kurashgan Amin Malik va boshqa ko‗plab 
sarkarda, navkarlar halok bo‗ldilar. Chingizxon qanday qilib bo‗lmasin Jaloliddinni 
tiriklayin qo‗lga olishga buyruq beradi. Jaloliddin esa uni qo‗lga olishga intilayotgan 
mo‗g‗ul qo‗shini qo‗rshovini shaxsiy bahodirligi bilan yorib chiqib, Sind daryosi 
bo‗yiga etib kelishga muvaffaq bo‗ladi. Daryo bo‗yida onasi ,Oychechak va 
haramdagi boshqa ayollar uni kutib turishar edi. Shundoq ham bu jangdan ruhiy va 
jismonan ezilgan Jaloliddinga ular "... bizni o‗ldiring va mash‘um asirlikdan 
qutqaring" deya murojaat qilishadi. Jaloliddin barchalarini cho‗ktirishga ko‗rsatma 
berishdan boshqa iloji qolmaydi. O‗zi esa oti bilan suvga sakrab, daryoning narigi 
beti-Hindiston tomonga suzib o‗tadi.
Jaloliddinning har qanday vaziyatda ham o‗zini yo‗qotmasligi, uning jasorati va 
mardligiga Chingizxon ham tan beradi. Tarixchilardan Juvayniy, Rashididdin va 
boshqalarning yozishlariga qaraganda Jaloliddinning jasoratiga qoil qolib Chingizxon 
o‗z og‗illariga qarata "Otaning faqat shunday o‗g‗li bo‗lishi lozim. U olovli jang 
maydonidan o‗zini qutqarib halokatli girdobdan najot qirg‗og‗iga chiqdimi, undan 
hali ulug‗ ishlar va qiyomatli isyonlar keladi!",-dedi va uning orqasida ta'qib etishni 
taqiqladi. Sind daryosi bo‗yidagi jangdan so‗ng Chingizxon uch oy davomida 
Jaloliddin qo‗shinidan o‗z vaqtida ajrab ketgan sarkardalar qal'alarini qo‘lga olib, 
ularni yo‗q qilish bilan band bo‗lgan.
Rashididdinning yozishiga ko‗ra, Jaloliddin daryodan taxminan 120 ta tirik 
qolgan kishilari bilan Hindiston qirg‗og‗ida uchrashadi. Jaloliddin ham tirik qolganlar 
ham ma‘naviy-ruhiy ham og‗ir janglardan jismoniy ezilgan holda murakkab bir 
ahvolda qolishgan edi.Bu vaqtda Shatradagi mahalliy hind rojalaridan biri 40.000 
chog‗li qo‗shini bilan daryoning bu betiga suzib o‗tgan xorazmliklarni qirib tashlash 
uchun yetib keladi. Faqatgina Jaloliddinning tengsiz bahodirligi va qahramonona 
hatti-harakati tufayli Roja o‗ldirilib, qo‗shin orqaga chekinadi. Bu jangdan 
xorazmshoh askarlarining ruhi ham ko‗tarilib, tez orada Jaloliddin o‗z atrofiga 3 
ming kishilik askarni yig‗ishga muvaffaq bo‗ladi. Og‗ir vaziyatlarda ham o‗zini 
yo‗qotmasdan, qadi bukilmagan sarkarda Hindistonga o‗tgach, Sind daryosi 
bo‗yidagi yerlarni ishg‗ol qila boshlaydi Tez orada Jaloliddinning hokimiyatini Dehli 
sultoni Shamsiddin Eltutmish (1211-1236) va Sind, Mo lton, Lohur va Peshovar 
hokimi bo‗lmish Nosiriddin Qubacha (1205-1227) ham tan oladilar. 
Hindistonda Jaloliddin 1223-yilning oxirlarigacha bo‗lib, xorazmshohlarning 
azaliy mulki bo‗lgan Iroq va Eronni o‗z izmiga kiritish maqsadida yo‗lga otlanadi. 
O‗z o‗rniga noib etib, taniqli sarkarda Jahon polvon O‗zbekni qoldirib ketadi. Jahon 
polvon to 1229 yilgacha Hindiston mulklarini boshqarib, so‗ngra Jaloliddin huzuriga 


124 
Iroqga qarab ketadi va uning harbiy yurishlarida yelkadosh bo‗lib xizmat qiladi. 1224 
yilning boshida Jaloliddin Kirmonga kelib, Kirmon sultoni bo‗lmish ukasi 
G‗iyosiddindan yordam uchun 4000 kishilik qo‗ shin oladi. U o‗zining asosiy 
maqsadi mo‗`g‗ul istilochilariga qarshi kurashib, mustaqil davlat yalovini tiklash 
ekanligini bildiradi. Uning Sheroz va Isfahonga tashrifini xalq katta tantana bilan 
kutib oladi. 
1230 - yilga qadar Jaloliddin mo‗g‗ullarga qarshi kurash olib boradi. 
1230-yil 10-avgustida Koniya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, 
Mayafiriqin hokimi va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni mag‗lub 
etadi. Ismoiliylar esa butkul xoinlik yo‗lini tutib Jaloliddinning mag‗lubiyati 
to‗g‗risida mo‗g‗ullarga yashirin noma ham yuboradilar Jaloliddin mag‗lubiyatidan 
foydalangan mo‗g‗ullar uning Ozarbayjonning Mug‗on, Shirkabutdagi qo‗shin 
yig‗ishi mumkin bo‗lgan joylariga qo‗qqisdan zarba berishadi. 1231-yil bahorida u 
Ganjaga kelib, barcha gina-kudratlarini unutib, yana mo‗g‗ullarga qarshi ittifoq tuzish 
uchun musulmon hukmdorlariga murojaat etdi. Lekin uning taklifi javobsiz qolib 
ketdi. Shunda Suriyadagi Amida qal‘asi hokimi uni o‗z oldiga chorlaydi. U Iroqga 
borib yana qo‗shin to‗plamoqchi bo‗ladi. 
Amida yo‗li yaqinida unga to‗satdan mo‗g‗ullar hujum qilib qolishadi (1231 yil 
avgust boshi).Uni 15 chog‗li mo‗g‗ul navkarlari ta'qib etishadi.Jaloliddin o‗z 
sheriklaridan ajrab Mayafariqin (Hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinida Ayn-
ad-dar qishlog‗iga keladi.Ushbu tog‗lik qishloqda u kurdlar qo‗liga tushadi.O‗zini 
sulton deb tanishtirgandan so‗ng uni kurdlar o‗ldirishga jazm etmaydilar.Uni tegishli 
joyga yetkazib qo‗yish evaziga mukofot va‘da qiladi. Lekin kurdlar rahbari 
honadonidan joy olgan horib-tolgan Jaloliddinni boshqa bir kurd kishisi o‗lgan inisi 
xuni evaziga o‗ldiradi. Bu voqea taxminan 1231 yilning avgust oyi 17-20 sanalari 
oralig‗ida ro‗y beradi.
Jaloliddin Manguberdini shaxsan bilgan Shahobiddin an-Nasaviy u to‗g‗risida 
shunday ta‘rif bergan edi: "U turkiy bo‗lib, 
qora mag‗iz yuzli, burni oldida qora xoli bor 
o‗rta bo‗yli yigit edi. Fors tilida ham 
bemalol so‗zlasha olar edi. U dovyuraklikda 
tengi yo‗q, sherlar ichida arslon, otliqlar 
ichida eng jasuri edi. qisqa so‗zli, hech 
qachon so‗kinmagan yomon so‗zlarni o‗ziga 
ep ko‗rmagan, juda jiddiy, atrofdagilar oldida o‗zini sipo tutar, hech qachon kulmas, 
faqatgina tabassum qilib qo‗yar edi xolos. U adolatni sevgan, lekin zamon zayli uni 
o‗zgartirishga majbur qilgan. U o‗z fuqarolarini dardini yengillashtirishga harakat 
qilgan, shuni hohlagan, lekin tanazzul davri bo‗lganligi bois ham zo‗ravonlikka yo‗l 
bergan. O‗zini ulug‗lashlarini istamagan. Bachkana ta‘riflarni yoqtirmagan, faqat 
sulton deya murojaat qilishlarini so‗ragan. Uning farmonlarida yolg‗iz so‗ z: 
"Yordam yolg‗iz Ollohdandir!" degan shior bo‗lgan.» 
Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish va tarixiy 
adolatni qaror toptirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 
1998 yil 24 sentabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq 
buyuk sarkardaning tavallud kuni keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib o‗tildi. 


125 
Yubiley munosabati bilan Urganchda sarkardaga ulkan memorial yodgorlik 
o‗rnatildi, 2000 yil 30 avgustda ―Jalolddin Manguberdi‖ordeni ta‘sis etildi, mohir 
rassom T. Quryozov tomonidan sarkardaning portreti yaratildi, "Jaloliddin 
Manguberdi-Vatan, yurt himoyachisi" mavzuida xalqaro ilmiy anjuman o‗tkazildi. 
Mo‗g‗ullar istilosidan so‗ng Movaraunnahr. Xorazmning gullab-yashnagan 
dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong‗i ketgan qadimiy 
va obod shaharlar jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo‗jand, Marv, Termiz, 
Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. 
Bosqindan so‗ng sharqqa dong‗i ketgan zargarlik, qurol- aslaha yasash, nafis 
matolar to‗qish, naqshinkor nimchalar ishlab chiqarish barham topdi. Vohalarda 
suvsizlikdan yerlar qaqrab dehqonchilikka qiron keldi. Bir necha asrlik tarixga ega 
bo‗lgan mashhur ipak savdo yo‗llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari 
xor-zor etildi. Tirik qolgan aholi vayronalarga, zulm va zo‗ravonlikka, ochlik va 
qashshoqlikka mahkum etildi Chingizxon tiriklik vaqtidayoq o‗z o‗g‗illariga 
mulklarini ulus qilib bo‗lib berishni boshlagan edi 1207-yildayoq katta o‗g‗il ilkiga 
Selenga daryosidan Irtishgacha bo‗lgan yerlar mulk yoyib berilgan edi. Chingizxon 
o‗limi arafasida (1227-yil avgust) esa boshqa o‗g‗illariga ham turli zabt etilgan 
yerlarni ulus etib bo‗lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo‗lgan 
yerlar Jo‗chiga, Oltoy tog‗larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha 
bo‗lgan yerlar ikkinchi o‗g‗il Chig‗atoyga, Xitoy va Mo‗g‗uliston voris bo‗lmish 
uchinchi o‗ g‗il Ogedeyga, Eron va Xuroson Tuliga ulus tarzida bo‗lib berildi.
Chingizxon tiriklik vaqtidayoq xorazmlik taniqli savdogar, mo‗g‗ullar 
xizmatida anchadan beri faoliyat ko‗rsatayotgan Mahmud Yalavochni Movarounnahr 
noibi etib tayinlashini bildirgan edi va u tez orada Movarounnahr noibi etib 
tayinlanadi.
Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish, o‗lkada 
mo‗g‗ullarga qarshi g‗alayon bo‗lishini oldini olish ma'suliyati yuklatilgan edi.
. Mo‗g‗ul xon va mahalliy zodagon, yer egalarining zulmi natijasida mehnatkash 
xalq endilikda ikki tomonlama ezila boshladi. O‗lponu soliqlarning miqdori tobora 
oshib bordi undan tashqari esa aholidan yig‗ib olinadigan turli to‗lovu yig‗imlar, 
jarimalarning soni haddan tashqari oshib keta boshladi. 
Misilsiz jabr-zulm, aholining xo‗rlik va qashshoqlik domiga tashlanishi 
soliqlarning haddan ziyod o‗sishi, mehnatkash aholining tinka madorini quritib 
yubordi. Aholi ichida mo‗g‗ullarning zo‗ravonligi va istibdodiga qarshi 
norozilikharakati tobora kuchayib, bu norozilik ayniqsa, 1238 Mahmud Tarobiy 
qo‗zg‗olonida o‗z aksini namoyon qildi Bu ozodlik qo‗zg‗oloni 1238-yil 
Buxorodning Tarob qishlog‗ida boshlandi, Bu qo‗zg‗olonda mo‗g 'ullar va mahalliy 
zodagonlar zulmidan ahvoli og‗irlashgan hunarmand, dehqon, va kambag‗al aholi, 
ayniqsa, faol qatnashadi. Qo‗zg‗olonga esa asli Tarob qishlog‗idan bo‗lgan g‗alvir 
yasovchi hunarmand usta Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi. 
Mahmud Tarobiy avval o‗z qishlog‗ida istilochilar zulmi bedodligiga qarshi 
otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. Qo‗zg‗olon kuch-qudrati oshib borayotganligini, 
xalq qo‗zg‗olonchilar tarafiga o‗tib borayotganligini ko‗rgan mo‗g‗ul no‗yonlari 
Movarounnahr hokimi Mahmud Yalavochdan yordam so‗rashga majbur bo‗ladilar. 
Mahmud Tarobiy o‗zining ko‗plab tarafdorlari bilan Buxoro tomon yo‗l oladi.


126 
Mahmud Tarobiy Buxoro ahliga muruvvat namunalarini ko‗rsatdi. Buxorodan 
qochgan mo‗g‗ul harbiylari va buxorolik zodagonlar Karmanaga kelib panoh topgan 
edilar. Bu yerda ular ma`lum kuch to‗plab, Mahmud Tarobiy ustiga harbiy yurishni 
boshlaydilar. Bundan xabardor bo‗lgan Mahmud Tarobiy dushmanga qarshi 
kurashish maqsadida shahar chetidan Karmana yo‗liga katta harbiy kuch bilan 
chiqadi. Ikki o‗rtadagi qattiq jangdan so‗ng istilochilar yengilib orqaga chekindilar. 
Qo‗zg‗olonchilar mo‗g‗ullarni to Karmanagacha quvib bordilar. Ushbu jangda 
mo‗g‗ullardan 10000 kishi qirib tashlandi. Lekin bu zafarli jangda qo‗zg‗olonchilar 
rahbarlari Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo‘ldilar. 
Qo‗zg‗olonchilar endilikda shahid ketgan Mahmud Tarobiyning o‗rniga uning ukalari 
Muhammad va Alini rahbar etib saylaydilar. Lekin bu yangi rahbarlarning harbiy 
tajribalari yo‗q, xalq ularni yaxshi tanimas, omma ichida ular nufuzga ega emas 
edilar. Bu esa qo‗zg‗olonning borishiga salbiy ta‘sir o‗tkazdi. Oradan bir hafta 
o‗tmay mo‗g‗ullarning Elduz no‗yon va Chag‗an qo‗rchi olonni bostirish uchun yetib 
keldi. Ikki tomonlama jangda Mahmud Tarobiy tarafdorlari butkul tor-mor qilinib, 
ikkala tomondan 21 mingdan oshiq boshchiligidagi yangi qo‗shini qo‗zg‗alon jangchi 
halok bo‗ldi.
Mahmud Tarobiy boshchiligidagi ushbu xalq qo‗zg‗oloni xalqimiz ozodlik 
kurashlari tarixida o‗ziga xos iz qoldirdi. U, avvalo, istilochilar va ular tomoniga o‗tib 
ketgan mahalliy zodagonlarning umumiy zulmiga qarshi ko‗tarilgan kurash edi. Bu 
ozodlik qo‗zg‘oloni mo‗g‗ul istilochilariga ular qanchalik shavqatsiz tuzum 
o‗rmatmasinlar, xalq hamisha o‗z ona vatani ozodligi yo‗lida kurashdan 
cho‗chimasligini namoyon qildi. Mo‗g‗ullar bu qo‗zg‗olondan so‗ng bosqoqlar 
tomonidan yig‗iladigan soliq va o‗lponlarni tartibga keltirishga harakat qildilar. 
Mahmud Torobiy qo‗zg‗olonidan keyin Chig‗atoyy qo‗zg‗olonni bostirishda 
sustkashlik qilgan, degan maqsadda, Mahmud Yalavochni o‗z amalidan chetlashtirib, 
uni Movaraunnahrdan chiqartirib yubordi. Tez orada xoqon uni Dasin (Pekin)ga 
shahar noibi etib jo‗natadi. Shundan so‗ng Movaraunnahr noibi hamda ijaradori 
sifatida Mahmud Yalavochning o‗g‗li Ma‘sudbek tayin etiladi. U o‗limiga qadar 
(1289 y,) shu lavozimni egallab turadi. 
XIII asrning ikkinchi choraklaridan mo‗g‗ullarning ichida ham endilikda 
ma‘lum siyosiy nizolar, parokandaliklar kelib chiqa boshlaydi. 1241-yilga kelib bosib 
olingan Rusiya, Volga bo‗yi, Ural va boshqa yerlardan Oltin O‗rda davlati tashkil 
topadi. Mo‗g‗ullar 1256-yili Xulagu boshchiligida Eron, Kurdiston, Iroq va Yaqin 
Sharqning boshqa yerlariga hujum qiladilar. Mo‗g‗ul xonlari o‗rtasida oliy 
hukmdorlik uchun kurash avj oladi. Ayniqsa, buyuk xogon Guyukxonning (1246-
1249) o‗limidan so‗ng bu kurash keskin kuchayadi. 1251-yili hokimiyat tepasiga 
Botuxon va Berkaxonlarning qo‗llab-quvvatlashlari bilan Tulining to‗ng‗ich o‗g‗li 
Munqa (1251-1259) ulug `xon sifatida saylanadi. U dastlab Chig‗atoy ulusini mulk 
sifatida tugatadi va uni Botuxon bilan bo‗ lib oladi. Keyinchalik Munqaning 
o‗limidan so‗ng Chig‗atoyning nevarasi Olg‗uxon (1261-1266) Oltin O‗rdaga qarshi 
kurashib, Chig‗atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‗ladi.
XIII asrning 60-70-yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan mo‗g‗ul 
imperiyasi aslida Erondagi Xulagiylar. Movaraunnahrdagi Chig‗atoylar, Oltin O‗rda 
deyarli mustaqil qismlariga bo‗linib ketgan edi. Har bir ulus xoni o‗zini tamomila 


127 
mustaqil sanab, payt kelganda qo‗shni uluslarga o‗lja uchun hujum ham qilib turar 
edilar. Masalan 1272-yili Xulagiylarning Oqbek boshchiligidagi askarlari Kesh va 
Nahshab shaharlarini, 1273-yil yanvarida Buxoroni talon-taroj etadilar. Buxoro 
dahshatli qirg‗in-barotni boshdan kechirib, yetti yilgacha vayrona tarzda yotadi.
Ba‘zi no‗yon, xonlar, harbiy ma‘murlarning kichik qismi ularga ergashgan 
mahalliy zodagonlar, savdogarlar, diniy ulamolar va boshqalar o‗troq hayotga o‗tish , 
markaziy hokimyatni kuchaytirib, savdo-sotiqni rivojlantirish tarafdorlari edi. 
Dehqonchilik va savdo-sotiq xazinaning asosiy manbai bo‗lishi mumkin edi. Buning 
uchun esa shahar va qishloqlarni tiklash, ekinzorlarni o‗zaro payhon etishga chek 
qo‗yish soliqlarni tartibga tushirish, shaharlar rivoji savdo hunarmandchilikka 
homiylik qilish darkor edi. Yuqorida ta‘kidlangan ma‘daniylashish tarafdorlari safiga 
Munqaxon (1251-1259) va Chig‗atoy noibi, xoqonning yaqin maslahatchisi 
Ma‘sudbek (1238-1289) ham kirar edilar. Munqaxon shubhasiz tadbirli va zehnli 
Movaraunnahr noibi Ma‘sudbekning ta‘siri ostida ba‘zi bir ijobiy o‗zgarishlarni 
amalga oshirdi. 
Ayniqsa, xo‗jalik-iqtisodiy hayotni bir me'yorga tushirish, savdo va pul 
muomalasini izga solishda Chig‗atoy ulusi noibi Masudbekning xizmati va islohotlari 
katta o‗rin tutgan. Ma'sudbek mo‗g‗ul qoonlariga shaxsan yaqinligi ham uning 
islohotlar o‗tkazilishga imkon ham bergan edi. 1271-yili mo‗g‗ullarning ma`daniy, 
o‗troq hayot tarafdorlari madadi, Talas qurultoyi (1269-y) qarorlariga tayanib, 
Masudbek yangi pul islohoti o‗tkazishga kirishdi. Unga ko‗ra , har qanday shaxs 
o‗ziga kerakli tangalarni zarbhonalarga olib borib , uni hohlagan tarzda , lekin har hil 
hajm , qiymat ,vaznda zarb etish mumkin edi.Avval boshida qiyinchilik bilan 
kechgan bu jarayon XIII asrning 80 yillariga kelgandagina faollasha bordi.Tez orada 
16 ta yirik shahar va viloyatlarida bir hil vazn va yuqori qiymatga ega sof kumush 
tangalar zarb etildi. Ma‘sudbek 1273-1276-yillari Buxoroning qayta tiklanishiga o‗zi 
bosh qo‗sha boshladi. 1282-1283 yillarda Buxorodagi zarbxonalar to‗laqonli 
ishlashga kirishdi. Savdo iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borayotgan Farg‗ona 
vodiysida esa Chig‗atoy xoni Duvaxon (1291-1306) davrida Andijon shahriga ham 
asos solindi. 
XIV asrning 1-yarimiga kelib, Chig‗atoy ulusida mo‗g‗ullarning 
o‗rtoqlashuv jarayoni kuchayib, mo‗g‗ul zodagonlari katta qismi savdo doiralari bilan 
yaqinlashib , islom ma`daniyati ta`siriga berilishi kuchayib bordi. Movaraunnahr 
ma`daniy o‗lkasi bilan yaqin aloqa o‗rnatib , o‗troq hayot kechirishga intilgan 
Chig‗atoy xonlaridan biri Kebekxon(1309,1318-1326)bo‗ldi. U butunlay 
Movaraunnahrga ko‗chib kelib, o‗z qarorgohini Nasaf yaqinida barpo etdi. 
Keyinchalik bu saroy o‗rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxon davlatni 
idora etish , uning ma`muriy tuzilishini qayta tiklash , iqtisodiy hayotni tartibga solish 
maqsadida 2 xil ma`muriy va moliyaviy islohot o‗tkazdi. Ma‘muriy islohotga ko‗ra 
mahaliy tuzilmalar tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi.Mahalliy hokimlar maliklar , 
sadrlarning o‗rinlari turkiy- mo‗g‗ul urug‗ boshliqlari qo‗liga o‗tdi. Noiblik esa 
merosiy bo‗lib qoldi. Bu islohot davlatni birmuncha mustahkamlashda o‗zining 
ijodiy samarasini berdi.
Ma‘sudbek davrida pul islohoti amalga oshirilgan bo‗lsada. Kebekson uni 
takomillashtirdi. Jumladan, 2 xil pul: yirik kumush tanga-"dinor" va mayda kumush 


128 
tanga ―dirham‖ zarb ettiradi. Kebek nomidan tangalar asosan Buxoro va 
Samarqandda zarb etilar edi. Shuningdek, O‗tror zarhromasi ham faol ishlay boshladi
Kebekxonning ukasi Oloviddin Tarmashrin (1326-1384) akasining siyosatini 
davom ettirib, o‗troq hayot an'analarini qattiq turib himoya qiladi. U islom dinini 
qabul qilib islom dinini Chig‗atoy ulusining rasmiy diniga aylantiradi. Tarmashirin 
siyosatidan norozi ko‗chmanchi mo‗g‗ul zodagonlari isyon ko‗tarib 1334-yilda uni 
o‗lirishadi. Tarmashirindan so‗ng hokimiyat tepasida bo‗lgan Changshi (1334), 
Bo‗zan (1334-1338) Eson-Temur (1388-1342) Muhammad (1342-1343)lar davrida 
Movarounahrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida sezilarli o‗zgarishlar 
bo‗lganligi yo‗q. Aksincha, mahalliy qabilalar hokimati, urng‗ boshliqlarining ta‘siri 
bu paytga kelib yanada kuchayib Chig‗atoy hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi. 
XIV asrning 40-yillariga kelib, Chig‗atoy xonlarining so‗nggi vakilaridan biri 
Qozonxon (1343-1346)markaziy hokimiyati kuch-qudrati ta'sirini ko‗tarib ichki 
siyosatda Kebekxon Tamarshirin yo‗lini tutishga harakat qildi. U ko‗chmanchi 
harbiylarga qarshi kurash olib borib Qashqadaryo vohasida hatto ularga qarshi 
tayanch markazi etib-Zanjirsaroy qal‘asini ham barpo etgan edi. Qozag‗on 
boshchiligidagi bir guruh ko‗chmanchi, talonchilik siyosati tarafdorlari 1346-yili fitna 
natijasida Qozonxonni o‗ldirishga muvaffaq bo‗lishadi 
Qozag‗an o‗ziga amir unvonini olib, davlat boshqaruvini o‗z qo‗liga oldi. 
Movarounnahr Qozag‗on davridayoq bir necha yarim mustaqil qismlarga bo‗linib 
ketgan edi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik avj olib, o‗zaro nizolar yanada kuchaygan 
edi. Kesh (Shahrisabz) atrofidagi yerlar Hoji Barlos boshchiligidagi barlos urug‗iga, 
Xo‗jand Boyazid Jaloyiriyga qaram bo‗lib qoldi, Balx va uning atrofidagi yerlar 
Qozog‗onning nevarasi amir Husaynga tobe bo‗ldi, Shiburg‗on esa Muhammadxo‗ja 
Apverdi qo‗liga o‗tib ketdi. Bundan tashqari Buxoroda diniy ulamolardan iborat 
sadrlar, Xuttalonda mahalliy hokimlardan bo‗lishi Kayxusrav, Termizda-sayidlar, 
Badaxshonda o‗zboshimcha mahalliy shohlar hokimiyatni qo‗lga olishdi. 
XIII asr ikkinchi yarmi va XIV asrning birinchi yarmida xo‗jalik. iqtisodiy 
hayotdagi 
siljishlar, 
savdo-sotiqning 
rivojlanishi, 
qolaversa, 
Chig‗atoy 
mo‗g‗ullarining tobora o‗troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik vaqtida 
tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga olib keldi. Avvalo 
shaharsozlik bilan bog‗liq binokorlik va me‘morchilik yo‗lga qo‗yila boshlandi. 
Mahalliy diniy ulamolar va dunyoviy zodagonlar, gohida mo‗g‗ul zodagonlarining 
ba'zilari qurilish ishlariga homiylik qila boshlashdi. Memorchilikda aloxida orin 
tutgan ganchkorlik,gisht oymakorligi,koshinpazlik,me‘moriy xattotlik qayta tiklandi. 
Movaraynnaxr, Xorazmda maxalliy binokorlar ishtirokida xonaqox, maqbara, masjid, 
saroy, minoralar qad ko‘tara boshladi. Jumladan, Buxorodagi Sayfiddin Boxarziy 
nufuzli diniy ulamolardan biri bo‘lib,u 1258 yil olamdan o‘tgan edi. Uning qabri 
ustida tez orada katta maqbara va xonaqox barpo etildi. Shu davrlarda barpo etilgan 
ko‘pgina me‘moriy obidalar u yoki bu ko‘rinishda xozirgi kunlargacha etib 
kelgan.Shuningdek, mana shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Qusam ibn Abbos 
maqbarasi ziyoratxonasi, Xoja Axmad maqbarasi, Ko‘xna Urganch (Gurganj)dagi 
Najmiddin 
Kubro 
va 
To‘rabekxonim 
maqbarasi, 
masjid 
va 
baland 
minoralar(minoraning 
xozirgacha 
saqlangan 
qismi 
62 
metrni 
tashkil 
etadi,minoralarning bittasi 20 asr boshlarida qulab tushgan).Xo‘jandagi Duvaxon 


129 
maqbarasi(keyinchalik vayron bo‘lgan) va boshqalarni tilga olib o‘tish 
mumkin.Qarshidagi buzilib ketgan saroy,Ma‘sudbek xukmronligi davrida(1238-
1289) Buxoroda barpo etilgan ―Ma‘sudiya‖,‖Xoniy‖ madrasalari va boshqalar 
to‘grisida manbalarda ma‘lumot berib o‘tiladi.
Bu davrda yozma manbalarga murojaat qiladigan bo‘lsak, asli G‗ur viloyatidan 
bo‗lgan Abu Umar Minhojiddin Juzjoniyning 1260-yil yozilgan «Tabaqoti Nosiriy» 
(Nosirga atalgan tabaqalar), Oloviddin Ota Malik Juvayniyning «Tarixi 
jahongo‗shaiy» (Jahon fotihi tarixi), Fayzulloh Rashididdin Hamadoniyning "Jomeat-
tavorix (Tarixlarning jamlanishi) Shahobiddinan-Nasaviyning "Siyratas-sulton 
Jaloliddin Mankburni" (sulton Jaloliddin Mankburning hayot faoliyati) kabi nodir 
tarixiy asarlari ham jahon yuzini ko‗rdi. 
Bu asarlar o‗z vaqtida mo‗g‗ullar istilosi va undan keyingi davrni o‗rganish 
bobida birinchi darajali manbalar hisoblanadi. Bu paytda shuningdek, islom ahloq-
odob va taqvodorligi asosida turkiy tildagi adabiyot ham rivoj topa boshladi. 
Xorazmdagi bu adabiyotning bir vakili mashhur faylasuf shoir va mutafakkir 
Pahlavon Mahmud (1247-1326) hisoblanadi. U nafaqat shoir, mutafakkir bo‗libgina 
qolmay, Hindiston, Sheroz, Rumda ham beli yerga tegmagan kurashchi polvon 
bolgan; 
Bu paytga kelib turkiy adabiyot rivoji bilan bir qatorda, tasavvuf, din 
ilmlarining ham rivojlanishi ko‗zga tashlanadi Tasavvuf ilmining mashhur 
namoyondasi, naqshbandiylik tariqatining asoschisi Bahovuddin Naqshband (Sayid 
Muhammad ibn Jaloliddin) (1318-1389)-avvalo o‗z mehnati bilan halol kun ko‗rish 
g‗ oyasini yoqlaydi. Uning «dil ba yoru, dast ba kor» (ya‘ni diling xudoda bo‗lsinu, 
qo‗ling mehnatda bo‗lsin) degan shiori keyinchalik juda mashhur bo‗ lib ketdi. Uning 
nomi xalq orasida ma‘lum va mashhur bo‗lib ketib, Buxoro yaqinidagi qabri 
musulmonlar ziyoratgohlaridan biriga aylanib qolgan edi. 
Mustaqillik inoyati bilan bu ajdodimizning nomlari qayta tiklanib, uning qabri 
joylashgan yer obod va ko‗rkam ziyoratgoh tusini oldi. 1995 yilda esa Najmiddin 
Kubro tavalludining 850 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish