Linda-men Bryus Leenin birinchi marta 1963-yil bahorida ko‘rgan edim. O‘shanda men Sietelda oliy maktabda o‘qirdim, u payitlar Bryus Vashington nomidagi Unverstet talabasi edi va bizning maktabimizga Sharq falsafasi bo‘yicha maruzaga kelip turar edi. Ko‘pincha uni o‘qish yo‘lagida uchratardim allbatta uni yonida biron qiz bo‘lardi. @bruceleeuz
Mening dugonam (u Bryus Lee degan kung-fu saboqlarini o‘rganardi) Xitoyliklar mavzusidagi meni o‘zi bilan birga olib borganida ilk marta Bryus Lee bilan gaplashganim esimda. Bu zal kichikina (7×7 metirdan oshmasdi) bo‘lib, ivirsib yotardi. U bu zalni "Jun Fang Gung Fu Inistitute" deb nomlangan edi. Shunki Bryus Leening xitoycha ismi Lee Jun Fang "SanFransiskoga qaytish degan ma'noni bildiradi" bo‘lgan. Kung-funi esa u Kantonchasiga "gung-fu " dep talafuz qiladi. U bo‘sh bo‘lgan hamma joyda-garajlarda, bo‘sh yotgan uylarda, maktab sport zallarida, hullas o‘zi topa olgan hamma joylarda kung-fudan dars o‘tardi. Keyinroq Amerikada kung-fudan dars berish qulay istiqbolga egaligini anglagach (bu payitda karateni endigina o‘rgata boshlashgandi, u klub yaratishga qaror qiladi. U Aqishda kung-fu maktablari tarmog‘ini tashkil qilishini rejalashtirgan edi. Keyinchalik Bryus Lee o‘z g'oyasining amalga oshmasligini tushunib yetdi. @bruceleeuz
Chunki na uning metodikasi va na bu metodika asosidagi falsafasi shu qadar ko‘p shogirtlariga to‘g‘ri va aniq yetkazib berila olmasdi. U hatto o‘z instutining reklama qilishiga ham urinmay qo‘ydi. Shuning uchun zalga kirish eshigida karate maktablariga juda hos bo‘lgan hech qanday belgi yo‘q edi. Bryus Lee o‘z maktabining nufuzi ancha baland bo‘ladi va odamlar bu maktabni ommalashtirishga ko‘maklashishadi, deb umid qilardi. U faqat kung-fu tehnikasini o‘zlashtirishga juda ishtiyoqmand bo‘lgan , bu san'ati asosida yotgan falsafani ham qabul qilishga tayor bo‘lganlargagina kung-funi o‘rgatishni hohlagan edi. @bruceleeuz
O‘sha birinchi oqshomda ko‘rganimda Bryus Leening tanasi qanday ishlayotgani , odamdan ko‘ra mushuka ko‘proq hos bo‘lgan reflekslar , ortiqcha kuchanmasdan qiyin mashiqlar , faqat qo‘lning bosh barmoqlariga tayanib yerga yotish va turish (anjimaniya) kabilar, bulardagi uyg‘unlik meni hayratka solgandi! Ko‘zlarimga ishonmasdim. Kelib chiqishi Yaponiyalik bo‘lgan Taki Kimura Bryus Leening do‘sti va asistentlaridan biri edi. U mening hayratimni quydagicha ta'riflab beradi "Menda, huddi qandaydur ko‘rinmas kuch sinzi u tomonga tortayotgandek taassurot paydo bo‘ldi. Bryus ham doyim jozibali bo‘lgan va qayerda bo‘lmasin, doyim ajralib, ko‘zga tashlanib turadi.- ... Uning jussasi ham, yoshi ham kichkina, lekin, men har doyim unga ergashaman, shunki u taniqli shaxsdir". @bruceleeuz
Koreya karatistining yetakchi murrabiylaridan biri Jon Ree Bryus Lee bilan ilk bor Los-Anjelesda uchrashgandi va quydagilarni eslagan " Avvaliga Bryus menga unchalik yoqmagan. Balkim u hamma narsa haqida juda oshkora mulohaza yuritganligi uchun shunday bo‘lgandur. Lekin Bryus Leeni yaqinroq tanib borganim sayin men uning fikirlarini tushundim va mulohazalari, qattiyligini hurmat qila boshladim. U hech qachon hushomad, yolg‘on mulozamat qilmas, nimani o‘ylasa shuni gapirardi. Bu hammada xam uchrayvermaydi. @bruceleeuz
Avvalambor mahorat uning ustun tamoni edi. Bunga Bryus Leening juda ko‘p o‘qiganligining ham qo‘shing. Uning bir necha ming kitobi bor edi. Uyi to‘la kitob, hatto garaj kitoblarga to‘lib ketgan edi. Yosh yigit shunday ko‘p kitob o‘qishi qanday yaxshi deb o‘ylardim. U bilan har qanday mavzuda gaplashib boshlasangiz, Bryusning juda keng bilimlarga ega ekanligidan hayratga tushar edingiz. Buning hammasi uning xulq-atvorida aksini topgandi, yani u o‘ziga ishongan odam edi".
Ma'lumot @bruceleeuz kanali uchun yozildi
davomi bor...
Do'stlaringiz bilan baham: |