114
(1155-1227) (mo‗g‗ulcha. temir ustasi)-kuchli va tadbirkor, ayyor sarkarda bo‗lib,
parokanda qabilalarni turli yo‗llar bilan o‗z qo‗li ostida mustahkam birlashtirgan
shaxs edi.
Mo‗g‗ullarni birlashtirish chog‗ida Temurchin kuchli harbiy tuzilmani tashkil
etdi. Temuchin juda intizomli, sadoqatli va o‗ta jangovor harbiy tuzilmalarni
yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ularni boshqarishni esa avvalo, o‗z o‗g‗illari-Jo‗ji,
Chig‗atoy. O‗qtoy,Tuli, xotini Burte-fujen, safdoshlari Subutoy, Jebelarga topshirdi.
O‗z hokimiyatini to‗liq mustahkamlab olgach, Temuchin 1206 yili mo‗g‗ullarning
umumqurultoyini chaqiradi. Qurultoyda u oliy mo‗g‗ul
hukmdori-xon deb tantanali
e'lon qilinib, unga bosh shaman Teb-Tangriy «
Chingizxon»
degan faxriy nom beradi.
«
Chingiz
» so‗zi tarixchi Rashididdinning yozishicha «
kuchli
», «
buyuk
» degan
ma‗noni anglatadi.
Qurultoyda odat bo‗yicha Chingizxon o‗z tug‗i-bayrog‗ini ko‗tardi, 10 ta
lavozim joriy etib, uni o‗z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahrini
markaziy poytaxt deb belgiladi. O‗z qo‗li ostidagi mansablarni esa 3 toifaga bo‗lib
ularga aniq vazifalarni bo‗lib berdi.Butun Mo‗g‗uliston 95 ta harbiy-ma'muriy
birlikka bo‗lindi Yangi mo‗g‗ul davlati - Eke Mo‗ng‗ul ulus (buyuk mo‗g‗ul davlati)
deb atala boshlandi. Chingizxon tayin etgan davlat bosh hakami Shiki-Xutuxuga
«Yasoq»qa qarab ish tutishni qat‘iy belgilab bergan edi. «Yasoq» qonunlari
mo‗g‗ullaming qadimiy urf-odatlari, an'analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan
kelib chiqgan holda keskin va juda qattiq ohangda, patriarxal harbiy tuzumni o‗zida
aks etirgan edi. «Yasoq» qonunlarining asosiy yo‗nalishlari
quyidagilardan iborat
bo‗lgan:
1. Hukmdor (xon) «Yasoq»qa qat‘iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va
unga amal qilish, amal qilmagudek bo lsa, xonni umrbod qamash mumkin bo‗ladi;
2. Chingizxon mo‗g‗ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga
to‗la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi;
3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo‗lganliklari uchun ham, urush vaqtida
ularning gunohlari kechirilishi lozim;
4.Jazolash darajasi sifatida o‗lim jazosini eng ko‗p miqdorda qo‗llash
5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm- shavqat qilmaslik.
Chingizxon shaxsiy gvardiyasi sonini (keshiktan) 9000 kishigacha
yetkazdi.Chingizxon 1209 yilda tangutlarni, 1211-yilda uyg‗urlarni, 1215-yilda esa
shimoliy Xitoyni poytaxt Chjundu (Pekin) bilan birgalikda o‗ziga tobe qilib
oldi.Xitoydagi Sin sulolasi tugatilib, juda katta o‗lja olindi.
Xitoy yurishi vaqtida
yuksak harbiy mahoratla urushning yangi usullari qo‗llanildi. Madaniy jihatdan ancha
qoloq mo‗g‗ullar ko‗p jihatdan uyg‗ur va musulmon ahli tajribasidan keng
foydalanishdi.
Xitoyni zabt etgan Chingizxon shu bilan kifoya etib qolmasligi aniq
edi.Badavlat Movarounnahr savdo ahli,o‗Ikamiz behisob boyliklari, yuqori
madaniyatli ajdodlarimiz yaratgan ajoyib me'moriy binolar, qolaversa qadimiy
yurtimizning fayz-u tarovati mo‗ g 'ullarni anchadan beri o‗ziga jalb qilayotganligi
ma`lum edi. Chingizxon davlati g‗arbda Qipchoq cho‗llari,
qoraxitoylarning
ko‗chmanchi G‗arbiy Lyao (SiLyao ) va xorazmshoh-anushteginiylar davlati bilan
115
chegaradosh edi. Shubhasiz uning g‗arbdagi eng yirik va kuchli qo‗shnisi hamda
raqibi buyuk xorazmshoh-anushteginiylar davlati (1097-1231) edi.
Xitoydan Xorazmga katta karvon jo‘natiladi, unda Maxmud Yalovoch
karvonboshi bo‗lib, u Xorazmshohga Chingizxon nomasini olib keladi. Xorazmshox
o‗z yoniga Mahmud Yalovuchni chorlab bor haqiqatni bayon etishni, uning xizmatiga
o‗tib, maxfiy josus bo‗lib xizmat qilishni buyiradi. O‗z hayotidan havfsiragan
Mahmud Yalavoch, muarrix an- Nasaviyning yozishicha, "sulton
eshitishni
xohlagan" ma`lumotni aytib sulton taklifiga ko‗nadi. Xorazmshoh unga javohir
sovg‗a qilib Chingizxon bilan shartnoma tuzishga rozi ekanligini bildiradi.
Chingizxon Mahmud Yalavoch guruhi xizmatidan, to‗plangan ma`tumotlardan
mamnun bo‗ladi. Zero Yalavoch sohta ―josus‖ rolini o‗ynab, bor haqiqatni
Chingizxonga yetkazgan edi O‗sha yiliyoq, ya'ni I218-yili Chingizxon sulton
Muhammadga o‗z minnatdorchiligini izhor etish va o‗zaro shartnoma tuzish
maqsadida katta savdo va elchilar karvonini jo‗natadi. Ulkan savdo karvoni 450 ta
musulmon savdogari va 500 ta tuyaga ortilgan qimmatbaho mollardan iborat edi. O‗z
davlati qudratini namoyon etish niyatida Chingizxon Tang‗ut va boshqa davlatlardan
o‗lja olingan, janubiy Sibir va Xitoydan talab keltirilgan ajoyib, sara mollar bilan
xurjunlarni to‗ldirgan edi. Karvon bilan Chingizxon nomidan
buyruqnamo oxangda
yozilgan maktub olib boriladi. Unda jumladan, *... biz bundan buyon davlatlar
o‗rtasida tinchlik o‗rnatilishini buyuramiz..." deyilgan edi. Noma Chingizxon ochiq
oydin jahon egasi bo‗lishga ishtiyoqi baland ekanligidan dalolat berar edi.
Ushbu karvonda asli movarounnahrlik bo‗lmish Umarxo‗ja Otroriy, hammol
Merokiv, Fahruddin Dizaqiy, Buxoriy, Haraviy singari savdogarlar karvon sarbonlari
hamda o‗rta elchilari edilar. Karvon Urganch tomon yo‗l olgan edi. Lekin
xorazmshohlarning chegara viloyati O‗tror yerlariga kirib kelishi bilanoq bu karvon
ushlab qolindi. O‗tror hokimi Inalxon (Inolchiq uning Forsiy tahalusi G‗oyirxon edi)
Turkon xotunning yaqin qarindoshi, Xorazmshoxga yaqin shaxs bo‗lgan. Inalxon,
arab tarixchisi ibn al-Asir,
an-Nasaviylarning yozishicha, Xorazmshoh ijozati bilan
bu karvonlarni talashga buyruq berib, karvon a‘zolarini josuslikda ayblaydi va ularni
qirib tashlaydi. Talab olingan mollar Samarqand va Buxoro savdogarlari o‗rtasida
taqsimlanib, Xorazmshoh ushbu savdo mollari pulini o‗ziga oladi. Ba‘zi tarixiy
manbalarda esa Inalxon garchi karvonni to‗xtatish buyrug‗ini olgan bo‗lsa ham o‗z
holicha uni qirib tashlagan deb ham aytiladi. Nima bo‗lganda ham, Xorazmshohlar
qo‗pol siyosiy xatoga yol qo‗yib, elchilarni qirg‗in-barot qildiradilar. O‗tror
fojeasidan so‗ng Chingizxon Ibn Kafrojiy Bug‗roni ikki mulozim bilan Xorazmshoh
huzuriga elchi etib jo‗natdi. Chingizxon O‗tror fojeasining aybdori Inalxonni tutib
mo‗g‗ullar qo‗liga topshirishini, elchilar o‗limining sabablarini keskin tarzda
so‗raydi. Mo‗g‗ullar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslik uchun O‗tror hokimini
Chingizxon qo‗liga topshirish kerak degan taklifni ko‗targan Jaloliddinning fikrini
sulton rad etadi. Sulton buyrug‗i bilan elchi bo‗lmish Ibn Kafroj Bug‗ro o 'ldirilib,
ikki mulozimning soqol-mo‗ylovlari sharmandali tarzda qirib tashlanadi.
Xorazmshoh mo‗g‗ullar
bilan ertami-kechmi, urush bo‗lishini yaxshi anglagan edi.
Qolaversa, mamlakatda mo‗g‗ullar bostirib kirishi xususida turli mish-mishlar ham
avj olgan edi. Nima bo‗lganda ham sulton Chingizxonga shu yo‗sinda dag‗ dag‗ ali
javob berishga qaror qildi. Tarixchi Rashiddin o‗zining «
Do'stlaringiz bilan baham: