O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Mahmud Qoshg‗ariy
(11 asr)Turkshunoslik ilmi asoschisi, qomusiy olim. 
Qoshgarda tug‘ilib Buhoro va Nishopurda talim olgan.
 Uning 
―Devoni lug‗ati- turk‖ 
va ―Javohiri-nahv‖ ―Turk tili sintaksisi asoslari‖ va boshqa asarlarini yozadi. Uni ilm 
olamida tanitgan ―Devoni lug‗ati-turk‖ asaridir. Bu asarda o‘sha davrda turkiy tildagi 
so‘zlar va iboralar to‘plangan va ular arabchaga tarjima qilinib, izohlab berilgan. 
Asarga Mahmud Qoshgariy tuzgan dunyo haritasi ,dunyoning doira shaklidagi tasviri 
ham ilova gilingan.Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan.11 asr geografiy
ilmining namunsi bo‘lmish bu harita Qoshgariyning qomusiy olimligidan dalolatdir. 
Ahmad Yugnakiy(12-13 asrlar) 
Mashur shoir,Yugnakiy Qishlogida tugilgan. 
Adib Ahmad Yugnakiy salohiyatli shoir va odob –ahloq muallimidir. 
Yusuf Xos 
Hojib
(tug‗ilgan va vafot etgan yili noma‘lum)ning faqat ―Qutadg‗u bilik‖(‖Baxt-
1
Брагинский И.С. Абу Абдаллах Джафар Рудаки. -М.: Наука главная редакция восточной литератураы, 1989.-
132 с. 


108 
saodatga boshlovchi bilim‖) deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asarigina
bizgacha etib kelgan 
Halifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar Somoniylar, Qoraxoniylar, 
Saljuqiylar va G‗aznaviylar, Xorazmshohlar davrida shaharlarda masjidlaru-
madrasalar qurilishiga e‘tibor berila boshladi. O‗rta Osiyoda 
me‘morchilik san‘ati 
gurkirab rivojlandi. Buxoroda dastlabki Madrasa Kovushdo‗zlar timi yaqinida barpo 
kilindi. Qonunshunoslar uchun ham maxsus ―Faqihlar madrasasi‖ qurdirilgan.
IX- X asr me‘morchiligining rivojlanish yo‗llarining saqlanib qolganligini 
ko‗plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd 
qilinishicha, Somoniylar davridagi ko‗pgina masjidlar o‗z vaqtida arablargacha 
bo‗lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali 
bo‗lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz 
shaklida bo‗lgan. Manbalarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli kiliib qirqilgan 
g‗ishtlar, o‗yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezalgan. Bu davrga oid masjidlar 
to‗g‗risida 
so‗z 
yuritilganda,
Buxorodagi 
Mag‗oki 
Attoron, 
Poykand 
masjidi,Termizdagi Chorustun,
Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish 
mumkin. Bu yodgorliklar O‗rta Osiyoda diniy me‘morchilikning rivojlanish yo‗llarini 
kuzatish imkoniyatini berdi.
Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o‗zi 
uchun katta saroy qurdirgan va uning qurilishiga katta mablag‗ sarflagan. Saroyning 
oldida devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, 
Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo‗lgan. Bu saroylar o‗zlarining kattaligi va 
go‗zalligi bilan ajralib turgan. Ko‗p hollarda bunday saroylar hushmanzara joylarda, 
bog‗lar ichida bunyod etilgan. 
Somoniylar davridayoq yirik shaharlar bo‗lgan Samarqand, Buxoro, 
Termiz, 
Marv Qorahoniylar davrida yanada kengaydi. Bu shaharlar endi uch 
qismli — 
ark, 
shahriston, rabotdan iborat edi. Termiz shahridagi saroy 
shahar 
mudofaa devorlaridan 
tashqarida, bog‗lar orasida joylashgan va 10 
gektarga 
yaqin maydonni ishg‗ol etgan.
X asrlarga kelib binokorlikda qurilish tartibi o‗zgara boshladi. Buxoroda 
qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g‗isht bilan qurilgan go‗zal maqbara 
to‗rtburchak shaklida bo‗lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To‗rtburchakdan nayzali 
ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o‗tilgan. Shu bilan birga bu bino to‗rt 
fasadlidir. Uning to‗rtala tomoni ham bir xil, old tomonidek bezatilgan. Ismoil 
Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda o‗sha davr uchun xos bo‗lgan me‘moriy 
xususiyatlardan ham ko‗p foydalanilgan. Masalan, binoning tashqi burchaklariga 
ustunlar o‗rnatish. Bino 
ichidagi 
bunday shakldagi, shuningdek, dumaloq manzarali 
maydonlar ham 
islomgacha 
bo‗lgan yodgorliklarda 
uchraydi.
Qorahoniy hukmdori Shams ul 
Mulk 
Buxoro yaqinida saroy, Hazara 
qishlog‗i 
yaqinida Dingaron masjidini va uning yonida Baroti Malik nomi bilan mashhur 
bo‗lgan karvonsaroy qurdiradi.
Buxoro shahrida 1127 yilda Qoraxoniy Arslonxon tomonidan Poyi Kalon 
ansambli qurilgan. Unga Kalon masjidi va Minorayi Kalon ham kirgan. Minorai 
Kalon Markaziy Osiyodagi eng baland minora bo‗lib, diametri 9 metrni, balandligi 
46,5 metrni tashkil etadi. Vobkentda XII asrning oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II 
tomonidan qurilgan minorani, Jarqo‗rg‗onda (Surhondaryo viloyati) Qoraxoniylar 


109 
tomonidan 1108-1109 yillarda barpo etgan minorani, shuningdek, Buxorodagi 
Nomozgohni va Attoriy masjidini alohida ta‘kidlab o‗tish mumkin. 
XI-XII asr boshlarida Xorazmda ham ko‗pgina binolar qad ko‗tardi, jumladan, 
Urganchdagi Faxriddin Roziy va Shayx Sharif maqbarasini, ko‗plab karvon 
saroylarni, Buronqal‘a, Naifqal‘a va boshqalarni aytib o‗tish mumkin. Shuningdek, 
ayni shu vaqtda Xivadagi Ichan qal‘a ansambliga asos solindi. X asrda Samarqand 
yaqinidagi Tim qishlog‗ida Arab ota maqbarasi, XII asrda Marvda Sulton Sanjar 
maqbarasi, XI asrda O‗zgandagi Qoraxoniylar maqbarasi, ko‗plab karvonsaroy va 
robotlar qurilganki, bu binolar o‗sha davr arxitekturasining yorqin misoli bo‗la oladi.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish